Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni samarali amalga oshirish



Download 3,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/199
Sana24.06.2022
Hajmi3,18 Mb.
#700626
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   199
Bog'liq
Маъруза матнлари - копия

1-nazorat uchun savol 
Moliyaviy hisobotlarning uch asosiy funksiyalari nimalardan iborat?
2. Moliyaviy hisobot turlari
 
Moliyaviy hisobotlarning, asosan, quyidagi uchta turi bor (11.2-rasm): 
11.2-rasm. 
Moliyaviy hisobot turlari 
Moliyaviy hisobotlarning uchta turi nimadan iboratligini aniq tushuntirib 
berish uchun, misol tariqasida, “XYZ”
 
kompaniyasiga tegishli bo‘lgan 
ma’lumotlardan foydalanamiz. Aytaylik, “XYZ”
 
- bu 10 yil avval tashkil etilgan 
kompaniya. U kundalik ehtiyoj mollari ishlab chiqarish va ularni sotish bilan 
shug‘ullanadi.
Keyingi o‘rinlarida navbatma-navbat keltirilgan jadvallarda “XYZ”
 
kompaniyasining balansi (balance), bu kompaniya faoliyatining moliyaviy natijalar 
to‘g‘risidagi hisoboti (income statement) va uning pul oqimlari to‘g‘risidagi 
hisoboti (cash flow statement) keltirilgan. Ular dunyo taraqqiy etgan mamlakat-
Moliyaviy hisobot turlari
 
Balans 
Moliyaviy natijalar 
to’g’risida hisobot
Pul oqimlari 
to’g’risida hisobot 


87 
larining har qanday ishlab chiqarish kompaniyasi uchun xos. Quyida moliyaviy 
hisobotlarning har bir turi bilan batafsilroq tanishib chiqishni taklif etamiz.
Balans 
(balance sheet).
 
Firma balansi uning muayyan vaqt oralig‘idagi 
aktivlarini (ya’ni, firma nimaga egalik qilsa, shularni) va majburi-yatlarini (ya’ni, 
barcha qarzlarini) aks ettiradi. Aktivlar (assets) va majburiyatlar (liabilities) 
o‘rtasidagi farq kompaniyaning sof qiymatini (net worth) tashkil etadi. Uni, 
shuningdek, o‘z (xususiy) kapitali (owners’ equity) deb ham ataydilar. 
Korporatsiyalarda sof qiymat aksiyadorlik kapitali qiymati (yoki netto-qiymat) deb 
ataladi. 
Mamlakatimizdagi Buxgalteriya hisobi milliy standartlari (BHMS), AQShda 
esa qabul qilingan va buxgalteriya hisobi bo‘yicha xalqaro standartlarni aks 
ettiradigan Buxgalteriya hisobi yuritishning umumiy prinsiplari va qoidalariga 
(GAAP – generally accepted accounting principles) muvofiq kompaniya balansida 
aks etilgan aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapital qiymati o‘zining boshlang‘ich 
qiymatiga (historical value) ko‘ra baholanishi kerak (ya’ni, dastlab sotib olingan 
narxi bo‘yicha). Bu qoidalar Moliyaviy hisob Stanlartlari bo‘yicha Kengash 
(AQSh) (Financial Accounting Standard Board) tomonidan vaqti-vaqti bilan qayta 
ko‘rib chiqiladi va o‘zgartirishlar kiritiladi. Aksiyalari AQSh fond birjasida rasmiy 
sotuvga qo‘yilishini istagan har qanday xorijiy va Amerika kompaniyasi 
hisobotlarni mazkur buxgalteriya hisobi standartlari asosida olib borishi va 
Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyaga (SEC) moliyaviy hisobot 
taqdim etgan holda, o‘z faoliyati yuzasidan muntazam hisobot berishi kerak.
11.1-jadvalda (navbatdagi betga qarang) “XYZ”
 
korporatsiyasining turli 
davrlar, misol uchun, 20x0 yil oxiriga va 20x1 yil oxiriga balansi keltirilgan. 
Keling, avval 20x0 yil 31 dekabr holatiga, ya’ni 20x1 yil boshiga tuzilgan balans 
(uning soddalashtirilgan shakli)
 
ni ko‘rib chiqamiz. 
Balansning birinchi qismida firma aktivlari, uning joriy aktivlaridan (aylanma 
mablag‘lar, aylanma aktivlar) boshlab balansning qolgan barcha moddalari, ya’ni 
kompaniyaning pul mablag‘lari va balansning yil davomida pulga aylantirish 
mo‘ljallangan boshqa moddalari summasi sanab o‘tilgan. Bizning misolda 
kompaniya pullari (kassa va bank hisob-kitob raqamidagi) va qisqa muddatli 
(ya’ni, oson sotiladigan) qimmatli qog‘ozlari 100,0 mln. so‘mga baholangan 
(qiymatiga ega). Boshqa aylanma aktivlar debitorlik qarzlari 50,0 mln. so‘mdan 
(ya’ni, “XYZ”
 
mahsuloti xaridorlari korpora-tsiyaga to‘lashi kerak bo‘lgan 
mablag‘lar) hamda 150,0 mln. so‘mlik tovar-moddiy boyliklardan iborat 
mablag‘lardan tashkil topgan. Tovar-moddiy boyliklar zaxirasi ko‘rsatkichi, o‘z 
navbatida, xom ashyo, tugatilmagan ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlar qiymati 
(bahosi)ni o‘z ichiga oladi. 
11.1-jadval 

Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish