Mashina
quvvati
|
Ilgaklar soni (kalta
qatorda)
|
Ilgaklar soni (uzun
qatorda)
|
Umumiy
ilgaklar soni
|
100
|
26
|
4
|
104
|
200
|
26
|
8
|
208
|
300
|
38
|
8
|
304
|
400
|
51
|
8
|
408
|
500
|
51
|
10
|
510
|
600
|
51
|
12
|
612
|
900
|
77
|
12
|
924
|
2.3-jadval Mayda qadamli Jakkard mashinalarini quvvati (Ovropa standarti bo'yicha)
Mashina
quvvati
|
Ilgaklar soni (kalta
qatorda)
|
Ilgaklar soni (uzun
qatorda)
|
Umumiy
ilgaklar soni
|
448
|
16
|
28
|
448
|
896
|
16
|
56
|
896
|
1344
|
16
|
84
|
1344
|
1792
|
16
|
112
|
1792
|
Turli xil quvvatdagi Jakkard mashinalarini ko'tarish qismlari 2.43-rasmda keltiril- gan.
2.43-rasm. Har xil quvvatdagi jakkard mashinalari
Jakkard mashinalarini tashkil etuvchi asosiy mexanizmlari
Barcha jakkard mashinalari asosan 3 ta mexanizmdan tashkil topadi.
YUrituvchi
Boshqarish (tanlash) mexanizmi
Ko'tarish mexanizmi.
Jakkard mashinasini yurituvchisi to'quv dastgohiga bog'langan bo'lib, harakatni undan bevosita uzatish vallari, zanjirli uzatma (J-13 mashinasida) va boshqa uzatmalar yordamida harakatga keltiriladi. Pichoqlar harakatlanishi butun siste- mani ishlashini ta'minlaydi.
Boshqarish (tanlash) mexanizmi ignalar, prujinalar, karton barabani va cheksiz uzunlikdagi qog'ozli perfokartalardan tashkil topadi.
Ko'tarish mexanizmi ilgaklar, rom shnuri, arkat shnuri, gulalar, yuklar prujina yoki elastomer). Staubli jakkard mashinasini asosiy qismlarini ko'rinishi 2.44- rasmda keltirilgan.
2.44-rasm Staubli jakkard mashinasini ko'rinishi
Asosan jakkard mashinalarida turli xil richaglar o'rnatilib, ular yordamida asosiy valdan pichoqlarga harakat uzatiladi. Nazorat mexanizmi orqali pichoqlar harakati boshqariladi. Pichoqlar esa to'qima o'rilishiga mos ravishda ilgaklarni ko'tarib-tushirib ekrakli xomuzani hosil qiladi.
Mashina bir ko'tarimli, bir prizmali bo'lib, har bir igna bittadan ilgak bilan bog'langan. Mashinada 8 ta igna qatori bo'lib, har bir qatorda esa 50 tadan ilgak o'rnatilgan. SHundan kelib chiqib mashna quvvati 400ga teng, ya'ni 400=8x50. Mashinaga 400 ta igna va 400 ta ilgaklar o'rnatilgan (2.45-rasm).
2.45-rasm. Bir ko'tarimli, bir prizmali jakkard mashinasi.
J-13 jakkard mashinasi
J-13 jakkard mashinasi bir ko'tarimli, o'rta qadamli, 1320 ilgakli, bir yoki ikki prizmali, to'lik yopiq xomuza hosil qiluvchi mashinadir. Ikki prizmali mashi- nalar donali buyumlar ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan.
J-13 mashinasi yirik naqshli paxta, zigir, jun va ipak tolali iplardan turli xil as- sortimentdagi to'qimalar ishlab chiqaarishaga moslashgan to'quv dastgohlariga o'rnatiladi. 2.46-rasmda J-13 mashinasining texnologik, 2.47-rasmda esa taxtlash sxemalari keltirilgan.
2.46-rasm. J-13 jakkard mashinasini texnologik chizmasi
2.47-rasm. Jakkard mashinasini taxtlash
Xomuza balandligi mashinaga harakat uzatuvchi krivoship radiusi va uch elkali richag elkasini o'zgartirish yo'li bilan rostlanadi. Tanda iplari o'rta holatdan
yuqoriga ko'proq, pastga esa kam mikdorda harakat qiladi, natijada nosimmetrik xomuza hosil bo'ladi (2.48-rasm).
2.48-rasm.Nosimmetirik xomuza
O'rta holat miqdori harakat uzatuvchi yulduzchani dastgoh bosh valiga nisbatan holatini o'zgartirish yo'li bilan rostlanadi. Dastgohda to'qimani taxtlash eni bo'yicha ravon xomuza hosil qilish uchun jakkard mashinalari to'quv dastgohidan 2,5 3
m. balandlikda o'rnatiladi. Arkat iplarini ishqalanishini hamda echilib ketish hollarini kamaytirish maqsadida arkat iplarini gulalar bilan bog'langan joylari silliq qilinib, alohida ishlov beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |