Mamlakatimiz Prezidenti Sh. M. Mirziyoev barcha sohalarni jumladan ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga katta e’tibor qaratayotgani ta’lim tizimi sohasida tub burilash yasamoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi


Darsda o‘quvchilar bilan muloqotni tashkil qilishda o‘qituvchining tashabbuskorligi quyidagi vaziyatlarda namoyon bo‘ladi



Download 102,31 Kb.
bet10/12
Sana02.03.2022
Hajmi102,31 Kb.
#478522
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Низомова Нодира. диссертация 2docx

Darsda o‘quvchilar bilan muloqotni tashkil qilishda o‘qituvchining tashabbuskorligi quyidagi vaziyatlarda namoyon bo‘ladi:

  • sinf jamoasi bilan dastlabki suhbat jarayonini oqilona, puxta tashkil qilish;

  • tashkiliy marosim va tadbirlardan (salomlashish, o‘quvchilarni tartib bilan o‘tqazish, davomatni tekshirish va hokazo) rasmiy va shaxsiy muloqotga tezkor o‘tish;

  • o‘quvchilar bilan ijtimoiy-psixologik hamkorlikka oson erishish muammolarini izlash;

  • o‘quvchilar bilan o‘zaro hamkorlikning tashkiliy va sermazmun bo‘lishida har qanday salbiy to‘siqlarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik;

  • o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatda o‘zining shaxsiy insoniy fazilatlarini namoyon etish;

  • ayrim o‘quvchilarga nisbatan bir qolipdagi va bir holatdagi salbiy munosabatlarni bartaraf qilish;

  • butun o‘quvchilar jamoasi bilan yaxlit o‘zaro ijobiy munosabatni tashkil etish;

  • o‘zaro hamkorlikning boshlang‘ich vaziyatlarida o‘quvchilar jamoasini erkin muloqotga safarbar qila oladigan vazifa va masalalarning ongli ravishda qo‘yilishi;

  • ta’lim va tarbiya tizimida taqiqlangan pedagogik talablarni qo‘llamaslik, aksincha yangi, sinalgan, texnologik jihatdan mukammal deb topilgan pedagogik talablarni ko‘paytirish;

  • o‘qituvchi tashqi ko‘rinishi bilan (orastalik, tartiblilik, faollik, xushmuomalalik, muosharat odobi va hokazo) kommunikativ munosabatni ta’minlashga erishish;

  • o‘zaro hamkorlikning nutqiy va noverbal vositalarini (mimika, pantomimika, ma’noli qarash) qo‘llash orqali munosabatga faol kirishish;

  • o‘quvchilar jamoasiga o‘zining xayrixohligini, moyilligini, do‘stligini namoyish etish;

  • o‘quvchilar bilan muloqotda pedagogik faoliyatning yorqin va e’tiborni tortadigan maqsadlarini qo‘ya bilish va ularga erishish yo‘llarini ko‘rsatish;

  • o‘quvchilarning turli vaziyatlarda ichki kayfiyatlari, his tuyg‘ularini tushunish, uni hisobga olish, hamjihatligini ko‘rsata bilish.

Pedagogikaga oid darslik va ko‘llanmalarda ta’lim - o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro birgalikdagi hamkorlik faoliyati, bir-birlariga o‘zaro ijobiy ta’sir vositasi sifatida talqin qilinadi. Biroq, bu faoliyatning ijtimoiypsixologik tizimi hamma vaqt ham e’tiborga olinmaydi. Bu o‘rinda ham qator muammolar yuzaga keladiki, ular ta’lim va tarbiyaning mazmun va metodik aspektlariga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
O‘zaro hamkorlik o‘qituvchi va o‘quvchilarning ijtimoiy-psixologik birligini ko‘zda tutadi. Dars jarayonida ko‘p holatlarda bunga e’tibor berilmaydi. Pedagog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda aniqlanishicha, dars davomida o‘qituvchi va o‘quvchilarning psixologik jihatdan bir-birlariga moslasha olmasligining 25 dan 150 gacha bo‘lgan turli holatlari yuzaga keladi. Bular ongli nazorat qilinmaydi, demak, o‘qituvchi tomonidan bu holatga nisbatan ma’lum bir maqsad belgilanmaydi. Aksincha, to‘g‘ri topilgan va darsda amalga oshirilgan muloqot tizimi o‘quvchilarni faollashtiradi, o‘quv faoliyatiga qizg‘in ishtirok etishga intilishini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, o‘quv faoliyatining ijtimoiy-psixologik tomoni ta’limni optimallashtirishning amaliy zaxirasi sanaladi. Ba’zan ta’limning yangi metodlarini emas, balki mavjud bo‘lgan metodikasining ishonchli ijtimoiy-psixologik ta’minotini izlash kerak bo‘ladi.
Darslarni o‘zlashtira olmaydigan o‘quvchilar xulqidagi chekinishlarning psixologik xususiyatlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, uning salbiy xislatlari, tengdoshlari bilan munosabatda passivligi, xulqining o‘zgaruvchanligi nafaqat o‘z faoliyatidan, balki o‘quvchilar jamoasidagi holatidan hamda u bilan do‘stona munosabat yetishmaydigan muloqotdan qoniqmasligi oqibatida paydo bo‘ladi.
Bu holatlarning barchasi o‘quvchining kayfiyatini keskin salbiy tomonga o‘zgarishiga olib keladi. Umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining pedagogik muloqoti tizimida ko‘pincha, u yoki bu o‘quvchining idrok etishi, tafakkuri bir qolipda shakllanadi, o‘qituvchi ko‘z o‘ngida ular barqaror psixologik muloqot obyektiga aylanadilar. Mabodo, o‘quvchi o‘qituvchining ko‘z o‘ngida «yomon xulqlilar» qatoriga kirib qolsa, bu o‘qituvchining unga nisbatan muloqot amaliyotiga ta’sir o‘tkazadi.
O‘qituvchining kasbiy faoliyatida muloqotni pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilishda uning kommunikativ madaniyatiga jiddiy talablar qo‘yiladi. Dars hamda tarbiyaviy tadbirlar o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro munosabatlari tizimini shakllantiruvchi jarayon bo‘lib, aynan ushbu faoliyatda o‘qituvchi o‘zining shaxsiy pedagogik faoliyatini tarkib toptiradi.
Tajribali o‘qituvchilar bilan o‘zaro suhbatlardan ma’lum bo‘ladiki, darsda o‘quvchilar jamoasi bilan muloqot shaklini tanlash uchun o‘qituvchi qaysidir ma’noda o‘rganilayotgan yangi material uchun pedagogik metodlarni ham tanlashi talab qilinadi. Shu sababli, darsda yangi mavzuni o‘rganishga tayyorgarlik ko‘rilayotganda hamda tarbiyaviy ta’sir rejasini tuzayotganda muloqot tizimining o‘ziga xos mazmunan boy jihatlarini modellashtirish lozim.
Pedagogik faoliyatini endigina boshlayotgan yosh o‘qituvchi o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatlar jarayonida, ayniqsa, o‘zining kasbiy pedagogik xatti-harakatlarida o‘ziga xos psixologik to‘siqlarga duch kelishi, o‘quvchilar bilan muloqotda ziddiyatlar paydo bo‘lishi mumkinligini bilishi va bunga har tomonlama tayyorgarlik ko‘rishi, chuqur pedagogik va psixologik bilimlarga ega bo‘lishi kerak. Yosh o‘qituvchi muloqot malakasiga ega bo‘lmasligi mumkin, bu esa unda esankirab sarosimaga tushish, erkin harakat qilolmaslik kabi salbiy holatlarni keltirib chiqaradi.
Yosh o‘qituvchilarda muloqotning rivojlangan ifodali vositalari yetishmasligi, nutq texnikasidan foydalanishni bilmasligi, mimik va pantomimik harakatlarda no‘noqlik kuzatiladi. Ba’zan o‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida muloqotning «avtoritar uslubi»ni qo‘llashi natijasida o‘zaro munosabatlar salbiy oqibatlarga olib keladi. Yosh o‘qituvchining chuqur bilimi va mahorati evaziga tayyorlangan ta’limiy vazifalar, xilmaxil topshiriqlar va tarbiyaviy tadbirlar, olib boriladigan pedagogik faoliyat o‘quvchilar uchun mutlaqo qiziqarli bo‘lmasligi yoki ular umuman beparvo bo‘lishlari mumkin.
O‘qituvchi tasavvuricha qiziqarli bo‘lgan har qanday pedagogik tadbirlar o‘quvchilarga ta’sir qilmasligi mumkin. Ba’zan, o‘quvchilar bilan bir qolipdagi salbiy muloqot natijasida yosh o‘qituvchi ular bilan «kelisha olmaydi», oqibatda u sinf jamoasini tark etishga majbur bo‘ladi. Yangi o‘qituvchi sinf jamoasining oldingi o‘qituvchi bilan muloqotda sodir bo‘lgan norozilik kayfiyati sirlarini o‘rganadi, o‘zining muloqot pozitsiyasini qo‘llashga harakat qiladi. Biroq, shuni unutmaslik kerakki, o‘quvchilar jamoasining o‘qituvchi bilan muloqotidagi norozilik kayfiyati yangi paydo bo‘lgan o‘qituvchiga ham ta’sir qilishi, u sinf jamoasi bilan muloqotdagi o‘ziga nisbatan salbiy kayfiyatdan chiqara olmasligi mumkin.
Yosh o‘qituvchi ba’zan kundalik faoliyatida yuzaga keladigan favquloddagi holatlarda tez va aniq yechilishi lozim bo‘lgan kommunikativ muammolarga duch keladi va bunda muloqotning kutilmagan vaziyatlariga tayyor emasligini his qiladi. Bunday vaziyatlarda o‘qituvchining aqlzakovati va pedagogik madaniyati, kasbiy tafakkuri, nutqining rivojlanganligi va leksik hamda kasbiy-leksik jihatdan so‘z boyligining mavjudligi, umumiy suhbatlashish madaniyati, o‘quvchilar bilan kommunikativ faoliyatga moyilligi asosiy rolni o‘ynaydi. Kutilmagan, tayyorgarlik ko‘rilmagan kommunikativ muammolardan nihoyatda uddaburonlik bilan ustunlikni qo‘lga olish o‘qituvchi kasbiy faoliyatida ulkan sinov bo‘lib, prinsipial ahamiyatga ega, negaki bunday vaziyatlarda muloqotning barcha variantlarini taxminiy rejalashtirish aslo mumkin emas.
Bunda o‘qituvchi muloqotda pedagogik improvizatsiya (tayyorgarliksiz) holatlariga ko‘nikma hosil qilish qobiliyatiga ham ega bo‘lishi kerak – vaziyatni va o‘quvchilar xatti-harakatini chuqur idrok qilib tez va haqqoniy baholashi, hech qanday mantiqiy mulohazasiz, o‘zining bilim va malakalari, tajribalari, pedagogik mahorati va aql-zakovati, sezgisiga asoslanib, tez va aniq qaror qabul qilishi, vaziyatning o‘zgarishiga qarab munosabatini, shaxsiy pedagogik faoliyatini to‘g‘rilab, uzviy ravishda ushbu qarorni o‘quvchilar bilan muloqot jarayonida qo‘llashi lozim.1



Download 102,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish