Reja: Video turlari



Download 28,5 Kb.
Sana17.04.2020
Hajmi28,5 Kb.
#45556
Bog'liq
10-ma'ruza Vid

10-ma'ruza: Videolarni yaratish texnologiyasi

10-Mavzu: Videolarni yaratish texnologiyasi

Reja:

1. Video turlari.



2. Video formatlari.

3. Videofaylni yaratish bosqichlari.

1. Video turlari

Video (lot. video - ko’raman) - televideniya tamoyiliga asoslangan tasvirli signallarni shakllantirish, yozish, ishlov berish, uzatish, saqlashning elektron texnologiyasi.

Videoyozuv — videosignal yoki videoma’lumotlarning raqamli oqimi shaklidagi vizual axborotni fizik axborot tashuvchiga saqlash maqsadida yozishning elektron texnologiyasi.

Videolar 2 xil turga bo’linadi: anolog va raqamli.

Anolog videolarning ko’pchiligi television video standartlar orqali ifodalanadi. Televizion videostandartlar quyidagilar: NTSC (National Television Standards Committee), PAL(Phase Alternate Line), SECAM(Sequential Color and Memory).

Videoqatorlar ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi:

1. Statik — grafika (grafik rejimidagi rasmlar, interer, fon, simvollar ) va fototasvirlardan (fototasvirlar va skanerlangan tasvirlar) iborat;

2. Dinamik — kadrlar ketma ketligidan iborat. Dinamik videoqatorlarni uch turga bo‘lish mumkin:

• animatsiya — sun’iy xosil qilingan tasvirlar ketma-ketligidan xosil qilinadi;

• video (life video) — fototasvirlar ketma-ketligidan xosil qilinadi (sekundiga 24 kadr);

• kvazivideo — fototasvirlar ketma-ketligi (sekundiga 6—12 kadr);

Animatsiya turlari:

• Chizilgan animatsiya - animatsiyaning bir ko‘rinishi bo‘lib, har bir kadr alohida chiziladi.

• Qumli animatsiya ѐki kukun texnikasi (ingl. Sand animation, Powder

animation) — tasviriy san’atning bir yunalishi xisoblanib, multiplikatsiya yaratishda xam qullaniladi.

• Plastilinli animatsiya (ingl. clay animation) Animatsiya har bir kadrni alohida yaratish orqali xosil qilinadi.

• Siluetli animatsiya - yassi figuralar qirqmalari qo‘llaniladi (figuralar kog‘oz, mato, va boshqa materiallardan qirqib olish natijasida xosil qilinadi)

• Kompyuterli animatsiya - hozirgi kunda kompyuterli animatsiya animatsiya yaratishda eng qulay va zamonaviy texnologiya xisoblanadi.

2.Video formatlari

Raqamli videoarxitektura video va audiolarni birgalikda siqish va kodlash uchun mo’ljallangan algoritmlar bilan ishlovchi vidoefarmatlardan tashkil topadi.

Eng ko’p qo’llaniladigan videoformatlarga Ogg(.ogg Theora for Video, Vorbis for Video), Flash video(.flv), MPEG(.mp4), QuickTime (.mov), Windows Media Format (.wmv), WebM (.webm), and RealMedia (.rm).

Kodek (signallarni kodlash/dekodlash vositalari) zamonaviy videokonferensiya tizimlarining yuragi hisoblanadi. Birinchi kodeklar 1982 yil vujudga kelgan. Ular dastur yoki qurilma ko’rinishida bo’lib, audio - va videosignallarni siqish vazifasini bajaradi va past yoki o’rta tezlikdagi aloqa kanallari orqali uzatish imkonini beradi. Shunday qilib, kodeklar standart tarmoqlar orqali videokommunikasiyani amalga oshirish imkonini beradi.

Kodeklarning quyidagi turlari mavjud: Theora, H.263,H.264, VP6,VP8.

HTML5 tilida video ma’lumotlarni namoyish qilish uchun

Youtube va boshqa ko’plab veb saytlarda videolarni siqish uchun VP6 kodekidan foydalaniladi.

MPEG – Moving Picture Experts Group qisqartmasidan olingan bo’lib, ya’ni kino sohasidagi ekspertlar guruhidir. Bu guruh ikkita ISO (Standartlar bo’yicha xalqaro tashkilot) va IEC (Xalqaro elektrotexnik komissiya) tashkilotlarining o’zaro hamkorligi ostida boshqariladi. Guruhning nomi – ISO/IEC JTC1 SC29 WG11. Uning vazifasi – audio– va videosignallarni kodlashning umumiy qonun – qoidalarini ishlab chiqishdir. MPEG standartlari CD–i va CD –Video texnologiyalarida, raqamli kabel va sputnik TVda, Internet –radio, multimediali komyuterlarda ishlatiladi va DVD standartining bir qismi hisoblanadi.

Bugungi kunda quyidagi turlari mavjud:

MPEG - 1 standarti sinxronlashtirilgan videotasvirni yozish, CD-ROM dagi tovushni chiqarish uchun ishlatiladi va axborotning uzatish tezligi 1,544 Mbit/s bo’lganda videosignalning talab darajasidagi sifatini kafolatlaydi. MPEG - 1 da ishlov berilgan videosignallarning sifat ko’rsatkichi VHS-videoga o’xshaydi, shuning uchun bu format birinchi navbatda standart analog videojamlovchilarni qo’llab bo’lmaydigan sohalarda ishlatiladi.

MPEG–2 standarti televideniya sifatiga tenglashgan videotasvirga tizimning o’tkazish qobiliyati axborotni uzatishning 3 dan 15 Mbit/s gacha tezligida ishlov berish uchun mo’ljallangan. Ko’pchilik telekanalar MPEG–2 ga asoslangan texnologiyalarga o’tishmoqda. Bu standartga muvofiq siqilgan signallar televizion sputniklar orqali uzatiladi, katta xajmga ega bo’lgan videomateriallarni arxivlash uchun ishlatiladi. MPEG–2 standarti axborotning uzatish tezligi 6 Mbit/s bo’lganda videosignalning o’yin ilovalari darajasidagi sifatni ta’minlab beradi, H.261 esa videokonferens–aloqa darajasidagi sifatni axborot uzatish tezligi 112, 384, 768 va 1544 Kbit/s bo’lganda ta’minlaydi.

MPEG–3 standarti yuqori aniqlikka ega bo’lgan televideniya tizimlarida ma’lumotlar oqimi 20 – 40 Mbit/s tezlikda ishlatilar edi, keyinchalik MPEG–2 ning qismiga aylandi va xozir alohida eslatilmaydi. Ko’pincha, audiosignalni siqish uchun ishlatiladigan MP3 formatini MPEG–3 bilan bir deb o’ylaydilar, vaholanki MP3 formatining to’liq nomi MPEG Audio Layer III dir.

MPEG–4 raqamli multimedia ma’lumotlar bilan ishlash tamoyilini uchta yo’nalish bo’yicha beradi: interaktiv multimedia (optik disklarda va tarmoq orqali tarqatiladigan axborot), grafik ilovalar va raqamli televideniya.

3.Videofaylni yaratish bosqichlari

Videofaylni yaratish quyidagi bosqichlardan iborat:

1 - bosqich: video, foto, musiqa, effekt kabi materiallarni tayyorlash.

2 - bosqich: yuqorida keltirilganlarni yagona klipga (film) montaj qilish.

3 - bosqich: olingan videoni talab qilingan formatga o’zgartirish.

4 - bosqich: CD yoki DVD-diskni yaratish.

Bepul videotahrirlovchi dasturiy mahsulotlar

Videoterminal qurilmalar

Videoterminal videomonitordan (displeydan) va videonazoratchidan (videoadapterdan) tashkil topgan. Videonazoratchilar SHKning tizimli bloki tarkibiga kiradi (bosh plataning raz’yomiga o‘rnatiladigan videokartada joylashgan), videomonitorlar esa SHKning tashqi qurilmalaridir.

Monitor ekraning o‘lchami odatda uning diagonali kattaligi bilan dyumlarda beriladi: IBMga mos tushuvchi SHKlarda ekranning quyidagi tipik o‘lchamlari qabul qilingan: 14, 15, 17, 19, 21dyum. Eng tarqalgan o‘lchami – 15 dyumli, lekin hozirgi paytda 17 va 19 dyumli monitorlarni sotish ancha ko‘paydi. Haqiqatan xam, 17 dyumli monitorlar ishlashida sezilarli darajada qulay va sog‘liq uchun zararsizroqdir (operator ekrandan uzoqroq o‘tiradi) , lekin ular birmuncha qimmatroq hamdir.

Kompyuter monitorlarining ekran o’lchamlari

Nazorat savollari

1.Video nima?

2.Videoning qanday turlari bor?

3.Kodekning vazifasi nima?

4.MPEG standarti haqida ma’lumot bering.

5. Videofaylni yaratish bosqichlarini bayon qiling.



Oxirgi o'zgartirish: Thursday, 16 April 2020, 1:15 AM
Download 28,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish