7-modda. Kooperativ a’zolarining huquqlari va majburiyatlari 1. Barcha turdagi kooperativlarning a’zolari:
kooperativ faoliyatda va uning ishlarini boshqarishda qatnashish kooperativning boshqaruv va nazorat idoralariga saylash hamda saylanish, kooperativ faoliyatini yaxshilash, uning idoralari va mansabdor shaxslarining ishidagi nuqsonlarni bartaraf etish haqida takliflar kiritish:
foydali (daromaddan) ulush olish, kooperativ tugatilgan taqdirda esa — ustavda nazarda tutilgan tartibda qo‘shgan mehnat va mulkiy hissasiga yarasha kooperativ a’zolari o‘rtasida taqsimlanishi lozim bo‘lgan mulk ulushini olish;
o‘z mehnat va mulkiy hissasiga mutanosib ravishda kooperativ mulkidan ulush olgan holda o‘z istagiga ko‘ra kooperativdan chiqish;
Keyingi tahrirga qarang. kooperativ mulkidan, ustavda kooperativ a’zolari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar va afzalliklardan foydalanish;
kooperativning mansabdor shaxslaridan kooperativning faoliyatiga doir har qanday masala yuzasidan axborot olish;
kooperativ mulkidagi o‘ziga qarashli ulushni meros qilib qoldirish huquqiga egadir.
Bundan tashqari ishlab chiqarish va matlubot kooperativlarining a’zolari:
ishlab chiqarish ehtiyojlarini va kasbiy tayyorgarlikni hisobga olgan holda kooperativdan ish olish;
ishlamaydigan kunlar berish orqali ta’minlanadigan dam olish, shuningdek ishchi va xizmatchilarning tegishli toifalari uchun qonunda belgilanganidan kam bo‘lmagan muddatga har yili haq to‘lanadigan otpuska olish;
xavfsiz mehnat sharoiti bilan ta’minlanish;
o‘zini ijtimoiy va majburiy tibbiy sug‘urta qildirish hamda ijtimoiy ta’minlanish;
madaniy-maishiy xizmatdan foydalanish va kooperativ a’zolarining umumiy yig‘ilishi belgilagan tartibda boshqa ehtiyojlarni qondirish huquqiga ham egadirlar.
2. Barcha turdagi kooperativlarning a’zolari:
kooperativ ustaviga rioya etishlari hamda kooperativning umumiy yig‘ilishi, saylab qo‘yiladigan boshqaruv va nazorat idoralari qabul qilgan qarorlarni bajarishlari;
kooperativ faoliyatda mehnat qilib yoki mulk qo‘shib ishtirok etish bilan bog‘liq kooperativ oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarishlari;
kooperativga xo‘jalik faoliyati yuritish uchun berib qo‘yilgan tabiat resurslaridan oqilona foydalanishlari, ularni asrab-avaylashlari hamda atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini bajarishlari shart.
3. Kooperativ a’zolari kooperativ ustavida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egalar, shuningdek ularning zimmasida ustavda ko‘zda tutilgan mas’uliyatlar bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.