3-qadam: natijalarni baholash Ko‘rinib turibdiki, Synopticom obligatsiyalarining egalari hozirgi bozor bahosida
908.32 dollarga sotib olsalar, 9% li qaytim talab qilishlari kerak.
Shunga qaramay, Synopticom fozi to‘lovlarini soliqqa tortiladigan foydadan
chegirishlari mumkin, bunda kompaniya har bir foiz to‘lovi uchun 0.34 dollardan
tejab qoladi. Natijada firmaning obligatsiya egalari talab qilgan qaytim kompaniya
uchun 5.94% ga tushadi. Agar Synopticom yangi obligatsiyalarni emissiya qilsa
yangi obligatsiyalarni sotish paytida yangi tranzaksion xarajatlar vujudga keladi.
Agar firma hisob-kitob qilsa, har bir obligatsiyaning har bir 850 dollarlik
obligatsiyaga 58.32 dollardan tranzaksiya xarajatlarini to‘lab beradi. Agar 850
dollarni obligatsiya narxi bilan almashtirsak, tranzaksion xarajatlardan so‘ng talab
etilgan qaytim stavkasi 9.73% ga va yangi emissiya qilingan obligatsiyalarning
soliqdan so‘nngi bahosi 6.422% ga teng bo‘ladi.
Imtiyozli aksiyaning bahosi Imtiyozli aksiyaning narxi imtiyozli aksiya dividendlaridan keladigan o‘zgarmas
pul oqimlarining hozirgi davrdagi qiymatiga teng va quyidagicha:
Imtiyozli aksiyaning narxi = 𝑖𝑚𝑡𝑖𝑦𝑜𝑧𝑙𝑖 𝑎𝑘𝑠𝑖𝑦𝑎𝑙𝑎𝑟𝑑𝑎𝑛 𝑘𝑒𝑙𝑎𝑑𝑖𝑔𝑎𝑛 𝑑𝑖𝑣𝑖𝑑𝑒𝑛𝑑
𝑖𝑚𝑡𝑖𝑦𝑜𝑧𝑙𝑖 𝑎𝑘𝑠𝑖𝑦𝑎 𝑒𝑔𝑎𝑠𝑖 𝑡𝑎𝑙𝑎𝑏 𝑒𝑡𝑎𝑑𝑖𝑔𝑎𝑛 𝑞𝑎𝑦𝑡𝑖𝑚 𝑑𝑎𝑟𝑎𝑗𝑎𝑠𝑖 𝑟
𝑝𝑠
(3)
Agar bizga imtiyozli aksiyaning narxi va undan keladigan dividend miqdori
ma’lum bo‘lsa aksiyadorning talab etilgan qaytim stavkasini aniqlab olishimiz
mumkin:
Imtiyozli aksiya qaytim stavkasi
𝑟
𝑝𝑠
=
𝑖𝑚𝑡𝑖𝑦𝑜𝑧𝑙𝑖 𝑎𝑘𝑠𝑖𝑦𝑎𝑙𝑎𝑟𝑑𝑎𝑛 𝑘𝑒𝑙𝑎𝑑𝑖𝑔𝑎𝑛 𝑑𝑖𝑣𝑖𝑑𝑒𝑛𝑑
𝐼𝑚𝑡𝑖𝑦𝑜𝑧𝑙𝑖 𝑎𝑘𝑠𝑖𝑦𝑎𝑛𝑖𝑛𝑔 𝑛𝑎𝑟𝑥𝑖
(4)
Tranzaksion xarajatlar yangi imtiyozli aksiyalarni sotish jarayonida vujudga
kelar ekan, investorning talab etadigan qaytim stavkasi kompaniyaning imtiyozli
aksiyalar kapitali bahosidan kamroq bo‘ladi. Imtiyozli aksiyalarning bahosini
hisobga olish uchun talab etilgan qaytim stavkasida tranzaksion xarajatlarni aks
ettirish uchun tenglamani biroz o‘zgartiramiz. Biz (4) formuladagi imtiyozli aksiya
narxi ko‘rsatkichini har bir yangi aksiyalar savdosidan kelib tushadigan sof tushum
bilan almashtiramiz. Hosil bo‘lgan formuladan imtiyozli aksiya bahosini hisoblash
mumkin:
Imtiyozli aksiya bahosi
𝑟
𝑝𝑠
=
𝑖𝑚𝑡𝑖𝑦𝑜𝑧𝑙𝑖 𝑎𝑘𝑠𝑖𝑦𝑎𝑑𝑎𝑛 𝑑𝑖𝑣𝑖𝑑𝑒𝑛𝑑
ℎ𝑎𝑟 𝑏𝑖𝑟 𝑖𝑚𝑡𝑖𝑦𝑜𝑧𝑙𝑖 𝑎𝑘𝑠𝑖𝑦𝑎𝑑𝑎𝑛 𝑠𝑜𝑓 𝑡𝑢𝑠ℎ𝑢𝑚
(5)
Har bir aksiyadan sof tushum imtiyozli aksiyaning narxi minus yangi emissiya
qilingan aksiyalar uchun tranzaksion xarajatlariga teng.
Korporativ soliqlar imtiyozli aksiya bahosiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Imtiyozli
aksiyada soliqlar hisobga olinmaydi, chunki imtiyozli aksiyalarga to‘lanadigan
dividendlar soliq bazasidan ayirib tashlanmaydi.