Maymun ibn Mihron
Allohga itoat qilib, isyon etmaslik, Uni eslash va unutmaslik, Unga doimo shukr qilib, kufrga ketmaslik
- haqiqiy taqvodir.
Abdulloh ibn Mas’ud
Kimki xolis niyat bilan duo qilsa, duosi ijobatdan mahrum bo‘lmaydi.
Ali ibn Abu Tolib
Ulug‘lar dilni Allohning uyi, debdilar. Bir kishining dilini ranjitish -Allohning uyini buzish bilan
barobardir.
Vojidali Mujmaliy
Agar xafalikdan uzoq yurmoqni xohlasang, qo‘lingdan nochor chiqib ketgan har narsaga g‘am
yemagin.
Jaloliddin Davvoniy
Eng yengil va foydali ibodat kam gapirish va yaxshi axloqli bo‘lishdir.
Imom Abu Yusuf
Zikrdan mahrum bo‘lgan har bir so‘z botil va qup-quruqdir.
Ibn Sam’un
Quyosh o‘simliklarni harakatga keltirganidek, zikr ham ruhiy unsurlarni harakatga keltiradi.
Muhammad Nurulloh Saydo Jazariy
Haqiqiy e’tiqod haqiqatga eltadi. Asossiz e’tiqod esa insonlarni noto‘g‘ri yo‘lga boshlaydi. Sen haqiqiy
e’tiqodga talabgor bo‘l!
Do'stlaringiz bilan baham: |