Mana yoz ham tugab, pishiqchilik eng qizg'in pallaga kiradigan kuz ham kirib keldi



Download 149,5 Kb.
bet6/8
Sana06.03.2022
Hajmi149,5 Kb.
#484724
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
dorivor o\'simliklar @yillik konspekt telegram kanali

Esingizda bo'lsin:
* Qovun iste'mol qilgandan keyin qatiq (sut mahsulotlari) va sovuq suv ichish mumkin emas.
* Shuningdek, qovunni spirtli ichimliklar bilan birga iste'mol qilish ham tavsiya etilmaydi, oshqozoningiz buzilishi xavfi bor.* Qovunni och qoringa iste'mol qilmang.
* Ushbu xushbo'y poliz ekinini asosiy ovqatlanishlar oralig'ida mustaqil taom sifatida iste'mol qiling.
Deyarli barcha geografik kengliklarda yetishtiriladi, turli navlari va katta olmaday shaklidan tortib, kichkina smorodinaday keladigan o'lchamlari mavjud. Dumaloq, cho'zinchoq, qirrali, notekis, noksimon shaklda, qizil, pushti yoki sariq ranglarda bo'lishi mumkin.
OLMA
Olma ko'pchiligimizning eng sevimli mevalarimizdan biri. Bunga hayron qolmasayam bo'ladi, chunki u nafaqat g'aroyib ta'mga ega shirin meva, balki shifobaxsh xususiyatga ega ne'mat hamdir. Sharq tabobatining buyuk namoyondasi Abu Ali ibn Sino ham har kuni uxlashdan oldin bitta olma yeyishni tavsiya etgan. Olma turli-tuman vitaminlar, mikroelementlar va boshqa foydali moddalarning makoni hisoblanadi. Uning tarkibida C , B1 , B2 , P , E vitaminlari, karotin, kaliy, temir, marganets, kalsiy, pektinlar, qand moddasi, organik kislotalar mavjud .
Olma tarkibidagi pektin va tegishli tolalar tufayli qondagi xolesterin darajasini kamaytiradi. Bir dona archilmagan olmada 3,5 gr tola, ya'ni bir sutkada organizmga zarur bo'ladigan tolalar me'yorining 10% dan ko'pi mavjud. Archilgan olmada esa tolalar miqdori 2,7 gr ni tashkil etadi. Tolalarning erimaydigan molekulalari xolesteringa yopishib, ularning organizmdan chiqishiga yordam beradi va bu bilan tomirlarning tiqilib qolishi, yurak xurujlari xavfini kamaytiradi. Shu bilan birga olmada pektinlar deb nomlanuvchi eriydigan tolalar ham bor, ular jigarda hosil bo'ladigan ortiqcha xolesterinni biriktiradi va organizmdan chiqarishga ko'maklashadi.
Olma po'stlog'ida katta miqdorda kversetin antioksidanti mavjud bo'lib, u C vitamini bilan birga erkin radikallarning organizmga zararli ta'sir ko'rsatishiga xalaqit beradi. Pektin olmaga uning asosiy himoya kuchini beruvchi modda ham hisoblanadi. U organizmga kiruvchi qo'rg'oshin va margimush kabi zararli moddalarni bog'laydi va organizmdan chiqaradi. Olmadagi erimaydigan tolalar ich qotishining oldini oladi va bu bilan yo'g'on ichak saratoni rivojlanishining oldini oladi.
Tadqiqotchilar kuniga 2 dona olma iste'mol qilish organizmdagi xolesterin miqdorini 16% ga kamaytirishini aniqlashgan. Xuddi shuncha olma kichik yoki o'rta boshli piyoz va 4 piyola ko'k choy bilan iste'mol qilinsa, yurak xuruji sodir bo'lishi xavfini 32% ga qisqartiradi.
An'anaga ko'ra olma me'da buzilishiga qarshi tabiiy vosita hisoblanadi. U ovqat hazm bo'lishini me'yoriga keltiradi. Buning o'z sabablari bor: olmada ovqat hazm bo'lishiga yordam beruvchi olma va vino kislotasi mavjud. Olma urug'lari yod moddasiga juda boy. Agar kuniga 5-6 dona olma urug'i iste'mol qilinsa, yodga bo'lgan bir kunlik ehtiyoj to'liq qondiriladi, deyishadi.
Olma avitaminoz, C vitamini miqdori kamayganida, kamqonlikda qo'llaniladi. Nordon olmalar sharbatidan nordon olma temir ekstrakti olinadi, undan kamqonlikda qo'llaniladi. Bundan tashqari olma siydik kislotasi hosil bo'lishiga to'sqinlik qiladi, qo'l-oyoqlar zirqirab og'rishi, surunkali bod kasalliklarida yordam beradi. Olma qaynatmalari va damlamalarini ichish juda foydali hisoblanadi. Buning uchun olmani kesib, choyga solib ichishning o'zi ham kifoya. Olmadagi fitonsidlar dizenteriya, tillarang stafilokokk, A grippi viruslarining qo'zg'atuvchilariga nisbatan faol bo'ladi. Fitonsidlarning mikroblarga qarshi faolligi mevaning o'rtasiga qarab ko'payib boradi. Shuningdek olmani infarktdan keyingi davrda iste ' mol qilish tavsiya etiladi. Olma sharbati yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi, aqliy mehnat bilan shug'ullanuvchi kishilar uchun juda foydali. Sharbatda qon hosil qiluvchi elementlar ko'p. Yangi tayyorlangan olma sharbati safro haydash va siydik haydash xususiyatiga ega. Uni gepatoxoletsistit xastaligida, buyrakda tosh yig'ilganida, oshqozon-ichak kasalliklarida, ateroskleroz xastaligida, organizamdagi modda almashinuvi jarayonlari (semirish, artrit, qo'l-oyoqlarning zirqirab og'rishi) buzilganida ichish tavsiya etiladi.
Bundan tashqari, olma immun tizimini mustahkamlaydi va qondagi qand miqdorini ushlab turishga yordam beradi. Olmani ho'l meva ko'rinishida iste'mol qilgan ma'qul, biroq biroz termik ishlovdan keyin ham u o'zining oziq moddalarining aksariyatini saqlab qoladi. Olmani po'stidan ajratmaslikka harakat qiling, chunki unda, yuqorida aytib o'tganimizday, juda ko'p miqdorda pektin moddasi va tolalar mavjud. Olma insult xavfini kamaytiradi. Uning bu xususiyati tarkibidagi fenolik kislotalari bilan bog'liq. Ular antioksidantlar guruhiga kiradi.Ushbu kislotalar tomirlarda tromblar hosil bo'lishining oldini oladi. Bir so'z bilan aytganda, olma sharbati sog'liqni mustahkamlash uchun ajoyib vositadir.
Anor
Anor yer yuzidagi eng foydali mevalardan biri hisoblanadi . Uni qadim zamonlardan beri sevib iste'mol qilishadi. Tarkibida turli-tuman vitaminlar, biriktiruvchi to'qimalar, mikroelementlar mavjud. Anor daraxtini yetishtirish hamma tomondan yoqimli va foydali. Uni n g po'sti, po'chog'i va ildizlari shifobaxsh, barglarini damlab ichish mumkin, mevasi juda shirin. Quritilgan anor gullari choy sifatida damlab ichilsa, gipertoniklarga katta foyda beradi. Anor donalarining sharbati askorbin kislotasiga (14 %gacha), boshqa meva kislotalariga, qand va taninlarga juda boy. Undan musallas, punsh va mevaning lotincha nomi sharafiga qo'yilgan grenadin ichimligi tayyorlanadi. Grenadin - bu anorning oddiy sharbati. Anor sharbati vitaminlarga boy mahsulot hisoblanadi, shu bois uni organizmning sillasi quriganida, kamqonlikda, aterosklerozda, nafas olish yo'llari infeksiyalarida, bronxial astmada, anginada, radioaktiv nurlanishida ichish tavsiya etiladi.
Anorning shirin navlaridan olinadigan sharbat infeksiya kasalliklari va jarrohlik operatsiyalaridan keyin, buyrak sanchiqlari va oshqozon-ichak buzilishlarida samarali tiklovchi vosita sifatida yaxshi foyda beradi. Anorning nordon navlaridan olinadigan sharbat esa, diabet kasalligida yordam beradi. Agar maxsus tavsiyalar bo'lmasa, ichiga bir osh qoshiq asal solingan anor sharbatini kuniga bir stakandan ichish tayinlanadi. Diqqat: anor sharbati oshqozon yarasi kasalligida, oshqozon shirasining kislotalilik darajasi katta bo'lgan gastritda tavsiya etilmaydi ! Tabiiy anor sharbatiga biroz suv qo'shish lozim, chunki uning tarkibidagi kislotalar tish emalini yemirishga qodir.
Anor mevasi po'chog'idan tayyorlangan qaynatma ichak yoki oshqozon yallig'lanishi holatida yordam beradi, dizenteriya va gemorroyga qarshi kurashda qo'shimcha samara beradi. Tarkibida C vitamini juda ko'p miqdorda bo'lgan anor suvi organizmni mustahkamlaydi hamda ko'plab virusli kasalliklarning oldini olishda sitrusli mevalar sharbatidan qolishmaydi. Shuningdek anor ishtahani ochadi, uning urug'lari esa yurak mushaklarini mustahkamlaydi. Anorning hamma qismlari foydali: po'chog'i ham, donalari ham, sharbati ham, danaklari ham, gullari ham, ildizi ham... U xo'l meva sifatida ham, murabbo ko'rinishida ham shifobaxsh hisoblanadi . Anor o'z tarkibi va foydali xususiyatlariga ko'ra shu darajada noyobki, uni ham tibbiyotda, ham kosmetologiyada qo'llashadi.
Anorli surtmalar va vannalar kosmetologiyada pigment dog'lar, sepkillar, husnbuzarlarni yo'q qilishda, yuz terisini oqartirishda, tirnoq va sochlarni mustahkamlashda faol ishlatiladi.
Anor suvi organizmdagi moddalar almashinuvini rag'batlantirishga qodir. Agar uni uchga bir nisbatda smetanaga aralashtirib, har kuni krem sifatida qo'llanilsa, u terini oziqlantiradi va yoshartiradi. Ammo esingizda bo'lsin, anor mevasi va po'stlog'idan tayyorlangan damlama va qaynatmalarni ko'p miqdorda iste'mol qilish bosh aylanishiga, umumiy darmonsizlikka, ko'ngil aynishiga, qusishga va hatto tomir tortishishiga olib kelishi mumkin.
Anjir
Anjir tutdoshlar oilasiga kiruvchi subtropik daraxt hisoblanadi. Mevalari yong'oqsimon shaklda sariq yoki siyohrang-qora rangda bo'ladi. Mevalari pishganida diametri 5 sm, uzunligi 8 sm va og'irligi 30-70 grammni tashkil etib, mazasi juda shirin yoki nordon-shirin bo'ladi.
Anjirning foydali va shifobaxsh xususiyatlari undan xalq tabobatida keng foydalanish imkonini beradi. Yangi uzilgan anjir mevasining kimyoviy tarkibi (foizlarda): suv - 83, qandlar -11,6 (asosan glyukoza va fruktoza, saxaroza juda kam miqdorda), oqsillar - 0,7, biriktiruvchi to'qimalar - 2,5, pektin moddalari - 5,4, organik kislotalar - 0,5 (limon, olma va sirka kislotalari), A, C, B1, B2 vitaminlari. Unda ko'plab mikroelementlar mavjud: natriy (18 mg%), kaliy (190 mg%), temir (3,2 mg%) va boshqalar. Anjirning suv yoki sutdagi qaynatmasidan shamollashda, nafas olish yo'llaridagi yallig'lanish jarayonlari da foydalaniladi. Angina va milklar yallig'lanishida og'iz ushbu qaynatma yordamida chayiladi. Anjir mevalari oshqozon, buyrak holatini yaxshilaydi va siydik haydovchi vosita sifatida xizmat qiladi. Yurak, qon-tomir tizimi kasalliklarida anjir juda katta foyda beradi, chunki u kaliy moddasiga boy. Kaliy qon tomirlaridagi zo'riqishni oladi, ularni bo'shashtiradi va kengaytiradi. Shuningdek anjir gipertoniyaning oldini olishda muhim rol o'ynaydi va vena yetishmovchiligida foydali. Anjir tarkibidagi fitsin fermenti qon quyulishini kamaytiradi hamda tomirdagi tromblarning yo'qolishiga ko'maklashadi. Anjir mevalari yengil ichni suradigan xususiyatga ega. U kuchli yurak urishini me'yorga keltiradi hamda qon ishlab chiqaruvchi yaxshi vosita hisoblanadi. Anjirning anemiya xastaligida, qorajigar va jigar kasalliklarida foydasi katta.
Anjirning sutli shirasini qabul qilish buyrakdagi qumni yuvib chiqaradi, u qiyin yo'qoladigan o'smalar va yiringli yaralarda tavsiya etiladi. Yangi uzilgan anjir mevasi kamqonlikning oldini oladi. Anjir barglari va ildizidan tayyorlangan vosita tsistit va siydik yo'li kasalliklarida shifo beradi. Quritilgan va qoqlangan anjir mevasi xuddi konsentratga aylanganday bo'ladi. U nafaqat uglevodlarga boy, balki ba'zi navlarining tarkibida 6 g oqsillar, 1,5 g yog'lar (yog'li to'yinmagan kislotalar ko'rinishida) va 70 g qandlar mavjud bo'ladi. Bunday ko'rinishda u avvalo ozuqaviylik darajasi yuqori mahsulot hisoblanadi. Anjirning energetik qiymati 100 g mahsulotda 340 kkal ni tashkil etadi. Qadim zamonlardan buyon quritilgan anjir mevasi shamollashlarda terlatuvchi va haroratni tushiruvchi vosita sifatidan foydalanib kelingan. Ammo anjir qandli diabet va oshqozon-ichak traktining o'tkir yallig'lanishida tavsiya etilmaydi, chunki tarkibida katta miqdorda qandlar va shovul kislotasi mavjud. Umuman olganda esa, anjir hech qanday asoratlarga olib kelmaydi va ushbu shirin dorini uzoq vaqt, masalan davomiy yo'talda (issiq sut bilan birga) yoki kamqonlikda qabul qilish mumkin. Pishib yetilgan anjir mevasi juda nozik bo'lib, u olti soatdan uzoq saqlanmaydi. Shu bois yangi uzilgan anjir faqat yetishtiriladigan hududlarda iste'mol qilinadi, sanoat markazlariga transportirovka qilish uchun andir quritiladi va qoqlanadi. Quritish uchun to'liq pishib yetilgan mevalar tanlab olinadi. Quritilgan anjirning eng yaxshi sifatlisi, bu daraxtda qoqlanib uzib olingan mevalar hisoblanadi.
Zaytun
Keyingi yillardagi tadqiqotlar zaytun mevasi nafaqat yoqimli taom, balki yaxshi sog'lik manbai ham ekanligini aniqladi. Zaytun mevasiga qo'shimcha ravishda, zaytun moyi ham muhim ozuqa manbaidir. Uning sog'likka keltiradigan foydalari quyidagicha umumlashtirilishi mumkin:
Yurak tomirlari va arterial sog'lik uchun foydalari Zaytun mevasi va zaytun moyidagi ayrim yog' kislotalari mono-to'yinmagan hisoblanadi. Mono to'yinmagan yog' kislotalari tarkibida xolesterin bo'lmaydi. Shu sababli zaytun moyi xolesterin miqdorini oshirmaydi, balki uni nazorat ostida saqlab turadi. Zaytun moyi tarkibida inson tanasi uchun muhim bo'lgan omega-6 linoleik kislotasi ham mavjud. Mana shu xususiyati tufayli sog'lik muammolari bilan shug'ullanuvchi (Jahon Sog'liqni saqlash tashkiloti kabi) tashkilotlar aholisi arteriya qon tomirlari aterosklerozi va qandli diabet kasalligi bilan ko'p og'rigan davlatlarda iste'mol qilinadigan yog' kislotalarning kamida 30% omega-6 dan iborat bo'lishi kerakligini tavsiya qiladi. Bu zaytunning ahamiyatini yanada ko'proq oshiradi.
Bu sohada olib borilgan izlanipshar bir hafta davomida kuniga 25 millilitr (taxminan ikki choy qoshiq) tabiiy zaytun moyi iste'mol qilgan odamlarda kam miqdorda zichligi kichik lipo-protein (yomon xolesterin) va ko'p miqdorda antioksidlovchi mavjud bo'lishini aniqladi. Antioksidlovchilar tanadagi erkin radikallar deb nomlanadigan zararli moddalarni neytrallash va hujayra buzilishining oldini olishi sababli juda muhimdir. Ko'plab izlanishlarda yana shu narsa aniqlandiki, zaytun moyini iste'mol qilish xolesterin miqdorini kamaytiradi va yurak kasalligining oldini oladi.
Zaytun moyi qon oqimidagi zararli xolesterin (zichligi kichik lipoprotein) miqdorini kamaytirishi va foydali xolesterin (zichligi yuqori lipoprotein) miqdorini ko'paytirishi bois u yurak hamda arteriya qon tomir kasalliklari bilan og'riydigan bemorlarga ham tavsiya etiladi. Yurak va arteriya qon tomir kasalliklari ko'p uchraydigan mamlakatlarda odatda yuqori xolesterin tarkibli to'yingan yog'lar iste'mol qilinadi. Bundan tashqari, zaytun moyi omega-6 ning omega-3 ga bo'lgan nisbatiga zarar yetkazmaydi. Omega-3 va omega-6 larning tanada muayyan miqdorda bo'lishi juda muhim, chunki bularning nisbatidagi har qanday nomutanosibliklar ko'pgina kasalliklar, ayniqsa, yurak, immun tizimi va saraton kasalliklarining rivojlanishiga sabab bo'ladi. Shu sabablar tufayli ko'pchilik odamlar zaytun moyi sharofati bilan o'z salomatliklarini yaxshi ahvolda saqlab turishadi. Amerika Yurak salomatligi assotsiatsiyasi yurak xastaligi xavfini kamaytirish uchun ko'p miqdordagi mono-to'yinmagan yog'lar 30% gacha yog'i kamaytirilgan taomga muqobil bo'lishi mumkinligini ta'kidlaydi. Saraton kasalligining oldini olishi "The Archives of Internal Medicine" (Ichki tibbiyot arxivlari) nomli nashrda chop etilgan bir izlanish ko'p miqdorda monoto'yinmagan yog' iste'mol qiladigan ayollarda ko'krak saratonining kamroq rivojlanish xavfi tug'ilishi haqida yozadi. Buffalo universiteti hamda Nyu-York Davlat universiteti olimlari tomonidan olib borilgan boshqa bir izlanish esa zaytun moyi kabi o'simlik moylarida topiladigan yog', ya'ni b-sitosterol, prostatada saraton hujayralari paydo bo'lishining oldini olishda yordam berishini isbotladi. Tadqiqotchilar shunday xulosaga kelishdiki, b-sitosterol hujayralar bo'linishiga buyruq beradigan hujayraning ichki aloqa tizimini kuchaytiradi va shu yo'sinda hujayra bo'linishi boshqarib bo'lmas darajaga yetmasdan saraton kasalligining oldi olinishi mumkin. Oksford universitetida shifokorlar tomonidan o'tkazilgan tadqiqot zaytun moyi ichak saratoniga qarshi himoyaviy ta'sirga ega ekanligini ko'rsatdi. Shifokorlar zaytun moyi ichak saratoni boshlanishining oldini olish uchun oshqozon kislotasi bilan reaksiyaga kirishishini aniqladilar. Oksford universiteti tadqiqotchilari yana shu narsani aniqlashdiki, zaytun moyi safro miqdorini kamaytirib, diamin fermenti oksidazasining miqdorini ko'paytiradi va shu tariqa organizmni nonormal hujayra o'sishi hamda saratondan himoya qiladi.
Artritning oldini olishi Tadqiqotchilarning ma'lumotlariga ko'ra, ko'p miqdorda zaytun moyi va pishirilgan sabzavot iste'mol qiladigan odamlarda revmatik poliartrit, bo'g'imlarning surunkali yallig'lanishi kasalligiga chalinish xavfi kam bo'lar ekan.
Zaytun moyi va suyaklar
Zaytun moyi tarkibida mavjud bo'lgan E, A, B, D va K vitaminlari kattalar va bolalarda suyaklarning o'sib rivojlanishiga yordam berishi va kaltsiy miqdorini barqarorlashtirish orqali suyaklarni mustahkamlashi nuqtai nazaridan ayniqsa ahamiyatlidir. Ular oson hazm bo'lishi va o'z minerallari orqali tanada vitaminlarning ishlatilishiga yordam berishi tufayli yoshi kattalarga ham tavsiya etiladi. U suyakning minerallanishini ko'paytirish orqali kaltsiy yo'qolishining oldini ham oladi. Suyaklar organizmning mineral struktura ombori hisoblanadi. Suyaklarda mineral moddalar to'planishining yo'qolishi suyakning mo'rtlashishi kabi jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Zaytun moyi bu masalada eng foydali ta'sirga egadir.
Qarishning oldini olishi
Zaytun moyi tarkibidagi vitaminlar hujayrani yangilash xususiyatiga egaligi sababli ular qariyalarni davolashda hamda terini oziqlantirish va himoya qilishda ham ishlatiladi. Oziq-ovqatlar tanamizda energiyaga aylanishi sababli oksidlovchi deb nomlanadigan ma'lum moddalar hosil bo'ladi. Zaytun moyining tarkibida uchraydigan ko'p miqdordagi antioksidlovchilar zararli moddalar keltiradigan ziyonning oldini oladi, bizning hujayralarimizni yangilaydi va to'qima hamda organlarning qarishini keyinga suradi. Zaytun moyi E vitaminiga ham boy bo'lib, bu vitamin tanamizdagi hujayralarni nobud qiluvchi va qarishga sabab bo'luvchi erkin radikallarni yo'qotadi.
Bola rivojlanishiga qo'shadigan hissasi
Zaytun mevasi va zaytun moyida mavjud linoleik kislota (omega-6 yog' kislotasi) tufayli ular yangi tug'ilgan chaqaloq hamda o'sayotgan bolalar uchun sog'lom ozuqa hisoblanadi. Linoleik kislotaning yetishmasligi bolalikda o'sishdan orqaga qolishga va turli teri kasalliklarining paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. Zaytun moyi tarkibida tanamizdagi zararli moddalarning halokatli ta'siridan himoya qila oladigan antioksidlovchi elementlar va inson salomatligi uchun katta ahamiyatga ega yog' kislotalari mavjud. Bular tanadagi gormonlarga quvvat bo'ladi va hujayra membranasining shakllanishiga yordam beradi. Zaytun moyi ona sutidagi kabi muvozanatlashgan polito'yinmagan tarkibga ega. Zaytun moyi inson tanasidan olib bo'lmaydigan yog' kislotalarning yetarli manbai bo'lganligi sababli bola tanasi uchun katta ahamiyatga ega. Bu omillar zaytun moyining yangi tug'ilgan bolalar uchun juda muhimligini ko'rsatadi. Bola miyasi va asab sistemasining tabiiy rivojlanishiga o'z hissasini qo'shishi bois, zaytun moyi mutaxassislar tomonidan homilador ayollar va onalarga iste'mol kilish uchun tavsiya etiladigan yagona moydir. Zaytun moyi tarkibida ona sutidagiga teng miqdorda linoleik kislota mavjud. Yog'siz sigir sutiga zaytun moyi qo'shilganda, u ona sutiga tenglashib, tabiiy ozuqa manbaiga aylanadi.
Qon bosimini tushirishi
2000 yil 27 martda "The Archives of Internal Medicine " (Ichki tibbiyot arxivlari) nashrida chop etilgan bir izlanish yana bir bor zaytun moyining yuqori qon bosimiga nisbatan foydali ta'siriga urg'u beradi. Yuqori qon bosimini tushirish uchun ishlatiladigan dorilar zaytun barglaridan ham tayyorlanadi.
Ichki a'zolar uchun foydasi
Zaytun moyi issiq yoki sovuq holda iste'mol qilinishidan qat'i nazar, oshqozon kislotasi miqdorini kamaytirish orqali oshqozonni gastrit va yaralar kabi kasalliklardan himoya qiladi. Shuningdek, o'tni harakatga keltirib, uning faoliyatini yaxshi-laydi. U o't pufagidan chiqadigan suyuqlikni tartibga soladi va o't pufagida tosh paydo bo'lish xavfini kamaytiradi. Zaytun moyining tarkibida xlorid mavjud bo'lib, u jigar faoliyatiga yordam beradi va shu tariqa ortiqcha mahsulotlarni tanadan yo'qotishga ko'maklashadi. U miya arteriyalariga ham foydali ta'sir ko'rsatadi.
Bugungi kunda ko'pchilik olimlar zaytun moyiga asoslangan ovqatlanish tartibi ideal ozuqaviy modelni tashkil etadi, deb hisoblashadi. Bunday fazilatga ega zaytun mevasi va zaytun moyi har bir kishining kundalik ovqatlanish dasturidagi har bir taomning asosiy tarkibiy qismi bo'lishi kerak.

Download 149,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish