2-jadval
Barcha toifa xo’jaliklarda chorvachilik mahsulotlari yetishtirish dinamikasi
t/r
|
Mahsulot turlari
|
O`lchov birligi
|
Y I L L A R
|
2020-yilning 2016-yilga nisbatan o`zgarishi, %
|
2016
|
2017
|
2018
|
2019
|
2020
|
|
1.
|
Go`sht (tirik vaznda)
|
m.tonna
|
2172,5
|
2286,8
|
2430,5
|
2473,6
|
2526,2
|
116,3
|
2.
|
Sut
|
m.tonna
|
9703,4
|
10047,9
|
10466,4
|
10714,3
|
11009,9
|
113,5
|
3.
|
Tuxum
|
Mln. dona
|
6152,5
|
6332,7
|
7459,3
|
7771,2
|
7825,0
|
127,2
|
4.
|
Jun
|
Tonna
|
37103,0
|
36360,0
|
34615,0
|
35115,0
|
35650,0
|
96,1
|
5.
|
Qorako`l teri
|
m.dona
|
1055,4
|
1075,1
|
1085,2
|
1150,7
|
1151,4
|
109,1
|
6.
|
Asal
|
Tonna
|
12050,0
|
11737,6
|
12578,4
|
13001,7
|
13520,4
|
112,2
|
7.
|
Pilla
|
Tonna
|
26355,6
|
12480,3
|
17912,3
|
21374,3
|
20941,9
|
79,4
|
Manba: www.stat.uz ma`lumotlari.
Masalan, Samarqand viloyatiga 2006-2019 yillar davomida chetdan jami 14557 bosh naslli qoramol keltirilgan bo`lsa, birgina 2020-yilda Gollandiya, Germaniya, Rossiya, Latviya, Estoniya, Ukraina, Belorusiya va Qozog`iston kabi mamlakatlardan jami 3970 bosh naslli mol keltirilib, asosan fermer xo`jaliklariga va qisman MChJlarga sotildi. 2020-yilning o`zida Qozog`iston, Qirg`iziston va Dog`istondan jami 3670 bosh naslli mayda shoxli mollar keltirilgan.
Mamlakatdagi mollar nasl sifatini yaxshilashda chetdan naslli mol sotib olish bilan bir qatorda, mavjud mollarni yuqori mahsuldorlikka ega bo’lgan naslli buqalar urug’i bilan sun’iy urug’lantirish ancha arzonga tushadi, olingan avlod esa iqlim sharoitiga yaxshi moslashadi. Agar viloyatda 2019-yilda jami 265343 bosh qoramol sun`iy urug`lantirilib, yillik reja 69,4 foini tashkil etgan bo`lsa, 2020-yilda bu ko`rsatkichlar mos ravishda 291868 bosh va 85,5 foiz bo`lgan.
Samarqand viloyatida 2020-yilda 94ta naslchilik xo`jaliklari mavjud bo`lib, ulardagi jami qoramollar soni 13931 boshni, shundan sigirlar soni 8077 boshni tashkil etgan. Ular tomonidan yil davomida 1615 bosh naslli mol tayyorlanib, tovar fermer xo`jaliklari va tomorqa yer egalariga sotish rejalashtirilgan bo`lib, haqiqatda 1501 bosh (92,9%) naslli mol sotilgan.
Kelajakda chorvachilikni yanada rivojlantirish, ishlab chiqaruvchilar manfaatdorligini hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun quyidagi, kechiktirib bo`lmaydigan vazifalarni yechish lozim deb hisoblaymiz:
birinchi navbatda, yem-xashak ekinlari urug`chiligini yaxshilash, ekin maydonlarini, ekinlar va yaylov hosildorligini keskin oshirish, takroriy ekinlar ekish hamda yo`qotishlarni kamaytirish kabilar hisobiga mustahkam ozuqa bazasini yaratish va mollarni oqsilga boy, to’yimli ozuqalar bilan boqishga erishish;
rivojlangan chet mamlakatlardan naslli mollar keltirish bilan bir qatorda, mavjud qochirish yoshidagi tanalar va sigirlarni naslli buqalar urug`i bilan su`niy urug`lantirishni keskin oshirish;
tarmoqda innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish;
dehqon xo`jaliklari va tomorqa yer egalarida boqilayotgan mollarni emlash, davolash va sun’iy urug’lantirishda davlat tomonidan qo`llab-quvvatlashni kuchaytirish;
chorvachilik mahsulotlarini joyida qayta ishlash hajmlarini, soha xodimlari moddiy manfaatdorligini keskin oshirish;
har bir tumanda kamida bittadan sut va go`sht yo`nalishidagi chorvachilik komplekslari tashkil etishga erishish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |