MUROJAATI.
Assalomu- alaykum Xurmatli Ota-onalar, Ota - onalar o‘rnini bosuvchi
Bobo va Buvijonlar!
Sog‘-omonmisiz? Bugun barchamiz sinovli kundamiz.YUrtimizga kelgan Koronavirus infeksiyasi barchamizni “Uyda qolib” karantinda o‘tirishimizga,masofadan turib ishlashimizga davat etmoqda.Pandemiya va karantin qancha davom etishidan qatiy nazar, mehr-oqibatli bo‘lib,o‘zaro hurmatni mustahkamlaylik.
Farzandingizni,nabirangizni o‘qishiga,onlayn talim olishiga,sog‘ligiga etibor qarating.Sizning farzandingiz, bizning ham farzandimizdir!
Muhtaram Prezidentimiz SH. M. Mirziyoev tomonidan “YOshlarni manaviyatini yuksaltirish va ularni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim Tashabbus joriy etildi. Siz tarbiya qilayotgan farzandingiz 5 tashabbusni 5 yo‘nalishi bo‘yicha eng yuksak iqtidorga ega.
SHuni aniq bilamanki siz bilasiz farzandingizni qay biri qanday iqtidorga egaligini. Bu iqtidor,istedod sizdan o‘tgan bo‘lishi mumkin. O‘quvchini davomatini uyda turib sinf rahbari va fan o‘qituvchisi nazorat qilmoqda. O‘quvchilar uydaligi uchun davomatiga ko‘proq siz masulsiz.
Aziz Ota-onalar!
Sizdan iltimosim ug‘il yoki qizingizni dars qilishiga,onlayn dars qilishiga, bo‘sh vaqtida nima bilan shug‘ullanishiga etibor bering,nazoratga oling.O‘quvchilarimiz
–Kitob o‘qisin,
--Sport bilan shug‘ullansin,
--Ijod qilsin,
-- Hunar o‘rgansin,
--Uydan ko‘chaga chiqmasin.
Hammamizga malumki har bir oilada tomorqa bor.Bugungi kunda dolzarb masala bo‘lib turgan aholi tomorqalarida issiqxonalarni tashkil etish,poliz, sabzavot va boshqa ekinlar o‘stirib,undan samarali foydalanish.SHunday ekan biz ham yuqorida o‘quvchining kunlik rejasidan keyin tomorqa bilan shug‘ullanish “Erga boqsang- er ham senga boqar” maqoliga amal qilsak oilaviy byudjetimiz mablag‘i oshar edi. Viloyat Xalq talimi boshqarmasi tasarrufidagi viloyat bolalar kutubxonasi”Kitobxon oila (100 svolga 100 javob) tanlovi,maktab YOshlar ittifoqi tomonidan “Mening hayotimda 5 Tashabbus “,”Men uydaman” loyixasi asosida tashkil etilgan tanlovlarga barcha oilalarni ishtirok etishingizni so‘rayman va tanlov g‘olibi bo‘lishingizni tarafdoriman.
Farzandimizni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilsak, ular uchun oilada sharoit yaratib bersak shundagina biz yoshlar o‘rtasida Jinoyatchilik, Huquqbuzarlikni oldini olgan bo‘lamiz. Maktab mamuriyati, fan o‘qituvchilari, sinf rahbarlar o‘quvchilarimiz bilan har kuni onlayn, masofadan turib muloqatda bo‘lsakda, ushbu sinovli kunlarni tezroq tugatib, yana o‘quvchilarimiz, mehribon Ota-onalarimiz bilan diydor ko‘rishishni Olloxdan so‘rab qolaman. Bugungi yo‘qotilgan vaqt va imkoniyatlarni ertaga tiklab bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |