Furqat (1859 - 1909), Muqimiy (1850 - 1903), Zavqiy (1853 - 1921),
Anbar Otin (1870 - 1914), Hamza (1889 - 1929) kabi
ma‘rifatparv arlar etishib chiqdilar. Ular mamlakatni odilona
boshqarish uchun isloxot zarurligi, xalq manfaati, boshqaruvchilarning
bilimdon, aqlli bo‗lishi, o‗z atrofidagilar bilan kelishib dav latni idora
qilishi, illatlarga nisbatan murosasiz bo‗lish g‗oyalari bilan chiqdilar.
Ular maktab v a maorif ishlarida faol qatnashib, ma‘rifat, bilim
egallash, baxtli v a farov on xayotga intilish g‗oyalarini ijtimoiy-falsafiy
jixatdan asoslashga urindilar.
Ma‘rifatchilik harakati jadidchilikning v ujudga kelishida muxim o‗rin
tutadi. Jadidlar Turkistonda mustaqillik, milliy taraqqiyot, xalq
manfaatlari uchun kurashdilar. Milliy – ozodlik harakati v a milliy
burjuaziyaning v ujudga kelishi bir-biri bilan chambarchas bog‗lanib
ketdi. Munav v ar Qori, Av loniy, Bexbudiy, Fitrat, Chulpon singari
jadidlarning faoliyati g‗oyat samarali bo‗ldi. Ularning ko‗plab adabiy-
badiiy asarlarida millat v a Vatan taqdiri, Turkiston xalqlarini asriy
qoloqlikdan qutqarish, xalqning o‗zligini tanishi, yaxshi axloq v a odob
qoidalarini singdirish, mamlakatni xom ashyo qaramligidan xalos
etish, ma‘rifat v a ma‘nav iyatni yuksaltirish masalalari ijtimoiy – falsafiy
nuqtai – nazardan taxlil etilgan v a muxim umumlashmalar
chiqarilgan.
O‗zbekistonning mustaqillikni qo‗lga kiritishi, sharq, jumladan o‗zbek
xalqi falsafiy merosini xolisona v a xaqqoniy ilmiy tadqiq etish uchun
imkoniyat yaratdi. Ushbu meros qudratli ma‘nav iy nazariy v osita
sifatida mustaqillik qadriyatini mustaxkamlashga xizmat qilmog‘i
kerak.
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Veda, astika, nastika, dao, tsi, zardushtiylik, buddav iylik, mazdak,
moniylik, islom falsafasi, islomiy maxzablar, tasav v uf, tasav v uf
tarikatlari, Nav ioiy, komil inson, Bobur, ma‘rifatparv arlik, jadidchilik,
jadidlar falsafasi.
TAKRORLAR UCHUN SAVOLLAR:
1. Qadimgi Xindistondagi v eda falsafiy maktablari qanday
ta‘limotlarni ilgari surgan?
2. Konfutsiy qanday g‗oyalarni targ‗ib qilgan?
3. «Av esto» qaysi diniy falsafaning muqaddas kitobi hisoblangan?
4. Moniylik v a mazdakizm zardushtiylik bilan qanday bog‗langan?
5. O‗rta asrlar arab falsafasi haqida so‗zlab bering.
6. Markaziy Osiyo «Uyg‗onish dav ri» qaysi mutafakkirlar nomi bilan
bog‗liq?
7. Temuriylar dav ri mutafakkirlari ko‗proq falsafaning qay sohalari
bilan shugullanishgan?
8. Mov arounnahrda XVII-XVIII asrlarda yashab, ijod etgan faylasuflar
xaqida qisqacha so‗zlab bering.
9. XIX asrda Turkiston ma‘rifatparv arligining yirik v akillari kimlar?
10. Jadidlar v a jadid falsafasi xaqida nimalar bilasiz?
ADABIYOTLAR:
1. Karimov I.A. Yuksak ma‘nav iyat- yengilmas kuch. – T,
Ma‘nav iyat, 2008.
2. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‗q.- T., 1998.
3. Karimov I.A. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga
ishonaman. – «Fidokor» gazetasi, 2000, 8 iyun.
4. Mo‗minov I.M. O‗zbekistonda tabiiy-ilmiy v a ijtimoiy-falsafiy
tafakkur tarixidan lav xalar. – T. , Fan 1998.
5. Falsafa. O‗quv qo‗llanma. E.Yu.Yusupov taxriri ostida. - T., 1999.
6. Filosafiya . Pod red. M.Abdullayev a. – Fergana, 2000.
7. Qahhorov M.A. Falsafa asoslari. – Qo‗qon, 1998.
8. Yo‗ldoshev S.Antik falsafa. – T., 1999.
Do'stlaringiz bilan baham: |