Mamasoli jumaboyev



Download 12,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/120
Sana31.12.2021
Hajmi12,91 Mb.
#220217
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   120
Bog'liq
bolalar adabiyoti va ifodali oqish (1)

NIKOLAY  ALÅKSÅYÅVICH
NÅKRASOV
(1821 — 1878)


340
Nekrasov  dehqonlar  to‘g‘risida,  ayniqsa,  ko‘p  she’rlar
yozadi.  Bu  she’rlarni  o‘qir  ekansiz,  go‘yo  dehqonlarning  o‘z-
lari  o‘z  og‘ir  mehnatlari  va  qayg‘u-alamlari  haqida  so‘zlab  be-
rayotganday  tuyuladi.  Nekrasov  ularning  hayotini  shunchalik
yaxshi  bilar,  ularni  o‘ziga  shunchalik  yaqin  tutardi.  Uning
she’rlari  go‘zal,  ohangdor,  juda  boy  va  ayni  zamonda  juda
sodda  tilda  yozilgan  edi.  Bu  tilni  u  Yaroslavl  gubernasidagi
qishloqda  o‘tkazgan  bolalik  yillarida  o‘rgangan  edi.  Nekrasov
dehqonlar  tilini  juda  yaxshi  bilardi,  bu  uning  she’rlarida  ham
shunday  oddiy,  tabiiy  va  ravon  jaranglaydi.  Biz  uning:
Mollar  o‘rmon  tomon  qadam  tashladi,
Ona-javdar  boshoq  tuga  boshladi, —
deb  yozganlarini  o‘qir  ekanmiz,  bu  til  haqiqiy  jonli  xalq  tili
ekanini  ko‘ramiz.  Bu  o‘rinda  dehqonning  zoriqib  kutadigan
boshoqlarga  bo‘lgan  sevgisi  va  hatto  mehrini  aks  ettiruvchi,
masalan,  ikki  so‘z:  „ona-javdar“  qanday  yaxshi  keltirilgan!
Dehqon  bu  boshoqlarni  o‘zining  bir  parcha  yerida  qunt  bilan
mehnat  qilib  o‘stirgan-da!
Nekrasov  she’riyatida  bunday  yorqin,  ravon  va  sof  xalq
iboralari  juda  ko‘p.  U  javdar  boshoqlari  haqida  shunday  deydi:
Boshoqlar  to‘lishgan  payt,
Zar  ustinday  sið-silliq,
Boshlarida  oltin  toj.
Hozirgina  yerdan  sug‘urib  olingan  lavlagi  haqida  esa:
Poyma-poy  qizil  etik
Yotganday  egatlarda, —
deydi.  Bir  to‘p  sho‘x  bulut  bilan  qurshab  olingan  bahor
quyoshi  haqida  Nekrasov  shunday  deb  yozadi:
Bahor  chog‘i,  kichik  nevaralar  kabi,
Lolayuz  quyoshbobo  bilan  o‘ynar  bulutlar.
Bu  o‘xshatishlarning  ba’zilarini  u  xalq  topishmoqlari,  ma-
qol  va  ertaklaridan  olgan.  Zabardast  bahodir,  afsungar  Ayoz
hukmdorning  ajoyib  qiyofasini  ham  xalq  ertaklaridan  topgan:
Daraxtdan  daraxtga  tashlaydi  qadam,
Yaxlagan  qo‘llardan  qarsillab  o‘tar,
Ham  yorqin  oftob  tovlanar  biram,
Paxmoq  soqolida  yarqirab  ketar¾


341
Nekrasov,  ayniqsa,  samimiy,  cho‘ziq,  xushohang,  mayin
rus  xalq  qo‘shiqlarini  juda  yoqtirgan.  Bu  qo‘shiqlarni  rus
xalqi  asrlar  davomida  yaratgan.  Nekrasov  yoshlik  chog‘laridan
boshlab  xalqning  bu  qo‘shiqlarni  qanday  kuylashini  tinglaydi
va  o‘zi  ham  shunday  go‘zal  qo‘shiqlar  yaratishni  o‘rganadi.
„Soldat  qo‘shig‘i“,  „Hovli  qarolining  qo‘shig‘i“,  „Notavon
qashshoq  qo‘shig‘i“,  „Rus“,  „Yashil  shovqin“  va  boshqa
ko‘pgina  qo‘shiqlar  shunday  tilda,  shunday  hijoda  yozilganki,
xuddi  xalq  o‘zi  yaratgan  qo‘shiqlar  deysiz.
„Dehqon  bolalari“,  „O‘zi  mitti — juda  miqti“,  „Bolalar
yig‘isi“  kabi  she’rlarida  bolalarning  turli-tuman  yumushlarni
bajarib  tirikchilik  qilganliklarini,  ularning  mehnatkash  tabiati
va  og‘ir  qismatini  chuqur  xayrixohlik  bilan  ifodalaydi.  Endigina
olti  bahorni  qarshilagan  bolaning  kattalardek  fikr  yuritishi
kishini  hayratga  soladi:
Nonxo‘rlar  yetgulik,  ishlovchi  kam,
Faqat  ikki  erkak:  otam  bilan  man!
Nekrasovning  she’rlari  go‘zal,  ohangdor,  mazmunan  boy
va  ayni  zamonda  sodda  tilda  yozilgan.
Nekrasov  o‘zining  dam  olish  kunlarida,  ko‘pincha,  Kos-
troma,  Yaroslavl,  Novgorod  o‘rmonlariga  borar,  ov  qilish
bilan  kunini  o‘tkazar  edi.  Kostroma  o‘rmonining  Maliye  Veji
degan  qishlog‘ida  yashovchi  Mazay  bobo  uning  eng  yaqin
do‘stlaridan  biri  edi.  Shoir  Mazay  bobodan  ko‘p  ajoyib  vo-
qealarni  maroq  bilan  eshitadi.  Shular  asosida  „Mazay  bobo  va
quyonlar“  nomli  she’rini  yozadi.
„Daraxt  kesish“da  xalq  boyligi — o‘rmonlarni  shafqatsizlik
bilan  kesib  yuborilishini  qalamga  oladi.  Birorta  pomeshikka  pul
kerak  bo‘lib  qolsa,  o‘rmonni  sotib  yuborishi,  puldor  boy  esa
o‘rmonni  tag-tugi  bilan  kesib  yuborishi  hech  gap  emas,  u
zumrad  o‘rmonlarning  yo‘qolib  ketishidan  shoir  singari  qay-
g‘urmaydi.  Shuning  uchun  Nekrasov:
Bir  vaqtlar  asriy  o‘rmonlar
Shovullagan  katta  maydonlar,
Endi  o‘sha  bepoyon  bo‘ston
Bo‘m-bo‘sh,  jim-jit,  go‘yo  qabriston! —
deb  alam  chekadi.  „Òemiryo‘l“  nomli  she’rida  Peterburg
bilan  Moskva  o‘rtasidagi  temiryo‘l  qurilishida  Rossiyaning
turli  shahar  va  qishloqlaridan  haydab  keltirilgan  ishchi  va


342
dehqonlarning  alamli  hayoti  Vanya  degan  bolaga  hikoya  qilib
beriladi.  Buning  bilan  Nekrasov  yosh  avlodning  diqqat-e’ti-
borini  o‘sha  zamonning  muhim  ijtimoiy  masalalariga — xalq-
ning  kuchi  va  qudratiga  tortadi,  uni  chuqur  tushunishga,  o‘y-
lashga  undaydi.  Shoir  Volga  daryosiga  muhabbat  bilan  muno-
sabatda  bo‘ladi:
Ey,  sån,  xalqning  to‘yg‘izuvchisi,
Barakali,  muqaddas  daryo!
Shoir  „Bo‘lajak  Volga“  shå’rida  rus  xalqining  yorqin  is-
tiqboliga  ishonch  hislarini  dilga  jo  etadi:
Otib  qullik  kishanlarini,
Charchash  bilmas  xalqim  mardona.
Qirg‘oqdagi  qaqroq  cho‘llarini,
Aylantirar  bog‘-u  bo‘stonga.
Suv  qudrati  fan  bilan  ortar:
Shunda  daryo  sathida  yotib,
Son-sanoqsiz  va  qator  bo‘lib
Suzar  bundan  gigant  kåmalar.
Mangu  yashar  shu  bardam  måhnat
Mangu  daryo  ustida  har  vaqt.
  Ulkan  san’atkorning  ijodi  poyoni  yo‘q  bir  dångiz  kabi
tuyuladi  kishiga.  Unga  bizning  ham  måhr  va  ixlosimiz  chåk-
sizdir.

Download 12,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish