Uchinchi muammo: Tuman hokimining qaroridan norozi bo'lgan fuqaro qanday yo'l tutishi kerak?
Birinchi muammoga javob berishimiz uchun O'zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga murojaat qilamiz. Unga ko'ra "Viloyat, tuman, shahar hokimi qonunda nazarda tutilgan hollarda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xo‘jaliklari va fuqarolarga egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer berishga, ushbu subyektlarning yerga egalik qilish va undan foydalanishga bo‘lgan huquqini bekor qilishga haqli" deyilgan. Demak birinchi muammo bo'yicha tuman hokimining 11.09.2007-yildagi №2152-sonli yer ajratish to’g’risidagi qarori huquqiy asosga ega.
Ikkinchi muammoga yechim berishimiz uchun Ma’muriy tartib taomillar to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasining qonuniga murojaat qilamiz. Ushbu qonunning 33-moddasi tegishli tarzda xabardor qilish deb nomlanadi. Unga ko'ra, " Xabarnomani topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuborish yoki tilxat olib topshirish yoxud xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini ta’minlaydigan axborot tizimlaridan foydalangan holda xabardor qilish ma’muriy ish yuritishda tegishli tarzda xabardor qilish hisoblanadi. Tegishli xabarnoma manfaatdor shaxs tomonidan olingan payt xabardor qilish vaqtidir.
Agar manfaatdor shaxslar o‘z telefonlari va fakslari raqamlarini, elektron manzilini ma’muriy organga ma’lum qilgan bo‘lsa, ular bu ma’lumotlar o‘zgarganligi to‘g‘risida ma’muriy organni ma’muriy ish yuritish vaqtida yozma shaklda yoki axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qilishi kerak.
Xabarnomani manfaatdor shaxsga tilxat olib shaxsan topshirishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, xabarnoma u bilan birga yashaydigan voyaga yetgan oila a’zolaridan biriga yoki bunday shaxslar bo‘lmasa, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga yoki manfaatdor shaxsning ish beruvchisiga (ta’lim muassasasi ma’muriyatiga) tilxat olib topshirilishi mumkin. Xabarnomani qabul qilgan shaxs imkoniyat bo‘lishi bilan uni kechiktirmasdan manfaatdor shaxsga topshirishi shart.
Tegishli tarzda xabardor qilish faktini isbotlash majburiyati ma’muriy organning zimmasida bo‘ladi". Demak bu vaziyatda tuman hokimining hatti-harakati huquqiy asosga ega emas. Chunki manfaatdor shaxs unga nisbatan qaror qabul qilinayotganda tegishli tarzda xabardor qilinmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |