O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy –ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida “ gi PQ-5040-son qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti
Sayyora Xolmirzayeva Zooinjeneriya fakultetining 21-122 guruh talabalari bilan ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan
“Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari” g’oyasini keng targ’ib etishga bag’ishlangan ma’naviy-ma’rifiy suhbat o’tkazdi.
Dotsent Sayyora Xolmirzayeva yoshlarni ma’naviy tahdidlardan himoya qilish borasida boy ma’naviy qadriyatlarimizning tarbiyaviy o’rni haqida to’xtalib o’tdi. Talabalar komillik sari yetaklovchi sog’lom dunyoqarash, bunyodkorlik, vatanparvarlik, to’g’rilik, halollik, ahillik, to’g’ri so’z kabi ijobiy hislatlar haqida o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar .
Do'stlaringiz bilan baham: |