20 KAZUS
, manfaatdor shaxs va maʼmuriy organlarni aniqlang. “Maʼmuriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonun va boshqa qonun hujjatlari asosida tahlil qiling.
JAVOB
Biz mazkur kazusga javob berishdan avval quyidagi muammoli savollarni ajratib olishimiz lozim:
1. Maʼmuriy huquqiy munosabat, manfaatdor shaxs va maʼmuriy organlarni aniqlang.
2. Fuqaro A. “Taraqqiyot” Respublika tanlovini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha komissiya ustidan shikoyat qilish huquqiga egami?
3. Ma’muriy sudning fuqaro A.ning shikoyatiga nisbatan keltirgan asoslari huquqiy asosga egami?
1-muammoviy savolga javob: Ma’muriy huquq munosabat tushunchasiga ta’rif berish orqali kazusmizda ma’muriy huquq munosabatni aniqlashimiz ham oson kechadi. Ma’muriy-huquqiy munosabat – davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonidagi ijtimoiy munosabatlar, ya’ni davlat organlarining ijro etish va farmoyish berish faoliyatida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Ma’muriy-huquqiy munosabatlar – huquq normasi bilan tartibga solingan va davlat boshqaruvi organi qoida o‘rnatuvchi sifatida ishtirok etadigan, tomonlarning ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan harakatlari yoki harakatsizligini ifodalovchi munosabat turi hisoblanadi. “Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida”gi Qonunning 4-modda birinchi qism sakkizinchi bandida, ma’muriy-huquqiy faoliyat — ayrim jismoniy yoki yuridik shaxslarga yoxud muayyan xususiy belgilariga ko‘ra ajratiladigan shaxslar guruhiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqaruv faoliyati, deya ta’rif berilgan.
“Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida”gi Qonunning 4-modda to’rtinchi qismida ma’muriy organlarga quyidagicha ta’rif berilgan.
Ma’muriy organlar — ma’muriy-huquqiy faoliyat sohasida ma’muriy boshqaruv vakolati berilgan organlar, shu jumladan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek ushbu faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa tashkilotlar va maxsus tuzilgan komissiyalardir.
Manfaatdor shaxslarga ushbu qonunning 4-moddasida ta’rif berilgan: Manfaatdor shaxs — qabul qilinayotgan ma’muriy hujjat yoki ma’muriy harakat qaratilgan shaxs, shuningdek huquqlari va qonuniy manfaatlari ma’muriy hujjatga yoki ma’muriy harakatga daxldor bo‘lgan yoxud daxldor bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxs.
“Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasida ishtirokchilar sifatida:
- ma’muriy organ (ma’muriy-huquqiy faoliyat sohasida ma’muriy boshqaruv vakolati berilgan organlar, shu jumladan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek ushbu faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa tashkilotlar va maxsus tuzilgan komissiyalar);
- adresat (jismoniy va yuridik shaxslar);
- uchinchi tomon ko‘rsatib o‘tilgan.
Kazusimizdagi maʼmuriy huquqiy munosabat, manfaatdor shaxs va maʼmuriy organlarni endi ko’rsatib o’tamiz. Ma’muriy organ - “Taraqqiyot” Respublika tanlovini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha komissiyasi, manfaatdor shaxs – fuqaro A. maʼmuriy huquqiy munosabat esa Taraqqiyot” Respublika tanlovini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha komissiyasi va fuqaro A. o`rtasida vujudga kelgan ijtimoiy munosabatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |