Biz kelib ketguvchi to‘garak jahon,
Na boshi ma’lumu na so‘ngi ayon.
Xech kimsa rostini aytib berolmas:
Biz qaydan keldigu – keturmiz qayon?!
Fan ham bu masalani chetlab o‘tolmagan. Ingliz olimi I. Nyuton, so‘ngra XVIII-XIX asr tabiatshunoslari fazo va vaqt bir-biridan va materiyadan mustaqil mavjud, degan xulosaga kelganlar. XX asr boshlarida «fizik idealizm» oqimi ham shunga o‘xshash xulosalar bilan fazo va vaqtning ob’ektiv mavjudligini inkor etgan. XX asr boshlariga kelib fanning fazo va vaqt to‘g‘risidagi ma’lumotlari va bundan kelib chiquvchi falsafiy xulosalar o‘zgardi. A. Eynshteynning nisbiylik nazariyasi fazo va vaqt birligini, vaqt oqimi va jismlar ko‘lami xarakat tezligiga, makon xossalari jismlarning fizikaviy tabiatiga, fizivaviy-kimyoviy xossalari atomlarning makonda joylashuviga bog‘liqligini tabiiy-ilmiy asosda isbotladi.
Xozirgi zamon tabiiyot fanlari fazo va vaqtni topologik va metrik xususiyatlarga ega deb xisoblaydi. Metrik xususiyatlari – bu miqdoriy jixatdan o‘lchanadigan, ko‘zga tashlanadigan va nisbiy xususiyatlardir. Bu qatorga ko‘lam, bir jinslilik, izotroplik (antiizotroplik) xususiyatlari kiradi. Topologik xususiyatlar esa borliqning tub sifatiy jixatlarini bildiradi. Bular qatoriga kompaktlik, bog‘langanlik, o‘lchamlilik, tartiblashganlik kabilar kiradi. Vaqtning topologik xususiyatlari – orqaga qaytmasllik, bir o‘lchamlilik kabilardir.Shunday qilib, borliq, sodda materialistlar faraz qilganidek, bo‘shliqda yoki qutiga o‘xshash to‘rt tomonli makonda emas, fazo va vaqtda mavjuddir. Fazo va vaqtning xossalari esa moddiy tizimlarning tabiatidan kelib chiqadi. Moddiy ob’ektlarning uch o‘lchovi: bo‘yi, eni va balandligi bor. Shunga ko‘ra, har bir ob’ektning ko‘lamini aniqlash mumkin. Biroq narsa-xodisalar,jarayonlarning ja’mi bo’lmish borliqning na boshi, na oxiri yo‘q. Sunggi vaqtda fanda «ko‘p o‘lchamli makon», «ko‘p qutbli koinot» tushunchalari paydo bo’ldi.
Vaqt bir yo‘nalishi – o‘tmishdan kelajakka qarab «oqadi». «Vaqt orom nimaligini bilmaydigan nixoyasiz xarakatdir,-degan edi L.N.Tolstoy. - u hamma narsaga o‘z ta’sirini o‘tkazadi». «Yillarning poyonsiz xalqasi nomni ham, qiyofani ham, fe’li-atvorni ham, xatto taqdirni ham o‘zgartira oladi», degan edi Platon.
Vaqtning yana bir fundametnal xususiyati uning orqaga qaytmasligidir. Vaqtdan oqilona foydalanish uning qimmatini oshiradi. Vaqtini bilib qilingan ish – vaqtni avaylash demakdir, vaqtida qilinmagan ish esa behuda qilingan ishdir. «Inson boshiga tushishi mumkin bo’lgan eng og‘ir yo‘qotish, - degan edi qadimgi yunon faylasufi Teofrast, - vaqtni boy berishdir». Agar aql bilan tasarruf qilinsa, hamma narsaga vaqt topiladi. O‘z ixtiyoridagi vaqtdan oqilona foydalana olmaydigan kishi vaqt etishmasligidan noliydi. Ayniqsa, ilm va hunar egallash pallasi – yoshlikda boy berilgan vaqt keyin afsus va nadomatlarga sabab bo‘ladi. Zero alloma shoir Firdavsiy ogoh etganidek:
Do'stlaringiz bilan baham: |