Ma'naviy va jismoniy barkamol avlodni voyaga yetkazish masalasi biz uchun umummilliy, umumdavlat miqyosidagi vazifa bo'lib, bu ezgu maqsad yo'lida amalga oshirayotgan ishlarimizni izchil va qat'iyat bilan davom ettirish bugungi siyosatimizning diqqat
Mundarija Kirish..............................................................................................................3 I BOB. O`rganilyotgan obyekt tahlili va masalalarning qo`yilishi. 1.1. Informatika va axborot texnologiyalarning jamiyatdagi o`rni...........................................................................................................................8
1.2. O`zbekistonda axborot texnologiyalar bo`yicha qilinadigan ishlar .....11
1.3. Dasturlash texnologiyalarining yangi bosqichlari va uning o`qitish usullari.....................................................................................................................16
I bob bo’yicha qisqacha xulosa....................................................................27
II BOB. Boshlang`ich ta’limda dasturlash texnologiyalarni shakllantirish 2.1. Bolalar psixologiyasi ……………………….....…………………........28
2.2. Fikrlash turlari va jarayonlari.................................................................30
2.3. Obyektga mo`ljallangan dasturlash …................................................32
2.4. Boshlang`ich ta`limda obyektga mo`ljallangan dasturlash tillarini o`qitish usullari........................................................................................................40
II bob bo’yicha qisqacha xulosa..................................................................67
Xotima……………………………………………………………………..68 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………...70 KIRISH "Ma'naviy va jismoniy barkamol avlodni voyaga yetkazish masalasi biz uchun umummilliy, umumdavlat miqyosidagi vazifa bo'lib, bu ezgu maqsad yo'lida amalga oshirayotgan ishlarimizni izchil va qat'iyat bilan davom ettirish bugungi siyosatimizning diqqat markazida turganini yana bir bor uqtirib o'tmoqchiman." I.A.Karimov.
Yurtboshimizning mamlakatimizning barcha sohalarida olib borilayotgan islohotlarning taqdiri va samarasi birinchi navbatda kadrlarning saviyasiga, ularning zamon va taraqqiyot talablariga nechog'lik javob berishiga borib taqalishini alohida ta'kidlashi, XXI asrni intellektual boylik hukmron bo'ladigan asr deb atagan. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab ta'lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o'rgatish sohalarini isloh qilish davlat siyosatining ustivor vazifasi deb e'lon qilindi, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ishlab chiqildi va uni hayotga izchillik bilan tatbiq etila boshladi. Ta'lim muassasalarida ko'p yillar mobaynida to'planib qolgan muammolarni tezroq bartaraf etish, shu bilan birga, ta'limning yangi modeliga tezkorlik bilan o'tishga shijoat bilan kirishildi.
Axborot asrida insoniyat tarixida sanoat va fan olamida olamshumul yutuqlar qo’lga kiritildi. Dunyoda axborot eng qimmat narsaga aylandi. Kompyuter ixtiro qilinishi insonlar bajaradigan yumushlarni yengillashishiga olib keldi. Fan, ta’lim sohalarida o’qitish o’rganishning zamonaviy vositalari joriy qilindi.
Yangi tamoyillar asosida rivojlanayotgan ta’lim tizimi yosh avlodni barkamol, ma’naviy yetuk inson sifatida shakllantirishda qarata olgandir - deyiladi kadrlar tayorlash milliy dasturida. Hozirgi kunda ta’lim tizimida jumladan boshlang’ich sinf informatika darslarida pedagogik texnalogiyalarni qo’llashning nazariy hamda amaliy asoslarni yaratish zarurdir.
Ta’lim jarayoniga pedagogik texnalogiyalarni olib kirish “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning vazifalaridan biridir. Ta’lim – kelajakdagi muvaffaqqiyatlar kaliti ekan, uning mahsuli sifatida bugungi o’quvchi kelajakda huquqiy-demakratik jamiyat a’zosi sifatida bu jamiyat hayotida to’laqonli ishtirok eta olishi, zamonning bozor iqtisodiyoti qo’yayotgan talablariga to’la javob bera olishi kerak. Axborot oqimi keskin ortgan turli yangiliklar hayotimizga tezlik bilan kirib kelayotgan davrda mustaqil tanqidiy fikrlash ko’nikmalariga ega bo’lgan, yangilikni o’rganishga doim tayyor bo’lgan, hamkorlikdan cho’chimaydigan , muloqotga erkin kirishda oladigan shaxsni tarbiyalash ta’lim-tarbiya jarayonning asosiy maqsadi bo’lishi kerak va bu borada ta’limda yangi texnalogiyalarning qo’llanishiga yo’l ochilishi maqsadga erishish yo’lidagi to’g’ri qadamdir. Hozirgi kunda yangi texnalogiya elementi bo’lgan interfaol usullardan keng foydalanilmoqda. Shu sababli boshlang’ich sinf informatika darslarida ilg’or pedagogik texnalogiyadan foydalanib dars o’tilsa, o’qitish jarayoni takomillashadi.