Manaviyat asoslari Lotin pv doc


Qonunning ustuvorligi va barchaga birdayligi



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

 
3. Qonunning ustuvorligi va barchaga birdayligi.
Kishilik 
jamiyati tarixida ushbu tamoyilga qaysi mamlakat qaysi davrda amal 
1
Каримов
И
.
А

Ўзбекистон
XXI 
асрга
интилмоқда

Т
.: 
Ўзбекистон
. 1999 
й
., 17-
б

2
Каримов
И
.
А

Бизнинг
бош
мақсалимиз

жамиятни
демократлаштириш
ва
янгилаш

мамлакатни
модернизация
ва
ислоҳ
этишдир

Т
.: 
Ўзбекистон
, 2005 
й
., 42-43-
б



97
qilgan yoxud shunga intilgan bo‘lsa, o‘sha mamlakat yuksak rivoj-
lanishga erishgan. Masalan, qadimgi Yunonistonda Afina, yangi era 
arafasi va birinchi asrlarida Rim, IX-XI asrlarda qator Sharq 
mamlakatlarida ma’lum darajada qonun ustuvorligini va taraqqiyot-
ning yuksak sur’atlarini kuzatamiz. Albatta, u davrlar uchun qonun 
ustuvorligi bugungi kundagidek tushunilmagan, ancha nisbiy 
xarakterga ega bo‘lgan.
Qadimgi Yunoniston va Rimda qonunning barchaga barobarligi 
faqat erkin fuqarolarga taalluqli bo‘lgan, qullar huquqsiz, boshqa 
joydan ko‘chib kelganlarning huquqi cheklangan. 
Sharq mamlakatlarida IX-XII asrlarda shariat me’yorlari oldida 
hamma birday teng bo‘lgan va birday ularga bo‘ysungan. 
Har qanday jamiyatda, har bir davrda byurokratiya ayrim 
qonunlarni chetlab o‘tishga, o‘z foydasiga talqin qilishga urinadi. 
O‘tmishda ham bunday hollar uchrab turgan. Oqibatda na yunonlarda, 
na rimliklarda, na sharq mamlakatlarida mazkur tamoyil mustahkam-
lanib, ustuvorligini saqlab qololmagan. Jamiyat ijtimoiy safarbarligi-
ni, dinamizmini susaytirgani sayin amaldorlar, byurokratiya qonundan 
ustunlik qilib keldi, chunki ular ijroiya va qonun chiqaruvchi hoki-
miyatni o‘ziga bo‘ysundirdilar. Jamiyatning kiborlari, amaldorlari 
qonundan ustun bo‘lib oldilar, boshqalarning huquqlarini, adolatni 
mensimay qo‘ydilar. Sobiq SSSRda ham biz aynan shunday holning 
guvohi bo‘ldik. 
O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyoti huquqiy boshboshdoqlik, 
adolatsizlik sharoitida kechishi mumkin emas. Qonunning ustuvorligi 
va barchaga birdayligi tamoyili jamiyat hayotining hamma sohalarida 
adolat qaror topishi uchun xizmat qiladi.
Birinchidan, mazkur tamoyil mulkchilikning turli shakllari teng 
huquqli asosda rivojlanishini ta’minlaydi. Mulk shakllari va xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi munosabatlar, raqobat qat’iy 
huquqiy me’yorlar bilan tartibga solinadi. Iqtisodiyotni boshqarishda 
o‘zboshimchalik va subyektivizmning, turli iqtisodiy zo‘ravonlik-
larning oldi olinishi uchun huquqiy shart-sharoit vujudga keladi. 
Ikkinchidan, demokratiya rivojlanadi, aholining siyosiy madaniyati va 
faolligi oshadi. Turli fikrlar, qarashlar rivojlanishi, mafkuraviy 
plyuralizm qaror topishi uchun huquqiy kafolat paydo bo‘ladi. Inson 
huquqlari ta’minlanadi. Noqonuniy imtiyozlarga yoki aksincha, 


98
kamsitilishlarga chek qo‘yiladi. Uchinchidan, alohida shaxsning
barcha ijtimoiy guruh va qatlamlarning manfaatlari to‘laroq hisobga 
olinadi va ularning yaratuvchilik imkoniyatlari, ijobiy salohiyati va 
roli-yil sayin oshib boradi. Qonun doirasida jamoat tashkilotlari faol 
harakat qilishiga sharoit vujudga keladi. Fuqarolik jamiyati shakl-
lanadi. Demak, qonunning ustuvorligi va barchaga birdayligi tamoyili 
keng ma’noda O‘zbekistonda ijtimoiy taraqqiyotga, jamiyat yangila-
nishiga, inson shaxsining yuksalishiga xizmat qiladi. Shu bois mazkur 
tamoyil o‘zbek modelining tamal toshlaridan biri bo‘lishi tabiiy. 
O‘zbek modelining mazkur tamoyili o‘zidan avvalgi tamoyil 
bilan chambarchas bog‘liq. Zero, davlat bosh islohotchi sifatida na-
faqat qonun chiqaradi, ijroiya ishlari va nazorat bilan shug‘ullanadi, 
shuningdek, u ijtimoiy barqarorlikning, qonuniylik va huquq-tartibot 
ta’minlanishining asosiy kafili bo‘ladi. Agar davlatning bosh islo-
hotchi sifatidagi roli iqtisodiy va siyosiy hayot erkinlashishi jarayo-
nida pasayib borsa, davlatning qonun chiqarish va huquq-tartibotni 
ta’minlashdagi roli doimo yuksakligicha qoladi. 
Qonun ustuvorligi ta’minlanmagan joyda nafaqat tartibsizlik 
hukm surib, inson huquqlari buziladi, shuningdek, iqtisodiy rivoj-
lanish ham nihoyatda ziddiyatli bo‘ladi, iqtisodiy-siyosiy va ma’naviy 
inqiroz og‘ir kechadi. Qonun ustuvorligisiz iqtisodiy islohotlarni 
muvaffaqiyatli o‘tkazib bo‘lmaganidek, iqtisodiy rivojlanishga erish-
masdan turib, qonun ustuvorligini ta’minlab bo‘lmaydi. Bu ikki 
jarayonni bir-biridan ajratish mutlaqo mumkin emas. 
Iqtisodiy yetishmovchilik keng tarqalgan joyda suiiste’molchi-
liklar hech qachon barham topmaydi. Mehnat munosib takdirlanmasa, 
daromadlarni stixiyali qayta taqsimlashga urinish davom etaveradi. 
Oddiy qilib aytganda, iqtisodiy qoloqlik, o‘g‘irlik, korrupsiya, pora-
xo‘rlik, qo‘shib yozish, tashmachilik kabi illatlarni, iqtisodiy jinoyat-
larni keltirib chiqaraveradi. Natijada jamiyatning iqtisodiy hayotida, 
odamlarning moddiy munosabatlarida qonun ustuvorligi tamoyili 
ikkinchi o‘ringa chekinadi. 
Hattoki, barqaror rivojlanish davomida ham ushbu tamoyil 
birdaniga to‘liq qaror topib qolmay, u nisbatan uzoq muddat talab 
qiladigan, bosqichma-bosqich va doimiy rivojlanadigan jarayon. 
Uning to‘liq qaror topishi uchun o‘zaro mushtarak uch narsaning 
amalga oshishi talab qilinadi: 


99
·
jamiyatning ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab 
oladigan puxta va qayishqoq qonunlar majmuasi vujudga kelishi va u 
doimiy takomillashib borishi; 
·
jamiyat a’zolarining huquqiy savodxonlik darajasi va 
qonunga itoatgo‘yligi yuksak bo‘lishi; 
·
mavjud qonunlarni hayotda amalga oshirishning yetarlicha 
iqtisodiy shart-sharoiti, siyosiy-ma’muriy va ijtimoiy mexanizmi 
yaratilishi.

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish