Amir ibn Abdu Qays
Yaxshi narsa haqida tafakkur etish unga amal qilishga undaydi, yomon narsa haqida o‘ylash undan
qochishga undaydi.
Abdulloh ibn Abbos
Qalb ko‘r bo‘lganidan keyin ko‘zning ko‘rishligidan foyda yo‘qdir.
Ali ibn Abu Tolib
Sharq Haqni topdi…
www.ziyouz.com кутубхонаси
34
Har nafasda ayladik yuz ming gunoh,
Bir gunohga urmadik hech bir kun oh.
Sulaymon Chalabiy
Bir soatlik tafakkur kechasi bilan qoim turishdan yaxshiroq.
Hasan Basriy
Johilning bilaman, deyishi - ko‘rning ko‘raman deyishiga o‘xshaydi.
Muhammad Kamol Pilav
Bahslashaman deb yuzlarcha fuqaroni yo‘ldan ozdirgan kimsa birgina kishini haqiqat yo‘liga
boshlagan odamdan yuz karra tubandir.
Abay Qo‘nonboev
Oqil chin so‘zdin o‘zgani demas, ammo barcha chinni ham demak - oqil ishi emas.
Alisher Navoiy
Qalbning qanaqaligini amal ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |