Mamlakat investitsiya jozibadorligini oshirish orqali xalqaro kapitalni jalb qilish masalalari



Download 340 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana18.09.2022
Hajmi340 Kb.
#849262
  1   2   3
Bog'liq
3961-Article Text-7732-1-10-20220629



Mamlakat investitsiya jozibadorligini oshirish orqali xalqaro 
kapitalni jalb qilish masalalari 
 
Uchqun Yunusovich O’roqov 
Murod Baxtiyorovich Moyliyev 
Muhammadjon Maxmud o’g’li Muzaffarov 
Toshkent moliya institut 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada investitsiya jozibadorligining mohiyati, uni 
xorijiy investitsuyalarni jalb qilishdagi ahamiyati, unga ta’sir etuvchi omillar, 
investitsiya jozibadorligini aniqlash uslubiyoti yoritilgan. 
Kalit so’zlar:
xalqaro kapital, investitsiya, investitsion muhit, investitsiya 
jozibadorligi, BERI indeksi, ICOR koʻrsatkichi. 
Issues of attracting international capital by increasing the 
country's investment attractiveness 
Uchkun Yunusovich Urokov 
Murod Bakhtiyorovich Moyliyev 
Muhammadjon Mahmud oglu Muzaffarov 
Tashkent Financial Institute 
 
Abstract:
This article describes the essence of investment attractiveness, its 
importance in attracting foreign investment, the factors influencing it, the methodology 
for determining investment attractiveness. 
Keywords:
international capital, investment, investment climate, investment 
attractiveness, BERI index, ICOR index. 
 
Xorijdan kapital qabul qiluvchi tomonidan investitsion muhitning modelini ishlab 
chiqish har tomonlama asoslangan tashqi iqtisodiy aloqalarni aniqlab beruvchi 
vositadir. U orqali xorijiy investorga ta’sir koʻrsatuvchi omillar toʻg’risida aniq 
tushunchalarga ega boʻlishi, xorijlik investorlarning xulq-atvorini har tomonlama 
anglash va mamlakatdagi iqtisodiy holatni chuqurroq baholash imkoniyati paydo 
boʻladi. Bu jarayonlarning barchasi respublikamizning boshqa davlatlar bilan dastlabki 
iqtisodiy munosabatlarini yoʻlga qoʻyish jarayonida chetdan kapitalni jalb qilishda 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Investitsion muhit obyekt kategoriyasi boʻlib, har bir alohida olingan vaqt 
doirasida investorlar uchun haqiqatda mavjud boʻlgan shart-sharoitlar majmuasini aks 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
1280


ettiradi. Lekin hozirgi sharoitda investitsion muhit faqat davlat organlarining ta’siri 
ostida shakllanmoqda. Albatta, bu ishlarni amalga oshirishda jahon tajribasidan, 
jumladan, xorijiy investitsiya bilan tashkil etilib, yuksak iqtisodiy koʻrsatkichlarga 
erishgan kompaniya va firmalar tajribasidan kengroq foydalanish kerak. Bu jarayonni 
amalga oshirishda milliy xususiyatlarni ham hisobga olish lozim. 
Xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali sanoatni, yangi zamonaviy 
texnologiyalar bilan qishloq xoʻjaligida qayta ishlovchi sanoat majmuini va boshqa 
sohalarda tub oʻzgarishlar yasash mumkin. Shunday ijobiy ishlarni amalga oshirish 
uchun xorijiy investorlarga qulay boʻlgan investitsion muhitni yaratib berish kerak. 
Investitsion muhit iqtisodiyotda yangi tushuncha emas. Bir qator rivojlangan davlatlar 
bu jarayonni ijobiy tarzda amalga oshirgan. Investitsion muhitning ahamiyati, amaliy 
jihatdan, qaysi boyliklar va yoʻnalishlar tizimi asosida xorijiy investorlar faoliyat 
yuritishlari toʻg’risida tushuncha beradi va shuning negizida xorijlik investorlarga 
nisbatan qanday munosabatda boʻlishni ishlab chiqishga imkoniyat yaratadi. 
Har qaysi investor ma’lum bir mamlakat va uning hududiga investitsiya 
kiritishdan avval oʻsha mamlakat va hududning investitsiya muhitini baholash, uning 
jozibadorligini aniqlashga kirishadi. Albatta, bunda yuqorida koʻrib oʻtilgan omillar 
oʻrganiladi, tahlil qilinadi va shu asosda investitsiya qarorlari qabul qilinadi. 
Mamlakatlarning investitsion jozibadorligi bir qancha omillarga, ya’ni siyosiy, 
iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, tashkiliy-huquqiy va jugrofiy omillarga bog’liqdir. Ushbu 
omillardan kelib chiqib, investorlar mamlakatga investitsiyalarni kiritish yoki 
kiritmaslik toʻg’risida qaror qabul qilishadi. Jahon banki tomonidan har yili e’lon 
qilinadigan “Doing Business” hisobotida turli mamlakatlarning 6700 dan ortiq 
ekspertlari tomonidan 189 ta mamlakatning biznesni yuritish boʻyicha (jami 10 
indikatori) reytingi e’lon qilib boriladi. Jahon banki tomonidan e’lon qilib boriladigan 
reytingda biznesni ochish va uni yuritish boʻyichadavlat tomonida yaratilgan ma’muriy 
taomillar oʻrin olgan boʻlib, unda ham mamlakatning iqtisodiy potensialiga tegishli 
boʻlgan asosiy omillar (bozor hajmi, ishchi kuchining narxi va b.), shuningdek, 
potensial investor duch kelishi mumkin boʻlgan xavflar inobatga olinmagan (1-jadval).
1-jadval 
Investorlar uchun investitsion muhit va mamlakatlarning jozibadorligini namoyon 
etadigan reytinglar
1
Reyting 
Reytingni tuzuvchi 
tashkilotlar 
Baholanadigan 
parametrlar 
Axborotlar manbai 
Biznesni yuritish 
Jahon banki 
Biznesni yuritish uchun 
huquqiy muhit 
Statistik va huquqiy 
axborotlar, ekspertlardan 
soʻrovnomalar 
1
http://www.doingbussiness.org , http://weforum.org, http://ffp.statesindex.org
internet saytlari orqali magistrantlar 
tomonidan tayyorlangan 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
1281


Global raqobatbardoshlik 
indeksi 
Butunjahon iqtisodiy 
forum 
Mamlakatlarning ijtimoiy-
iqtisodiy parametrlari 
Statistik axborotlar va 
kompaniya rahbarlaridan 
soʻrovnomalar 
Davlatlarning 
faoliyatsizlik indeksi 
Tinchlik uchun 
jamg’armasi 
Mamlakatda istiqomat 
qilayotgan insonlar va 
faoliyat yuritayotgan 
kompaniyalar uchun 
mavjud xavflar 
Axborotlarni toʻplash va 
tahlil qilishning ichki 
tizimi 
Mazkur reytingda aks etgan barcha koʻrsatkichlarni ham mukammal deb 
boʻlmaydi, albatta. Ularda quyidagi muhim omillar: makroiqtisodiy siyosat, 
infratuzilmalarning sifati, ishchi kuchining malakasi, valyuta kurslarining tebranib 
turishi, investorlarning fikri, korrupsiyaning xavfi va uning darajasi bilan bog’liq 
omillar aks etmasdan qolgan. 
Butunjahon iqtisodiy forum tomonidan e’lon qilinadigan raqobatbardoshlik 
indeksida mamlakat va unda mavjud boʻlgan institutlarning oʻrta muddatli davrda 
barqaror iqtisodiy oʻsishini ta’minlash imkoniyatlari boʻyicha ma’lumotlar e’lon 
qilinib boriladi. Juda katta hajmdagi statistik ma’lumotlar banki va kompaniyalar 
boshqaruvchilaridan oʻtkaziladigan soʻrovnomalar asosida jami 113 nomdagi 
oʻzgaruvchilar boʻyicha Global raqobatbardoshlik indeksi (The Global 
Competitiveness Index) hisoblab chiqariladi. Umumiy foydalanish mumkin 
boʻlganstatistik ma’lumotlar jami ma’lumotlarning 1/3 qismini tashkil etadi, qolgani 
esa, turli xildagi anketa soʻrovnomalari asosida toʻplanadi.
2
Investitsiya muhitining har tomonlama, chuqur tahlil qilinishi asosida investitsiya 
tavakkali aniqlanadi. Investitsiya muhiti va tavakkal darajalari bir-birlariga teskari 
nisbatdadir. Ya’ni investitsiya muhiti qanchalik qulay boʻlsa, investorning tadbirkorlik 
tavakkali shunchalik past darajada boʻladi va bu investorlarning kirib kelishini 
koʻpaytiradi. Aksincha, investitsiya muhiti noqulay boʻlsa, tavakkal darajasi yuqori 
boʻladi. Bu esa, investitsiya qabul qiluvchi tomonning sarf-harajatlari oʻsishiga olib 
keladi.
3
Investitsiya muhitining har tomonlama, chuqur tahlil qilinishi asosida investitsiya 
tavakkali aniqlanadi. Investitsiya muhiti va tavakkal darajalari bir-birlariga teskari 
nisbatdadir. Ya’ni investitsiya muhiti qanchalik qulay boʻlsa, investorning tadbirkorlik 
tavakkali shunchalik past darajada boʻladi va bu investorlarning kirib kelishini 
koʻpaytiradi. Aksincha, investitsiya muhiti noqulay boʻlsa, tavakkal darajasi yuqori 
boʻladi. Bu esa, investitsiya qabul qiluvchi tomonning sarf-harajatlari oʻsishiga olib 
keladi.
4
2
Schwab K. World Economic Forum: The Global Competitiveness Report. Geneva: World Economic Forum, 2013. 
3
Mamatov B.S., Xo‘jamqulov D.Yu., Nurbekov O.Sh., Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. Darslik. – T.: 
«Iqtisod-moliya», 2014. – 410- b. 
4
Sultonov Sh., Chinqulov Q., G‘ofurova U., Safarova N. Biznes moliyasi. O‘quv qo‘llanma. – T.: «Iqtisod-moliya», 
2019. – 112- bet. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
1282


Kuchli biznes va investitsiya muhitini qoʻllab-quvvatlaydigan siyosiy muhitni 
yaratishning zaruriy omillari quyidagilar: 

xavfsizlik; 

xorijiy investorlar huquqlarining himoyasi va kafolati; 

qonunchilikning barqarorligi; 

shaffoflik; 

korruptsiyadan holi boʻlishlik; 

hukumatning yaxshi boshqaruvi.
5
 
Mazkur tadqiqotlarda davlat/hududning investitsion jozibadorligini aniqlashning 
usul va vositalari keltirilgan boʻlib, foydalanilgan formulalar investitsiyalar 
jozibadorligini integral baholashga xizmat qiladi (2-jadval). 
2-jadval 
Investitsion jozibadorlik aks etadigan koʻrsatkichlar tizimi
6
Guruh 
Koʻrsatkich 
Iqtisodiy jozibadorlik 
Makroqitisodiy barqarorlik (mb) 
Mehnat bozorining samaradorligi (mbs) 
Infratuzilmalarning sifati (is) 
Instutlarning sifat darajasi (isd) 
Ichki bozorning imkoniyati/hajmi (ibh) 
Texnologiyalarning rivojlanish darajasi (trd) 
Innovatsion salohiyat (is) 
Huquqiy jozibadorlik 
Huquqiy nuqtai nazardan biznes qilish uchun yaratilgan qulay sharoitlar 
Investitsiyalash 
jarayonida risklar 
Demografik bosimning darajasi (dbd) 
Olib borilayotgan siyosatdan va hayotdan norozi boʻlgan aholining qatlami (nb) 
Davlat tuzilmalarida avj olgan korrupsiya korrupsiya holati (dtk) 
Inson huquq va erkinliklarining poymol boʻlish darajasi (ihebp) 
Yuqori boshqaruv guruhlarining ta’sir koʻrsatish darajasi (ybog) 
Davlat xavfsizlik organlarining ta’sir koʻrsatish darajasi (dxot) 
Boshqa davlat/hududlarning ta’sir koʻrsatish darajasi (bt) 
Butunjahon iqtisodiy forumi iqtisodiy jozibadorlikni aniqlashda quyidagi 
formuladan foydalaniladi: 
IJ = mb + mbs + is + isd + ibh + trd + is (1.1.) 
IJ-“Iqtisodiy jozibadorlik” boʻyicha davlatga berilgan ball. 
Huquqiy jozibadorlikni aniqlashda “biznesni yuritish” reytingidan foydalaniladi. 
Bu yerda, HJ-huquqiy jozibadorlik; DB-“Doing bussiness”da davlatning reytingi. 
Risk=1/dbd + nb + dtk + ihepb +ybog + dxot + bt (1.2.) 
Bu yerda, risk - investitsiyalash jarayonida riskning mavjudlik darajasi: 
koʻrsatkich qiymati qanchalik katta boʻlsa, kapital qoʻyilmalarni joylashtirishda risk 
darajasi shunchalik kichik boʻladi. 
5
Best-Practice Guide for a Positive Business and Investment Climate.Organization for Security and Co-operation in 
Europe (OSCE). 2018. 
6
Schwab K. World Economic Forum: The Global Competitiveness Report. Geneva: World Economic Forum, 2013. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
1283


Zamonaviy investitsiya muhitining oʻzgarishiga bir qancha omillar ya’ni 
globallashuv, xavfsizlik, moliyaviy muhandislik, axborot va kommunikatsiya 
tarmoqlaridagi inqilob sabab boʻlmoqda. Jahonda yuz berayotgan global oʻzgarishlar, 
terrorizm va odam savdosi balolaridan mamlakatda yaratilgan xavfsizlik choralari, 
yetuk kadrlarga boʻlgan talabning yanada oshishi hamda 20 asr moʻjizasi boʻlgan 
axborot va kommunikatsiya tarmoqlaridagi shiddatli inqilob investitsiya muhitini 
yanada zamonaviy va jozibador qiladi. 
Xorijiy investorlar indeks ma’lumotlardan vaqtni tejash maqsadida keng 
foydalanadilar. Mamlakatning indeksi yuqori yoki pastligi albatta ahamiyat kasb etadi. 
Lekin investor mamlakatning investitsiya muhiti va uning jozibadorligini baholashda 
boshqa omillarni ham inobatga oladi. 
Investitsion muhitdagi siyosiy riskni aniqlashdagi samarali baholash usullaridan 
biri, oʻzining keng qamrovliligi, aniqligi va soddaligi bilan mashhur boʻlgan “BERI” 
indeksidan jahon xorijiy investorlari keng foydalanadilar. 
1.4 - jadvalda har bir qoʻyilgan baho ekspertlar bahosiga koʻpaytirilib, oxirida 
barcha koʻrsatkichlar qoʻshiladi va quyidagicha baholanadi: 
Koʻrsatkichlar “0” dan “4” gacha: 0 – nomaqbul shartlar, 1- salbiy shartlar, 2- 
oʻrtacha shartlar, 3 – yaxshi shartlar, 4 – ideal shartlar. 

BERI ≥ 80 – qulay investitsion muhit, iqtisodiyot rivojlangan;

70≤BERI≥79 – yetarli darajada qulay emas va yetarli darajada rivojlanmagan; 

55≤BERI≥69 – investitsion salohiyatga ega boʻlgan rivojlanayotgan 
iqtisodiyot; 

40≤BERI≥54 – yuqori darajadagi risk, rivojlanmagan iqtisodiyot; 

BERI< 40 – juda yuqori darajadagi risk va investitsiya faqat istisno tarzida 
kiritilishi mumkin. 
3 -jadval 
BERI indeksi va uning mezonlari
7
№ 
Mezonlar 
Ta’rifi 
Salmog’i, % 
1. 
Siyosiy barqarorlik 
Kutilmagan hukumat toʻntarishlari imkoniyatlari va ularning 
tadbirkorlik faolligiga ta’sirini baholaydi 
12 
2. 
Xorijiy investitsiyalar va 
foydaga munosabat 
Xususiy tadbirkorlarga tegishli ijtimoiy ehtiyojlarga boʻlgan 
harajatlar hajmi 

3. 
Milliylashtirish 
Beg’araz ekspropriatsiya imkoniyatlaridan to mahalliy 
hokimiyatlarga imtiyozlar berishgacha 

4. 
Devalvatsiya 
Devalvatsiya 
ta’siri, 
hamda 
korxona 
faoliyatiga 
devalvatsiyaning 
ta’sirini 
yumshatuvchi 
choralarning 
hayotiyligi 

5. 
Toʻlov balansi 
Hisoblar balansi va umumiy balansga, hamda xorijiy 
investorlarning daromadlariga ta’sir etuvchi omillar 

7
Imomov H.H. “Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish”// O’quv qo’llanma // Toshkent-2011y. 118-119 b. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
1284


6. 
Rasmiyatchilik masalalari 
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi darajasi, bojxona 
rasmiyatchiliklarini amalga oshirilishi, valyuta oʻtkazishlari va 
boshqa shunday operatsiyalar 

7. 
Iqtisodiy oʻsish sur’atlari 
Yillik yalpi mahsulot ishlab chiqarish sur’atlarining oʻsishi 
3%, 3-6%, 6-10% va 10%dan yuqori chegaralarda 
10 
8. 
Valyutaning 
konvertirlangani 
Milliy valyutaning xorijiy valyutaga almashtirish imkoniyati, 
hamda milliy valyutaning (korxonalarga zarur boʻlgan 
darajada) valyutalar bozoridagi oʻrni 
10 
9. 
Shartnomani amalga 
oshirish imkoniyati 
Shartnomaga amal qilish imkoniyati, hamda til va urf-
odatlardagi farq natijasida qiyinchiliklarning yuzaga kelishi 

10. 
Ish haqi va mehnat 
unumdorligiga harajatlar 
Ish haqi darajasi, mehnat unumdorligi, ishga qabul qilish 
tartibi 

11. 
Ekspertlar va marke-ting 
xizmatlaridan foydalanish 
imkoniyati 
Korxonalarga yuridik, buxgalteriya, marketing boʻyicha 
maslahatlar berish, texnologiya va qurilish ishlarini amalga 
oshirish sohalarida maslahatlar kutish imkoniyati 

12. 
Aloqa va transportni 
tashkil etish 
Faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar va ularning filiallari 
orasidagi transport yoʻllari va aloqa tizimini (mamlakat 
ichidagini ham) tashkil etish va foydalanish imkoniyati. 
Transport infratuzilmasini baholash 

13. 
Mahalliy boshqaruv va 
hamkorlik 
Boshqaruvning turli masalalarini yechishda oʻz kapitali bilan 
qatnashish va hamkorlikda faoliyat yuritishi mumkin boʻlgan 
mahalliy hamkorlarning soni va imkoniyatlari 

14. 
Qisqa muddatli kredit 
Xorijiy hamkorlarga qisqa muddatli kreditlar berish va ulardan 
foydalanish imkoniyati 

15. 
Uzoq muddatli kredit va 
shaxsiy kapital 
Hamkorlar tomonidan nizom kapitaliga oʻz ulushlarini 
qoʻshish shartlari va milliy valyutada uzoq muddatli kredit 
berish shartlari 

Umuman olganda, «BERI» xizmati bu borada katta obroʻ qozongan tashkilotdir. 
Mazkur tashkilot kapital import qiluvchi mamlakatlardagi investitsiya muhitini tahlil 
qilib, investitsiyalarning risklilik darajasini aniqlab beradi. «BERI» xizmati matbuotlar 
orqali turlicha indekslar bilan investorlarning xorijiy mamlakatlarga investitsiya 
qoʻyishining xavf-xatarlilik, risk darajasini aniqlab beradi. 
Hozirda bu xizmat koʻrsatuvchi tashkilot 55 dan ortiq kapital import qiluvchi 
mamlakatlardagi investitsiya muhitini 15 ta koʻrsatkichni qamrab oluvchi mezon (ball) 
bilan baholamoqda.Bunda mamlakat investitsiya muhiti qanchalik yuqori ballga ega 
boʻlsa, u shunchalik barqaror mamlakat hisoblanadi. Bu ball indekslarini hisoblashda 
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy omillar ta’siri ham hisobga olinadi.
Bir vaqtning oʻzida, investitsiyalar samaradorligini aniqlash ularni safarbar 
etishning istiqbollarini bashoratlashda muhim ahamiyatga ega. Qolaversa, iqtisodiyot 
boʻyicha investitsiyalar taqsimotining toʻg’ri yoʻnalishlarini aniqlab olishga imkon 
beradi. Shu maqsadda foydalaniladigan ICOR (incremental capital-output ratio) 
koeffitsienti asosiy kapitalga qoʻyilgan mablag’larning kelgusi yilda YaIMning 
oʻsishiga ta’sirini aniqlashga imkon beradi va YaIMda investitsiyalar salmog’ining 
keyingi yildagi YaIMning qoʻshimcha oʻsish sur’atiga nisbatini ifodalaydi. ICOR 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
1285


koeffitsienti investitsiya resurslarining samarali ishlatilishini belgilab beruvchi 
koʻrsatkich hisoblanib, u qanchalik kichik boʻlsa, shunchalik ahamiyatli hisoblanadi 
va aksincha
8
.
Investitsiyalar iqtisodiy oʻsishni ta’minlash bilan birga kelgusida investitsiyalash 
manbalarini yaratish uchun ham xizmat qiladi. Shu sababli yalpi investitsiyalarning 
YaIMga nisbatan ulushi YaIMning oʻsish sur’atidan 4-8 marotaba koʻp boʻlishi lozim. 
Qolaversa, yalpi investitsiyalarning aholi jon boshiga toʻg’ri kelgan miqdorini va uning 
oʻtgan yilga nisbatan oʻsish darajasini aniqlash investitsiyalar samaradorligini real 
baholashning muhim sharti hisoblanadi. Shuningdek, muayyan bir tarmoq boʻyicha 
yalpi investitsiyalarning samaradorligini aniqlashda joriy davrda tarmoqda band 
boʻlgan kishilar boshiga nisbatan toʻg’ri kelgan oʻrtacha investitsiyalar miqdorini 
hisoblash ham foydalidir.
ICOR = I : ∆YaIM (1.3) 
bu yerda: I - oʻtgan yilda YaIMda investitsiyalarning ulushi; ∆YaIM - yalpi ichki 
mahsulotning oʻtgan yilga nisbatan qoʻshimcha oʻsish sur’ati. 
Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun ICOR koʻrsatkichi darajasini quyidagi jadval 
orqali koʻrish mumkin.
4 –jadval 
Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun ICOR koʻrsatkichlari
9
Yillar 
Yalpi investitsiyaning yalpi 
ichki mahsulotga nisbati, foiz 
hisobida 
YaIMning qoʻshimcha 
oʻsish sur’ati, foiz 
hisobida 
ICOR 
(YaIM qoʻshimcha oʻsishi-ning 
kapital sig’imkorligi) 
2003 
19,3 
4,4 

2004 
20,3 
7,7 
2,5 
2005 
19,8 
7,0 
2,9 
2006 
22,8 
7,3 
2,7 
2007 
23,0 
9,5 
2,4 
2008 
25,0 
9,0 
2,6 
2009 
23 
8,1 
3,1 
2010 
25 
8,5 
2,7 
2011 
23,9 
8,3 
3,1 
2012 
22,9 
8,2 
2,9 
2013 
23 

2,9 
2014 
23,3 

2,9 
2015 
23,4 
7,9 
2,9 
2016 
24,2 
6,2 
3,8 
2017 
27,5 
5,2 
4,7 
2018 
29,2 
5,4 
5,4 
2019 
37,0 
5,7 
6,5 
2020 
34,9 
1,9 
18,4 
2021 
33,3 
7,4 
4,5 
8
Siddiqov A. Sanoat ishlab chiqarishga yo’naltirilgan investitsiya mablag’lari samaradorligi. // «Bozor, pul va kredit», 
2004. №7-8. – B. 48. 
9
Jadval O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining ma’lumotlari asosida magistrantlar tomonidan tuzilgan. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
1286


Jadval ma’lumotidan koʻrinadiki, tahlil etilayotgan davrda YaIMning kapital 
sig’imkorligini aks ettiruvchi ICOR samaradorligi koʻrsatkichi 2010 yilda 2,7 ga teng 
boʻlgan etdi. Jahon banki ma’lumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich rivojlangan 
mamlakatlarda 2,4 ga teng
10
. 2019 yilga kelib bu koʻrsatkich 6,5 ni, 2020 yilda 
pandemiya hisobiga YaIM oʻsish sur’atining pasayishi hisobiga bu koʻrsatkich 18,4 ni 
hamda 2021 yilda 4,5 ni tashkil etdi.
ICOR koeffitsientini hisoblash uslubiyotiga asoslanib, daromad oʻsishining 
kapitalga nisbati koʻrsatkichi oʻtgan yilgi yalpi investitsiyalarning (YaIMga nisbatan 
foizda) joriy yildagi YaIMning oʻsish sur’atiga nisbati sifatida aniqlanadi. Loʻnda qilib 
aytganda, oʻtgan yilgi investitsiyalar hajmi joriy yildagi YaIMning oʻsishida oʻz 
natijasini beradi. Jahon amaliyotida iqtisodiy oʻsishning ijobiy sur’atini ta’minlash 
uchun bu koʻrsatkichning nisbati 3/1 hisoblanadi. 
Bu koʻrsatkich qanchalik kichik boʻlsa, shunchalik ahamiyatli (ijobiy) 
hisoblanadi. Investitsiya mablag’lari samaradorligini aniqlab beruvchi koʻrsatkichlar 
va ularning tizimlari talaygina. Ular ichida hisoblanishi nuqtai nazaridan qulay boʻlgan 
ICOR koʻrsatkichidan, mamlakatimiz iqtisodiyotiga, umuman, real sektorga 
yoʻnaltirilgan investitsiyalar samaradorligini aniqlashda foydalanamiz. 
Jahon amaliyotida mamlakatning investitsiya muhitini baholash borasida turli 
yondashuvlar mavjud. Ushbu yondashuvlar bir-biridan investitsiya muhitini tashkil 
etuvchi omillarni toʻliq yoki qisman qamrab olishi bilan farq qiladi. Yuqorida 
ta’kidlaganimizdek, «Standart & Poor’s», «Moody’s» va «Fitch ibca» jahondagi eng 
yirik reyting agentliklardan hisoblanib, ular emitentning qarz majburiyatlarini 
koʻrsatilgan muddatda va toʻlaqonli bajara olish imkoniyatlari va emitentlarning kredit 
bera olish qobiliyatiga baho beradilar. Agentliklar tomonidan ishlab chiqilgan va 
tuzilgan reytinglar mamlakat investitsiya muhitini ma’lum darajada baholash imkonini 
beradi. Masalan, «Standart & Poor’s» uslubiyotiga koʻra, uzoq muddatli reyting eng 
yuqori «AAA» koʻrsatkichidan eng quyi «D» koʻrsatkich oralig’ida oʻzgarib boradi. 
«AA» dan «CCC» koʻrsatkichigacha boʻlgan oraliq reytingi «musbat» (+) yoki 
«manfiy» (-) belgilar bilan toʻldirib borilishi mumkin va ular asosiy koʻrsatkichlarga 
tegishli boʻlgan oraliq koʻrsatkichlar hisoblanadi. Qarz majburiyatlarini bajarish sifati 
reytingning quyidagi koʻrsatkichlari orqali baholanadi: 
-
AAA 

Download 340 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish