Mamlakatimizda to’qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirishga qaratilgan Prezident va hukumat qarorlari qabul qilindi, davlat dasturlari ishlab chiqilmoqda


Ikki ko'tarimli, bir tsilindrli jakkard mashinasi



Download 4,67 Mb.
bet9/12
Sana23.07.2022
Hajmi4,67 Mb.
#843281
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kirish

Ikki ko'tarimli, bir tsilindrli jakkard mashinasi

Ikki ko'tarimli, bir tsilindrli jakkard mashinasida ikkita pichoqlar o'rnatilib, ular bir-biriga nisbatan qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanadi va budavr mobaynida xomuzaga ikkita arqoq ipi tashlanadi. 600ta ignali mashinada 1200 ta ilgak bo'ladi va har bir igna 2tadan ilgakni boshqaradi. Agar ilgaklar kutarilmasa arkat shnurlari pastki holatda qoladi. Bunday sistemali jakkard mashinalari bir ko'tarimli mashinalarga nisbatan yuqori tezlikda ishlashni ta'minlaydi. 2.49-rasmda ikki ko'tarimli, bir tsilindrli jakkard mashinasini texnologik sxemasi keltirilgan.



2.49-rasm. Ikki ko'tarimli, bir tsilindrli jakkard mashinasi



  1. arkat shnuri, 2,3-ilgaklar, 4-gorizontal igna, 5-ushlagich, 6,7-pichoklar, 8- tayanch, 9-perfolenta, 10-prizma, 11-vertikal igna, 12-igna, 13- pichok.

Bir juft ilgaklar 2, 3 bittadan arkat shnuriga 1 bog'lanadi va uni boshqaradi. Ilgaklar nomerlanib, toq sonli 3 ilgaklar xomuzaga tashlanayotgan toq sonli arqoq iplarni, juft sonli 2 ilgaklar esa xomuzaga tashlanayotgan juft sonli arqoq iplarini boshkaradi. Bu erda pichoqlar ham ikkita bo'lib, birinchisi toq sonli ilgaklarni, ikkinchisi esa juft sonli ilgaklarni boshqaradi. Pichoqlar 6, 7 bir-biriga nisbatan qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanib, biri ko'tarilayotganda ikkinchisi tusha- yotgan bo'ladi. har bir arqoq ipi tashlanganda tsilindr chorakta buriladi. Mashinada yarim ochiq xomuza hosil qilinadi. Ilgak harakati ikki marta kamaytiriladi. Dastgoh tezligi yuqori bo'ladi.
2.50-rasmda ikki ko'tarimli, bir tsilindrli jakkard mashinasini ko'rinishi keltirilgan. Bu mashinalar tezligi yuqori bo'lgan rapirali, mitti mokili va pnevmatik to'quv dastgohlariga o'rnatiladi. Mashinada arqoq bo'yicha rapporti 9000 tagacha bo'lgay naqshlar olish imkoniyati mavjud.

2.50-rasm. Ikki ko'tarimli, bir tsilindrli jakkard mashinasini ko'rinishi Hozirda jakkard mashinalariga bo'lgan talab kundan-kunga o'sib bormoqda.


SHuning uchun ko'plab chet el firmalarida turli xil jakkard mashinalari ishlab chiqarilmoqda. Belgiyadagi mashxur “Mishel Vande Vil” firmasi ikki tomonli gilam to'qish dastgohi (rapirali ALD 62 to'quv dastgohi) uchun sharq gilam va sholchalarini ishlab chiqarishga mo'ljallangan zamonaviy hamda o'ta yuqori sifatli jakkard mashinasini ishlab chiqarmoqda.
“TSans” (Germaniya) firmasi ikki ko'tarimli 1344 ta ilgakli, mayda teshikli jakkard mashinasini, “Gross” (Germaniya) firmasi esa naqshlarni elektron uzatu- vchi va boshqarish sistemasi elektromagnitli bo'lgan (maxsus ishlangan magnitli kasseta-disk ilgaklarni to'g'ri ko'tarilishini boshqaradi) jakkard mashinasini, Frantsiyaning “Staubli-Berdol” firmasi esa ochiq xomuza hosil qiluvchi SK 520 modelli (tezligi 450 min-1 gacha) jakkard mashinalarini (2.51-rasm) ishlab chiqarmoqda va ular dunyo to'qimachilik sanoati korxonalarida keng foydala-
nilmoqda.

2.51-rasm Staubli firmasining SX 870 jakkard mashinasi


2.52-rasmda ikki ko'tarimli Staubli jakkard mashinasining boshqarish mexanizmi keltirilgan.


    1. b)

2.52-rasm. Ikki ko'tarimli Staubli jakkard mashinasining boshqarish mexanizmi
a)-boshqarish mexanizmini ishlash holatlari;
b- boshqarish mexanizmini umumiy texnologik chizmasi.

  1. roliklar, 2,4- shnur, 3-ko'zcha, 5,5'-yuqorigi ilgak, 6,6'-pastki ilgak, 7,8-pichoq, 9,9'-ilmoq, 10,10'-elektromagnit, 11,11'-prujina, 12-elastik rezina, 13, 13'-kontakt.

Mashinani vazifasi tanda iplarini ko'tarib-tushirish hisobiga xomuza hosil qilishdir. SHuningdek tanda iplarini belgilangan tartib bo'yicha ko'tarib- tushirish bilan esa kerakli o'rilish turi hosil qilinadi. Elektron jakkard mashi- nalarida kerakli o'rilish turi dastur bo'yicha boshqarilib, har bir o'rilish uchun alohida dastur tuziladi. Mexanizmda asosiy element elektromagnit 10, 10' bo'lib, unga o'rilish bo'yicha kerakli signal beriladi. Elektromagnitlarga to'qi- ma o'rilishi bo'yicha kerakli qoplamalarni (tanda yoki arqoq) hosil qilish bo'yicha signal kelgach, ular kontaktlarni 13, 13' tortib, ilmoqlarni yuqorigi
ilgaklar 5, 5' yo'liga to'g'rilab qo'yadi. Ilgaklar 5, 5' pichoqlar 7, 8 yordamida
tik yo'nalishda harakat qilishadi. Agar elektromagnitga tok berilsa, u kon- taktni tortadi va ilmoq ilgak yo'lini bo'shatib, uni yuqoriga o'tkazib yuboradi, ikkinchi pichoq harakatida ilmoqqa ilgak ilinib qoladi va tanda ipi ko'tariladi va yuqori xomuza hosil qilinadi. YUqorida keltirilgan barcha detallar (2.52- rasm) mashinada moduliga (2.53-rasm) joylashtirilgan bo'ladi va unga arkat shnurlari ulanadi.

2.53-rasm. Jakkard mashinasining moduli
2.54-rasmda Jakkard mashinasida modullarni joylanishi (ulanishi) ko'rsatilgan. Modullar soni mashina quvvatiga bog'liq bo'lib, ular tez va oson almashtiriladi.

2.54-rasm. Jakkard mashinasida modullarni joylanishi


2.55-rasmda jakkard mashinasining taqsimlovchi taxtachalari ko'rastilgan. Taxtalar jakkard mashinasining qadamiga qarab har xil bo'ladi.

2.55-rasm. Jakkard mashinasining taqsimlovchi taxtasi


Jakkard mashinalarini turiga, to'qilayotgan to'qima o'rilishiga qarab, arkat shnurlari 2000-38000 tagacha bo'lishi mumkin. Ilgaklar esa 72-14336 tagacha o'r- natilishi mumkin. 2.56-rasmda jakkard mashinalarida foydalaniladigan gulalarni turlari ko'rsatilgan. Gulalar tanda ipini chiziqli zichligi, ularni soni kabi omillarga qarab tanlanadi.

2.56-rasm. Gulalar turlari
Zamonaviy jakkard mashinalarida tanda iplarini pastga tushirish uchun uch xil el- ementlardan foydalaniladi:

  • yuklar;

  • elastik shnurlar;

  • prujinalar (har xil kuchlar uchun). 2.57-rasmda tanda iplarini pastga tu- shirish elementlari ko'rsatilgan.

2.57-rasm. Tanda iplarini pastga tushirish elementlari


Tanda iplarini pastga tortish kuchi to'qimani tanda bo'yicha zichligi, ta- ranglik kuchi, dastgoh tezligi kabi omillarga bog'liq bo'ladi va ularga qarab tan- lanadi. 2.4-jadvalda tanda iplarini pastga tortish kuchini to'qima turlari bo'yicha miqdorlari keltirilgan.
2.4-jadval
Tanda iplarini pastga tortish kuchi



Download 4,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish