94
korporatsiyasining hisobot yilida sotilgan tovarlari tannarxi (110,0 mln. so‘m) va
unga mahsulot (mol) yetkazib beruvchilar va xodimlarga to‘langan pul miqdori
(hajmi) o‘rtasidagi farqni o‘zida mujassam etadi. Sof foyda hisoblanayotganda
110,0 mln. so‘m to‘liqligicha chiqarib tashla-nadi. O‘z navbatida, operatsion
faoliyatdan kelgan pul oqimlari hisobla-nayotganda esa firma haqiqatda to‘lagan
faqat 98,0 mln. so‘m chiqarib tashlanadi. Shunday qilib, sof foyda ko‘rsatkichi
asosida ishlab chiqarish faoliyatidan olingan tushum ko‘rsatkichiga ega bo‘lish
uchun sof foyda summasiga 12,0 mln. so‘mni qo‘shish kerak.
Shunday qilib
,
amin bo‘ldikki, ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan pul
tushumlari ko‘rsatkichi bilan kompaniyaning sof foydasi mos keladi, deb
ta’kidlash uchun bizda hech bir asos yo‘q. Ularni bir-biriga moslashtirish uchun
sof foydani, biz yuqorida muhokama etgan, hisobotning to‘rtta moddasi (qismi)ni
hisobga olgan holda to‘g‘rilash kerak.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot “hisoblash metodi” asosida turli hisob
yuritish standartlari qo‘llaniladigan turli mamlakatlarda o‘z sof foydasi yuzasidan
hisobot beradigan kompaniyalarning iqtisodiy ko‘rsat-kichlarini taqqoslash uchun
juda muhim.
Investitsion faoliyat munosabati bilan pul oqimlari aks ettirilgan jadvalning
ikkinchi bo‘limida ko‘ramizki, 20x1 yil davomida “XYZ” kompaniyasi yangi
zavod binolari va asbob-uskunalar sotib olishga 90,0 mln. so‘m sarflagan.
Hisobotning uchinchi bo‘limida – moliyaviy faoliyat natijasida pul oqimlari
harakatida – korporatsiya o‘z aksiyadorlariga dividend tariqasida pul shaklida 10,0
mln. so‘m to‘lagan va 94,6 mln. so‘m miqdorida qarz olgan va o‘zining qisqa
muddatli qarzini ko‘paytirgan.
Yuqorida bayon etilganlarga yakun yasab, aytish mumkinki, “XYZ”
kompaniyasining ishlab chiqarish, investitsion va moliyaviy faoliyati uning
ixtiyoridagi pul mablag‘lariga (pullar va bozor qimmatli qog‘ozlari) ta’sir
ko‘rsatishi natijasida ularning hajmi 20x1 yil oxiriga kelib, 20,0 mln. so‘mga
oshgan. Bu summaga quyidagi tarzda erishilgan: ishlab chiqarish operatsiyalari
natijasida“XYZ” kompaniyasi 25,4 mln. so‘m miqdorida daromad olgan va bundan
tashqari, 94,6 mln so‘m miqdorida qo‘shimcha qarz (zayom) olgan. Jami bu 120,0
mln. so‘m miqdorida tushumni hosil qiladi. Bu summadan 90,0 mln. so‘m yangi
asosiy vositalar sotib olishga, 10,0 mln. so‘m esa aksiyadorlarga dividend to‘lashga
sarflangan.
Do'stlaringiz bilan baham: