Mamlakatimizda yer maydonlaridan samarali foydalanishdagi qator
muammolar haqida to’xtaling.
Mavjud yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va eksport hajmlarini yanada oshirish, texnik, boshoqli don, dukkakli, moyli, poliz, sabzavot, kartoshka va ozuqa ekinlarini oqilona joylashtirish, mevali bog‘, uzum va tutzorlar tashkil etish hamda mahsulot yetishtiruvchilarning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, fermer xo‘jaliklari, agroklasterlar (kooperatsiyalar), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklarining takliflari asosida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021-yil hosili uchun asosiy maydonlarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
2021-yil hosili uchun lalmi maydonlarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021-yil hosili uchun asosiy maydonlarga sabzavot ekinlarini ekish muddatlari bo‘yicha joylashtirish ko‘rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021-yilda ertaki ekinlardan va g‘alladan bo‘shaydigan takroriy maydonlarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlari 4-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021-yil hosili uchun bog‘ va uzumzor qator oralariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlari 5-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021-yilda foydalanishga kiritiladigan yerlarda shotut va balxi tut plantatsiyalari tashkil etish 6-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021-yil paxta hosili uchun g‘o‘zaning rayonlashgan va istiqbolli navlarini joylashtirish ko‘rsatkichlari 7-ilovaga muvofiq;
2021-yilda kutilayotgan minimal narxlarga nisbatan rag‘batlantiruvchi koeffitsiyent joriy etiladigan g‘o‘zaning seleksion navlari 8-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021-yil paxta hosili uchun chigit ekish sxemalari 9-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021-yil paxta hosili uchun sug‘urta urug‘lik fondini hisobga olgan holda urug‘lik paxta xomashyosini tozalash va urug‘lik chigitni tayyorlash hajmlari 10-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021-yil hosili uchun paxta yetishtirishda talab etiladigan urug‘lik, mineral o‘g‘it va yoqilg‘i-moylash materiallari hajmlarining hisob-kitobi 11-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021-yilda asosiy maydonlar, bog‘ va uzumzor qator oralari hamda g‘alladan bo‘shaydigan maydonlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun talab etiladigan urug‘lik, mineral o‘g‘it va yoqilg‘i-moylash materiallari hajmlarining hisob-kitobi 12-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qaror ijrosini samarali tashkil etish, qishloq xo‘jaligi ekinlari joylashtirilishini va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Bosh vazir o‘rinbosari Sh. G‘aniyev Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev) bilan birgalikda:
mazkur qarorga 1 — 6-ilovalarga muvofiq yer maydonlarida qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish va ko‘p yillik daraxtzorlar barpo etish, urug‘, ko‘chat, mineral o‘g‘it hamda suv bilan ta’minlash tadbirlarining o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlasin;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har oy yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda:
respublika bo‘yicha 233,6 ming gektar ikkilamchi ijara huquqlari asosida ajratib berilishini ta’minlasin hamda har bir tumanda yoshlar uchun kooperatsiya shartlarida mahsulot yetishtirishni joriy etsin;
ajratilgan yer uchastkalariga sabzavot, poliz, kartoshka, dukkakli va moyli ekinlarni joylashtirsin, ekish va boshqa agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etish uchun zarur choralarni ko‘rsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari:
har bir hududning ixtisoslashuvi, tuproq-iqlim sharoiti, yerlarning meliorativ holati, unumdorligi, suv bilan ta’minlanganligini hisobga olgan holda qayta ishlovchi, tayyorlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlarning talablaridan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligi ekinlari konturlar kesimida belgilangan muddatlarda to‘liq ekilishini, agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini tashkil etsin;
sug‘oriladigan yer maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash, shuningdek, paxtachilik-g‘allachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari va agroklaster (kooperatsiya)larda ilmiy-innovatsion yondashuv mexanizmlari asosida almashlab ekish tizimini joriy etsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasi, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda mahsulot yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, ta’minotchi, qayta ishlash va eksport qiluvchi tashkilotlar, savdo-xarid tashkilotlari o‘rtasida mahsulot yetkazib berish va xarid qilish bo‘yicha shartnomalar tuzish ishlarini yakunlasin.
Do'stlaringiz bilan baham: |