Ma’naviyatning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro munosabatlari va rivojlanish xususiyatlari. Ma’naviyat, iqtisodiyot va ularning o’zaro bog’liqligi



Download 133,5 Kb.
bet1/4
Sana11.01.2017
Hajmi133,5 Kb.
#20
  1   2   3   4

Aim.uz

Ma’naviyatning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro munosabatlari va rivojlanish xususiyatlari. Ma’naviyat, iqtisodiyot va ularning o’zaro bog’liqligi.

Dars maqsadi: Talabalarda ma’naviyat tarkibiy qismlari, ma’naviy va iqtisodiyot bog’liqligini tushuntirish, ular ongiga yurt ravnaqi uchun xizmat qilish asosiy vazifa ekanligini uqtirish.

Reja:

  1. Ma’naviy meros, madaniyat, qadriyatlar, ma’rifat va mafkura ma’naviyatning tarkibiy qismi ekanligi.

  2. Ma’naviyat tarkibiy qismlarining davlat va jamiyat taraqqiyotidagi o’rni va ahamiyati.

  3. Ma’naviyat jamiyatning yuksak iqtisodiy taraqqiyotga erishishining omili ekanligi.

  4. Karmana tarixiy yodgorliklari va muqaddas qadamjoylari – ma’naviy merosimiz gavhari.



1-masala bayoni. O’qituvchi mavzuni bayon etar ekan, avvalgi ma’ruzada ma’naviyat tushunchasi va uning jamiyat, kishilar hayotidagi o’rni haqida to’xtalib o’tilganligini eslatib o’tish joiz. Shundan so’ng bugungi ma’ruzada ma’naviy meros, madaniyat, ma’naviy madaniyat, mafkura, ularning rivojlanish xususiyatlari, bir-biridan farqlari va o’xshashliklari to’g’risida fikr yuritish lozimligini aytib o’tish maqsadga muvofiq.

Shunday ekan madaniyat nima? Madaniyat tushunchasini izohlashga bag’ishlangan ko’p ilmiy adabiyotlar mavjud. Madaniyat tushunchasiga berilgan ta’riflar soni 260 tadan oshib ketadi. Mualliflar bu tushunchaga har biri o’z nuqtai nazaridan yondashadilar. Bunga sabab madaniyatning ko’p qirrali, murakkab, ma’naviy-ijtimoiy hodisa ekanligi, uning inson va jamiyat hayotining barcha qirralarini qamrab olganligidir. Ma’naviyatga berilgan ta’riflarda mualliflarning fikrlarini umumlashtiruvchi tomonlar mavjud.



  • Milliy ma’naviyat, madaniyat tarixiy hodisa sifatida bir kunda, bir yilda, balki bir asrda ham mukammal shakllanmaydi. O’rta Osiyo xalqlari ma’naviyat va madaniyat tarixining ibtidosi asrlar qa’riga singib ketgan bo’lib, ularni necha ming yillik ma’naviy kamolot pillapoyalarini bosib o’tganligini aniqlash bugun uchun anchayin murakkab muammo.


Boshqacha qilib aytganda, bugungi ayrim saltanatlar ahli qabila-qabila bo’lib yashagan zamonlarda bizning muborak zaminimizda ilmu fan barq urib yashnagani, tabiiy ilmlar, xususan, tibbiyot, matematika, astronomiya kabi fanlar madrasalarda o’qitilgani, ilmiy akademiyalar tashkil etilib, Mag’ribu Mashriqqa nom taratganini eslasak va bundan har qancha g’ururlansak arziydi.

O’tmishda xalqimiz ma’naviy madaniyatning uzviy qismi bo’lgan dini islomni rivojlantirishga ham o’zining munosib hissasini qo’shgan. Dunyoda eng mashhur hadisshunoslar oltita bo’lsa, shulardan to’rttasi bizning diyorimizdan chiqqan. 1998 yilda esa Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi bizning yurtda va butun islom dunyosida keng nishonlangan bo’lsa, 2000 yilda Imom al-Moturudiy tavalludining 1130 yilligi, Burxoniddin Marg’inoniy tavalludining 910 yilligi nishonlandi.



2-masala bayoni. Endi ma’naviy meros va uning ma’naviyat rivojlanishidagi ba’zi jihatlarini bayon etamiz. Ma’naviy merosni izohlashdan oldin umuman sivilizatsiya, meros, xususan, madaniy meros, ma’naviy meros tushunchalarining nisbati, xususiyatlari, fikrlarini bilib olishimiz lozim bo’ladi. Chunki ma’naviy meros umuman merosning xususan madaniy merosning tarkibiy qismi sanaladi. Madaniy merosni tushunmasdan ma’naviy merosni ham tushunish qiyin. Bu tushunchalarda umumiylik bo’lsa ham, ular birday emas, o’zaro qaysi bir jihatlari, xusu-siyatlari bilan farqlanadi. Ma’ruzaning oldingi masalasida ko’rganimizdek har bir jamiyat va davr o’z madaniyat tipiga ega bo’ladi. Jamiyat davr o’zgarishi bilan uning madaniyat tipi va ma’naviyatida o’zgarish, yangilanish bo’ladi, ammo madaniy taraqqiyot uzilib qolmaydi, ilgarigi madaniyat, sivilizatsiya yo’q bo’lib ketmaydi, balki madaniy meros sifatida saqlanib qoladi. Meros - insoniyatning har bir tarixiy bosqichda yashagan avlodlari tomonidan yaratilgan va keyingisiga yetib kelgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklari majmuidir. Madaniy meros ham meros doirasiga kiradi, ammo undan bir oz farq qiladi. O’tmishdagi barcha madniyat yodgorliklari, meros sifatida saqlanib qolishi mumkin, lekin ularni hammasi ham madaniy qadriyatga ega bo’lavermaydi.

Madaniy va ma’naviy meros o’zaro bir-biridan farq qilsa-da ularning o’rtasida o’tib bo’Imas «Xitoy» devorini qo’yish ham mumkin emas, madaniy merosni barpo etishning zamirida ham ma’naviyat, ya’ni insonning ma’naviy-ruhiy bilimlari, qobiliyati, iste’dodi, aqli, empirik va nazariy bilim tajribalari, mehnat malakasi kabi boshqa ma’naviy faoliyatlari yotadi. Madaniy va ma’naviy meros o’rtasida umumiylik ham, farqli tomonlar ham mavjud. Ayni paytda ular o’rtasida yuqorida aytilgan aloqadorlik,bog’liqlik,o’zaro munosabat, ta’sir bor. Shuningdek, madaniy meros o’z ko’lami jihatidan ma’naviy meros tushunchasidan kengroqdir.

Madaniy merosda ko’proq umumiylik ustunlik qilsa, ma’naviy merosda xususiylik ustunlik qiladi. Madaniy meros umuman madaniyat yutuqlarini o’z ichiga qamrab olsa, ma’naviy meros ma’naviy madaniyat yutuqlarini o’z ichiga qamrab olishi bilan farqlanadi. Madaniy merosning qadri abadul-abad tushmaydigan qismiga miliiy qadriyat deyiladi. Ana endi asta sekin ma’naviy meros tushunchasiga yaqinlashmoqdamiz. Ma’naviy boyliklar avloddan-avlodga, bir tuzumdan ikkinchi tuzumga meros sifatida o’tadi va jamiyat, uning ma’naviy taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatadi. Ma’naviy meros deb uzoq va yaqin o’tmishdagi, hozirgi davrdagi ma’naviy jihatdan g’oyat qimmatli, o’chmas iz qoldiradigan, mangu yashaydigan, butun ijtimoiy manfaati va ehtiyojiga, ezgulikka xizmat qiladigan umuminsoniy ma’naviy boyliklarga aytiladi. Ma’naviy meros ma’naviy qadriyat sifatida namoyon bo’lib, unga ilm-fan, jumladan falsafa, adabiyot, san’at, ahloq, dindagi real, dunyoviy ta’limotlar, hurfikrlik va boshqalar kiradi.

Ma’naviy meros biror xalq, millat, uning vakillari tomonidan yaratilib, so’ng umuminsoniyatning ma’naviy boyligiga, merosiga aylanib qoladi. Markaziy Osiyo xalqlarining o’tmish avlodlari qoldirgan ma’naviy meros bunga misol bo’la oladi. Ma’naviy merosimiz jihatidan jahondagi oldingi o’rinlardan birini egallaymiz. Prezidentimiz Islom Karimov qayd etganidek, «Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi toshyozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo’lyozma, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, ahloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, ximiya, astronomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid o’n minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz, iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo’lgan xalq dunyoda kam topiladi. Shuning uchun bu borada jahonning sanoqli mamlakatlarigina biz bilan bellasha olishi mumkin... (Karimov.I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T.: “Sharq” 1998, 3-bet).

Sivilizatsiya - ma’lum bir tarixiy bosqichda insoniyatning madaniyat taraqqiyotida yaratgan, erishgan, qo’lga kiritgan sifat jihatidan yangi, yuqori yutuqlari majmui.

Bugungi sivilizatsiya insoniyatning odamni bilishi, undan umum-bashariy manfaatlari yo’lida foydalana bilishi, har bir xalqning umuminsoniyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ma’naviyati ma’rifati shaklida namoyon bo’lmoqda.

Shunday qilib, madaniyat, ma’naviy meros, sivilizatsiyalar yutug’i jamiyat va inson ma «naviyatining rivojlanishida, ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazishda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq o’tmishda toptalgan ma’naviy merosimizni tiklashga qat’iyan kirishildi.



3-masala bayoni. Bozor iqtisodi degan so’z birinchi navbatda muloqot, gaplashish, kelishish, savdolashish, ikki tomonga to’g’ri keladigan umumiy narxni, raqamni, xulosani topish demakdir.

Bozor iqtisodining asosiy sharti va talabi - mumkin qadar ko’proqva mumkin qadar sifatliroq, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishdir. Xuddi shu talablarni amalga oshirishning eng qulay sharoitlarini kapitalizm davri yuzaga keltirdi. Natijada insoniyat keyingi besh asr ichida undan oldingi hamma tarixdagidan ko’p moddiy va ma’naviy qadriyatlar yarata oladi. Bozor iqtisodi hukmron mamlakatlar moddiy va ma’naviy boyliklar ishlab chiqarishning haqiqiy qaynar bulog’iga aylandi. Bu davrda insoniyatning haqiqiy aqliy salohiyati, yaratuvchilik imkoniyatlari namoyon bo’ldi.

Jahon tajribasi, shu jumladan o’zimizning mamlakatimiz tajribasi ham iqtisodiyot faqat uning o’zigagina xos bo’lgan qonunlar asosida rivojlanib borganligini ko’rsatadi. Bozor munosabatlarining qonunlarini nazar-pisand qilmaslik, buzish iqtisodiyoti og’ir oqibatlariga olib kelishi mumkin. Chunonchi, sobiq Ittifoqda 70 yildan ortiqroq davr mobaynida bozor iqtisodiyotiga aloqasi bo’lmagan iqtisodiyotni yaratishga urinib ko’rildi. Bu sobiq mustabid tuzumga va uning xalqiga juda qimmatga tushdi.

Iqtisodiyotning ham o’z ob’yektiv qonun-qoidalari, sir-asrorlari borki, ular bilan hisoblashmaslikning hech bir iloji yo’q. Har doim iqtisod o’z yo’lidan boraveradi, uni to’xtatish mumkin emas. Kimki iqtisod qonunlarini nazar-pisand qilmasa, uning kosasi oqarmaydi.

O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng, u qaysi yo’ldan borishi kerak, degan masala oldimizda ko’ndalang bo’lib turdi. Yurtboshimiz Islom Karimov mustaqillikka erishishimizning birinchi kunlaridanoq jahondagi turli mamlakatlarning tajribalarini chuqur va har tomonlama o’rganib, mustaqil O’zbekistonning bundan buyongi taraqqiyot yo’li bozor iqtisodiyoti munosabatlari yo’lidan borish ekanligiga qat’iy ishonch hosil etdi.

Ammo bozor munosabatlarining qaysi yo’li, qaysi shakli biz uchun maqbul, qaysi birini o’zimizning bundan buyongi taraqqiyotimiz uchun tanlab olishimiz kerakligi masalasi oldimizda turgan muammo edi. Bozor munosabatlariga o’tish Angliyada 200 yil, boshqa mamlakatlarda 100-150 yil mobaynida, Yaponiya, Koreya mamlakatlarida 20-30 yil davomida amalga oshgan, shakllangan.

Ushbu yo’lning konsepsiyaning qoidalari Prezidentimiz kitoblarida, maqolalarida va nutqlarida mamlakat parlamenti qabul qilgan qonunlarda, xususan Islom Karimovning «O’zbekistonning bozor munosabatlariga o’tishining o’ziga xos yo’li» asarida har tomonlama asoslanib, bayon qilib berilgan. Bu «O’zbekiston yo’li – Islom Karimov yo’li» sifatida jahon bo’yicha yuksak baholanib, kelinmoqda. Ushbu tanlangan yo’lning mohiyati O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimov ishlab chiqqan va ilgari surgan besh tamoyilda o’z ifodasini topgan. Bu tamoyillar faqat bizning mamlakatimizda emas, endilikda boshqa mamlakatlarda qam tan olindi.


Download 133,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish