IV bob. Nikoh tuzilganligini qayd etish 81. Nikohlanuvchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan Nikoh tuzilganligini qayd etish haqidagi ariza (26-ilova) shu kunning o‘zida Nikoh tuzilganligini qayd etish haqidagi arizalarni ro‘yxatga olish daftariga (27-ilova) kirim qilinadi.
Ariza daftarda qayd etilgandan so‘ng FHDY organi nikohlanuvchi shaxslarning yashash joyidagi mahalla fuqarolari yig‘inini xabardor qilish uchun shu kunning o‘zida ma’lumotnoma taqdim etadi.
94. Alohida hollarda, istisno tariqasida (agar ota-onasi va nikohlanuvchi shaxslar O‘zbekiston Respublikasining turli hududlarida yoxud uning tashqarisida yashab turgan bo‘lsalar) nikohlanuvchi shaxslarning iltimosi va otasi yoki onasining yozma arizasiga ko‘ra, nikoh tuzilganligi ota-onaning yoki ulardan birining yashash joyidagi FHDY organida qayd etilishi mumkin. Bunda nikoh tuzilganligini qayd etgan FHDY organi tomonidan nikohlanuvchi shaxslarning yashab turgan joylaridagi FHDY arxivlariga yetti kun ichida xabarnoma yuborilishi lozim. FHDY arxivlari tomonidan tegishli alfavit daftariga ushbu xabarnomalar asosida yozuv kiritiladi.
Turli viloyatlarda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahrida) yashovchi shaxslar o‘rtasida nikoh tuzilganligi qayd etilgan hollarda ham mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan tartibda tegishli FHDY arxiviga xabarnoma yuboriladi.
Masalan, nikohlanuvchi shaxslardan birining doimiy yashash joyi Andijon viloyati, ikkinchisiniki esa, Samarqand viloyatida bo‘lib, nikohlari Toshkent shahar 1-son Nikoh uyida qayd etilgan bo‘lsa, bunday holatda Toshkent shahar 1-son Nikoh uyi tomonidan fuqarolarning nikohlari qayd etilganligi to‘g‘risida Andijon va Samarqand viloyat FHDY arxivlariga xabarnoma yuboriladi.
MSIYT 2-modda. Ma’muriy sud ishlarini yuritish vazifalari 26-modda. Sudga taalluqli ishlar
184-modda. Ma’muriy organlarning va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi
KAZUS
11. Singapur davlatining nufuzli biznes vakillaridan biri sanalgan “321” Kompaniyasi rahbari Ben Badr O‘zbekiston Respublikasi Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan “Angren EIZ” hududida o‘z biznes rejalarini amalga oshirish istagini bildirdi. Hududni yaxshilab tekshirib chiqqach, kerakli hujjatlarni direksiyaga topshirdi. Respublika miqyosida ko‘rib chiqilgan hujjatlarga ijobiy xulosa berilib, qaror chiqarildi. Investor bilan investitsiya shartnomasi imzolanadigan bo‘ldi. Investitsiya sharnomasida majburiy shart sifatida mehnat kuchining 90 foiz qismi mahalliy fuqarolar bo‘lishi belgilab qo‘yilgan edi.
Mazkur jihat investorning rejalarini qisman o‘zgartirishga sabab bo‘ldi.