G„isht terish ishlarining sermehnatliligi katta (53 kishi-kun) bo„lganligi sababli va ularni 1,5 smenada bajarish uchun ko„p sonli g„isht teruvchilar talab etiladi. Birinchi qamrovda g„isht terish ishlari 5 kun mobaynida ikki smenada olib boriladi, 2 qamrovda montaj ishlari 5 smenada bajariladi, ya‟ni, g„isht terish ishlari birinchi va ikkinchi smenada, montaj, beton quyish va boshqa ishlar ikkinchi qamrovda faqat birinchi smenada olib boriladi. Zinani marshlari va maydonchalari bino devorlarini tiklanishiga bog„liq holda montaj qilinadi. Oraliq maydonchani va birinchi marshni zinaxonaning ichki devorlarini g„ishtini terish vaqti davomida o„rnatiladi. Ikkinchi (qavat bilan barobar belgida) maydonchani va ikkinchi marshni – qavat balandligiga mos keluvchi belgida g„isht terilgandan so„ng o„rnatiladi.
Qamrovdagi yaruslar soni - 3 ta.
1 yarusdagi g„isht terish ishlari sermehnatlilikni eng kattasini tashkil etadi, shuning uchun birinchi yarusdagi ishlar 4 smenada bajariladi, qolgan ikki yarusdagi ishlar (10 – 4smena) : 2 = 3 smenadagi vaqtlarda bajariladi deb qabul qilamiz. Qamrovda 10 smena davomida g„isht terish ishlarini hammasini bajarish uchun 53:5=10 ta g„isht teruvchi talab etiladi. Ishlarni bajarish uchun “ikkilik” zvenolarni qabul qilamiz. Ko„p sonli eshik va deraza bo„shliqlari, shuningdek yupqa devorlari bo„lgan o„rtacha murakkablikdagi devorlar g„ishtini terishda bunday zvenolar samaralidir.
Brigadada g„isht teruvchi zvenolarning soni hammasi bo„lib 11:2 = 5 taga teng bo„ladi.
Har bir zvenoga bo„linma ajratiladi, uning uzunligi quyidagi ifoda bo„yicha topiladi:
l=(N.C.KbP)/Bm.v.h,m bu erda: N–zvenoning sonli tarkibi;
C–smenaning davomiyligi, 8 soat;
R– me‟yorni oshirib bajarish koeffitsienti (1,1 ... 1,2);
Bm–vaqt me‟yori, kishi-soat;
v–devorning qalinligi, m;
h– g„isht teriladigan yarus balandligi, m;
Kb-qalinligi ikki g„isht bo„lgan devor uchun bo„shliqlik koeffitsienti:
Kb= (118,5 + 13,5) m2 : 27m2 = 19,3
Ya‟ni 2 g„isht qalinlikda devorni to„liq yuzasidan (2-jadval bo„yicha) bo„shliqlarni yuzasi hisobdan chiqarilib tashlangan devor yuzasiga bo„lamiz. SHunga mos ravishda 1,5 g„ishtli devor uchun Kb = 1,08, 1 g„ishtli devor uchun
Kb = 1,13, yupqa parda devorlar uchun Kb = 1, 15 ga teng.