Manaviyat asoslari Lotin pv doc


Kuchli ijtimoiy siyosat olib borilishi va aholining kam



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

 
4. Kuchli ijtimoiy siyosat olib borilishi va aholining kam 
ta’minlangan qismini ijtimoiy muhofaza qilish.
Davlat mulkini 
xususiylashtirish va yangi mulk shakllarining vujudga kelishi, xalq 
xo‘jaligida tuzilmaviy o‘zgarishlar sodir bo‘lishi, bozor munosabat-
larining qaror topishi nihoyatda og‘ir va ziddiyatli jarayon. U o‘tish 
davrida aholining ish bilan bandligini va real daromadlarini muayyan 
darajada pasaytiradi. Xalq xo‘jaligi va iqtisodiy munosabatlarni 
tubdan qayta qurishning ijtimoiy larzalarsiz o‘tishi uchun o‘zbek 
modeli kuchli ijtimoiy siyosat olib borish, aholining kam 
ta’minlangan qatlamlari - nogironlar, nafaqadagilar, ko‘p bolali 
oilalar, talabalar va shu kabilarni ijtimoiy himoya qilish tamoyiliga 
asoslandi. Chunki aholining demografik tarkibi shundayki, bir 
boquvchiga oilada uch-to‘rt boqimanda to‘g‘ri keladi. 18 yoshgacha 
bo‘lgan bolalar aholining deyarli yarmini tashkil etadi. Mehnatga 
layoqatli kishilar o‘rtasida, ayniqsa, qishloq xotin-qizlari o‘rtasida 
band bo‘lmaganlar miqdori salmoqli. Ular va umuman kam 
ta’minlanganlar, nogironlar moddiy qo‘llab-quvvatlanmasa, maishiy, 
kommunal xizmat va ayrim ijtimoiy sohalarda ularga imtiyoz 
berilmasa, aholining bu qismi qiynalib qoladi. Natijada ijtimoiy 
noroziliklar vujudga kelishi mumkin. 
Kuchli ijtimoiy siyosatning tarkibiy qismlari va yo‘nalishlari 
ko‘p. Ular ijtimoiy ta’minot, yangi ish o‘rinlari yaratish, sog‘liqni 
saqlash, xalq ta’limi, madaniyat, sport va jismoniy tarbiya sohalari 
faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash va isloh qilishdan tortib, to 
jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquq-tartibotni ta’minlashgacha 
qamrab oladi. 
Bundan tashqari, islohotlar jarayonida ijtimoiy muhofaza shakl-
lari va manbalari o‘zgarib boradi. Bozor munosabatlariga o‘tishning 
dastlabki davrlarida ijtimoiy himoyalash choralari kompensatsiya 


100
to‘lash shaklida bo‘lsa, endilikda u shunday himoyalarga muhtoj 
bo‘lganlarga maqsadli yordam ko‘rsatish shaklida qo‘llanilmoqda. 
Eng asosiysi, kam ta’minlangan oilalar va aholi qatlamlari uchun 
yangi ish o‘rinlari, shu jumladan, kasanachilik va boshqa barqaror 
daromad manbalari yaratilmoqda. Ijtimoiy himoyalashda nafaqat 
davlat, shuningdek, jamoat tashkilotlari va turli xayriya jamg‘armalari 
qatnashmoqda. Respublikamizning qishloq aholisi uchun yuz minglab 
gektar serhosil suvli yerlar tomorqa sifatida ajratib berildi. Bugungi 
kunda ular negizida yuridik maqomga ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklari 
tashkil etilmoqda. Oilaviy va xususiy tadbirkorlik rivojlantirilmoqda, 
ularga kreditlar, jumladan, mikrokreditlar ajratish yo‘lga qo‘yildi. 
Dehqon xo‘jaliklari yuridik shaxs maqomini olishi, iqtisodiy jihatdan 
tiklanib, oyoqqa turishi uchun ularga turli amaliy yordamlar, soliq va 
to‘lovlardan imtiyozlar va kreditlar berilmoqda, texnik va agrotexnik 
xizmat ko‘rsatish tuzilmalari vujudga keltirilmoqda. 
Fermerlik harakatining keng quloch yoyishi ham faqatgina 
iqtisodiy islohotlarga misol emas, shuningdek, kuchli ijtimoiy 
siyosatga aloqador dalildir. 
Kuchli ijtimoiy siyosat olib borish va aholining turli qatlamlarini 
ijtimoiy muhofaza qilish o‘zbek modelining insonparvarlik mohiya-
tini belgilovchi tamoyillardan biridir. Kuchli ijtimoiy siyosat ko‘p 
jihatlari bilan O‘zbekistonda yangi jamiyat qurishning barqarorligini 
ta’minlabgina qolmay, tub islohotlarga aholining asosiy qatlamlarida 
ijobiy munosabat pasaymasligiga, turli nosog‘lom muxolifat va o‘t-
mishni qo‘msash kayfiyatlarining keng tarqalmasligiga sabab bo‘ldi. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish