Mahmud Koshg‘ariy va uning «Devoni lug‘otit turk» asari
Reja:
1. X-XP asrlarda O’rta Osiyoda ijtimoiy madaniy hayot.
2. X-XP asrlar adabiyoti haqida ma’lumot.
3. Mahmud Koshg‘ariy-qomusiy bilimlar sohibi.
4.«Devonu lug‘otit turk» ning tarixi, uning tadqiq etilishi.
5. «Devonu lug‘atit turk» da etnografik ma’lumotlar.
6. «Devonu lug‘otit turk» dagi etnografik ma’lumotlar.
1. MAQSAD: IX-XI asrlar O’rta Osiyo ijtimoiy-madaniy hayoti haqida qisqacha ma’lumot bo‘lish.
1. MUAMMO: Shu davrlarga kelib O’rta Osiyoda ilm-fan va madaniyatning yuksala borishining sabablari nimada edi?
2. MAQSAD: X-XII asrlar turkiy xalqlar adabiyotining holati. Unda mavzu va janrlarning o‘ziga xosligi haqida ma’lumot berish.
2. MUAMMO: Didaktik adabiyotning shu davrga kelib nima uchun keng taraqqiy etdi.
3. MAQSAD: Qomusiy olim M.Qoshg‘ariy hayoti va ijodi
X-XP asrlar O’rta Osiyo ijtimoiy-madaniy hayotida alohida bir davrni tashkil qiladi. Bu davrda ilm-fan, Adabiyot va san’atning yuksala borishi uyg‘onish nishonalarini yuzaga keltirgan edi. Bu davrda umumiy tarixiy taraqqiyot asoschilari al-Xorazmiy, Farobiy, beruniy, Abu Ali ibn Sinolar maydonga chiqdilar. Ular o‘zlarining amaliy faoliyatlari, tariz, falsafa, mantiq, shunindek, aniq fanlar sohasidagi kashfiyotlari bilan O’rta Osiyoning qadimiy tarixida chuqur iz qoldirdilar. Bu o‘rinda Farobiy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Nasriddin Tusiy qabilarning qadimgi yunon ilm-faniga bo‘lgan katta diqqat e’tiborlari muhim rol o‘ynaydi.
Bu davr ilm-faniga katta hissa qo‘shgan olimlarning to‘ng‘ichi al-Xorazmiy edi. Al-Xorazmiy 8-asrning oxirlarida yashab, aktiv ilmiy faoliyat bilan o‘zidan keyin boy meros qoldirdi.
Shunday yirik olimlardan yana biri 11-asrning mmashhur mingvistik olimi Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asaridan o‘rin olgan she’riy parchalar, adabiy lavhalar turkiy xalqlarning ota-bobolari yaratib qoldirgan meros sifatida qabul qilingan.
10-12asrlar o‘zbek adabiyoti tematik jilolari, janrlar boyligi bilan diqqatni tortadi. Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari orqali yetib kelgan badiiy ijod namunalar o‘z navbatida shu fikrga ham asos beradi. Bizgacha saqlanib qolgan manbalar 10-12 asrlar ilg‘or ijtimoiy-badiiy fikr taraqqiyotida ko‘proq didaktik adabiyot katta rol o‘ynaganligini ko‘rsatadi. O’tmish xalqni adabiyoti bilan har jihatdan bog‘langan bu adabiyot diniy-mistik adabiy oqimga qarshi turdi.
Sharqda didaktik adabiyot, uning ravshan ko‘rinishi sifatida didaktik dostonchilikning keng taraqiy etgan davri ham 10-12 asrlarga to‘g‘ri keladi. Dilaktika hamma vaqt ham falsafiy, ahloqiy-ta’limiy qarashlarni tag‘ib etishini, shu yo‘l bilan muayyan sistemadagi dunyoqarashli singdirishni maqsad qilib qo‘yadi. Dastlab o‘zida xalqning «chuqur donishmandligini ifodalab kelgan didaktika» urug‘chilik jamiyati xususiyati bilan, unda otalarning mavqeyi baland bo‘lganligi bilan bog‘lash kerak.
Didaktik asarlarni ularning harakteriga ko‘ra quyidagi turkumlarga ajratish mumkin bo‘ladi:
1-Sof didaktik harakterdagi asarlar. Bunday asarlar kundalik hayot, yurish turishning zaruriy shartlari pand-nasihat yo‘li bilan uqtirib o‘tiladi.
2-Poetik didaktika.
Bunday manbalar ro‘yhatiga Yusuf Xojib va Ahmad Yugnakiy asarlarini kiritish mumkin. Didaktik dostonlar Sharqda tik poeziyaning qahramonlik va romantik dostonlari qatorida baholanadi.
Shunday qilib 10-12 asrlar adabiyotida chuqur ildiz otgan didaktik dostonchilik ijtimoiy-badiiy fikr taraqqiyotiga muhim hissa bo‘lib qo‘shildi.
Shu tarzda 10-12 asrlar ilg‘or ilm-fan va adabiyoti bir-biriga yaqinlashib, tabiyat va insonni o‘rganish, jamiyatni shu inson manfaatlariga muvofiq ravishda takomillashtirish g‘oyalarini o‘rtaga tashlagan davr bo‘ldi va u keyinchalik yuzaga chiqqan dunyoviy adabiyot taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydi.
Atoqli qomusiy olim va sayyoh Mahmud Qoshg‘ariy O’rta Osiyoda yashagan xalqlar hayotini chuqur o‘rgangan turkiy til gramatikasini ishlab chiqqan va turk arab lug‘atini tuzgan. Bu lug‘atda u qadimiy so‘zlarning ma’nosini arab tilida tushuntiradi va misol qilib shu ma’nodagi so‘zlar ishlatilgan maqolalar va she’riy parchalar keltiradi.
«Turkiyso‘zlar devoni» deb nomlangan bu kitob O’zbekiston fanlar akamediyasi tomonidan 1960-1964 yillari nashr etildi.
«Turkiy so‘zlar devoni»ning kirish qismida Mahmud Qoshg‘ariy Rum (Kichik Osiyo )dan to Xitoygacha bo‘lgan yerlarda yashagan turkiy xalqlarning kamlarini birma-bir keltiradi.Ular bajanak, qipchoq, o‘g‘uz, yamon, bashqirt, basmil, kay, yabaku, tatar,qirg‘iz,chigil,tuxsi,yag‘mo, igrak jaru,jamul,uyg‘ur,tangut tabgach halqlaridirlar. Devonda ana shu tkrkiy halqlar yashagan geografik o‘rinlarni ko‘rsatuvchi doira shaklidagi harita ham keltirilgan.
«Devon»da ana shu xalqlar tillari o‘rtasidagi farqlar ko‘rsatiladi. Tub so‘zlarda o‘zgarishlar ko‘inmaydi. Faqat ayrim so‘zlar o‘zgaradi xolos.
Masalan:tukrklar «musofir»ni «yalkin» desalar o‘g‘uzlar «alkin»deydilar. Turklar «yilig‘suv»desalar o‘g‘uzlar «ilig suv» deydilar. Turklar «marvarid»ni «yinju»desalar o‘g‘uzlar «jinju» deydilar va hokazo.
Kitobda ko‘rsatilishicha tillarning yengili o‘g‘uzcha eng tzg‘risi, yaxshisi yag‘mo tugsi. Bu tillar Ilo (ilm) Ertish (irtish) Yamor, Etir vodiylaridan uyg‘ur shaharlarigacha bo‘lgan joylarda yashovchilarning tilidir.
Devonning har uch tomida ana shu xalqlar tillarining lug‘at sostavini tashkil etuvchi so‘zlarning nisbatan mukamal izohi beriladi.
«Turkiy so‘zlar devoni»faqatgina lug‘at emas, balki juda mukammal ishlangan gramatik qo‘llanma hamdir. Ayni zamonda «Devon»da ko‘pgina so‘zlarni kelib chiqishi ham to‘la bayon etib berilgan. «Ob» so‘zi ta’kid va ko‘chaytirish ko‘makchisi deb izohlanadi. Masalan: «Ob» ezgu nong»degani «Eng yaxshi narsa» deganidir. «Ob oq» ham «juda oq» degan ma’noni bildiradi.Shundan hozirgi tilimizdagi «oppoq» so‘zi kelib chiqan.
«Devon»da O’rta Osiyo shaharlaridan ba’zilarining nomlariga izoh ham berib o‘tilgan. Jumladan, Mahmud Qoshg‘ariy Toshkentni «Tarkent deb ko‘rsatadi» va «Tarkent» Shohning ismi, asli Toshkent tosh shahri demakdir, deb yozadi. Samarqand nomi esa asli «Samiz qand» - katta shahar bo‘lganini aytadi.
«Devonda» turkiy xalqlar etnografiyasiga oid juda qimmatli ma’lumotlar ham ko‘p uchraydi.
«Devon»dagi she’riy parchalar ayrim so‘zlar ma’nosiga doir lavhalar tarzida keltirilgan. Ular turli tuman ma’nodadir. Mahmud Qoshg‘ariy bilim, olimlik fazilatlarini ulug‘lovchi ko‘p she’rlarni yiqqan. U otalar nomidan farzandlarga murojat qilib olimlarga yaqin bo‘lmish, ularning ilmlaridan o‘rganishni, man’manlik, kibru havodan uzoqlashishni qayta-qayta ta’kidlaydi.
Mana shunday misol:
O’rgan aning bilkin
Kunda angar boru
Qutqo‘likni tapingin
Kuzgil puvaz paru
Mazmuni:
O’rgan uning bilimin
Birgil o‘shal sari
Qutlug‘ ishga bo‘y sunginu
Kibrni quv niri
«Devon»dagi she’riy parchalar orasida yoz bilan qish tortishuvlar tasviri, alplar vafotiga marsiyalar bor.
Shuningdek, bu kitobda bundan 9-10 asr burun halq o‘rtasida keng yoyilgan maqollardan ham ancha namunalar bor.
Adabiyotlar:
1.Qo‘chqortoyev I. Turkiy filologiyaga kirish. Toshkent.
2.Abdurahmonov G’. Rustamov A. Qadimgi Turkiy til.T.1982 y.
3.Baskakov A. Vvedeniye v izucheniye tyurkskix yazqkov. M.1969
4. www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |