3. Aksiyadorlik daromadliligi va aksiyadorlik kapitali daromadligi
o‘rtasidagi farq
Muayyan vaqt (chorak, yil, bir necha yil) oralig‘ida aksiyadorlarni, eng
umumiy tarzda yoki eng avvalo, nima qiziqtiradi, deb o‘ylaysiz? Ha, balli, to‘g‘ri
topdingiz: ularni, eng avvalo, shu davr oralig‘ida kompaniya faoliyati qanchalik
muvaffaqiyatli bo‘lganligi qiziqtiradi. Shu bilan birga, bu jarayonda ular nimani
istaydilar, degan navbatdagi savolga nima deb javob bergan bo‘lur edingiz? Qoyil,
bu savolning javobini ham to‘g‘ri topa oldingiz: haqiqatdan ham ular, eng avvalo,
bitta narsani, ya’ni shaxsiy boyliklari shu davrda qancha ko‘payganini bilishni
istaydilar. Bu savolga, o‘z navbatida, endi qanday javob beramiz? Ya’ni, muayyan
davrda aksiyadorlar boyliklarining qanchaga ko‘payganligini qanday qilib aniqlash
mumkin? Bu savol oldingi savollarimizga nisbatan, biroz bo‘lsa-da, murakkabroq
savol-a? Shu bois, Sizni hadeb qiynayvermasdan, unga o‘zimiz javob berib qo‘ya
qolaylik. Mana uning javobi: buning uchun ma’lum vaqt oralig‘ida ular investitsiya
qilgan kapital bo‘yicha daromadlilik stavkasini hisoblab chiqish (topish) kerak. Bu
maqsadga erishish uchun biz quyidagi tenglamadan foydalanishimiz mumkin:
r
=
Davr oxiriga
aksiyaning narxi
–
Davr boshiga
aksiyaning narxi
+
Pul ko‘rinishida to‘langan
dividendlar
Davr boshiga aksiyaning narxi
Bu ko‘rsatkich
umumiy (jami) aksiyadorlik daromadliligi
deb ataladi
(total
shareholder returns).
Endi, biz e’tiborimizni yana o‘zimiz tahlil qilayotgan
“XYZ”
korporatsiyasiga qarataylik. Fond bozori bo‘yicha ma’lumotlarni tekshirib,
ko‘ramizki, 20x1 yil boshida korporatsiya aksiyalarining bozor kursi bitta aksiyaga
20,0 ming so‘mni tashkil etgan, yil oxirida dividendlar to‘lan-gandan keyin esa 18
720 so‘mgacha pasaygan. Bu davrda pul shaklida to‘langan dividendlar summasi
1,0 ming so‘mni tashkil etgan. Demak,
“XYZ”
korporatsiyasiga tikilgan
(qo‘yilgan, joylashtirilgan) kapitalga daromad-lilik stavkasi 11,4%ni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich (qiymat) quyidagi hisob-kitoblar asosida olingan:
Umumiy (jami)
aksiyadorlik
daromadliligi
=
18720 so‘m – 20000 so‘m + 1000 so‘m =
– 0,114 yoki –
11,4%
20000 so‘m
Ammo, odatda, korporatsiyalar faoliyati samaradorligi yana bir ko‘rsat-
kichdan foydalangan holda hisoblab chiqariladi. Bu
aksiyadorlik kapitali
daromadliligi
normasi
yoki
koeffitsiyenti
(ROE — return on equity)dir. ROYe
kompaniya sof foydasi summasi (qiymati)ni aksiyadorlik kapita-lining balans
qiymatiga bo‘lish orqali aniqlanadi:
Co kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Uning asosiy afzalligi shundaki, mazkur ko‘rsatkich aniqlanayotganda
kompaniyaning o‘z kapitalidan foydalanishdagi vaqt xarajatlari hisobga olinadi.
101
ROE
=
Sof foyda
=
23,4 mln.
so‘m
=
0,078 yoki
7,8%
Aksiyadorlik kapitali
300 mln. so‘m
Shunday qilib, ko‘rib turibmizki, ROE yillik koeffitsiyenti aksiya-dorlar o‘z
mablag‘ini kompaniyaning qimmatli qog‘ozlariga investitsiya qilishlari oqibatida
olgan umumiy daromadlilik stavkasiga mos kelishi shart emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |