Ma’naviyatning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro munosabatlari va rivojlanish xususiyatlari. Ma’naviyat, iqtisodiyot va ularning o’zaro bog’liqligi



Download 133,5 Kb.
bet2/4
Sana11.01.2017
Hajmi133,5 Kb.
#20
1   2   3   4
Bu tamoyillar quyidagilar:
Birinchidan, iqtisodiyot siyosatdan ustivor bo’lishi kerak va buning uchun iqtisodiyot maflkuradan xoli bo’lishi;

Ikkinchidan, davlat asosiy islohotchi bo’lishi;

Uchinchidan, qonun va qoidalarga rioya qilishning hamma narsadan ustunligi;

To’rtinchidan, kuchli ijtimoiy siyosat;

Beshinchidan, bozor munosabatlariga o’tish bosqichma-bosqich amalga oshirilishi;

Keyingi yillarda Prezidentimiz Islom Karimov ma’naviyat -iqtisodiy rivojlanishning ham asosidir, degan yangi fikrni o’rtaga tashladi. Sho’rolar zamonida ma’naviyatning roliga bunchalik katta e’tibor berilmagan edi. Umuman, biz uzoq yillar davomida ma’naviyat, madaniyatni iqtisoddan keyingi o’rinlarga qo’yishga odatlanib, qolgan edik. Endilikda ma’naviyat birinchi o’ringa chiqdi.

Kelajak yoshlarniki bo’lgani uchun ham mamlakatimizda ularni ma’rifatli, tadbirkor, zukko vao’z kasbining ustasi, iymon- e’tiqodli, zamon talablari darajasida yetuk, ma’naviy barkamol bo’lishlari uchun Prezidentimiz boshliq hukumatimiz va keng jamoatchilik barcha imkoniyatlarni yaratib bermoqda. Ilm-fan ta’lim-tarbiya, hunar egallashni izchillik bilan amalga oshirish iqtidorli yoshlarga ochilgan keng imkoniyatdir. Bu boradagi olib borilgan ish Oliy Majlisning IX sessiyasida kadrlar tayyorlash milliy dasturi va O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risidagi» qonunini qabul qilinganligiga hamda bu masala ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis birinchi sessiyasida ustivor yo’nalishlardan biri qilib belgilanganligida o’z ifodasini topgan. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek bizning kelajagimiz mamlakatimiz kelajagi o’rnimizga kim kelishiga bog’liq.

Shunday qilib, ma’naviy barkamol, ma’rifatli, madaniyatli, tadbirkor, fozil inson eng oliy faoliyat - mehnat, yaratuvchanlik, bunyodkorlik bilan mashg’ul bo’lishi uchun, uning yashashi va sharoitini tubdan yaxshilash taraqqiyotimizning ob’yektiv qonuniyati bo’lib qolmoqda.

Bozor munosabatlariga o’tish va uning rivoji tadbirkorlik bilan chambarchas bog’lanib ketadi. Zotan bozor iqtisodiyotining talabi tadbirkorlik va ishbilarmonlikdir. Tadbirkor ham ma’naviy pok ma’rifatli bo’lishi kerak.

-Tadbirkor halol va haromni ajrata bilishi haromdan hazar qilishi lozim;

-Tadbirkor ma’rifatli, dunyoqarashi keng qamrovli bir-yoqlamalikdan xoli bo’lishi lozim;

-Tadbirkor o’zi boshlagan ishga qat’iy ishongan bo’lishi, aniq maqsadni o’z oldiga qo’ygan va uning natijalarini aniq tasavvur eta bilgan bo’lishi lozim;

-Tadbirkor o’z xatolarini tan ola bilishi va uni o’z vaqtida to’g’rilashga intilishi kerak;

-Tadbirkor tavakkalchasiga qam ish yuritishni, unga borishi kerak;

-Tadbirkor farosatli, insofli, mehnatsevar bo’lishi kerak va boshqalar.

Xulosa. Mustaqil O’zbekiston tanlab olgan bozor iqtisodiyoti yo’li shuning uchun qam istiqbolliki, u har bir kishidan o’ta tadbirkorlikni, hozirjavoblilikni, tejamkorlikni, uddaburonlikni. vaqti soati kelganda sabr-toqatlilikni, sovuq-qonlikni. har bir vaziyatda ishning ko’zini bilishni, muomalada nihoyatda ehtiyotkorlikni, har bir so’zning shakli va mazmunini ajratishni va farq qilishni talab etadi.


Download 133,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish