TURSUNBOY ADASHBOYÅV
(1939 — 2017)
244
lingan ko‘rik-tanlovda satirik shå’rlari bilan qatnashib, ikkin-
chi o‘rinni egallagandi.
1959- yilning may oyida Mirtåmir „Manas“ eposini tarji-
ma qilish niyatida Qirg‘izistonga boradi. Råspublika yozuvchilar
uyushmasi „Manas“ning variantlari bilan tanishish maqsadida
Talas va Issiqko‘l atroflarini kåzayotgan o‘zbåk shoiriga Tur-
sunboy Adashboyåvni yo‘ldosh qilib tayinlaydi. Ular ikki hafta
davomida birga bo‘lishadi. Oradan yil o‘tib, Mirtåmirning ara-
lashuvi bilan qirg‘izistonlik havaskor shoir Do‘rmonda o‘tgan
yosh ijodkorlarning såminar-kångashiga taklif etiladi. Kångash-
da u o‘zbåk bolalar shå’riyatining yirik vakili Qudrat Hikmatga
shogird tutinadi.
Tursunboy Adashboyåv qat’iy ichki intizomga ega odam
edi. Bu hol uning ijodi sårmahsul bo‘lishiga olib kåldi. Shu
vaqtga qadar shoirning o‘ttizga yaqin kitobi bosilib chiqqan.
Asarlari o‘zbåk va qirg‘iz bolalar shå’riyati antologiyalari
hamda darsliklardan o‘rin olgan. Tursunboy Adashboyåv tan
olingan tarjimon ham edi. U qirg‘iz tilidagi yigirmadan ortiq
kitobni o‘zbåkchaga ag‘dargan. Jumladan, „Manas“ eposini
tarjima qilgan. T. Qosimbåkovning „Singan qilich“ tarixiy ro-
mani, To‘qtag‘ul, S. Eraliyåv, S. Jusuyåv, B. Sarno‘g‘ayåv va
boshqa o‘nlab qirg‘iz adiblarining asarlarini o‘zbåk tiliga o‘gir-
gan. Jahon bolalar shå’riyatining K. Chukovskiy, S. Marshak,
Yan Bjåxva, Q. Mirza, Q. Junushåv singari vakillari ijodi bi-
lan o‘zbåk o‘quvchilari uning tarjimasida tanishgan.
Bolalar ichki dunyosini yaxshi bilgan Tursunboy Adash-
boyåv kichiklarga atalgan asarlar aql o‘rgatishdan, nasihatdan
xoli bo‘lishi kårak, dåb hisoblardi. „Bolalarga qisqa vaznli,
kutilmagan qofiyalarga asoslangan, jinday yumor va falsafa
omuxta qilingan shå’rlar yozish kårak. Qofiyalardagi ohang-
dorlik asarning tåz va oson yod olinishini ta’minlaydi“, dårdi
shoir. Tursunboy shå’rlarida få’l qofiyalarni kam qo‘llagan,
imkon qadar ot, sifat, son, hatto yordamchi so‘zlarni qofiya
sifatida ishlatardi. Shoir shå’r misralarining imkon qadar qis-
qa bo‘lishiga alohida e’tibor qaratardi. Bola qisqa shå’rni na-
fasi qaytmay o‘qiydi, oson yod oladi. Shoir shå’rlaridagi ra-
vonlik asl tuyg‘ularning yosh yuraklarga tåzroq yåtib bori-
shiga xizmat qiladi.
Tursunboy Adashboyåv bolajon ijodkor sifatida bola o‘zini
kichik dåb o‘ylaganlar, unga aql o‘rgatib, yo‘l ko‘rsatmoqchi
245
bo‘lganlar bilan ko‘ngillashmasligini yaxshi tushunardi. U ya-
na bilardiki, bola tånglik istaydi, barobarlik izlaydi. U o‘ziga
tång bo‘lganlarga el bo‘ladi. Tursunboy Adashboyåv — bolafå’l
odam edi, bolako‘ngil ijodkor bo‘lgani uchun ham bola ko‘ng-
liga oson yo‘l topardi.
Shoir bolalar tabiatidagi yumorga moyillikni yaxshi tuygan.
Shu bois uning dåyarli barcha bitiklarida komizm ustuvorlik
qilardi. Chunki bola olamga kulib, charaqlab qaraydi, dunyo-
ni yorqin ranglarda, quvonch og‘ushida ko‘radi. Shu bois
Tursunboy Adashboyåvning shå’rlariga kulgu hamishalik yo‘l-
dosh. Låkin bu kulgu shå’rlarning sirtida emas, zamirida bo‘-
ladi. Shå’rning mohiyatiga yåtilsagina, kulgu qo‘zg‘aladi. „Kim
aytadi?“ shå’rida shoir turli hayvonlarning o‘z bolalari borasi-
dagi hasratlarini tasvirlaydi. Tulki bolasining „sodda, to‘po-
riligi“dan, olmaxon farzandlarining „qo‘pollarning qo‘poli“
bo‘lib o‘sayotganidan yozg‘irsa, eshak xo‘tigining „zotli“ eka-
ni bilan maqtanadi. Yo‘lbars esa o‘g‘ilchasini o‘ta „måhri-
bon“ hisoblaydi. Shå’rda qissadan hissa chiqarilmaydi, xulo-
sani aytish o‘quvchining ixtiyorida qoladi:
Fil yupatib do‘stlarin
Ko‘taradi ko‘nglini.
Xo‘sh, kim aytar, ularning
Shu gaplari to‘g‘rimi?
Bu savol o‘quvchini o‘ylashga, har bir hayvonning gap-
lari bilan ularning xususiyatlarini solishtirishga undaydi. Shå’r-
da aks ettirilgan holat odamlarga qanchalar xosligi to‘g‘risida
o‘ylab ko‘rishga chorlaydi. Tursunboy Adashboyåv bolalarning
ko‘ngliga kirmoq, yuragini bilmoq istardi. Shu yo‘sinda ularni
o‘zgani his qilish, birovning ko‘nglini tushunishga o‘rgatardi.
Ko‘ngil hisobga olinmasa, yaxshilikni ham yomonlikka yo‘yish
mumkinligi „Fufayka“ shå’rida ta’sirli ifoda etiladi. Unda sobiq
sho‘ro maktablarida barcha o‘quvchilar oldida yåtim bolalarga
kiyim-kåchak tarqatilgani, bu esa, o‘ksik bolalar ko‘ngliga tu-
zalmas jarohat yåtkazgani tasvirlanadi. Shoir bunday qilish-
ning yomonligini aytib o‘tirmay, o‘zi kåchirgan voqåaning
ko‘nglida qoldirgan chandig‘i tasviri orqali o‘quvchida muno-
sabat uyg‘otadi. Natijada shå’rxon qilingan noo‘rin „måhri-
bonlik“ bolani qanchalar haqoratlab, o‘ksitganini to‘la his
etadi:
246
Alifboga binoan,
O‘qilar ro‘yxatlar:
— Abdullayåv, Abrorov, ¾
Ko‘zimdan olov chatnar.
Zich saflarning orasin,
Asta surib ochaman.
Många navbat yåtguncha,
Uyga qarab qochaman.
Chin tuyg‘ular tasvirlangan asarlargina kitobxon e’tiborini
tortadi. Tursunboy Adashboyåv mashaqqatli kåchgan bolaligini
samimiy tasvirlash bilan shå’rxon e’tiborini o‘ziga torta bilardi.
Bolalar tabiatini yaxshi bilgan shoir ular bilan papalashmay,
jiddiy gaplashish lozim dåb hisoblardi. Bolalar yålkasiga o‘zla-
riga yarasha ruhiy-ma’naviy yuk ortish mumkin va kårak dåb
biladi. Bolalarning chågara bilmas xayoloti nozik ishoralarni
anglab yåtishga ishongani uchun ham shå’rlarida badiiy effåkt
bårishi mumkin bo‘lgan murakkab ifodaviy usullardan båma-
lol foydalanadi. O‘quvchi imkoniyatiga ishonch sababli kich-
kinagina „Sumalak“ shå’ri katta badiiy ta’sir kasb etadi:
Boychåchaklar nish urib
To turguncha o‘rnidan,
Bahor qishni tarnovga
Osib qo‘ydi burnidan.
Shoir ezgulik bilan yovuzlikning munosabatini yorug‘
ranglarda ko‘rsatish uchun kutilmagan murakkab obrazlarni
kuylardi. Obrazlar aynan kutilmaganligi bois bolalarning esida
qoladi. Chunonchi, sumalaklar boychåchaklarning ko‘karishiga
xalal bårmasligi uchun bahor tomonidan tarnovga burnidan
osib qo‘yilgan qish tarzida tasvirlanishi bolalar yodida chuqur
iz qoldiradi. Ko‘klam bilan qish munosabatining harakatdagi
bunday tasviri bolalar yodida mustahkam o‘rnashadi.
Shunga o‘xshash holat „Kuz“ shå’rida ham ko‘zga tash-
lanadi. Unda sabab oqibat sifatida bårilishi bilan esda qoladi:
Ufq esa lolagun,
Daraxtlardan rang olar.
Xayrlashib kuz bugun
Sochar oltin tangalar.
Aslida ufqning lolagunligidan og‘ochlar qirmizi tusga kirdi
dåyilsa, mantiqqa muvofiq bo‘lardi. Låkin shoir bolalarning
247
tafakkur tarziga binoan daraxtlarning olovrangi ufqni qizartir-
maganini mantiqdan dåb bilib, bunga o‘quvchini ishontirgan.
Tursunboy Adashboyåvning shå’rlari kichik kitobxonni
fikrlash, munosabat bildirish va xulosa chiqarishga undaydi.
„Båshta arra“, „Chumchuqlarga uyadir“, „Farqi bitta harf-
dadir“ shå’rlaridagi so‘z o‘yinlari yosh shå’rxonni mustaqil
fikrlash va topqirlikka o‘rgatadi. Tursunboy Adashboyåvning
shå’riy jumboqlarini yåchishga urinish o‘quvchilarda ham ori-
ginal fikr, ham zukkolik, ham farosat shakllanishiga xizmat
qiladi. „Båshta arra“ shå’rining so‘ngi misrasini o‘qimay turib,
undagi „karra“, „zarra“, „marra“, „tarra“, „darra“ so‘zlari-
dan, shoir aytganiday, birinchi harflar olib tashlansa, qaysi
so‘z paydo bo‘lishi va u qanday ish quroli ekani haqida o‘ylab
ko‘rish o‘quvchilarning o‘qish darslarini qiziqarli qiladi. „Far-
qi bitta harfdadir“ turkumida:
Ziyrak, zukko bolajonlar,
O‘ylab ko‘ring-chi biroz.
Navbatdagi yåtti jumboq,
Sizlar uchun qulay, mos, —
misralaridan so‘ng „Qayiq“, „Qalqon“, „Hakka“, „Lola“,
„To‘ra“, „Anor“, „Ari“, „Chana“ so‘zlari kåltirilib, „Bitta
harfni almashtirib, O‘zga bir so‘z toping yana“ topshirig‘i bå-
riladi. Bu shå’rlar bolalarda mustaqil fikrni shakllantirishga
mosligi bilan diqqatga loyiqdir.
„Ishonmasang“ shå’rida shoir o‘quvchiga: „Ma’nosi bir
so‘z nima?“ dåya savol båradi va uni so‘zlarning ma’nodosh-
larini topishga undaydi: „Qolgan so‘zlarni yozib, mualliming
qil rozi“.
Boshlangich sinf o‘quvchilari „O‘qish“ darslarida shoir-
ning shunday shå’rlaridan foydalanishsa, darsning samarasi
kutilgandan ziyoda bo‘lishi, sinfdagi o‘quvchilarning har biri
alohida va barchasi birga ishlab „intårfaol“ usulni yuzaga
kåltirishi muqarrardir.
Shoirning „Latifboyning loflari“ ruknidagi hazilga yo‘g‘-
rilgan shå’rlari kishi ruhiyatiga yångillik bag‘ishlab, yuzida
tabassum paydo qiladi. Aqlga sig‘maydigan, favqulodda voqåa-
hodisalar tasviriga bag‘ishlangan bu shå’rlar o‘quvchi såzim-
larini muvozanatdan chiqarib, xayoliga qanot bag‘ishlaydi.
Ma’lumki, bola — xayol oshig‘i. U ko‘proq xayol-u tasav-
vur olamida yashaydi. Uning o‘ylari tizginsiz, bola tasavvurini
248
jilovlashga urinish shaxsligini sindirishga olib kåladi. Shoir-
ning „Ovning gashti“, „Barchasi yodimda“, „Yugan solib,
egar urib“, „Båshta sanoch“, „Shirmon kulcha“, „Poyga
zavqi“. „Mån o‘sha Latifboyman“, „Ko‘zin ochsa“, „Burga
tåpdi“ va boshqa shå’rlarida erkin tasavvurli bolaning chågara
bilmas, chuqur xayoloti aks etgan.
Tursunboy Adashboyåvning lof shå’rlaridagi o‘ziga xoslik
shundaki, ular yolg‘onning ifodasiga bag‘ishlangan bo‘lsa-da,
tasvir chin hayotiy dåtallarga tayangan. Shu bois o‘quvchining
xotirasiga mahkam o‘rnashib qoladi, unga malol kålmaydi.
„Poyga zavqi“ shå’ridagi tafsillar tasvirning ingichkalashib,
lofning aqlga sig‘mas tus olishiga xizmat qiladi:
Poyga zavqin surgani,
Taqalatdim burgani.
Ko‘nikmagan siyog‘i,
Biroz oqsar oyog‘i.
Oq qand bårib ovutdim,
Tårisini sovutdim.
Yaxshi boqdim, tinmadim,
Båhudaga minmadim.
Unga o‘tgan shanbadan,
Arpa solib dam-badam,
Parvarishni do‘ndirdim.
Yo‘rg‘alashga ko‘ndirdim.
Bu yårda shoir qahramonni faqat lofchigina qilib ko‘rsat-
maydi. Chigirtka yoki burga parvarishi borasidagi gaplar lof
bo‘lsa-da, ular Latifboyning hayotni bilishi, otni uloqqa tay-
yorlash jarayonidan yaxshi xabardorligini ko‘rsatadi. Shå’rlar-
ning umumiy ruhi lofdan iborat bo‘lgani holda ularda qo‘l-
lanilgan har bir tafsil g‘oyat hayotiy va råaldir.
Bolalar olamni ko‘z orqali o‘rganishga moyil. Buni yaxshi
bilgani uchun Tursunboy Adashboyåv aytishdan ko‘rsatishni
afzal sanardi. Bola tabiatidagi taqlidga o‘chlikni bilgan shoir
„Nabiralarimga“ shå’rida shå’rxonlarga o‘zini tanishtirar ekan,
shaxsi haqida axborot båribgina qolmay, bolalarni tarbiyalaydi
ham:
Lanj-u ezma-churuklarni
Toqatim yo‘q ko‘rgani.
Bitta aybim — to‘g‘riso‘zman,
Dangalchiman bo‘lgani.
249
Garchi shå’rda dangalchilik va to‘g‘riso‘zlik „ayb“ dåyi-
layotgan bo‘lsa-da, u bolalarga fazilat sifatida ta’sir qiladi.
Nabiralari bilan dillasharkan, shoir yozadi:
Nomardlarning izin o‘pib,
Yaltoqlanib bo‘zlama.
Vijdoningni garov qo‘yib,
Aslo yolg‘on so‘zlama.
Tursunboy Adashboyåv ijodining o‘ziga xos yana bir qir-
rasi uning o‘zbåk shå’riyati uchun g‘oyat kamyob bo‘lgan
parodiya ustasi ekanidir. Afsuski, milliy adabiyotimizda paro-
diyachilik hamon havaskorlik darajasida qolib kålayotir. Hol-
buki, bizniki kabi qadimiy tarixga ega adabiyotda parodiya
yuksak darajada rivojlangan bo‘lishi kårak. O‘zbåk adabiyotida
faqat Tursunboy Adashboyåv bilan Abdurazzoq Obro‘gina bu
janr bilan muntazam shug‘ullanib kålishgan.
Tursunboy Adashboyåv biror shå’rga parodiya yozganda
shå’rni ham, shoirni ham masxaralab, yårga urishni maqsad
qilmasdi. Parodiyalarida shoirning ham, shå’rxonning ham
ko‘zi-qulog‘i o‘rganib, e’tibor bårmay qo‘ygan badiiy nuq-
sonni yaqqol ko‘rsatishga e’tibor qilardi. Biror shå’rga parodi-
ya yozish uchun yo uning ifoda usuli, yoxud unda aks etgan
voqålikda kulguga loyiq illatni topardi. U o‘z parodiyalarida
ayrim shå’rlardagi ana shunday nuqsonlarni „sopini o‘zidan
chiqargan“ holda kulgiga olardi.
Tursunboy Adashboyåv bir shoirning „O‘n oltida yosh-
ginam“ shå’ridagi: „Bolaligim qoldi ortimda, O‘n oltida yosh-
ginam hozir“, „Go‘zal xotira“ shå’ridagi: „O‘n yåttimni så-
vardim juda, Låkin undan ayrilib qoldim“ misralari asosida
yozgan parodiyasida har bir shå’r shoirning ichki dardi va
aytadigan salmoqli gapi o‘laroq yuzaga kålishi kårak, aks holda
u badiiy qimmatga ega bo‘lmaydi, dågan fikrni ilgari surgan:
O‘zimni juda ham yaxshi ko‘raman,
Erkin parvoz qilar ko‘ngil qushlarim.
O‘zgadan farqim shu — har bir yoshimga,
Båhuda yurmasdan shå’r bag‘ishladim.
O‘n oltiga chiqqan kåzimni,
O‘ylab biroz entikib oldim.
O‘n yåttiga havasim kålib,
„Attang“, dåya lab tishlab qoldim.
250
Oy-ku etak bilan yopilmas,
Nahot, qumdan iborat bo‘lsa.
Ma’zur tuting yozgan shå’rlarim,
Qaytariqdan iborat bo‘lsa¾
Agar yuqoridagi parodiyada ifodadagi nuqson tanqid qi-
lingan bo‘lsa, shoir ba’zi parodiyalarda qalamga olingan mav-
zuning shå’rbop emasligidan kulgan.
Ko‘rinadiki, Tursunboy Adashboyåv ijodi nafaqat bola-
lar, balki kattalar adabiyoti rivojida ham muhim o‘rin tutadi.
Ana shunday e’zozli shoir Tursunboy Adashboyåv 1939- yil-
da Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatiga qarashli Olabug‘a tu-
manining Safåd Bulon qishlog‘ida tavallud topgan. U Toshkånt
Davlat universitetini hamda Moskvadagi Jahon adabiyoti ins-
titutini bitirgan. Uning „Kamolning olmasi“ deb nomlangan
birinchi kitobi 1967- yilda talabalik chog‘idayoq nashr etilgan.
Shundan kåyin Toshkånt, Bishkåk shaharlarida „Biz sayohat-
chilar“, „Olatovlik bo‘laman“, „Arslonbob sharsharasi“, „Sur-
nay“, „Nur daryo“, „Guldasta“, „Olatog‘-lolatog‘“, „Oqbu-
ra to‘lqinlari“, „Sovg‘a“, „Arslonbob afsonasi“, „Sichqonning
orzusi“, „Uch bo‘taloq sirli qovoq“, „Tanlangan asarlar“ ka-
bi yigirmadan ziyod kitoblari chop etilgan. Asarlari rus, qo-
zoq, tojik, turkman, ukrain tillariga tarjima qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |