2-muammoviy savolga javob: Fuqaro A Ma’muriy tartib-taomillar to`g`risidagi qonunning tegishli normalariga assosan, istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo‘yicha “Taraqqiyot” Respublika tanlovini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha komissiyaningning hatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish huquqiga ega. “Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida”gi Qonunning 62-moddasida Ma’muriy shikoyat predmeti quyidagilardir.
ma’muriy hujjatlar ustidan;
protsessual hujjatlar ustidan, agar ularning ustidan shikoyat qilish ushbu Qonunda nazarda tutilgan bo‘lsa;
ma’muriy harakatlar ustidan, shu jumladan ma’muriy hujjatni qabul qilishni rad etish yoki uni tegishli muddatda qabul qilmaganlik ustidan shikoyat qilinishi mumkin.
“Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida”gi Qonunning 63-moddasida Ma’muriy shikoyat qilish tartibi keltirib o’tilgan. Manfaatdor shaxs ma’muriy shikoyatni qonunchilikka muvofiq ma’muriy shikoyatlarni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan yuqori turuvchi ma’muriy organga yoki boshqa vakolatli ma’muriy organga ustidan shikoyat qilinayotgan ma’muriy hujjatni, protsessual hujjatni qabul qilgan yoxud ma’muriy harakatni amalga oshirgan ma’muriy organ orqali berishi mumkin.
Ma’muriy shikoyatni olgan ma’muriy organ u kelib tushgan paytdan e’tiboran uch ish kuni ichida ma’muriy shikoyatni yuqori turuvchi organga yoki ushbu ma’muriy shikoyatni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan boshqa ma’muriy organga ma’muriy ish bilan birga yuboradi.
Manfaatdor shaxs ma’muriy hujjat ustidan berilgan ma’muriy shikoyatni ma’muriy tartibda ko‘rib chiqish natijalaridan norozi bo‘lgan yoki yuqori turuvchi ma’muriy organ mavjud bo‘lmagan taqdirda, ma’muriy hujjat ustidan sudga shikoyat qilishga haqli.
Qonunchilikda ma’muriy hujjat ustidan ma’muriy shikoyat berilishi mumkin bo‘lgan boshqa organ belgilanishi mumkin.
3-muammoviy savolga javob: Ma’muriy sudning fuqaro A.ning shikoyatiga nisbatan keltirgan asoslari huquqiy asosga ega yoki ega emasligiga to’xtaladigan bo’lsak, “Taraqqiyot” Respublika tanlovini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha komissiyasining ma’muriy organ yoki ma’muriy organ emasligini topish orqali javob topamiz. Bu vaziyatda sud fuqaro B.ning shikoyatini yuqorida keltirilgan asoslar bilan rad etishi huquqiy asosga ega emas. Chunki “Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasida keltirilishicha, ma’muriy organlar — ma’muriy-huquqiy faoliyat sohasida ma’muriy boshqaruv vakolati berilgan organlar, shu jumladan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek ushbu faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa tashkilotlar va maxsus tuzilgan komissiyalar kirishi berib o’tilgan. Demak, “Taraqqiyot” Respublika tanlovini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha komissiyasi ham ma’muriy organ hisoblanib, sudning keltirgani vaji asossiz hisoblanadi. Xulosa qilishimiz aytadigan bo’lsak, Ma’muriy sud fuqaro A.ning da’vo arizasini qabul qilishi va belgilangan tartibda ko`rib chiqishi hamda nizoni normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda taraflardan birining foydasiga hal qilib berishi kerak degan xulosa kelib chiqadi.
ISTIQBOLLI BOSHQARUV KADRLARINI TANLOV ASOSIDA TANLAB OLISHNING ZAMONAVIY TIZIMINI YARATISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
3. Belgilansinki:
tanlovda tayanch oliy ma’lumotga va tegishli sohada rahbarlik lavozimida kamida uch yil ish tajribasiga ega, 30 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan (45 yosh ham qo‘shilgan holda) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin;
Respublika komissiyasi tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlarga vazirlik va idoralar, boshqa davlat tashkilotlari vakillarini, shuningdek, yetakchi olim va mutaxassislarni, jumladan xorijiy olim va mutaxassislarni jalb etish huquqiga ega;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) Respublika komissiyasining ishchi organi hisoblanadi;
tanlovning xolisona va shaffof o‘tkazilishi, shuningdek, nomzodlarning sifatli va xolisona tanlab olinishi, qo‘yiladigan talablarga ularning muvofiqligi uchun javobgarlik Respublika komissiyasi zimmasiga yuklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |