Uni quyidagi turlari mavjud: Ma’muriy ogohlantiruv; Ma’muriy cheklov; Ma’muriy jazo.
KORONAVIRUS INFEKSIYASI TARQALISHIGA QARSHI QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha ko‘ngilochar obyektlar, shu jumladan tungi klublar, diskoteka, restoran, kafe, oshxona, choyxona, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) markazlari va kompyuter o‘yinlari xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik faoliyati to‘xtatilganligi;
Xulosa qilib aytganda fuqaroning qilgan vaji asosisiz sababi bu ommaviy harakterdagi ma’muriy hujjat .
Ma’muriy hujjat — Ma’muriy organning ommaviy huquqiy munosabatlarni yuzaga keltirishga, o‘zgartirishga yoki tugatishga qaratilgan hamda ayrim jismoniy yoki yuridik shaxslar uchun yoxud muayyan xususiy belgilariga ko‘ra ajratiladigan shaxslar guruhi uchun muayyan huquqiy oqibatlar keltirib chiqaruvchi ta'sir chorasi.
13-KAZUS
Vaziyatga huquqiy baho bering. Maʼmuriy aktning qonuniyligini va amal qilishi muddatini tushuntiring. Qonunchilik normalari asosida vaziyatni huquqiy taxlil qiling.
JAVOB
Ushbu kazusga javob berishda biz quyidagi masalalarga to`xtalamiz.
masala. Ushbu vaziyatda tuman hokimi fuqaroga yer ajratish berishda vakolatlimi?
Masala. Yer ushastkasini yakka tartibda uy joy joy qurish tartibi qanday.
Yer kodeksi
27-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalarini realizatsiya qilish
MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDAgi qonun 10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solishi
YER MUNOSABATLARIDA TENGLIK VA SHAFFOFLIKNI TA’MINLASH, ERGA BO‘LGAN HUQUQLARNI ISHONCHLI HIMOYA QILISH VA ULARNI BOZOR AKTIVIGA AYLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
FARMONIga asosan:
2021-yil 1-avgustdan boshlab qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi.
Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqi bilan yer ajratish tartibi bekor qilinadi, bunda ilgari ajratilgan yer uchastkalariga bo‘lgan bunday huquqlar ularning egalarida amaldagi tartibda saqlanib qoladi.
4. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlariga oid quyidagi vakolatlari, ular yuzasidan qaror, farmoyish yoki boshqa turdagi hujjat qabul qilish huquqi 2021-yil 1-avgustdan bekor qilinsin:
yer uchastkalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ajratish, foydalanishga berish, kelgusida ajratish uchun zaxiralash, biriktirish, obodonlashtirish uchun berish yoki yerlarni boshqacha yo‘l bilan tasarruf qilish, bundan mazkur Farmonga muvofiq yer uchastkalarini davlat tashkilotlariga doimiy foydalanishga ajratish, ochiq tanlov yakunlarini tasdiqlash, ijara shartnomasini imzolash, yer uchastkalarini xususiylashtirish natijalarini rasmiylashtirish bo‘yicha vakolatlar mustasno.
Demak yuqoridagilardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, hokimning 2021 yil 1-avgustdan boshlab, to`g`ridan to`g`ri yer ajratish sohasidagi vakolatlari bekor qilingan bo`lib, yerlar auksion orqali berilishi kerak. Ammo bizdagi vaziyatda hokimning yer berish to`g`risidagi qarori 2021 yil mart oyida qabul qilingan . shu sababli ham tuman hokimining qarori qonuniy.
Do'stlaringiz bilan baham: |