Iqtisodiyotda monopollashuv tamoyillari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi.Shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat kam qatnashadi. Bu davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o’z aksini topadi. har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya'ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi, uning miqyosi va xarakteriga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo’lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirishga qaratiladi - Iqtisodiyotda monopollashuv tamoyillari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi.Shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat kam qatnashadi. Bu davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o’z aksini topadi. har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya'ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi, uning miqyosi va xarakteriga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo’lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirishga qaratiladi
Jahon mamlakatlari tajribasi ko’rsatadiki, monopoliyalarga qarshi qonunchilik, asosan,quyidagi yo’nalishlar bo’yicha shakllanadi: 1) ishlab chiqarish (tarmoq)ni boshqa ruvchi qonunlar. Bu qonunlarga ko’ra, hech bir korxona (korporasiya) biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ortig’ini nazorat qilishga haqli bo’lmaydi; 2) barcha yirik korporasiyalar ishtirokchilari boshqa korporasiyalar aksiyalarining ma'lum cheklangan miqdordan ortig’iga ega bo’la olmasligi kerak; 3) baholarni bozor muvozanati belgilangan darajadan yuqori yoki past tutib turish, narx ustidan kelishib olishni taqiqlovchi kartellarga qarshi qonunlarni joriy qilish. Milliy iqtisodiyotda davlatning monopoliyalarga qarshi siyosati raqobat oldidan shakllanib bo’lgan mamlakatlarda raqobatchilik muhitini takomillashtirish, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda esa bu muhitni yangidan shakllantirishga qaratiladi. - Jahon mamlakatlari tajribasi ko’rsatadiki, monopoliyalarga qarshi qonunchilik, asosan,quyidagi yo’nalishlar bo’yicha shakllanadi: 1) ishlab chiqarish (tarmoq)ni boshqa ruvchi qonunlar. Bu qonunlarga ko’ra, hech bir korxona (korporasiya) biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ortig’ini nazorat qilishga haqli bo’lmaydi; 2) barcha yirik korporasiyalar ishtirokchilari boshqa korporasiyalar aksiyalarining ma'lum cheklangan miqdordan ortig’iga ega bo’la olmasligi kerak; 3) baholarni bozor muvozanati belgilangan darajadan yuqori yoki past tutib turish, narx ustidan kelishib olishni taqiqlovchi kartellarga qarshi qonunlarni joriy qilish. Milliy iqtisodiyotda davlatning monopoliyalarga qarshi siyosati raqobat oldidan shakllanib bo’lgan mamlakatlarda raqobatchilik muhitini takomillashtirish, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda esa bu muhitni yangidan shakllantirishga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |