Qora smorodina
Qora smorodina mevalari tarkibida B, P vitaminlari, A provitamini (karotin 3 mg% gacha), qand moddasi, pektin moddalari, fosfor kislotasi, efir moyi, K guruhi vitamini, karotin moddalari mavjud. U kaliy tuzlariga boy bo'lib, fosfor va temir tuzlari ham bor. Smorodina barglarida fitonsidlar, magniy, marganets, oltingugurt, kumush, mis, qo'rg'oshin, efir moyi va C vitamini (250 mg%) mavjud . C vitaminiga to'xtaladigan bo'lsak, qora smorodina bu borada boshqa o'simliklar orasida yetakchi hisoblanadi. Odamning askorbin kislotasiga bo'lgan bir sutkalik ehtiyojini ta'minlash uchun 15-20 dona smorodina mevasini iste'mol qilishning o'zi yetarli bo'ladi. Shuningdek ushbu o'simlik mevasi va barglaridan tibbiy maqasdlarda ham foydalaniladi.
Smorodinani qo'llash va uning xususiyatlari
Qora smorodina tarkibidagi vitaminlar, minerallar va boshqa foydali moddalar miqdoriga ko'ra barcha mevalardan o'zib ketgan. Olib borilgan tadqiqotlar jarayonida qora smorodina mevalari diabet paydo bo'lishining oldini olish xususiyatiga ega ekani aniqlangan. Smorodinani aynan shu xussiyatlari uchun turli kasalliklarda darmonsiz bo'lib qolgan organizmni mustahkamlash va sog'lomlashtirishga mo'ljallangan funktsional ozuqa mahsulotlariga qo'shishadi.
Shuningdek qora smorodinada saraton xastaliklari va Alsgeymer kasalligi paydo bo'lishiga to'sqinlik qiluvchi, yurak va tomir xastaliklaridan himoyalovchi hamda ko'zning o'tkirligini uzoq vaqt saqlashga yordam beruvchi xususiyatlar borligi ham aniqlangan.
Bundan tashqari, uning barg va mevalari buyrakdagi toshlarni chiqarib tashlashda, jigar va nafas olish yo'llari xastaliklarida foydalaniladi. Smorodina mevasini iste'mol qilish ateroskleroz xastaligida juda katta foyda beradi. Smorodina tarkibidagi C vitamini organizmning normal hayot faoliyati uchun juda muhim. Ushbu vitamin hamda antotsianidinlar juda kuchli antioksidlovchi xususiyatga ega. Shu bilan birga smorodinada yallig'lanishga qarshi va dezinfeksiyalovchi qobiliyat ham bor. Uning suvi anginani davolashda qo'llaniladi. Xalq tabobatida ushbu mevadan giyohli choy damlamasi hamda diareya va haroratni tushirish uchun dorilar tayyorlanadi.
Qora smorodina olimlar tomonidan salomatlik uchun eng foydali bo'lgan meva sifatida tan olingan. U immunitetni hamda organizmning turli kasalliklarga qarshilik ko'rsata olish xususiyatini oshiradi.
Smorodinaning ushbu foydali xossalari uni qayta ishlash va konservalash jarayonida ham saqlanib qoladi. Qora smorodina yaxshigina tiklovchi vosita ham hisoblanadi, xususan uning s harbati darmonsiz va yaqinda jarrohlik amaliyotidan o'tgan bemorlarga katta yordam beradi.
Qora smorodina mevalaridan tayyorlangan qaynatmalar kamqonlikda, gipertoniya xastaligi, milklarning qonashi, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yarasi, gastrit kabi kasalliklarda ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Turli toshmalar va teri kasalliklarida smorodina barglari qaynatilib vanna qilinadi. Smorodina barglaridan tayyorlangan damlamalar organizmni siydik va purin kislotasidan xalos qiladi. Shuningdek, undan terlatuvchi, yengil ichni suruvchi vosita sifatida foydalaniladi va qon ketishlarida hamda moddalar almashinuvi buzilganida qo'llaniladi. Qora smorodina suvi yo'talda asal yoki qand qo'shilib iste'mol qilinadi. Smorodina tirnoqlarni ham mustahkamlaydi, buning uchun uning mevasi tirnoq plastinasiga va uning atrofidagi teriga ishqalab suriladi.
O’rik
O'rik danagi mag’izi tarkibida katta miqdorda vitamin B17 o'z ichiga oladi. Ushbu turdagi vitamin tarkibiga siyanid moddasi bo’lib saraton hujayralarini zaharsizlantiradi. Sog'lom hujayraga tushgan bu modda oddiy uglerodga aylanadi va u tabiiy kimiyoterapiyaga aylanadi.O'rik danagi mag’izining foydasi juda bebahodir. Shunday navlar borki katta o’rikdan katta mag’zlari chiqadi. Bunday mag’zlarni bodomni o'rniga ishlatiladi. Hamma o’rik magzlari ham ta'mi uchun yomon emas, balki shunday shirin mag’zlar ham borki ular tarkibida juda to'yimli bo'lgan o'simlik yog'i ham bor qiymati qariyb 70% ni tashkil etadi va oqsil 20% ni tashkil etadi.
Bodom
Bodom - vitamin va ozuqa moddalarining haqiqiy manbai hisoblanadi. Bu juda to'yimli va foydali mahsulot hisoblanadi. Shuning uchun ham bizning hayotimizda bodom faqat lazzatbahsh mahsulot bo’lmay balki dori va davolash vositasihamdir.Bodomning - foydasi ilmiy isbotlangan. Shu tufayli Bodom shifobahsh noyob tarkibi bilan, bu yong'oq nafaqat ko'p kasalliklarda ijobiy ta'sirga ega bo'ladi, balki ko'plab kasalliklar va xastaliklarga qarshi profilaktika vositasi hisoblanadi. Achchiq bodom - tarkibida efir moyi juda ko’p bo’ladi, shuning uchun ham shirin bodomga nisbatan achchiq bodomni katta miqdorda iste’mol qilish xavfli. Bunday mag’zlarni kuniga 2 donadan iste’mol qilish mumkin.
Yong’oq
Yong'oq samarasi foydali va oziqlantiruvchi. Samarasi 77% yog ', 25% oqsil, 15% uglevodlar, vitaminlar,mineral va boshqa moddalar bor. Kimyoviy tarkibi va energiya qiymati buyicha barcha hayvonat va o'simliklar mahsulotlardan ham foydali.Yong'oq yog'ida linoleik va linolenik yog 'kislotalari ham bor. Ular organizmning o'sishi va rivojlanishini ta'minlaydilar, qon tomirlar elastikligiga normallashtirishga va xolesterin metabolizimiga erdami juda katta. Kaloriyalar soni 7 marta mol go'shtiga nisbatan ortiq. 1 kg yong'oq samarasi kunlik oq non va 1 kg gusht normasiga teng. Hisobvaraqlari bo'yicha yong'oq samarasida 65% yog, uglevodlar - 16%, A va B2, K va E vitaminlardan ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |