Mifologik dunyoqarash uchun notirik tabiatni jonlantirib tasvirlash
xos.
Shu asosda hosil qilingan obrazlar xuddi odam singari hayot
kechiradilar, o‘zaro munosabatlarga kirishadilar, ezgu yoki yovuz
ishlar bilan mashg‘l bo‘ladilar. Hissiy-emotsional, poetik metaforalar
negiziga qurilgan afsona va rivoyatlar zamirida real mazmun
mujassamlashgan. Narsa-xodisalar insoniy sifatlar va xususiyatlardan
kelib chiqib baholanadi hamda tushuniladi. Masalan, qadimgi
yunon afsonalari va rivoyatlarida dunyoning barpo bo‘lishi, to‘zilishi,
tabiat va jamiyatda yu‘z berayogan jarayonlar; narsa va
hodisalarning o‘zaro bog‘liqligi, insonning kelib chiqishi, hayotning
ma’nosi kabi teran muammolar aks etgan.
Markaziy Osiyo xalqlarining uzoq o‘tmishdan meros bo‘lib
kelayotgan afsona va rivoyatlarida ham ezgulik va yovuzlik
o‘rtasidagi murosasiz ziddiyat g‘oyat jozibali ifodalanadi. Masalan,
“Avesto”da yaxshilik timsoli Ahuramazda bilan yovuzlik ilohi Ahriman
o‘rtasidagi kurash pirovardida ezgulik, yorug‘likning zulmat ustidan
g‘laba qozonishi haqida xulosa chiqarilgan.
Miflarda tabiat hodisalari bilan bir qatorda ijtimoiy hayot
muammolari ham ko‘tarilgan. Ilohlar yaxshi va yomonga, aqlli va
farosatsizga, urushqoq va tinchlikparvarga, sahovatli va xasisga
bo‘lingan. Ular, xuddi insonlardek, turmush qurganlar, farzand
ko‘rganlar, o‘zaro janjallashganlar, xullas, mifologik obrazlarning
hayot faoliyati va o‘zaro munosabatlari odamlarga o‘z hayotlarini
anglash va bilishga imkon bergan. Sug‘orma dehqonchilik hayotiy
muhim bo‘lgan qadimgi Markaziy Osiyoda suv ilohiy ne’mat
hisoblangan. Massagetlar daryolarni muqaddas bilganlar. Qadimgi
yunon tarixchisi Gerodotning shohidlik berishicha, saklar Quyoshni
eng ulug‘ xudo bilib, unga uchqur otlarda etish mumkin, deb
xisoblaganlar. Malika Tumaris o‘z qavmlari oldida ont ichgan
paytlarida buni “Quyosh nomi bilan qasamyod qilib aytamanki, ...”
degan so‘zlar bilan boshlangan.
Mintaqamizda miloddan oldingi 1-ming yillikda tarqalgan
zardushtiylik e’tiqodida olov bilan bir qatorda tuproq muqaddas
hisoblangan, uni xarom qilmaslik uchun xatto murdani erga ko‘mish
ta’qiqlangan. II-V asrlarda hozirgi Farg‘ona vodiysi o‘rnida vujudga
kelgan Dovon mamlakatida ajdodlarimiz olov, quyosh, ot,
muqaddas ajdodlar ruhi, ayol kabi ko‘plab ilohlarga sig‘inganlar.
Shunday qilib, mifologik xudolar aslida hayot va faoliyatda muhim
o‘rin tutuvchi narsa va hodisalardan iborat bo‘lgan.
Mifologik dunyoqarashda ijtimoiy adolat va ahloq g‘oyalari etakchi
o‘rin tutgan. Masalan, yunon asotirlaridan birida naql qilinishicha,
borliq xukmdori bo‘lmish Uran (Samo) xudosi hamda uning rafiqasi
Geya (Er) xudosidan ulkan kuchu-qudrat timsoli bo‘lmish titanlar
dunyoga kelgan. Ulardan xukmronlikka moyil Kron o‘z otasini o‘ldirib,
taxtni egallaydi. Vasvasa domiga tushgan Kron o‘z tug‘ishgan
singlisini, rafiqasi Reyani, farzandlari Xestiya, Xera, Demedra, Aida,
Poseydon, Okean, Tefisiyalarni ham birin ketin nobud qiladi. Faqat
Zevs tasodif tufayli omon qoladi va keyincha Kronni taxtdan
ag‘darib, yaqinlari uchun qasos oladi, adodatni tiklaydi. Xulosa qilib
aytganda, mifologik dunyoqarashda qadimgi dunyo kishilarining
tabiat, jamiat, inson haqidagi sodda bilim va tasavvurlari, ahloqiy va
sotsiologik qarashlari mujassamlashgandir.
Dunyoqarashning navbatdagi, birmuncha murakkabroq ijtimoiy
tarixiy shakli
Do'stlaringiz bilan baham: |