NUROTA GILAMDO’ZLIK MAKTABI TADQIQOTLAR: MUAMMO VA YECHIMLAR
Tashmurodov Ravshan Suvanovich
Toshkent davlat texnika universiteti
katta o’qituvchi
t.ravshan@gmail.com
Annotatsiya: Maqolada an’anaviy hunrmandchilik turining gilamdo’zlik sohasi bo’yicha Markaziy Osiyo mintaqasida olib borilgan tadqiqotlarga qisqacha ta’rif berilgan. Nurota vohasida gilamdo’zlik an’analarini saqlab qolingani va aholi turmush tarzidagi o’rniga munosabat bildirilgan, qisqacha gilam turlariga tarif berilgan. Mustaqillik yillarida gilamchilik turlari bo’lgan e’tibor va bu borada yechimini kutayotgan masalalar bo’yicha fikrlar bildirilgan. Azaldan sharq aholi turmush tarzida an’anaviy hunarmandchilik sohasida bebaho san’at asarlari yaratilgan. Mamlakatimiz hududlarida tarixiy–etnografik mintaqalari Zarafshon vohasi, Surxon vohasi, Farg’ona vodiysi, Xorazm vohasi va Toshkent vohalarida tashkil topgan qadim shaharlarda o’ziga xos hunarmandchilik maktablari bo’lgan. Bu hunarmandchilik maktablarida gilamdo’zlik sohasida yaratilgan ijod namunalari o’zbek xalqining dunyoqarashi va milliy tafakkurining namunasi sifatida asrlardan asrlarga o’tib sayqallanib, rang barang shaklda, turli o’lchamlarda avlodlardan avlodlarga yetkazilgan. Bu haqda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan imzolangan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi «Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida» PF-5242-son Farmoni[1: https://president.uz] xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini yanada rivojlantirish uchun avvalo, hunarmandchilikning buyum turlari, shakl va bezaklari, ishlab chiqarish an’analarini mukammal o’rganishni taqozo etmoqda.
Aslini olganda ana’anaviy hunarmandchilikning gilamdo’zlik san’ati rivoji tarixini germenevtik bog’liqligi qadimiy etnografik ildizlari xususiyatlarga egaligi uchun ham uni o’rganish davom etmoqda.Sovetlar davrida singari olimalar xalq hunarmandchiligi sohasida N.X. Azizova, M.V. Sazonova, N.G. Boronza, N.S. Sodiqova, A.I. Sidorenko, A.R. Artikov, to’qimachilik va uning yung nafis turlaridan bo’lgan kashtachilik, zardo’zlik hamda gilamdo’zlik to’g’risida izlanishlar olib borgan R.R. Radjabov, K. Tursunaliev, T. Abdullaev, D. Faxredinova, A.Hakimov kabi tadqiqotchilar gilamdo’zlik va unga tutash kasanachilik sohalari haqida tarixiy muzeylardan o’rin olgan eksponatlar orali tadqiq olib borishgan.
Mustaqillik yillarida Nurota vohasi tarixiga bo’yicha X.Berdiev, O’.Oripov, T.Salimov, A.P.Shevyakov, A.Tog’aev, F. Tolipov, L.Yuldasheva kabi tadqiqotchilar tomonidan chuqur o’rganilgan. Tadqiqotlardan ko’zlangan maqsad Nurota vohasi qadim tarixini milliy madaniy meros sifatida o’rganishda qimmatli bo’lishiga qaramay, mazkur vohada an’anaviy hunarmandchilik sohasining to’qimachilik yo’nalishi komleksida tarixiy etnografik jihatdan yaxlit holda yoritilmagan, degan xulosani keltirib chiqaradi.Gilam to’qish bo’yicha yana bir maktab hozirgi Jizzax viloyati va tog’li Nurota vohasida mavjud bo’lgan. Bu aholi o’rta asrlarda “Nurota turkmanlari” deb nom olgan. 1928-1929 yillarda G.Moshkova hukumat topshirig’i bilan O’zbekispromkoperatsiya tizimini rivojini ta’minlashda palas ishlab chiqarish artellarini ta’sis etilishi bo’yicha ekspedisiya xodimi sifatida gilam to’qish bilan shug’ullanuvchi eng ko’p turkman qabilalari yashayotgan joylarda tadqiqot olib borganligini ta’kidlagan[5: –T., Fan, 1970. – S. 238.]. Muallifning uqtirishicha o’sha paytlarda boshqa o’zbek qabilalarining guruhlari - burgut, naymon, turk, mitan, qoraqalpoq va qozoqlar - kamroq edi. Mintaqada bir necha qishloqlarni tashkil qilgan mutlaqo yangi qozoq muhojirlari bilan bir qatorda yuz yil oldin bu erda yashagan qadim o’zbeklar guruhlari mavjud edi. “Toma” – (ilgari Zulmkoriz, Ko’nasaroy ) qishlog’i, Chuya va boshqalar shular jumlasidandir.
Yuqorida tahlil qilingan adabiyotlarda gilamchilik tasnifi tuzilgan, gilamchilikda kompyuter texnologiyasi yordamida dizayn yaratish va dasturlashtirish jarayonlariga ko'proq e'tibor qaratilgan. Gilam mahsulotlari assortimentini kengaytirishda ilmiy tadqiqot ishlari olib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
2.36-rasm. Aylanma harakatli SHKKida shodalar harakatini ikki ko'rinishi
b)
2.37-rasm. Mexanik (a) va elektron (b) aylanma harakatli SHKKlari
Do'stlaringiz bilan baham: |