Mamasoli jumaboyev



Download 12,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/120
Sana31.12.2021
Hajmi12,91 Mb.
#220217
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   120
Bog'liq
bolalar adabiyoti va ifodali oqish (1)

RUSTAM  NAZAR
1
(1949 — 2011)
1
Bo‘lim bolalar  shoiri T. Adashboyev bilan  hamkorlikda yozilgan.


278
Qizcha  xomush,  jim  edi,
Bilmasdi  ne  deyishni.
Istamasdi  qo‘shiqqa,
Non  botirib  yeyishni!..
She’rdagi  kutilmagan  xulosa  kishini  yoqimli  seskantirib,
beixtiyor  xushyor  torttiradi.  Yosh  qizchaning  soddaligi  zami-
ridagi  beozorlik,  beg‘uborlik  va  ulug‘likdan  qattiq  mutaassib
bo‘ladi  kitobxon.  Shunda:
Bolalar  pokligi  bilan  ulug‘dir,
Soddaligi  bilan  kattadir  bizdan, —
degan  shoir M. Kenjabekning  iqroriga  so‘zsiz  qo‘shilamiz.
Sevimli  „qo‘shiqqa  non  botirib  yeyishni“  istamagan  qizcha
kattalarga  ibrat  bo‘lgulik  emasmi?  Shå’rdagi  favqulodda  kutil-
magan  poetik  fikr-xulosa — ezgu  va  muqaddas  tuyg‘ularni,
tushunchalarni  ulug‘lash,  qadrlash  lozimligi  haqida  hukmdåk
jaranglaydi.
V. Belinskiy  „ ... bolalar  uchun  kitob  yozish  kerak,  biroq
shunday  yaxshi  va  foydali  asarlar  yozmoq  zarurki,  ular  kat-
talarni  faqat  bolalarga  atalganligi  tufayligina  emas,  balki  chi-
nakam  badiiy  asar  sifatida  hammaga  mo‘ljallanganligi  bilan
qiziqtira  olsin,“  degan  edi.
Xuddi  shuni  e’tirof  etgandek,  Rustam  Nazar  o‘zi  haqida:
„Men  bolalar  she’riyatini  jiddiylashtirishga,  unga  kattalar
adabiyotiga  xos  unsurlarni  olib  kirishga  harakat  qildim“,  deb
yozadi.  Chindan,  u  yaratgan  she’rlarning  lirik  qahramonlari
muayyan  bir  voqelik,  narsa-hodisalarni  sinchkovlik  bilan
kuzatib,  jiddiy  fikr-mulohaza  yuritadigan  aqlli,  mustaqil  fikrli
bolalardir:
Qora  nima,  oq  nima.
Fahmiga  tez  yetaman.
Boqib  rangin  olamga,
Sirlarin  kashf  etaman, —
deydi  „Dunyo  va  men“  she’ri  qahramoni.  Bu  lirik  qahramon
rangin  olamning  turfa  sir-sinoatlarini  o‘z  aql-u  shuuri  bilan
anglab,  his  etib,  o‘ziga  xos  fikr-xulosalarni  o‘rtaga  tashlaydiki,
u  yosh  kitobxonni  ham,  kattalarni  ham  birdek  o‘yga  toldiradi.
Shoir  „Rangli  favvora“da  ko‘zbo‘yamachi,  yuzi  yaltirog‘-u
ichi  qaltiroq  kimsalarning  asl  qiyofasini  ko‘radi.


279
Òurfa  chiroqlar  yog‘dusida  kamalakday  tovlanib,  o‘zini
ko‘z-ko‘z  qilgan  favvora  chiroqlar  o‘chgach,  asl  holiga
qaytadi.  Bu  holni  kuzatgan  lirik  qahramon  o‘z  munosabatini
shunday  bildiradi:
Soxtalikdan  naf  yo‘q-da,
Xatosini  anglarmi?
Ko‘z-ko‘z  aylash  lozimdir
O‘zingda  bor  ranglarni!..
„Boqib  rangin  olamga,  sirlarin  kashf  etaman“  degan  lirik
qahramon  „Rangli  favvora“da  shu  taxlit  oq-qorani  ajratadi.
Daraxtni  ham,  hayvonni  ham  odam  deb  ataydigan  Dersu
Uzala  haqidagi  filmni  ko‘rib  esa,  bu  holdan  hayron  bo‘ladi:
Nega  ba’zi  odamlar
Yomonlikni  ko‘zlashar —
Bir-birini  to‘nka  deb,
Kalamush,  deb  so‘zlashar?!
Har  bir  jonzotga  odam  deb  qaraydigan  („Odam  kabi
gaplashar,  hatto  yo‘lbars  bilan  u“)  film  qahramoni  va  hayotda
odam  bo‘la  turib,  bir-birini  „to‘nka“,  „kalamush“  deb  atay-
digan  kimsalarni  qiyoslab,  lirik  qahramon  chuqur  o‘yga  toladi.
Uning  savoli  zamirida  yomonlik,  qabihlik  kabi  illatlardan
qochish,  bir-biriga  mehr,  izzat  ko‘rsatish  orzusi  bor.
„Olis  urush  yillari“dan  „unsiz  hikoya“  so‘ylayotgan  man-
gu  olov  yoniga  bir  chol  gul  qo‘yadi,  „og‘riq  kirib  taniga“.  Bu
hol,  bu  og‘riq  sababi  ma’lum — olis  xotiralar  qiynog‘i  bu.
Shu  payt  „tantiq  bir  o‘smir“  ham  „chopib  keldi  shoshilib“.
Uni  ham  shoshilmay  kuzatib:
Yodgorlikka  boqmadi,
Nigohida  yo‘q  ma’ni.
¾ Kun  sovuq-da,  kelibdi
Sal  isinib  olgani! —
deydi  lirik  qahramon  va  tantiq  o‘smirning  sovqotgan  (aslida
sovuq,  hissiz)  qiyofasini  („Nigohida  yo‘q  ma’ni“)  chizar
ekan,  o‘z  munosabatini  kesatish  ohangida  bildiradi.  She’rdagi
chol  va  o‘smir  qiyofasi  faqat  ikki  avlod  emas,  ayni  paytda,
ikki  xil  olam  kishilari  sifatida  gavdalanadi:  ezgulik,  tinchlik
uchun  kurashgan  fidoyi  (chol)  va  faqat  o‘z  tinchini,  rohatini
o‘ylaydigan  xudbin  (o‘smir)  kimsalar.


280
Bunday  xudbinlar  erta  bir  kun  ulg‘aygach  ham  el-yurt
uchun  biror-bir  naf  keltirishni  aslo  o‘ylamaydi.  „Chig‘anoq“
she’rining  lirik  qahramoni  shundaylardan  nihoyatda  dilzada.
Chig‘anoqqa  „quloq  tutsangiz,  xuddi  dengiz  shovullar“.  Go‘yo
shu  mitti  xilqat  ardoqlab  „Dengiz — asl  ma’vosin,  Charcha-
mas  hech,  bezmas  hech  kuylashdan  yurt  navosin“.  Lirik
qahramon  shu  kichik  chig‘anoqdan  katta  ma’no  tuyadi:  u  o‘z
yurtiga  sadoqatli,  ayriliqda  ham  Vatan  yodi  bilan  yashovchi
yurtparvar  fidoyi  kabi.
Lirik  qahramon  fikrlashda  davom  etadi:
Odamlar-chi?  Ba’zilar
Subutsiz  va  ayyordir.
Gaplarida  yurt  uchun,
O‘lmoqlikka  tayyordir.
Lekin  quloq  tutsangiz
Qalblariga  mabodo,
Eshitilar  baralla,
Ko‘p  g‘alati  bir  sado, —
kabi  satrlarda  tili  boshqa-yu  dili  boshqa  odamlarning  qiyofasini
tasvirlar  ekan,  ularning  aslida  chig‘anoqdan  ham  maydalashib
ketganidan  afsus  chekadi,  achinadi:
Uy-joy,  ro‘zg‘or  g‘amida
So‘nar  dillar  hovuri —
Ichlarida  g‘uvullar
Bozor  g‘ala-g‘ovuri.
Chig‘anoqdan  dengiz  shovullashi  eshitilsa,  ba’zilarning
ichida  „bozor  g‘ala-g‘ovuri“  „g‘uvullar“.  Bu  ikki  so‘z — ulkan
dengizga  xos  o‘ktam  ovoz  (shovullash)  va  bozor  „g‘ala-
g‘ovuri“ning  g‘uvullashi  ichki  olami  ikki  xil  bo‘lgan  kishilar
ma’naviy  holatini  tasvirlaydi.  Ichki  olami  g‘arib,  faqat  tirik-
chilik  g‘amidagi  „bozorbop“  kimsalarning  siri  ochilib,  fosh
etiladi.
Hatto  chig‘anoqchalik  bo‘lolmagan  ba’zi  kimsalarning
ayanchli  holati — tasviri  bu.  Umuman,  Rustam  Nazar  she’r-
larida,  ko‘pincha,  hayotni  yanada  mukammal  va  go‘zal,  in-
sonni  barkamol  va  ulug‘vor  ko‘rish  orzusi  barq  urib  turadi.
Buning  uchun  inson  tinimsiz  sa’y-harakat  qilmog‘i,  yuksal-
mog‘i,  vaqt  va  umrning  qadriga  yetmog‘i  kerak!  Òoshbaqa
kabi  imillash  mumkin  emas.


281
Òoshbaqa  manzili  olis  bo‘lsa  ham  shoshilishiga  hojat
yo‘q,  chunki  u  400  yil  yashaydi,  ammo:
Lekin  sen-chi,  bolakay,
Nega  beg‘am  yotibsan,
Hamma  ishing  chala-yu,
Puch  o‘ylarga  botibsan?! —
deb  tanbeh  beradi,  kuyunadi.  „Òoshbaqa“  she’ri  lirik  qahra-
monining  da’vati  va  talabi  qat’iy:
Qadrla  har  fursatni,
Chaman  yarat,  qur  qasr.
Imillagan  har  jonzot
Yashamaydi  to‘rt  asr!
Har  lahzaning  g‘animatligi  „O‘lchovli  vaqt“  she’ri  lirik
qahramoni  tilidan  ham  obrazli,  ta’sirchan  tarzda  ta’kidlanadi.
Yugurishda  atigi  bir  daqiqa  kechikkani  bois  g‘olib  bo‘lolmagan
Sobirning  iztirobi  tasvirlanar  ekan,  musobaqa  emas,  hayotda
ham  har  daqiqaning  qadriga  yetish  kerakligini  uqtiradi:
Ko‘zingni  och,  ey  jo‘ra,
Vaqt  o‘lchovli,  yetsa  gal —
Atigi  bir  daqiqa
Òaqdiringni  etgay  hal!
Vaqtni,  umrni  ezgu  va  yaxshi  ishlarga  sarflashda  ibrat
bo‘lgan,  yetmishdan  oshsa  hamki  kun  bo‘yi  og‘ir  etik  kiyib
bog‘da  ishlaydigan  otaxonga  nevaralar  hordiq  olib,  oyoq
uzatib  yotishni  taklif  qilishadi.  Shunda:
Buvam  kular:  „Òirik  jon —
Lozim  mehnat  etmog‘i.
O‘zi  qarib,  zaminni
Yashartirib  ketmog‘i“.
O‘zidan  yaxshi  nom  qoldirish  ko‘p  aytilgan.  Aslo  eskir-
mas  ezgu  aqidaning  chol  tilidan  aytilishi  unga  o‘zgacha  bir
ruh  baxsh  etmoqda.  Bu  she’rda  „qarish“  va  „yashartirish“
zidligi  asosida  ma’no  yanada  ta’sirchan  chiqqan.  Shu  ma’no-
fikr,  o‘git-nasihat  agar  quruq  „Mehnat  qilish  kerak,  yerni
yashnatish,  gullatish  kerak“  tarzida  aytilsa,  yosh  kitobxonning
ensasini  qotirishi  turgan  gap  edi.
„Dangasa“  she’rida,  qalovini  topsa  qorni  yondirish  ham
mumkin  bo‘lgani  holda,  loqaydlikka  berilganlar  shunday


282
ayovsiz  tanqid  qilinadi.  Lirik  qahramon  dangasalarni  shunday
chimdib-chimdib  oladi:
Jon  koyitmas  dangasa,
Izlash  tugul  qalovni,
O‘chiradi  erinib
Yonib  turgan  olovni!
Rustam  Nazar  she’rlari,  asosan,  aniq  sujetga  ega.  Shoir-
ning  mahorati  shundaki,  u  muayyan  bir  voqelik,  holat-man-
zarani  yorqin  va  rangin  bo‘yoqlarda  tasvirlaydi,  ular  asosida
muayyan  bir  fikr,  g‘oyani  ilgari  suradi.  Muhimi,  hammaga
ma’lum  narsalar  haqida  ham  mutlaqo  yangi  bir  gap,  ohorli
fikr  ayta  oladi.  O‘z  fikrini  badiiy  jihatdan  puxta  asoslaydi  va
ishontiradi.  Masalan,  kuz  „daraxtlarning  ra’yiga  qaramay“
hammasini  sariq  rangga  bo‘yaydi.  Faqat  archa  har  doim
ko‘m-ko‘k.  Shoir  buni  shunday  izohlaydi:
Jur’at  etmas  bo‘yashga,
Qo‘rqar  ignalaridan!
G‘aroyib  she’riy  topilma!  Hammaga  ma’lum  narsaning
hech  kimning  xayoliga  kelmagan  yangicha  izohi  va  badiiy  is-
boti:  archaning  ignalaridan  qo‘rqib,  kuz  uni  sarg‘aytirishga
botinolmaydi.
Yoki  „Intizomli  tramvay“  she’rini  olaylik.  Avvalo,  tram-
vay  qanday  qilib  „intizomli“  bo‘lsin?  Shoir  esa  buni  badiiy
asoslaydi:
Yurar  doim  bir  yo‘ldan,
Izdan  sira  chiqmas  u.
Avtobusday  burnini
Har  ko‘chaga  tiqmas  u.
Sodda,  ravon  va  obrazli  tasvir  o‘quvchini  rom  etadi  va
shoir  so‘ziga  ishontiradi.
Narsa-hodisalarning  o‘ziga  xos  belgisi,  shakli  yoxud  bosh-
qa  bir  jihatiga  asoslanib,  ulardan  majoziy  ma’no-mazmun
anglatadiki,  bu  badiiy  topilmalar  o‘quvchini  so‘zsiz  ishonti-
radi.  Shu  badiiy  asoslarga  suyangan  holda,  muayyan  bir  po-
etik  mazmun  shakllantirilib,  she’r  so‘ngida  ixcham  va  ta’sir-
chan  fikr-xulosa  bayon  etiladi.  Bu  kutilmaganlik  va  favqu-
loddalik  birdan  kitobxonni  yoqimli  larzalantiradi.  Shoirning
poetik  maqsadini  o‘quvchiga  tez  va  oson  singdiradi.


283
Shoir  she’rlari  yosh  kitobxonlarning  fikr  darajasi,  dun-
yoqarashi,  o‘sishiga,  mulohaza  layoqatining  chuqurlashishiga
xizmat  qiladi.  Ularni  hayotga  ziyrak  nigoh  va  tiyrak  aql  bilan
qarashga,  ezgulikni  qadrlashga  undaydi.  Qalblarini,  ma’naviy
darajalarini  yanada  yuksaltiradi,  ulg‘aytiradi.  Zero,  shoirnnig
o‘zi  e’tirof  etganidek:
Mashqlarimni  sizga  tutdim,
Dilingizga  borib  yetsin.
Bolalarni  katta  aylab,
Kattalarni  bola  etsin!

Download 12,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish