Mamlakatimiz Prezidenti Sh. M. Mirziyoev barcha sohalarni jumladan ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga katta e’tibor qaratayotgani ta’lim tizimi sohasida tub burilash yasamoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi


§. O‘quvchilarda muloqot madaniyatini shakllantirishning shakl metod va usullari



Download 102,31 Kb.
bet9/12
Sana02.03.2022
Hajmi102,31 Kb.
#478522
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Низомова Нодира. диссертация 2docx

2.1§. O‘quvchilarda muloqot madaniyatini shakllantirishning shakl metod va usullari

Respublikamizda o‘qituvchilik kasbi vakillarining o‘ziga xos etnopsixologik fazilatlari, xislatlari, qobiliyatlari ish uslublari, pedagogik mahorat sirlarini egallash yo‘llari, shaxslararo muloqot madaniyati yuzasidan turli davrlarda turli ilmiy izlanishlar olib borilgan. Ta’kidlash joizki, o‘qituvchining pedagogik faoliyatida o‘quvchilar bilan olib boradigan muloqoti muhim ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu pedagogik muloqotning butun tizimida uning ma’naviy mazmundorligini oshirishni talab etadi, zero aynan pedagogik muloqot ta’lim-tarbiyaning ma’naviy asoslarini shakllantirishga qaratilgan.


Ijtimoiy-psixologik, tarbiyaviy va ma’naviy vazifalarning murakkabligi o‘qituvchining kommunikativ faoliyatiga yuksak talablarni qo‘yadi. O‘qituvchi kasbiy faoliyatida yuksak pedagogik va psixologik natijalarga erishishi uchun ko‘p yillik nazariy va amaliy tajribalar asosida tadqiqotchi olimlar tomonidan taklif etilgan muloqotning ayrim yo‘nalishlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
O‘qituvchi o‘zi uchun bo‘lajak darsning noyob xususiyatlarini va kommunikativ rejasini tuzishi mumkin. Unda darsning har bir pedagogik vazifasiga kommunikativ vazifaning ma’lum bir usullari mos kelib, uni hal qilishning o‘ziga xos yo‘nalishlari namoyon bo‘ladi. O‘qituvchi darsni rejalashtirar ekan, faqat o‘rganilayotgan dars mavzusi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida o‘quvchilarni axborot ko‘lamiga jalb etishni o‘ylamasligi kerak, balki o‘qituvchining yordamiga muhtoj bo‘lgan o‘quvchilarni topishi, ularga yordam berish uchun sharoit yaratishi, har bir o‘quvchining qiziqishini ta’minlovchi sharoitlarni ko‘ra olishi va o‘zaro hamkorlikni ta’minlashi lozim.
O‘quvchilar bilan bo‘lajak muloqotni modellashtirishning muhim sharti o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro emotsional birligi bo‘lib, bu o‘qituvchiga darsning quyidagi ehtimoliy muhitini oldindan ko‘ra bilish imkoniyatini beradi: - bo‘lajak darsda o‘quvchilar jamoasi bilan ro‘y berishi mumkin bo‘lgan turli vaziyatlarni oldindan ko‘ra bilish; - o‘quvchilar bilan o‘zaro demokratik va erkin munosabatning turli darajalarini tashkillashtirish, uni rivojlantirish istiqbollarini belgilash; - darsda o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan qiziqishi va ijodiy kayfiyatini vujudga keltirish. Dars jarayonida o‘qituvchilar bilan bo‘lajak muloqotni modellashtirish juda muhimdir, zero bu jarayon darsning didaktik tamoyillarini har tomonlama belgilab beradi, o‘qituvchini ijodiy faoliyatga yo‘naltiradi, unda o‘quvchilar bilan o‘zaro hamkorlikning mukammal shakllariga nisbatan turli muloqot modellarini takomillashtirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Muloqotni modellashtirish bevosita yangi dars oldidan tezda bajarilishi mumkin, ba’zan esa doimiy xarakter kasb etadi. U o‘qituvchiga o‘zining dars jarayonidagi kommunikativ munosabati va emotsional xulqi, his- tuyg‘ularini oldindan ko‘ra bilish imkoniyatini yaratadi. Bo‘lajak muloqotning shart-sharoitlari va tizimi aniqlashtiriladi, oldindan rejalashtirilgan muloqot modeli tatbiq etiladi. Kommunikativ muloqotning dastlabki daqiqalaridayoq o‘qituvchi tanlangan ta’lim metodlaridan foydalanish imkoniyatlarini aniqlashtirishi, o‘quvchilarning umumiy kayfiyati, ulardagi ijodkorlik va ishchanlik kayfiyatini his qilishi lozim.
Pedagogik muloqot tuzilishi jihatidan o‘qituvchi ijodkorligining noyob namunasi hisoblanadi. Pedagog olimlar o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqotiga ko‘plab tavsiflarni ilmiy asarlarida bayon etsalar-da, muloqot avvalo, o‘qituvchining shaxsiy psixologik xususiyati sifatida namoyon bo‘ladi. Olimlar esa muloqot uchun o‘qituvchiga yo‘nalish beradi, xolos. Jumladan, rus pedagogi V.A. Kan-Kalikning fikricha, o‘qituvchining pedagogik muloqoti tuzilishi quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
1. Prognostik bosqich (modellashtirish) – o‘qituvchi tomonidan sinf jamoasi bilan bo‘lajak muloqotni modellashtirish.
2. Kommunikativ aloqa – o‘quvchi bilan dastlabki o‘zaro tanishuv jarayonida bevosita muloqotni tashkil etishga erishish.
3. Pedagogik jarayon – o‘qituvchining xattiharakati, pedagogik mahorati bevosita muloqotni boshqarishga qaratilgan bo‘lishi.
4. Natijalar tahlili – amalga oshirilgan muloqotni tahlil etish, yutuq va kamchiliklarni xolisona baholab, kelgusi faoliyat uchun modellashtirish.
Olimning fikrlari asosida muloqotning ushbu yo‘nalishlarini quyidagicha ta’riflash mumkin. Modellashtirish bosqichida auditoriyaning barcha andozalarga javob berishi, har bir o‘quvchining psixologik xususiyatlarini o‘rganishi, ta’lim-tarbiyaviy jarayonda uchrashi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar dinamikasini oldindan ko‘ra olish va bartaraf etish, muloqotning o‘zaro hamkorlik asosida qurilishi, ya’ni muloqot o‘qituvchi shaxsiga emas, balki o‘quvchi shaxsiga ham mos kelishini ta’minlash zarur. Kommunikativ aloqa bosqichida sinf jamoasini o‘zaro muloqotga tez jalb etadigan suhbat texnikasini puxta bilish, ularning barcha qiziqishlariga javob bera olish, erkin fikr bildirishlariga imkoniyat yaratish va o‘quvchilar ongiga ijobiy ta’sir etishning turli usullarini qo‘llash metodlarini egallash lozim.
Pedagogik jarayon bosqichida o‘qituvchining faoliyati bevosita ta’lim-tarbiyaviy ishlarni ma’lum bir yo‘nalishga solish, o‘quvchilar tashabbusini qo‘llab-quvvatlash, sinf jamoasining rasmiy va norasmiy yetakchilari bilan adolatli muloqotni tashkil etish, o‘z fikrlarini jamoa fikrlari bilan real sharoitga moslashtira olish ko‘nikmalarini yaratish kabi faoliyat olib boriladi. Natijalar tahlilida o‘qituvchi o‘z faoliyatiga xolisona baho berishi, yutuq va kamchilik larni inobatga olib, kelgusi ta’lim-tarbiyaviy faoliyatida tanqidiy qo‘llashni bilishi, ushbu yo‘nalishda maqsad, reja va natijalarning birligini ta’minlashi, o‘quv-tarbiya jarayonida o‘quvchilar bilan muloqotni tashkil etish va boshqarishda rahbarlik, tashabbuskor bo‘la olishni bilishi kerak.
Hozirgi zamon ijtimoiy-psixologik tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, inson muloqotda uning tashabbuskori bo‘lishi ham, ba’zan esa vaziyatga qarab, o‘zaro munosabatning faol yoki passiv subyekti sifatida qatnashishi ham mumkin2 . Kasbiy-pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyati shundaki, o‘qituvchining tashabbuskorligi bu o‘rinda muloqotni boshqarish vositasi sifatida yaxlit o‘quv-tarbiyaviy jarayonni ham boshqaradi. Aytish lozimki, ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan dars jarayonida o‘qituvchi hamda ta’lim oluvchilarning o‘zaro ijodiy faoliyatida bilim olishga qaratilgan izlanishni boshqarish faqat pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilingan muloqot natijasida amalga oshiriladi. Masalan, darsda yangi mavzuni o‘quvchilar ongiga singdirish, yangi materialni tushuntirish yoki muammoli vaziyat hosil qilishda sinf jamoasi bilan muloqotni to‘g‘ri tashkillashtirish, o‘qituvchi uchun zarurdir, buning natijasida o‘quvchilar birgalikda ahil jamoa bo‘lib, darsda, bilimlarni o‘rganishda o‘zaro erkin fikr yuritadilar va izlanadilar.
Muloqotda o‘qituvchining tashabbuskorligi, ta’lim-tarbiyaviy hamda ijtimoiypsixologik jihatdan qator strategik va taktik muammolar yechimini topish imkoniyatini beradi: o‘qituvchining o‘quv-tarbiyaviy jarayondagi yo‘naltiruvchanlik roli, o‘quvchilarning yaxshi kayfiyati, his-tuyg‘ularini shakllantiradigan, o‘quv-tarbiyaviy faoliyat samaradorligini ta’minlaydigan, zarur ijtimoiy-psixologik muhitni yaratish imkoniyatini beradigan qizg‘in kommunikativ muloqotni pedagogik maqsadga muvofiq ta’minlaydi.

Download 102,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish