Uchinchi muammmoga nazar tashlaydigan bo’lsak, Davlat boshqaruvida qonuniylik deganda davlat organlari (mansabdor shaxslar) faoliyatining O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va amaldagi qonunlari asosida tashkil etilishi va amalga oshirilishi tushuniladi. Qonuniylik – bu davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari va fuqarolar tomonidan qonunlarga va ularga asoslangan boshqa huquqiy aktlarga qat'iy rioya qilishdir.
Davlat boshqaruvida qonuniylikni taminlash uch xil usilda taminlanadi.
Nazorat
Control
Shikoyat
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishiga doir qonunchilikning buzilishiga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi ogohlantirish Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslariga yozma ravishda e’lon qilinadi.
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil ogohlantirish to‘g‘risida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga xabar qilishga haqli. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishiga doir qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi taqdimnoma Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning qonunchilik buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan vakolat berilgan rahbarlariga kiritiladi. Taqdimnoma kechiktirmay bajarilishi va ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga, agar boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, o‘n besh kundan kechiktirmay yozma ravishda xabar qilinishi lozim. 9 KAZUS 9.2021 yilning 1 aprel sanasida KUN.UZ sayti murojaatlar bilan ishlash bo‘limiga Xorazm viloyati Xazorasp tumani "Namuna" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi bir guruh fuqarolar nomidan xat kelib tushdi. Xatda bayon qilinishicha, hududda 10 ta tadbirkorlik subʼekti faoliyat yuritadi hamda 120 ta oila istiqomat qiladi. Aholi tomonidan bir necha bor hokimlikka yer ajratish, kommunal xizmatlarni ko‘rsatish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq muammolar bilan murojaat qilingan. Ammo ularni bartaraf etishga doir choralar ko‘rilmayapti.KUN.UZ ning masʼul muhbirlari ishtirokida mazkur hududga borib o‘rganish olib borilganida tuman hokimligi hodimlari yuqorida nazarda tutilgan holatlar yuzasidan jurnalistlar savollariga javob berishdan bosh tortdilar. To‘plangan maʼlumotlar jamlangan xolda xulosa shaklida tegishli organga taqdim etildi. Davlat organi KUN.UZ tomonidan bunday tekshiruvni, so‘rovni o‘tkazish qonunchilikka ko‘ra mumkin emasligini bildirdi.