II BOB. BOSHLANG`ICH TA’LIMDA DASTURLASH TEXNOLOGIYALARNI SHAKLLANTIRISH.
2.1. Bolalar psixologiyasi .
Psixologiya fani irsiyat psixikasining taraqqiy etishida hal qiluvchi rol o`ynaydi va hatto taqdirni belgilab beradi degan fikrni inkor qiladi. Lekin bolaning o`sib kamolga yetishida 1. irsiyatning roli borligi also inkor etmaydi. Michurin M.B. “Biz tabiatan in`om – ehson kutib turolmaymiz, undan undirib olish bizning vazifamizdir” xususida ish ko`radi. Chunki odam bir qancha instinktlarni yoki murakkab shartsiz reflekslarni irsiyat yo`li bilan meros qilib oladi-M: o`zini himoya qilish. Ya`ni “Bu nima refleks ovqatlanish shartsiz refleksi instinktni qondirishni va formalari va yuzaga chiqish shakllari turlicha bo`lishi mumkin”.
2. Bolaning o`sib kamolga yetishini harakatga keltiruvchi kuch ijtimoiy muhitdir deb hisoblaydi. En`gels. Mening yashagan muhitim mening ongim demakdir.
Chunki bola psixikasining taraqqiyotiga moddiy va sotsial sharoiti, tevarak – atrofidagi qurshov (oila, ko`cha, tuman, viloyat, qishloq, shahar) tasir etmasdan qolmaydi. Oilaning uyushqoqsizlik, poyma – poy yoki qat`iyan puxta o`ylab ko`rsatadigan ta`siri bolada chuqur iz qoldiradi.
Muhitning ikkita ma`nosi bor:
1. Keng ma`nosi – insoniyatning butun hayot sharoiti. Tabiiy geografik va ijtimoiy tarixiy sharoit tushuniladi.
2. Tor ma`nosi – oilaviy turmush sharoit tevarak – atrofidagi ijtimoiy yayot tushuniladi.
Bola yashaydigan uy, pedagoglar davo qilganidek o`zgarmas narsa emas, balki u kishilarning faol faoliyati natijasida o`zgarib boradi. Har bir inson va bolaning ongi o`zgarib boruvchi muhit ta`siri ostida o`sadi. Ammo muhit bolaning o`sishi uchun qulay va noqulay bo`lmog`i mumkin. Qulay muhit kishining “mudroq” qobiliyatlarini ulg`aytiradi. Noqulay ijtimoiy muhitda tug`ma qobiliyatlari “mudroq” bosgan holda qolaveradi. Bunday muhit hatto tasodifan namoyon bo`lgan iste`dod va qobiliyatlarni ham nobud qiladi.
Organizmning o`sishi, nerv sistemasining shakllanishi psixik hayotning forma va mazmuni uchun imkoniyatlar yaratib beradi. Bu imkoniyatlarning ro`yobga chiqishi kishining ijtimoiy muhitda yashashi va taraqqiy etib borishiga bog`liqdir.
Bolaning o`sishi, uning psixikasi va ongining taraqqiyoti jamiyat a’zosi sifatida voyaga yetishida taraqqiyot qanday qilib yuzaga keladi?
Bolaning psixik tarraqqiyoti ham qarama - qarshiliklar kurashi asosida yuz beradi.
Bu qarama - qarshiliklar:
1.Bolaning shu choqqacha erishgan darajasi, imkoniyatlari bilan yangi ehtiyojlari o`rtasida tug`iladigan qarama - qarshiliklar. Ya’ni bolalarning ehtiyojlari tez ortib boradi.
2. Bolaning eski xulq - atvorlari formalari bilan yangi hatti harakatlari, yangi tashabbuslari o`rtasidagi qarama - qarshiliklar. Yosh bolaning asosiy faoliyati kattalarga tahlid qilishdir.
3. Bola hayoti mazmuni bilan uning formasi bilan vujudga keladigan qarama- qarshiliklar. Odatda hayotning mazmuni uning formasidan biroz oldinroq keladi.
Bolaning ulg`ayishi bilan uning o`yin faoliyati o`qish faoliyati bilan almasha boshlaydi.
Lekin maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning o`qish - o`rganishi hali - hali sistemali harakterda bo`lmayapti. Ammo o`qish faqat maktabdagina faoliyatning asosiy turiga aylanadi. O`qish faoliyati bolani shaxsiy sifatlarini tarkib toptirishda, malaka, odat ko`nikma, bilimlar hosil qilishda katta rol o`ynaydi. Umuman bolalar psixologiyasi taraqqiyot omillarini har tamonlama hisobga oladi va tarbiyaning taraqqiyotning qudratli omili hisoblaydi. Tarbiya jarayonida tug`ma xususiyatlarni taraqqiy ettirish bilan birga, noqulay irsiy belgilari ham yo`qotadi.
Ma’lumki, bolaning aql idroki, fe’l - atvori, voq’elikka munosabati, psixik jismoniy o`sish xususiyatlari, uni taraqqiysi bilan o`zgarib turadi. Bu o`zgarish uning faoliyati yoki hayot kechirishdagina emas, balki yoshiga ham bog`liqdir. Bu farq bolaning jismoniy xususiyatlari bilan emas, balki psixologik xususiyatlari bilan ham bog`liqdir. Sang Kalkuttaning fikricha bolani har tomonlama rivojlanishi ta’lim - tarbiyani asosiy harakatlantiruvchi kuch deb ta’kidlaydi. Shuni jamiyatning bolalar ongiga ongli tasir etish ta’lim – tarbiya orqali amalga oshriladi. Ta’lim-tarbiya yordamida bolalar bazi tug`ma kamchiliklarini ham ijobiy tomonlarga o`zgarishi mumkin. Masalan ko`r, soqov, kar. Ta’lim - tarbiya natijasida salbiy tasir natijasida yuz bergan kamchiliklarni yo`qotish mumkin. Qo`pollik, so`kish, qumor va boshqalar. Demak, ta’lim - tarbiya tabiiy qobiliyatlarni rivojlantirishning, bolalarning komil inson qilib tarbiyalashning muhim omilidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |