Ma’mur qahhorov


Qadimgi Turonda ilk falsafiy fikrlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/143
Sana11.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#444229
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   143
Bog'liq
Ma’mur qahhorov

Qadimgi Turonda ilk falsafiy fikrlar
er.avv. VIII-V asrlarda paydo 
bo‘ldi. 
Mintaqaning ijtimoiy – iqtisodiy va ma’naviy rivoji bunga asosiy omil 
bo‘ldi. Milodning III asrigachcha bu xududlarda dualistik moxiyatga 
ega bo‘lgan Zardusht asos solgan diniy falsafa keng tarqaldi. Bu 
g‘oyalar muqaddas kitob sanalmish «Avesto»da bayon etilgan. 
Borliq, Zardusht ta’limotiga ko‘ra, er bilan okeandan, osmon esa 
yorug‘lik va jannatdan iborat. Er okean bilan qurshalgan. Oy va 
Quyosh esa ilox Axuramazdaning tanasidir. 
Odam zoti, zardushtiylik ta’limotida bayon qilinishicha, birinchi 
odam hisoblanmish Ilmadan tarqalgan. Ilmaning xukmronlik davri 
«oltin davr» sanaladi, chunki bu davrda odamlar ulim nimaligini 
bilishmagan. Axuramazda odamlarning baxtli va farovon xayoti 
xaqida qayg‘urgan. Biroq odamlar gunoh ishga qo‘l urib, 
ta’qiqlangan mol go‘shtini iste’mol qilganlar. Bundan g‘azabga 
kelgan ilox Axriman odamlar boshiga jazo tariqasida qor va sovuq 
yuborgan. Ilma odamlar va jonivorlarni muqarrar o‘limdan saqlab 
kolish uchun uy qurib, barcha jonzotlardan bir juftdan joylashtirgan. 
Shundan so‘ng «oltin davr» tugab, ezgulik iloxi Axuramazda bilan 
yovuzlik iloxi Axriman o‘rtasida ixtiloflar boshlanadi. Zardusht bashorat 
qilganidek, istiqbolda Axuramazda g‘olib chiqib, yaxshilik, ezgulik, 
baxt va saodat saltanati qaror topadi, o‘lganlar tirilib, gunoxkorlar 
jazolanadi. 
Zardushtiylikning axloqiy falsafasi uch g‘oya – ezgu fikr, ezgu so‘z va 
ezgu amalga ko‘rilgandir. Ezgu fikr – Axuramazdadan, yomon fikr – 
Axrimandandir. Ezgu fikr – niyatning yaxshiligi, yaqinlarga yaxshilik 
tilash, zarur bo‘lganda, madad berishga tayyorlik, yovuzlikka qarshi 
turish, tinch-totuv yashashga intilishdir. Ezgu amal faqirlarga 
mehribonlik, insonparvarlik, isnoddan, xasaddan, o‘g‘rilik, talonchilik, 
o‘zgalar molini o‘zlashtirishdan, zinodan, dilozorlikdan tiyilishdir. 
Axloqiy o‘gitlarni o‘zlashtirish bilan cheklanmasdan, oila, turmush 
o‘rtog‘i, farzandlar to‘g‘risida qayg‘urish, burch, farzand tarbiyasi 
xaqida g‘amxo‘rlik qilish ham ezgu amalga kiradi. 
II-III asrlarda Markaziy Osiyo va Eronda feodal munosabatlar 
shakllana boshladi. Zardushtiylikdan ajralib chiqqan oqim bo‘lmish 
moniylik buni o‘zida aks ettirdi. Uning asoschisi Moniy 216 yilda Botl 
shaxrida tavallud topgan va 276 yilda Jundishopur shaxrida qatl 


etilgan. Uning asarlari bizgacha etib kelmagan, ammo og‘zaki 
ta’limoti xalq orasida og‘izdan-og‘izga ko‘chib yurgan. 
Zardushtiylik kabi Moniylik ham yorug‘lik (ezgulik) bilan zulmat 
(yovuzlik) o‘rtasidagi ayovsiz kurashni e’tirof etish g‘oyasidan kelib 
chiqadi. Moniyning fikricha, inson xulq-atvori, faoliyati ezgulikka 
xizmat qilishi lozim. Xurfikrlikka asoslangant bu g‘oya, quldorlik davlat 
tuzumi va diniy aqidalarga xilof ekanligi sababli moniylik tarafdorlari 
ta’qib ostiga olinadilar, uning raxnomosi esa qatl etiladi. 
V asr oxiri – VI asr boshlarida Markaziy Osiyo va Eronda xalq 
yo‘lboshchisi Mazdak asos solgan ta’limot keng tarqaldi. Jamoa 
erlarini bosib olish va dexqonlarni qaram qilishga qarshi qaratilganligi 
sababli xalq Mazdak qo‘zg‘olonini qo‘llab quvvatlagan. 
Mazdak ta’limoti falsafiy jixatdan ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi 
kurash xaqidagi zardushtiylik g‘oyalariga asoslansa-da, unda ijtimoiy 
masalalarga ko‘proq e’tibor qaratilgan. Masalan, boylikka xirs quyish 
ham, qambag‘allik ham yomonlikning ko‘rinishlari deb tushuntirilgan. 
Chunki g‘arazgo‘ylik, xasad, qasos olish kabi illatlar shundan kelib 
chiqadi. Bu illatlar xudoga sidqidildan ibodat qilish yo‘li bilan barham 
topilishi mumkin. Mazdak dinga murojaat orqali tenglik g‘oyasini 
asoslaydi. Har bir kishi mulkka tenglik asosida egalik qilishi, jamiyatda 
kishilar mulkiy jixatdan teng mavqega ega bo‘lishi keraqligi targ‘ib 
qilinadi. Tekischilik, barcha boyliklarni xalqqa bo‘lib berish g‘oyasi 
etakchi o’rinni egallaganligi uchun ham mazdakizm oddiy xalq
dehqon va xunarmandlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
Qadimgi Turonda buddaviylik ham keng tarqalgan e’tiqodlardan 
edi. Marv, Balx, Termiz, Koson, Samarqand, Buxoro axli qo‘shonlar 
davrida buddizmning maxayana oqimiga e’tiqod qilganlar. 
Budda ta’limotiga ko‘ra, qalbning oliymaqom osoyishtaligi, jannatiy 
ne’matlarga daxldorlik – nirvana xolatiga nafaqat narigi dunyoda, 
balki bu dunyoda ham erishmoq mumkin, degan aqidaga qo‘shonlik 
buddaviylar o‘zgartirish kiritib, ma’naviy-ruxiy poklikka va komillikka 
intilgan har qanday kishi bunga doxil bo‘lishi mumkin, deb 
hisoblaganlar. Buddaviylik e’tiqodi to‘rt qoidaga kurilgan: 1. Azob-
uqubatlar ko‘p va dunyo ular bilan to‘la. 2. Bu azob-uqubatlarning 
sababi mavjud.3. Azob-uqubatlardan qutilish mumkin 4.Azob-
uqubatlardan qutilish yo‘li mavjud. Bu yo’l – har tomonlama 
poklanish – «aximsa» dir. Insonning har bir harakati, o‘zgalarga 
munosabati ezgu bo‘lmog‘i, butun fikr-uyi, xis-tuygusi, qalbi Buddaga 
qaratilmog‘i lozim, shundagina u nirvana xolatiga erishadi. 
III. 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish