Маънавий-маърифий ишларда ўҚувчи-ёшлар шахсини ахлоқий тарбиялаш


Barkamol shaxsni tarbiyalashda intellektual va ijodiy sifatlarni rivojlantirishning ahamiyati



Download 0,62 Mb.
bet14/15
Sana26.02.2022
Hajmi0,62 Mb.
#465143
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Mamatova Xumora Raxmatilla qizi

2.2. Barkamol shaxsni tarbiyalashda intellektual va ijodiy sifatlarni rivojlantirishning ahamiyati
Milliy mustaqillik qo‘lga kiritilgan dastlabki oylardan boshlaboq birinchi Prezident I.A.Karimov milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasini shakllantirish to‘g‘risida qayg‘ura boshlagan edi. Buning sababi “Milliy mustaqil davlat bor ekan, uning mustaqilligi va erkinligiga, an’ana va urf-odatlariga tahdid soladigan, uni o‘z ta’siriga olish, uning ustidan hukmronlik qilish, uning boyliklaridan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishga qaratilgan intilishlar va harakatlar doimiy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrar”. Keltirilgan shu iqtibosdan ko‘rinib turibdiki, milliy g‘oya mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan vositadir.
Milliy istiqlol g‘oyasi bajaradigan yana bir muhim funksiya tarbiyaviy funksiyadir. Milliy g‘oyaning bu funksiyasi globallashuv jarayonlari tezlashib borayotgan hozirgi kunlarda yana ham dolzarbroq ahamiyat kasb etadi. Globallashuv faqat iqtisod va siyosat sohasida emas, balki ma’naviyat va mafkura sohasida ham jadallashib bormoqda. Aytish mumkinki, ma’naviyat va mafkura sohasidagi globallashuv boshqa sohalarga nisbatan jadalroq yuz bermoqda. Sababi, o‘z manfaatlarini ko‘zlayotgan ba’zi davlatlar mamlakatimizga mafkuraviy jihatdan zararli va vayronkor ta’sir o‘tkazishga urinayotganligi sir emas.
Har qanday xalqning ma’naviyati boshqa xalqlar ma’naviyatidan ihotalangan holda rivojlanmaydi. Milliy ma’naviyatlar bir-birlarini boyitadi va to‘ldiradi. Mamlakatimiz Sharq va G‘arbni tutashtirgan karvon yo‘llarida joylashgani sababli, ma’naviyati ham Sharq va G‘arb ma’naviyatlaridan bir xilda bahramand bo‘lib kelgan. Xalqimiz G‘arb va Sharq xalqlari ma’naviyatidagi ijobiy tomonlarni o‘zlashtirish bilan cheklanib qolmadi, balki ularga ijodiy yondashdi va yanada yuksaltirdi.
Afsuski, ma’naviyat va mafkura sohasidagi o‘zaro ta’sir, ijobiy tomonlarni o‘zlashtirish bilangina cheklanmas ekan. Bu jarayonda salbiy va vayronkor g‘oyalar ham ma’naviyatimizga ta’sir o‘tkazishga kirishar ekan. Shuning uchun ham milliy ma’naviyatimizni tahdidlardan himoya qilish uchun milliy istiqlol g‘oyasidan kuchliroq va samaraliroq vosita yo‘q. Bu haqda “Milliy istiqlol g‘oyasi” darsligida quyidagi fikr bildirilgan: “Ma’naviyatni bir uyga to‘plangan boylikka qiyoslasak, tashqaridan kirayotgan shamol uy ichidagi narsalarni ostin-ustin qilib tashlashini hech bir xonadon sohibi istamaydi. Xuddi shu kabi, biz ham yot g‘oyalar, oqimlar va mafkuralar ma’naviyatimizga vayronkor ta’sir o‘tkazishiga qarshi himoya choralari ko‘rishimiz tabiiy”. Shu o‘rinda milliy istiqlol g‘oyasining yoshlarni tarbiyalash, milliy va ma’naviy o‘zlikni himoyalash kabi muhim funksiyasi namoyon bo‘ladi. Milliy istiqlol g‘oyasi ana shu funksiyasini bajarishida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar muhim o‘rin tutadi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning tarbiyaviy ahamiyati milliy istiqlol g‘oyasini targ‘ib qilishda ham ko‘rinadi. Milliy istiqlol g‘oyasining muhim funksiyalaridan biri yoshlarni tarbiyalash ekan, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ana shu g‘oyani targ‘ib qilish orqali yoshlarga o‘tkazadigan o‘zining tarbiyaviy ta’sirini yana ham kuchaytiradi.
O‘quvchi-yoshlar ongiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish ta’lim tizimida olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning markazida turibdi. Bu maqsadga erishish yo‘lida ta’lim-tarbiyaning turli usul va vositalaridan foydalanilmoqda. Kuzatuvlarimiz ba’zi ta’lim muassasalarida milliy istiqlol g‘oyasi bo‘yicha ma’ruzalar, seminarlar, kollokviumlarga ko‘proq e’tibor berilib, darslardan so‘ng o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga yetarli ahamiyat berilmayotganini ko‘rsatdi. Holbuki, bunday tadbirlar yoshlarni tarbiyalashda va ular ongiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirishda ulkan ahamiyatga ega.
Mamlakatimiz ta’lim tizimida interfaol usullardan foydalanishga katta ahamiyat berilayotgan hozirgi kunda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni qo‘llash yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Ilg‘or o‘qituvchilarning tajribasi ko‘rsatishicha, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan dars jarayonida foydalanish o‘quvchi-yoshlar faolligini keskin oshiradi. Bundan tashqari, mashg‘ulot o‘tkazishning rolli o‘yin, xizmat o‘yinlari singari shakllari asl mohiyatiga ko‘ra madaniy tadbirdir. Chunki, ular ta’lim shakllari bilan san’at elementlarining qo‘shilib ketishi natijasida vujudga kelgan. Dars jarayonida badiiy asarlardan parchalar keltirish, she’rlarni ifodali o‘qish, sahna asarlaridan parchalar ijro etish o‘quvchilarning ham aqliy, ham hissiy-emotsional faolligini keskin oshirishga xizmat qiladi
Mashg‘ulotlar davomida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar elementlaridan foydalanish muayyan metodika asosida amalga oshiriladi. Bu holat mazkur tadbirlarni o‘tkazishning umumiy xususiyatlari bilan bog‘liq. Shuni hisobga olib, milliy istiqlol g‘oyasini targ‘ib qilishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan foydalanish metodikasi to‘g‘risida ba’zi mulohazalarni va o‘tkazgan kuzatuvlarimiz natijalarini bayon qilmoqchimiz.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar kechalar, tomosha va teatrlashtirilgan konsertlar, ko‘rik-tanlovlar, ko‘rgazma, badiiy kompozitsiya, quvnoqlar va zukkolar tanlovlari kabi shakllarda o‘tkaziladi. Ularning har biri o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, shunga monand ravishda, ularni o‘tkazish metodikasi ham bir-biridan farq qiladi. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orasida eng ko‘p qo‘llanayotgan shakllardan biri mavzuli kechalardir.
“Mavzuli kecha” atamasi dastlab muayyan bir mavzuga bag‘ishlangan va oqshom paytlari o‘tkaziladigan tadbirlarni anglatgan. Bunday tadbirlar jumlasiga uchrashuv kechalari, xotira kechalari, she’riyat kechalari, vatanparvarlik mavzusidagi kechalar, qo‘shiq kechalari, raqs kechalari va boshqalarni kiritish mumkin. Bunday tadbirlar avvallari odamlar ishdan bo‘shagandan keyin, oqshomda, kechqurunlari o‘tkazilgani sababli “kechalar” nomi bilan atalgan. Vaqt o‘tishi bilan esa bunday tadbirlar kunduzlari ham o‘tkazila boshlagan, lekin, ularning dastlabki nomi saqlanib qolaverdi. Shuning uchun hozirgi davrda kunduzi yoki ba’zan ertalab o‘tkaziladigan ana shunday tadbirlarning ham “kechalar” deb atalishidan ajablanish shart emas.
Mavzuli kechalarning konsert, spektakl va boshqa san’at janrlaridan asosiy farqi shundaki, bu tadbirlar jarayonida teatrlashtirilgan ommaviy harakatlar yuzaga keladi, ijrochilar va tomoshabinlar bir butunlikni tashkil etadi. Shuning uchun mavzuli kechalar o‘zlarining mohiyatiga ko‘ra, ommaviy bayramlarga juda yaqin turadi.
Mavzuli kechalar xalq uchun va jamoa uchun qadrli hisoblanadigan va muhim ahamiyat kasb etadigan biror voqea yoki sanaga bag‘ishlab o‘tkaziladi. Masalan, “Milliy g‘oya - bizning g‘oya”, “Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston!”, “Diniy bag‘rikenglik” mavzularidagi kechalar mavzu muhimligini ta’kidlash bilan birga, shu masalalarga jamoa yoki sinfning munosabatini ham ifodalaydi.
Mavzuli kechalarni tayyorlash bosqichi juda muhim ahamiyatga ega. Chunki, ana shu bosqichda kechani tayyorlash bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishga bo‘lg‘usi tomoshabinlar keng miqyosda jalb etiladi. Bu holat mavzuli kecha ishtirokchi-tomoshabinlarining passiv kuzatuvchi emas, balki tadbirning faol qatnashchilariga aylanishini ta’minlaydi.
Mavzuli kechalar qaerda o‘tkazilishiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • Klublarda, madaniyat saroylari va uylarida, istirohat bog‘lari (parklar) da o‘tkaziladigan kechalar;

  • Mehnat jamoalarida, korxonalarda o‘tkaziladigan kechalar;

  • Sanatoriylarda, dam olish uylarida, pansionat va kurortlarda o‘tkaziladigan kechalar;

  • Mahalla, qishloq va ovullarda o‘tkaziladigan kechalar;

  • Maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, institut, universitet va boshqa ta’lim maskanlarida o‘tkaziladigan mavzuli kechalar.

Mavzuli kechalarni o‘tkaziladigan joylarga qarab turlarga bo‘lish sababi shundaki, yuqorida sanab o‘tilgan joylarda o‘tkaziladigan kechalar ishtirokchilarning tarkibi, yoshi, kasbi, jinsi, ijtimoiy mavqei va boshqalarga ko‘ra farqlanadi. Bu farqlar faqatgina tashqi tafovut bo‘lmasdan, ular kechalarning o‘tish jarayoniga, sahnadagi ijrochilar bilan tomoshabinlar o‘rtasidagi hissiy-emotsional aloqaning xususiyatlariga jiddiy ta’sir o‘tkazadi. Masalan, kasb-hunar kollejida vatanparvarlik mavzusida o‘tkaziladigan mavzuli kecha istirohat bog‘ida o‘tkaziladigan tadbirdan jiddiy farq qiladi. Kasb-hunar kollejidagi tadbir ishtirokchilarining aksariyati shu kollej o‘quvchilaridan iborat bo‘lsa, istirohat bog‘idagi mavzuli kechaning tomoshabinlari turli yosh, jins, kasbga mansub odamlardan iborat bo‘ladi. Kollejdagi kecha tomoshabinlari sahnadagi ijrochilar, ya’ni o‘zlarining kursdoshlari, sinfdoshlari bilan hissiy-emotsional aloqa o‘rnatishlari oson kechadi. Ular sahnadagi do‘stlarining muvaffaqiyatini o‘zlarining muvaffaqiyati, nuqsonlarini o‘zlarining nuqsoni singari qabul qiladilar. Bunday holat ijrochilar bilan tomoshabinlar o‘rtasidagi hissiy-emotsional uyg‘unlikni ta’minlaydi. Ana shu uyg‘unlik tadbirning tarbiyaviy ahamiyati yuqori darajada bo‘lishini ta’minlaydigan eng muhim omillardan biridir.
Istirohat bog‘idagi mavzuli kechalarda ijrochilar bilan tomoshabinlar o‘rtasidagi hissiy uyg‘unlikni ta’minlash ancha murakkabroq kechadi. Buning uchun ijrochilardan ancha mahorat, vaqt va kuch talab qilinadi. Istirohat bog‘laridagi kechalarda ijrochilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolar tomoshabinlarning kulgisiga sabab bo‘lishi mumkin. Kasb-hunar kollejida esa kechaning ijrochisi xatoga yo‘l qo‘ysa, zaldagilar bu kamchilikdan kulishmaydi, balki xuddi o‘zlari kamchilikka yo‘l qo‘ygani singari iztirob chekishadi. ta’lim va madaniyat muassasalarining milliy istiqlol g‘oyasini targ‘ib qilish bo‘yicha hamkorlik qilishlari va ma’naviy-axloqiy tarbiyani amalga oshirishlari uchun eng qulay shakllardan biri — mavzuli kechalar o‘tkazishdir. Bu shaklning nomi “mavzuli kecha” bo‘lsa ham, uni kechasi yoki oqshomda o‘tkazish shart emas. Bunday kechalarni, odatda, ko‘proq kunduzi o‘tkaziladi. Bunday nom berilishiga sabab — bundan bir necha o‘n yillar avval, bu shakl vujudga kela boshlaganda, u ko‘proq qishloq aholisi daladan qaytganda, oqshom paytlarida o‘tkazilgan. Mavzuli kechalarning milliy istiqlol g‘oyasini o‘rganishdagi samaradorligini ta’minlaydigan jihat avvalo shundaki, mavzu bo‘yicha berilajak axborotga badiiy-ijodiy bezak bag‘ishlanadi. Bundan tashqari, bu tadbirda o‘quvchi-yoshlar ham ishtirokchi-tomoshabin, ham ijrochi bo‘ladilar. Boshqacha aytganda, ta’lim jarayoni uchun zarur bo‘lgan interaktivlik ta’minlanadi.
Mavzuli kechaning eng muhim jihati shundaki, u yoritilayotgan mavzuning mohiyatini ochish bilan bir paytda ishtirokchi va ijrochilarning unga munosabatini ham ifodalaydi. Mavzuli kechalar muayyan axborotni tomoshabinlarga yetkazishnigina ko‘zlab qolmay, tomoshabinlarning ijtimoiy-badiiy faolligini taqozo qiladi. Bu faollik tomoshabinlarning quvonchi, yaxshi kayfiyati, sahnada kechayotgan voqealarga faol munosabatlari orqali ifodalanadi. Eng muhimi shundaki, tomoshabinlarning sahnadagi voqealarga munosabatini shakllantirish orqali o‘sha voqealar zamirida yotgan hodisaga munosabat vujudga keltiriladi.
Bayon qilinganlardan kelib chiqib, mavzuli kecha yoshlarni tarbiyalashda, ular ongiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirishda ta’lim va ma’naviy-ma’rifiy muassasalar hamkorlik qilishi uchun eng samarali shakllardan biri, deyish mumkin.
Dunyodagi barcha xalqlar va elatlarning o‘z bayramlari bor. Bayramlar har bir xalq ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining muayyan bosqichida vujudga keladi. Shu bilan birga bayramlar ana shu taraqqiyotga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. “…bayramlar insoniyat madaniyatining eng muhim shakllaridan biri bo‘lishi bilan bir qatorda kishilik jamiyatini rivojlantirishning eng samarali vositasi hisoblanadi.”
Bayramlar bir qator muhim funksiyalarni bajaradi. Bular orasida tarbiyaviy funksiya alohida o‘rin tutadi. “Bayram tarbiya tizimida o‘ziga xos muhim va yirik tadbir sanaladi. Bayramlar xalqning eng yaxshi an’analari, odatlari, axloqiy qoidalarini o‘zida mujassamlashtirishi, saqlashi va rivojlantirishi bilan yoshlar tarbiyasida muhim o‘rin tutadi.
Yaxshi tashkil etilmagan, oldindan o‘ylab tuzilmagan reja asosida o‘tkaziladigan bayramlar ma’naviy-axloqiy tarbiyaga hissa qo‘shishi qiyin. Hattoki, bunday bayramlar g‘ayri axloqiy hodisalar, xunuk hodisalarga ham olib kelishi mumkin. Masalan, tug‘ilgan kunni mo‘l-ko‘l ichkilikbozlik bilan nishonlash, to‘ylar, hattoki yaxshi tashkil etilmagan siyosiy bayramlar ham ko‘ngilsiz hodisalarni keltirib chiqarishi mumkin. Aytaylik, sho‘rolar davrida yalpi ichkilikbozlik bilan o‘tkaziladigan G‘alaba kuni, 7 noyabr singari bayramlarda jinoyatchilik keskin ko‘payar edi.
Yuqoridagi holatlarni hisobga olib, bayramlarni rejalashtirish va tashkil etish jarayonida ularning tarbiyaviy funksiyasi doimo nazarda tutilishi kerak.
Bayramlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyadagi roli ularning mohiyati, rejalashtirilishi va tashkil etilishi bilan bog‘liq. Bayramlarning kelib chiqishidagi eng muhim omillardan biri yoshlar tarbiyasiga yo‘naltirilganligidir. Aytaylik, Navro‘z bayramini nishonlashda ajdodlarimiz qadimdan o‘zaro gina-kuduratni, xafagarchilikni unutishgan va xafalashgan odamlarga ham do‘stlik qo‘llarini cho‘zganlar.
“Ma’naviy tarbiya odatda kundalik hayotiy vaziyatlarda, muomala, munosabatlarda vujudga keladi. … … … bayramlar, tantanali marosimlar bilan bog‘liq urf-odatlar ham o‘ziga xos xususiyatga ega. Bularga to‘y tantanalari, mehmon kutish va hokazolar kiradi. Ayniqsa, motam marosimlari bilan bog‘liq o‘ziga xos odob-axloq qoidalarini barcha bilishi lozim.” - deb yozadi pedagog-olima S.Nishonova.
Bayramlarning tarbiyaviy funksiyasi amalga oshishini ta’minlaydigan holatlardan biri o‘quvchi-yoshlarga shu bayramlarning tarixi va kelib chiqishini tushuntirish bilan bog‘liq. Aytaylik, Navro‘zning tarixi bilan bog‘liq yuqorida keltirilgan misolni o‘quvchi-yoshlarga tushuntirishning o‘zi tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Bayramlarni nishonlash bayramoldi tadbirlaridan boshlanadi. Masalan, mamlakatimizda 8 dekabr kuni nishonlanadigan Konstitutsiya kuniga tayyorgarlik ancha oldin boshlanadi. Sinflarida, turli kurs va fakultetlarda bu sanaga bag‘ishlab ma’ruzalar, yig‘ilishlar, konferensiyalar, kechalar va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi. Demak, bayramlarning tarbiyaviy ahamiyati ular nishonlanishidan ancha avval namoyon bo‘ladi. Bayramoldi tadbirlarda shu bayramlarning kelib chiqish tarixi, mohiyati tegishli tarzda ochib berilsa, bu tadbirlarning tarbiyaviy ahamiyati yuqori bo‘ladi.
Bayramlar kelib chiqishi, o‘tkazilish vaqti, miqyosi, mazmun va mohiyatiga ko‘ra turli-tuman bo‘ladi. Ularning mavsumiy bayramlar, oilaviy bayramlar, diniy bayramlar, sport bayramlari, ma’naviy-ma’rifiy bayramlar, mehnat va tabiat bayramlari singari turlarini sanab o‘tish mumkin. Bu bayramlarning har birini nishonlashda o‘ziga xos tayyorgarlik ko‘rish va rejalashtirish lozim. Masalan, oilaviy bayram hisoblanadigan tug‘ilgan kunni nishonlash ham ta’lim sinf jamoasi uchun ahamiyatsiz, deb e’tibordan chetda qoldirilmasligi lozim. Tug‘ilgan kun bilan sinf murabbiyi o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “chaqaloq” o‘quvchi-yoshlarni tabriklab, unga otkritka taqdim qilsa, bunday e’tibor ularning maktabga bo‘lgan hurmatini oshiradi.
Aytaylik, tanaffus paytida sinf a’zolarini to‘plab, ularga “chaqaloq” o‘quvchi-yoshning yutuqlari, fazilatlarini qisqacha so‘zlab berilsa, jamoada bayramona kayfiyat vujudga keladi. Mabodo, tug‘ilgan kunida ta’lim muassasasiga kelgan o‘quvchi-yosh e’lonlar taxtasida o‘z nomiga bildirilgan tabrikni o‘qisa, uning shodligiga shodlik qo‘shiladi. Sinfdagi o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida ham u-“chaqaloq”ning birdaniga obro‘si ortadi. Natijada shu kichkina tadbir orqali sinfdagi birlik va do‘stlik munosabatlari ancha mustahkamlanadi.
Tug‘ilgan kun va u bilan bog‘liq boshqa tadbirlar eng ko‘p nishonlanadigan bayramlardan hisoblanadi. Masalan, o‘qituvchilarning, taniqli ustozlarning yubileylarini ham shu jamoatda nishonlash mumkin. Bunday yubileylar bilan bog‘liq bo‘lgan tantanalarga o‘quvchi-yoshlarni ham taklif qilish maqsadga muvofiqdir. Ta’lim muassasasi o‘qituvchilarining yubileylarini o‘tkazish uchun maxsus komissiyalar tuziladi. Shunday komissiyalar tarkibiga o‘quvchi-yoshlardan ham bir nechtasi kiritilishi va ularga ham yubiley bilan bog‘liq tashkiliy vazifalar yuklatilishi bu tadbirning tarbiyaviy ahamiyatini kuchaytirish uchun imkon yaratadi. Chunki komissiya tarkibiga kiritilgan o‘quvchi-yoshlar yubilyarning hayot yo‘li, umri bo‘yi erishgan yutuqlari, axloqiy sifatlari haqida ma’ruzaga material to‘plash uchun olib boriladigan ishlarda qatnashadilar. Ana shu ish jarayonida yubilyarning hayot va ijodiy faoliyatidagi ibratli hollar bilan tanishadilar. Bu esa ularning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga kuchli ta’sir o‘tkazadi. O‘quvchi-yoshlarning yubiley komissiyasi faoliyatida ishtirok etishi faqatgina shu ishtirokchi o‘quvchi-yoshlarga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish bilan cheklanmaydi. Bu o‘quvchi-yoshlar yubilyar haqida o‘zlari topgan ma’lumotlar bilan sinfdosh, maktabdosh do‘stlarini, o‘z atrofidagilarni ham tanishtirishadi. Ijtimoiy psixologiyadan ma’lumki, ba’zan o‘z do‘sti og‘zidan biror-bir ma’lumotni eshitish hatto ustoz yoki ota-ona og‘zidan eshitgandan ham ko‘ra kuchlirok ta’sir o‘tkazadi.
Yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalq bayramlarining salohiyati ulkan. Xalq bayramlari ajdodlarimizning eng yaxshi fazilatlari, fikrlari, tajribalari, yutuqlari, qadriyatlarini mujassamlashtirgani uchun jamiyatimizni axloqiy sog‘lomlashtiruvchi, insonparvarlikni barqaror etuvchi va aholining ma’naviy kamol topishiga xizmat qiladigan muhim omil sifatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, bayramlar odamlar orasida odob-axloq, imon-e’tiqod, insonparvarlik, mehr-muruvvat, saxovat, odillik, halollik, birodarlik, vatanparvarlik, mehmondo‘stlik kabi xislatlarni ravnaq toptirishda muhim omil hisoblanadi. Bayramlar va bayramoldi tadbirlarni oldindan puxta rejalashtirib, tashkil etilgandagina ularning tarbiyaviy salohiyati to‘la namoyon bo‘ladi. Buni mamlakatimizdagi eng qadrli umumxalq bayramlaridan biri bo‘lgan Konstitutsiya kunini nishonlash misolida ko‘rish mumkin. Bu bayramni ta’lim muassasalarida nishonlash uchun kamida bir oy avval ishchi sinfi tuzish lozim. Komissiya bayramni o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqadi, rejada quyidagilar aks ettirilishi mumkin:

  • sinflar o‘rtasida Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan eng yaxshi devoriy gazeta uchun tanlov;

  • Konstitutsiya kuniga bag‘ishlab barcha sinflarda maxsus darslar o‘tkazish;

  • davlatimiz ramzlarini ifodalovchi va sharhlovchi stendlar tashkil qilish;

  • davlatimiz madhiyasini xor bo‘lib ijro etish bo‘yicha sinflar o‘rtasida tanlovlar o‘tkazish;

  • Vatanni madh etuvchi qo‘shiqlar tanlovi o‘tkazish;

  • Konstitutsiyamizda inson huquqlari ifodalanishi haqida sinflararo munozaralar o‘tkazish;

  • Konstitutsiya haqida o‘quvchi-yoshlar tayyorlagan eng yaxshi maqola uchun tanlov o‘tkazish;

  • Konstitutsiya kuni haqida professor-o‘qituvchilar, o‘quvchi-yoshlarning mehnat jamoalarida, mahallalarda ma’ruzalar bilan chiqishini tashkil etish;

  • Konstitutsiyamizda bayon etilgan huquq va erkinliklar to‘g‘risida “intellektual ring” o‘yinini o‘tkazish;

  • O‘zbekistonda Konstitutsiyaning tarixiy turlari (“Temur tuzuklari”, Turkiston avtonom sovet sotsialistik respublikasining 1918 va 1920 yillardagi, Xorazm va Buxoro xalq respublikasining 1920-1921 yillardagi, O‘zbekiston SSRning 1927, 1937, 1979 yilgi Konstitutsiyalari) haqida bilimdonlar tortishuvini tashkil qilish. Bunday tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining oldingi Konstitutsiyalardan farqini yoritishga alohida e’tibor qaratiladi;

  • Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan tantanali majlis o‘tkazish.

Konstitutsiya kuni bayramining tarbiyaviy ahamiyati bayram kuni o‘tkaziladigan tadbirlar bilan cheklanmaydi. Aslida bayramgacha o‘tkaziladigan tadbirlar o‘quvchi-yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashdagi roli juda ulkan bo‘ladi.
Rejalashtirilgan tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun komissiya a’zolari ichidan mas’ullar belgilanadi. Rejalashtirilgan tadbirlarni tayyorlash bosqichida mumkin qadar ko‘proq o‘quvchi-yoshlarni jalb etish bu tadbirlarning tarbiyaviy samaradorligini oshirishga ko‘maklashadi. Agar tadbirlarni tayyorlashda o‘quvchi-yoshlar faol ishtirok etmasa, ular tadbirni shunchaki rasmiyatchilik uchun o‘tkazilgan tadbir sifatida qabul qilishlari mumkin.
Konstitutsiya kunini nishonlash uchun belgilangan va o‘tkaziladigan tadbirlarda bu Asosiy Qonunning o‘quvchi-yoshlar tanlagan ixtisoslik va soha uchun qanchalik muhim ahamiyatga ega bo‘lganiga urg‘u berish zarur. Masalan, pedagogika institutlarida o‘tkaziladigan bayram tadbirlarida mamlakatdagi ta’lim tizimini isloh qilish qanchalik ijobiy natijalar berganini, bu islohotlarni o‘tkazish uchun Konstitutsiyamiz huquqiy asos yaratganini alohida ta’kidlash zarur. Konstitutsiya kunini nishonlash uchun belgilangan tadbirlarga huquqshunos olimlar, sud, prokuratura, ichki ishlar xodimlari, hokimiyat vakillarini taklif qilish maqsadga muvofiq.
Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda o‘quvchi-yoshlarning ixtisosliklaridan tashqari, mamlakat hayotida dolzarb bo‘lib turgan masalalarga ham e’tibor qaratish muhim. Ana shunday masalalardan biri — yoshlarda diniy bag‘rikenglik tuyg‘usini shakllantirishdir. Milliy istiqlol g‘oyasi tarkibidagi asosiy tushunchalardan biri diniy bag‘rikenglik (tolerantlik) g‘oyasidir. Bu g‘oya ham Konstitutsiyadagi huquqiy me’yorlarga asoslanadi. Jumladan, Konstitutsiyamizning 31-moddasida shunday deyilgan: ”Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hohlagan dinga e’tiqod qilish yoki qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi». Hamma uchun vijdon erkinligining kafolatlanishi jamiyatda diniy bag‘rikenglik qaror topishini taqozo qiladi. Chunki, diniy bag‘rikenglik qaror topmasa, jamiyatda vijdon erkinligi ta’minlanishi amri mahol bo‘ladi. Shundan xulosa qilish mumkinki, milliy istiqlol g‘oyasining diniy bag‘rikenglik haqidagi qismi to‘laligicha Konstitutsiyaning ana shu yuqorida keltirilgan moddasiga asoslangan.
XULOSA

O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki kunlaridan boshlab jamiyatimizning barcha sohalari kabi ma’naviy-ma’rifiy ishlarga ham alohida ahamiyat berila boshlandi. Ayniqsa, umumta’lim maktablarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonida o‘quvchi-yoshlarni axloqiy jihatdan yetuk inson bo‘lib yetishish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqatlilik, xalqimizning ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va rivojlantirish, insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishiga sharoit yaratish lozimligi namoyon bo‘lmoqda.


O‘quvchi shaxsida ma’naviy-axloqiy tafakkurini shakllantirishda O‘rta Osiyo mutafakkirlarining asarlaridagi Vatan, yurt, xalq, ma’naviyat haqidagi g‘oyalaridan foydalanish samarali natija beradi.
O‘quvchi-yoshlarda ma’naviy-axloqiy, estetik tafakkurni shakllantirishning asosiy xususiyatlari bo‘lgan ma’naviy, estetik, ekologik tarbiya tushunchalari, ularning mazmun mohiyati jamiyatga yuksak hurmat-e’tibor, millatning o‘lmas ruhi bo‘lgan ona tiliga muhabbat, kattalarga hurmat va kichikka izzat, mehr – muhabbat, sabr-bardoshlik, mehnatsevarlik, halollik kabi g‘oyalarda namoyon bo‘ladi
O‘quvchi-yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar juda katta imkoniyatga ega. Biroq hozirgi kunda bu imkoniyatlardan yetarli foydalanilmayapti. Bu imkoniyatlar tadbirlar rejasini, ssenariysini o‘quvchi-yoshlar ishtirokida tuzish va ishlab chiqish, amalga oshirish jarayonida namoyon bo‘ladi.
Ta’lim tizimidagi ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid tarbiyaviy tadbirlar o‘quvchi-yoshlar sinflariga qo‘yiladigan pedagogik tashxis natijalariga muvofiq tarzda rejalashtirilishi ko‘zlangan natijalarni beradi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashdagi ulkan imkoniyatlari shu tadbirlar o‘tkazilayotgan ta’lim muassasalarida sahnadagi ijrochi va zaldagi tomoshabin-o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ruhiy yaqinlik mavjudligi bilan izohlanadi. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni rejalashtirish, tayyorlash va o‘tkazish bosqichlarining barchasida o‘quvchi-yoshlarni keng jalb etish shu tadbirlarning tarbiyaviy ahamiyatini yanada oshiradi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning tarbiyaviy rolini muttasil oshirib borish maqsadida o‘quvchi-yoshlarning shu tadbirlarga munosabatini tadbir o‘tkazishdan avval va tadbir o‘tkazilgandan keyin o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Bunday o‘rganish natijalarini keyingi tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazish jarayonida albatta hisobga olish lozim.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazish jarayonida yoshlarda tarbiya va o‘zini o‘zi tarbiyalash hissini shakllantirish va rivojlantirish diqqat markazida bo‘lishi lozim. Shunday qilinganda bu tadbirlarning tarbiyaviy ahamiyati yana ham ortadi.
Yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga yo‘naltirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni rejalashtirish va o‘tkazishda jahonda yuz berayotgan globallashuv jarayoni va ularning yoshlarimiz ma’naviyati va axloqiga jiddiy ta’sir o‘tkazayotganini yodda tutish zarur.
Madaniy tadbirlarning tarbiyaviy imkoniyatlaridan faqatgina darsdan tashqari paytlarda emas, dars jarayonida ham foydalanish maqsadga muvofiq. O‘quv dasturlariga kiritilgan muayyan mavzularni o‘rganish davomida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning monolog, dialog, munozara, kichik sahna ko‘rinishlari va hokazolardan foydalanish, bir tomondan, o‘rganilayotgan mavzuning yaxshi o‘zlashtirilishiga ko‘maklashsa, ikkinchi tomondan, bu mashg‘ulotlarning tarbiyaviy ta’siri ortadi.
Ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarining markaziga milliy g‘oya targ‘ibotini qo‘yish va uning tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanish tarbiya ishiga tizimlilik bag‘ishlaydi hamda ularning tarbiyaviy samaradorligini orttiradi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning o‘quvchi-yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashdagi samaradorligini ta’minlovchi asosiy omillar quyidagilarda o‘z aksini topgan:

        1. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish oldidan pedagogik diagnostika o‘tkazish.

        2. ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tayyorlashda va o‘tkazishda o‘quvchi-yoshlarni faollashtirish.

        3. Empatiya hissini shakllantirish.

Bu omillardan o‘rinli va to‘g‘ri foydalanish ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyadagi samaradorligini yuqori bo‘lishini ta’minlaydi.


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish