I. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar



Download 31,2 Kb.
Sana11.01.2017
Hajmi31,2 Kb.
#218

2014 yilda Jizzax viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va iqtisodiyotning  muhim yo’nalishlarida iqtisodiy islohotlarning borishi haqida

MA’LUMOTNOMA

(2015-yilning yanvar holatiga)

I. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar.

Yalpi hududiy mahsulot 108,6 foizni (prognoz 108,5 foiz), sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 115,4 foizni (prognoz

113,1 foiz), qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti 106,4 foizni (prognoz 105,8 foiz), kapital qo’yilmalar 105,9 foizni (prognoz 105,0 foiz), qurilish ishlari 111,2 foizni (prognoz 111,0 foiz), chakana tovar aylanishi 116,4 foizni (prognoz 115,9 foiz), jami xizmatlar 116,6 foizni (prognoz 118,6 foiz), shundan pullik xizmatlar ko’rsatish hajmi 115,4 foizni (prognoz 117,5 foiz), umumiy eksport 119,8 foizni tashkil qildi.

Jumladan, sanoat mahsulotlari 973,1 mlrd. so’m. yoki
115,4 foiz ni tashkil etdi. Xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish hajmi 453,6 mlrd.so’m. yoki 113,3 foizni tashkil etdi. Kapital qo’yilmalar hajmi 1026,7 mlrd.so’m yoki 97,1 foizni tashkil etdi. Qurilish ishlari hajmi 658,3 mlrd.so’mni  yoki 111,2 foizni tashkil etdi. Chakana savdo aylanmasi 1966,7 mlrd so’m yoki 117 foiz ni tashkil etdi.

Moliyaviy holat

Mahalliy byudjetning dastlabki daromadlar qismi 318340,0 mln so’mni tashkil etib, reja 101,9 foizga bajarildi.

Viloyat mahalliy byudjet harajatlarining 2014 yil davomida aniqlangan rejasi 787947,4 mln so’m bo’lib, hisobot davrida 786654,4 mln so’m yoki rejaga nisbatan 99,8 foiz yoki 1293,0 mln so’m miqdorida kam mablag’ moliyalashtirildi.

2014 yil davomida umumiy ahamiyatdagi davlat xizmatlari harajatlariga 22885,4 mln so’m, sog’likni saqlash harajatlariga 147483,1 mln so’m, dam olish, madaniyat, sport va din harajatlariga 26012,9 mln so’m, ta’lim harajatlariga 434261,7 mln so’m, ijtimoiy himoya oila va bolalar harajatlariga 68303,6 mln so’m va boshqa harajatlarga 87707,7 mln so’m miqdorida mablag’ moliyalashtirildi.

Ushbu davr mobaynida respublika byudjetidan 371836,0 mln so’m subvensiya mablag’lari ajratildi.

Hisobot davrida soliq va byudjetga majburiy to’lovlar 319459,8 mln so’mni tashkil etib, belgilangan reja 100,7 foizga bajarildi. Ushbu ko’rsatkichlar bo’yicha shahar va barcha tumanlarda belgilangan rejani bajarishga erishildi.

2014 yil yakuni bilan nazoratdagi 7 ta soliq turlaridan 1 ta ya’ni Tadbirkorlar daromadidan olinadigan qat’iy belgilangan soliq  bo’yicha 16800,1 mln so’mga belgilangan prognoz 16187,2 mln so’mga yoki (96,3%)  bajarilib, 612,9 mln so’mga kam ta’minlangan bo’lsada, o’tgan yilga nisbatan 3447,9 mln so’m ko’p tushum ta’minlandi.

2014 yilda qat’iy belgilangan soliq turiga 16000,0 mln so’m soliq xisoblangan bo’lib, 16200,0 mln so’m mablag’ undirildi.

Belgilangan rejaning bajarilmasligining sabablaridan biri O’zbekiston Respuplikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 yanvardagi 8-sonli yig’ilish bayoniga asosan Jizzax shahar markazining arxitektura qiyofasini va infratuzilmasini yaxshilash hamda Jizzax shahar hududida joylashgan 3 ta markaziy dehqon va buyum bozorlarini rekonstruksiya qilinishi natijasida 950 ta savdo do’konlarining va 3183 ta rastalarning buzilishi natijasida tadbirkorlar tomonidan qat’iy belgilangan soliq to’lovi tushumi hisobot yilning birinchi yarim yilligida kamayib ketdi.

Umumiy tushum o’tgan yilning shu davriga nisbatan 55679,9 mln so’mga yoki 121,1 foizga oshishi ta’minlandi.

2014 yil davomida umumiy tushumning 43,6 foizi bevosita (to’g’ri) soliqlar, 39,2 foizi bilvosita (egri) soliqlar, 9,4 foizi resurs soliqlar va 7,7 foizi boshqa soliqlar hisobiga to’g’ri keldi.

Viloyatda inflyatsiya darajasi bo’yicha ko’rsatkich 2014 yil noyabr oyida o’tgan oyga nisbatan 100,99 foizni, o’tgan yilning  oyiga nisbatan 104,85 foizni tashkil qildi.

Viloyatda naqd pul tushumiga ega bo’lgan barcha xo’jalik sub’yektlarini qayta xatlovdan o’tkazish ishlari davom etmoqda. Naqd pul tushumini bankdan tashqari aylanmasini qisqartirish bo’yicha 2014 yil  davomida bank kassalariga 536,2 mlrd so’m naqd pul kirim qilinib, 692,0 mlrd so’m chiqim qilindi. Naqd pul qaytish ko’rsatkichi 77,5 foizni tashkil etdi.

Umumiy naqd pul savdo terminali bilan birgalikda jami 1212,2 mlrd so’m tushum, shundan savdo va pullik xizmatlardan tushumi 928,0 mlrd so’m yoki 76,6 foizni  va boshqa tushumlar 284,2 mlrd so’m yoki 23,4 foizni tashkil etdi.

Viloyat bo’yicha 2015 yil 1 yanvar holatiga birinchi darajali to’lovlar (ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar) ga jami oylik talab 88538,0 mln so’mni, shundan pensiya 30582,0 mln so’mni, byudjet xodimlarini ish haqi 52056,0 mln so’mni va barcha turdagi nafaqa 5900,0 mln so’mni tashkil etib, 2015 yil 1 yanvar holatiga birinchi darajali to’lovlar to’liq to’lab berildi.

2015 yil 1 yanvar holatiga aholi omonat qoldigi o’tgan yilga nisbatan 130,3 foizga o’sishiga erishildi.

2014 yil davomida tijorat banklari tomonidan 436555 ta milliy valyutadagi plastik kartochkalar muomalaga chiqarilgan bo’lib, plastik kartochkalar hisob varaqlari orqali amalga oshirilgan jami tranzaksiyalar miqdori 785335,5 mln so’m tashkil etib, o’tgan yilga nisbatan 189476,5  mln so’mga oshgan.

2015 yil 1 yanvar holatiga o’rnatilgan terminallar soni viloyat bo’yicha 6222 tani tashkil etib, ushbu terminallarning 6190 tasi savdo va pullik xizmat ko’rsatish shaxobchalariga, 32 tasi bank bo’limlariga o’rnatilgan.

O’rnatilgan terminallarning belgilangan tartibda foydalanilishi va operatsiyalarning amalga oshirilishi ustidan monitoringlar o’tkazib kelinmoqda.                                  

Moliyaviy sog’lomlashtirish dasturining amalga oshirilishi natijalari

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil     22 noyabrdagi 346-sonli yig’ilish bayoni ijrosi yuzasidan Jizzax viloyatidagi faoliyat yuritmayotgan, bo’sh turgan va qurilishi tugallanmagan 256 ta ob’yektlar negizida ishlab chiqarish, servis va xizmat ko’rsatishni tashkil etish orqali yangi ish o’rinlarini yaratish bo’yicha hududiy dastur ishlab chiqilib, viloyat hokimining 2014 yil    8 yanvardagi 10-sonli Qarori bilan tasdiqlangan edi.

Tasdiqlangan dasturga asosan 2014 yilga mo’ljallangan moliyaviy sog’lomlashtirish dasturlarining ijrosi yuzasidan olib borilayotgan monitoring natijalariga ko’ra yanvar oylarida jami 256 ta loyihalarga 112,9 mlrd so’m miqdorida investitsiyalar jalb qilindi. Shundan 45,3 mlrd so’mi tijorat banklarning kredit mablag’larini tashkil etdi. Natijasida 135,7 mlrd so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi va 2443 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi yo’lga qo’yildi.

II. Investitsiya siyosati va real sektor tarmoqlari rivojlanishi

Viloyatda 2014 yil yanvar oyi yakuni bilan barcha moliyaviy manbalar hisobidan 1026,7 mlrd so’m kapital mablag’ o’zlashtirilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 97,1 foizni tashkil etdi.

Shundan markazlashtirilgan investitsiyalar 327,7 mlrd.so’m, markazlashtirilmagan investitsiyalar 699,0 mlrd.so’mni tashkil etadi.

Jumladan: byudjet mablag’lari 63,4 mlrd so’m, byudjetdan tashqari mablag’lar 135,5  mlrd so’m, taraqqiyot va rivojlantirish jamg’armasi 59,0 mlrd so’m, hukumat kafolati ostidagi investitsiyalar va kreditlar 60,8 mlrd so’m, yerlarni meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi 9,1 mlr.dso’m, korxona va tashkilot mablag’lari 192,4 mlrd so’m, tijorat bank krediti 193,0 mlrd so’m, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya va kreditlari 3,1 mlrd.so’m  va aholi mablag’lari 310,4 mlrd so’mni tashkil etdi.

Pudrat qurilish-montaj tashkilotlarining o’z kuchi bilan bajarilgan pudrat ishlari 658,3 mlrd so’m ya’ni o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 111,2 foizni tashkil qildi.

 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 18 noyabrdagi PQ-2069-sonli “O’zbekiston Respublikasining 2014 yilgi Investitsiya dasturi to’g’risida”gi qarori asosida markazlashgan mablag’lar hisobidan viloyat xokimligi “YaBX” injiniring kompaniyasi buyurtmasi asosida joriy yilda ijtimoiy soha ob’yektlaridan viloyatda 13 ta 3456 o’quvchi o’rinli umumta’lim maktablarini rekonstruksiya qilish, 5 ta maktabda kapital ta’mirlash, 1 ta 180 o’quvchi o’rinli kasb-hunar kollejini rekonstruksiya qilish va 7 ta kollejlarni kapital ta’mirlash, 9 ta 615 yotoq joy va smenada 325  qatnovli sog’liqni saqlash ob’yektlarini rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilib foydalanishga topshirildi.

Bundan tashqari Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi tomonidan Zomin tumanida Bolalar va o’smirlar sport maktabiga yopiq basseyn, Zomin va Yangiobod tumanlarida 2 ta musiqa va san’at maktablari hamda 5 ta (Jizzax, Baxmal, G’allaorol, Zomin, Zarbdor tumanlari) umumta’lim maktablariga sport zallar yangidan qurildi,  1 ta (Zarbdor) Bolalar va o’smirlar sport maktabi rekonstruksiya va Jizzax shahrida 2 ta boks va tennis yo’nalishidagi Bolalar va o’smirlar maktabi kapital ta’mirlanib foydalanishga topshirildi. 

Jizzax shahrida  “10 000 o’rinli sport arenasiga ega bo’lgan futbol-yengil atletika va universal sport zali” qurilishi uchun byudjet mablag’lari hisobidan 21,2 mlrd so’m mablag’ o’zlashtirildi.

“Olmaliq kon metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Jizzax sement zavodi” qurilishi uchun joriy yil korxona mablag’lari hisobidan 25,8 mlrd. so’m hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’lari hisobidan 59,0 mlrd.so’m, jami 84,8 mlrd. so’m kapital mablag’lar o’zlashtirilib,  yiliga 52,5 ming tonna oq va  266,0 ming tonna kulrang sement mahsulotlari ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.  

Hisobot davrida aholi mablag’lari hisobidan 480,1 ming kv.m. uy-joy, 129 ta maishiy xizmat ob’yektlari, 17,5 ming kv.m savdo do’konlari, 3000 o’rinli umumiy ovqatlanish shaxobchalari, 160,8 km ichimlik suvi va 46,0 km tabiiy gaz tarmoqlari qurilib foydalanishga topshirildi.

Hududiy investitsiya Dasturi

Joriy yil hududiy investitsiya dasturi doirasida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 292,7 mlrd so’m kapital quyilmalar o’zlashtirilishi belgilangan, shundan markazlashgan manbalardan 14,0 mlrd so’m, markazlashmagan manbalar hisobidan 278,7 mlrd.so’mdan iborat.

Shundan korxona mablag’lari 115,3 mlrd so’m, tijorat bank kreditlari 139,7 mlrd so’m va to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiya va kreditlari 23,1 mlrd so’mni tashkil etishi belgilangan.

Bundan tashqari ushbu mablag’lar evaziga 600 ta loyiha ishga tushirilib 7917 ta ish o’rinlari yaratilishi va bu loyihalar ishlab chiqarish, servis va xizmat ko’rsatish, qishloq xo’jaligi hamda boshqa  yo’nalishlarini o’z ichiga olishi belgilangan.

2014 yil yakuni bilan jami manbalar hisobidan 312,7 mlrd so’mlik, shundan markazlashgan manbalar hisobidan 14,3 mlrd so’m markazlashmagan manbalar hisobidan 298,4 mlrd so’m mablag’lar o’zlashtirildi. Shundan korxona mablag’lari 124,4 mlrd so’m, tijorat bank kreditlari 148,8 mlrd so’m va 24,6 mlrd so’m to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiya va kreditlari hisobiga to’g’ri keldi.

Shu bilan birga hisobot davrida jami 946 ta loyihalar amalga oshirilib, sanoat sohasida 241 ta, ijtimoiy sohada 3 ta, xizmatlar sohasida 202 ta, qishloq xo’jaligi  va boshqa sohalarda 500 ta loyihalar  amalga oshirilib, 5850 ta ish o’rinlari yaratildi.

2. Sanoat.

Umumiy holat: 2014 yil yakuni bilan viloyatda jami 1540 ta sanoat korxonalari mavjud bo’lib, shundan 16 tasi yirik,

1524 tasi kichik korxona va mikrofirmalardir. Ushbu sanoat potensiali viloyatda qishloq xo’jaligi, kimyoviy, mashinasozlik, qurilish va tabiiy resurslarni qayta ishlash hamda iste’mol mollari ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo’lmoqda.

O’tgan davr mobaynida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining hajmi 1003,4 mlrd so’mni yoki o’sish sur’ati o’tgan yilga nisbatan 115,4 foizni (prognoz 113,1 foiz) shundan, hududiy sanoat mahsulotlari 377,1 mlrd so’mni yoki 109,1 foizga erishildi (prognoz 116,8 foiz). Sanoat mahsulotlari hajmining 98,0 foizini nodavlat mulk sektorida ishlab chiqarildi, hududiy sanoat mahsulotlari ulushi 37,6 foizni tashkil etdi va o’tgan yilga nisbatan 1,2 foizga usdi.

Umumiy sanoat mahsulotlari hajmining 54,0 foizini yirik va o’rta sanoat korxonalari, 24,3 foizini mikrofirma va kichik korxonalar, 6,9 foizini yordamchi sanoat va 14,8 foizini yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarildi. O’tgan yilning shu davriga nisbatan sanoat tarmoqlaridan, o’rmon va yog’ochsozlik sanoati 53,2 foizni, kimyo sanoati 37,9 foiz, un-yorma va omuxta yem sanoatida


30,6 foizni, qurilish sanoati 21,3 foizni, yengil sanoat
19,4 foizni, poligrafiya sanoati 17,9 foizni, elektroenergiya sanoatida 17,6 foizni yoki viloyat ko’rsatkichidan yuqori bo’lgan, mashinasozlik sanoati 13,3 foiz hamda oziq-ovqat sanoatida
2,0 foiz o’sish sur’atlari ta’minlangan bo’lsa, yoqilg’i sanoati 76,2 foizni va metallurgiya sanoati 54,9 foizni  tashkil etdi.

O’tgan yilga nisbatan yirik sanoat korxonalaridan


“Zarbdor PTZ” XJ 1127,1 mln so’m (4,7 foiz) kam mahsulot ishlab chiqargan.

Natura holatda quvur va quvurlarning termoplastdan ishlangan qismlari 1538,0 tonna (757,6 foiz), polietilen plenkasi


776 tonna (128,9 foiz), akkumulyator 510,9 ming dona (107,3 foiz), paxta linti 3469 tonna (100,2 foiz),ga ko’paygan bo’lsa, xo’jalik sovuni 746 tonna (39,1 foiz),ohaktosh 42,9 tonna (7,7 foiz)ga, paxta tolasi 4446 tonna (6,2 foiz), paxta urug’i 7620 tonna
(5,6 foiz), kam ishlab chiqarilgan.

Iste’mol mollari.

Joriy yilning yakuni bilan 453623,1 mln so’mlik iste’mol mahsulotlari ishlab chiqildi va bu ko’rsatkich o’tgan yilga nisbatan 113,3 foizni tashkil etdi (prognoz 110,1 foiz). 98,5 foiz mahsulot nodavlat mulk sektori hissasiga to’g’ri keldi.

Iste’mol mollari tarkibining 60,1 foizini oziq-ovqat,


39,9 foizini nooziq ovqat mahsulotlari tashkil qildi.

Iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish Zarbdor tumanida


134,3 foizga, Do’stlik tumani 131,2 foizga, Jizzax tumani
116,9 foiz, Forish tumani 115,5 foizga, Yangiobod tumani
113,8 foizga va Jizzax shahrida 114,5 foizga o’sish sur’ati ta’minlangan bo’lsa. Baxmal tumanida 101,8 foizga, Arnasoy, Baxmal, G’allaorol, Zomin, Zafarobod, Mirzacho’l va Paxtakor tumanlarida viloyat ko’rsatkichidan past buldi.

Viloyatda aholi jon boshiga to’g’ri keladigan iste’mol mollari 366,3 ming so’mni tashkil etib, o’tgan yilga nisbatan 111,2 foizni, shundan oziq-ovqat mahsulotlari 220,2 ming so’m 107,4 foizni va nooziq-ovqat mahsulotlari 146,1 ming so’m 117,4 foizni tashkil etdi.

Ishlab chiqarilgan asosiy turdagi iste’mol mollari o’tgan yilga nisbatan natural holatda, jumladan, un mahsulotlari
56928 tonna (120,8 foiz),omuxta yem 46418 tonna (110,0 foiz), non va non mahsulotlari 12710,6 tonna (114,7 foiz), makaron mahsulotlari 436,8 tonna (104,6 foiz) ko’paygan.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan


“2013 – 2015 yillarda mahalliy nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirish bo’yicha hududiy Dasturi”
№234 sonli qarorlariga asosan 2012 yil 8 avgustda tasdiqlangan.

Viloyat bo’yicha 2014 yil yakunida qaror asosida korxonalarda 2140,2 ming dona tikuv mahsulotlari, 953,4 ming dona paypoq mahsulotlari, gilam va gilam mahsulotlari 1552,1 ming m2,


kalava ip 8,0 ming tonna va polipropilen iplar 2185,0 tn ishlab chiqarilgan.

Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida tuzilgan shartnomalarning bajarilishi:

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 22 fevraldagi 53-sonli qaroriga asosan 2013 yil 25 oktyabrdan
2 noyabrgacha “O’zekspomarkaz” aksiyadorlik jamiyatida o’tkazilgan xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida 2013 yilda
37 ta 21006,7 mln so’mlik mahsulot sotib olish shartnomalar tuzilib, yil yakuni bilan 21006,7 mln so’mga mahsulot sotib olinib reja 100,0 foizga bajarildi.

 Mahalliylashtirish dasturi:

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2120-sonli qarori Viloyatda mahalliylashtirish Dasturiga kiritilgan 4 ta korxona faoliyat ko’rsatmoqda.

Mahalliy xom-ashyo negizida buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo’yicha Respublika Dasturiga kiritilgan 3 ta (“Jizzax akkumulyator zavodi” va “Jizzaxplastmassa” aksiyadorlik jamiyatlari va“Sendvich Panel” MChJ), hamda hududiy tasarufdagi 2 ta («Imorat ADA», «Kashmir Tekstil») korxonalarda ishlar olib borilmoqda.

Mahalliylashtirish Dasturiga kiritilgan korxonalar tomonidan akkumulyatorlar, atsetat ipni o’rash uchun polimer naychasi, sendvich panellar, sovuqqa chidamli gips, asfaltbeton va mineral qorishmalari uchun mineral kukun va akril ipi ishlab chiqarilmoqda.

Ushbu korxonalardagi mahaliy xom-ashyo ulushi quyidagicha:

“Jizzax akkumulyator zavodi” aksiyadorlik jamiyati 45 foiz;

“Sendvich Panel” MChJ 54 foiz,

“Imorat” ADA XF 100 foiz;

“Kashmir Tekstil” MChJ 95 foiz;

Mazkur korxonalar tomonidan 2014 yil yakuni bilan
59292,3 mln so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, 53426,6 mln so’mlik mahsulot sotilgan. Mahalliylashtirish evaziga 9800,0 ming AQSh dollari miqdorida valyuta iqtisod qilinishi erishildi.

3. Xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish

2014 yil yakuni bilan savdo tashkilotlari hamda xususiy tadbirkorlar tomonidan viloyat aholisiga jami 1966,8 mlrd so’mlik savdo xizmati ko’rsatildi. Bu ko’rsatkich o’tgan yilning shu davriga nisbatan 117 foizga, yoki 424,1 mlrd so’mga aholiga ko’p savdo xizmati ko’rsatildi. Tovar aylanishining umumiy hajmiga nisbatan uyushgan sektorning ulushi 631,6 mlrd so’m yoki 32,1 foizga, uyushmagan sektorning ulushi 183,8 mlrd so’m 9,3 foizga hamda dexqon bozorlari ulushi 1151,4 mlrd  so’m yoki 58,5 foizga teng bo’ldi.

Chakana tovar aylanishini tahlil qilib qaralganda, jami tovar aylanishida Jizzax shahar savdosining salmog’i 30,2 foizni, qolgan 12 ta tumanlar savdosining salmog’i 69,8 foizni, jumladan: Arnasoy tumanida 2,5 foizni, Baxmal tumanida 10,1 foizni, G’allaorol tumanida 11,9 foizni, Jizzax tumanida 8,8 foizni, Do’stlik tumanida 5,1 foizni, Zomin tumanida 13,0 foizni, Zarbdor tumanida 3,3 foizni, Zafarobod tumanida 0,8 foizni, Mirzacho’l tumanida 2,1 foizni, Paxtakor tumanida 5,0 foizni, Forish tumanida 5,6 foizni Yangiobod tumanida 1,6 foizni  tashkil etdi.

Viloyat buyicha jami chakana tavar aylanish hajmi aholi jon boshiga o’rtacha 1588,0 ming so’mga to’g’ri kelib o’tgan yil shu davriga isbatan 319,3 ming so’m ko’p savdo qilindi.

Bu ko’rsatkich Jizzax shahrida 3614,5 ming so’m, Do’stlik tumanida  1690,8 ming so’m, Zomin tumanida 1598,0 ming so’mga teng bo’lib, o’rtacha viloyat ko’rsatkichidan yuqori bo’ldi.

Lekin shunga qaramasdan ayrim tumanlarda aholi jon boshiga ko’rsatilgan savdo xizmat hajmi Arnasoy tumanida 907,7 ming so’m, Baxmal tumanida 1444,9 ming so’m, Jizzax tumanida 907,7 ming so’mni va Yangiobod tumanida 1238,6 ming so’mga teng bo’lib viloyat o’rtacha ko’rsatkichidan past bo’ldi.

2014 yil yakuni bilan viloyat aholisiga pullik xizmat ko’rsatish 536,9 mlrd so’mga teng bo’ldi yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan 115,4 foiz, yoki 132,2 mlrd so’mga aholiga ko’p pullik xizmat ko’rsatildi.

Shahar va tumanlarda pullik xizmat ko’rsatish hajmlari o’tgan yilga nisbatan o’sishi, Baxmal tumanida 117,6 foiz, Jizzax tumanida 116,5 foiz, Do’stlik tumanida 117,6 foiz, Zomin tumani 116,8 foiz, Mirzachul tumani 117,3 foiz, Paxtakor tumanida 117,4 foiz, Yangiobod tumanida 119,0 foizga bajarilib o’rtacha viloyat ko’rsatkichidan yuqori bo’lsada, Arnasoy tumanida 108,2 foiz, G’allaorol tumani 114,2 foiz, Zarbdor tumani 111,5 foiz, Zafarobod tumani 111,6 foiz, Forish tumani 114,5 foiz, Jizzax shaharda 115,0 foizga ta’minlanib viloyat o’rtacha ko’rsatkichdan past bo’ldi.

Pullik xizmat ko’rsatish hajmini tahlil qilib qaralganda, Jizzax shahar pullik xizmat ko’rsatish hajmining salmog’i


32,3 foizni, qolgan 12 ta tumanlar pullik xizmat ko’rsatishning salmog’i 67,7 foizni tashkil etib, jumladan: Arnasoy tumanida
3,2 foizni, Baxmal tumanida 7,3 foizni, G’allaorol tumanida
9,6 foizni, Jizzax tumanida 12,8 foizni, Do’stlik tumanida
4,2 foizni, Zomin tumanida 10,0 foizni, Zarbdor tumanida
3,2 foizni, Zafarobod tumanida 2,6 foizni, Mirzacho’l tumanida 3,6 foizni, Paxtakor tumanida 5,1 foizni, Forish tumanida
4,8 foizni, Yangiobod tumanida 1,3 foizni tashkil etdi.

Viloyat bo’yicha aholiga  pullik  xizmat ko’rsatish hajmi  aholi  jon boshiga 434,5 ming so’mdan to’g’ri keldi. Bu ko’rsatgich Jizzax shahrida 1059,9 ming so’m, bo’lib o’rtacha viloyat ko’rsatgichidan yuqori bo’ldi.

Lekin Arnasoy tumanida 409,3 ming so’m, Baxmal tumanida
284,6 ming so’m, Jizzax tumanida  360,4 ming so’m, Mirzacho’l tumanida 423,6 ming so’m, Forish tumanida  306,0 ming so’m aholi jon boshiga pullik xizmat ko’rsatilgan bo’lib, viloyat o’rtacha ko’rsatgichidan past bo’ldi.

Yilning shu davrida viloyat axolisiga maishiy xizmat ko’rsatish hajmi 73,9 mlrd so’mga  bajarildi, o’tgan yil shu davriga  nisbatan  (73,9-57,8) 16,2 mlrd so’mga  ko’p aholiga  maishiy xizmat ko’rsatilib 117,9 foiz o’sishga erishildi.

Axoliga pullik xizmatlar ko’rsatishdagi maishiy xizmat ko’rsatish hajmining ulushi 13,8 foizga teng bo’ldi.

Viloyat bo’yicha aholiga maishiy xizmat ko’rsatish hajmi aholi jon boshiga 59,8 ming so’mdan to’g’ri keldi yoki o’tgan yil shu davriga nisbatan 12,2 ming so’mga ko’p bo’ldi.

Aholiga maishiy xizmat ko’rsatish Jizzax shahrida 132,3 ming so’m, Arnasoy tumanida 78,9 ming so’m, Do’stlik tumanida 62,9 ming so’m, Mirzacho’l tumanida 69,5 ming so’m, Paxtakor tumanida 62,4 ming so’mga teng bo’lib viloyat o’rtacha ko’rsatgichidan yuqori bo’ldi.

Zafarobod tumanida 39,1 ming so’m, Zarbdor 36,1 ming so’m, Zomin 38,9 ming so’m va Forish tumanida 42,5 ming so’mdan aholi jon boshiga maishiy xizmat ko’rsatilgan, bu ko’rsatkich viloyat o’rtacha ko’rsatgichidan past bo’ldi.

Dasturlar ijrosi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil  20 noyabrdagi «2014 yilda meva, sabzavot, poliz, kartoshka va uzum mahsulotlarini yetishtirish va ishlatilishining prognoz ko’rsatkichlari to’g’risida»gi 311-sonli qaroriga asosan hisobot  yilida 317,0 ming tonna sabzavot, 55,0 ming tonna kartoshka, 202,0 ming tonna poliz, 85,0 ming tonna meva va 34,0 ming tonna uzum mahsulotlari ishlab chiqarish prognoz ko’rsatkichlari belgilangan  bo’lib, haqiqatda 341,1 ming tonna sabzavot ishlab chiqarildi yoki o’tgan yilga nisbatan 110,4 foizga, (prognozga nisbatan 107,6%), kartoshka haqiqatda 55,9 ming tonna yoki o’tgan yilga nisbatan 110,3 foizga, (prognozga nisbatan 101,6%), poliz haqiqatda 236,7 ming  tonna yoki o’tgan yilga nisbatan 112,3 foizga, (prognozga nisbatan 117,2%), meva haqiqatda 82,0 ming tonna yoki o’tgan yilga nisbatan 112,6 foizga, (prognozga nisbatan 96,5%) va uzum haqiqatda 28,5 ming tonna yoki o’tgan yilga nisbatan 103,5 foizga (prognozga nisbatan 83,8 %) bajarildi. Bahorning seryog’in va sovuq kelganligi natijasida meva va uzum mahsulotlarining bir qismini sovuq urganligi  sababli, meva (96,5%), uzum (83,8%) ishlab chiqarish prognoz ko’rsatkichlari  bajarilmadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 31 oktyabrdagi “Respublikada 2012-2015 yillarda oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish va kelgusida boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1633-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2014 yilda belgilangan dasturga asosan:

Viloyatda yillik quvvati 7120 tonna bo’lgan 11 ta meva-sabzavot, yillik quvvati 420 tonna bo’lgan 7 ta go’sht va yillik quvvati


1880 tonna bo’lgan 9 ta sut mahsulotlarini qayta ishlash loyihalarini amalga oshirish dasturi belgilangan.

Hisobot davrida yillik quvvati 350,0 tonna bo’lgan 5 ta go’shtni qayta ishlash (G’allaorol tumanidagi “Mehnat” xususiy korxonasi (modernizatsiya), Zafarobod tumanidagi “Lozut produkt” fermer xo’jaliklarida, Mirzacho’l tumanidagi “Pokiza halol” xususiy korxonasi, Jizzax shahridagi “Galaktika plyus” va “Javohir samo” MChJ), Yillik quvvati 1400 tonna bo’lgan 4 ta sutni qayta ishlash (G’allaorol tumanida “Uztrans Gaz” AK, Do’stlik tumanidagi “Beshbuloq” fermer xo’jaliklarida, Zarbdor tumanidagi “Akbar Shahzod” fermer xo’jaliklarida, Jizzax shahridagi “Plaza milk” MChJ) hamda quvvati 15000 tonna bo’lgan 7 ta meva-sabzavotni qayta ishlash (Baxmal tumanidagi «Baxmalvino» ShK, G’allaorol tumanidagi “Yangiqo’rg’onsharob” MChJ va “Yangiobod sharbatlari” fermer xo’jaliklarida, Zarbdor tumanidagi “KAPERS Agroservis” MChJ, Paxtakor tumanidagi “Paxtakor lazzatli mevasi” XK, Forish tumanidagi “Forish eko sanoat” MChJ va Jizzax shahridagi “Agro Gumush” MChJ QX) loyihalari amalga oshirildi.

Dasturda belgilangan loyihalardan  Arnasoy  va  Jizzax tumanlarida  1 tadan go’shtni qayta ishlash, Arnasoy 1 ta, Baxmal 2 ta, Paxtakor tumanida 1 ta, Jizzax shahrida 1 tadan sutni qayta ishlash hamda Arnasoy tumanida 1 ta, Jizzax tumanida 1 ta, Paxtakor tumanida 1 ta va Forish tumanida 1 tadan meva-sabzavotni qayta ishlash loyihalari amalga oshirilmadi.  

2014  yilda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturiga asosan viloyat tumanlarida jami loyiha qiymati 31922,0  mln. so’mlik (shundan 17635,0 mln.so’m bank krediti) bo’lgan 113 ta qoramolchilik xo’jaliklari, jami loyiha qiymati 13080,0 mln. so’mlik (shundan 7951,0 mln.so’m bank krediti) bo’lgan 67 ta parrandachilik xo’jaliklari, jami loyiha qiymati 2979,0 mln. so’mlik (shundan 994,0 mln. so’m bank krediti) bo’lgan  44 ta baliqchilik xo’jaliklari, jami loyiha qiymati 3195,0 mln.so’mlik (shundan 1008,0  mln.so’m bank krediti) bo’lgan 175 ta asalarichilik hamda loyiha qiymati 4492,0 mln. so’mlik(shundan 2501,0 mln. so’m bank krediti) 48 ta echkichilik xo’jaliklari tashkil etilishi belgilangan bo’lib, hisobot davrida jami loyiha qiymati 16230,0  mln. so’mlik 3112 bosh qoramolga ega bo’lgan 110 ta qoramolchilik, jami loyiha qiymati 15379,0 mln. so’mlik, 559,3 ming bosh parrandaga ega bo’lgan 68 ta parrandachilik, jami loyiha qiymati 2533,0  mln. so’mlik, 3779 ga suv xavzasida (shundan 307,5 ga sun’iy) 44 ta baliqchilik, jami loyiha qiymati 2693,0 mln.so’mlik, 6523 ta oilaga ega bo’lgan 175 ta asalarichilik hamda loyiha qiymati 831,0 mln. so’mlik bo’lgan 334 ta echkiga ega bo’lgan 13 ta  echkichilik xo’jaliklari tashkil etildi. Ushbu amalga oshirilgan loyihalarda jami 1270 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Baliqchilik va asalarichilik yo’nalishlarida barcha tumanlarda loyihalar to’liq amalga oshirildi, biroq,  qoramolchilik  yo’nalishida Baxmal tumanida 1 ta, Zafarobod 1 ta, va Yangiobod tumanida 1 ta, echkichilik yo’nalishida Arnasoyda 3 ta, Baxmalda 6 ta, Zominda 11 ta, Zafarobodda 1 ta, Mirzachulda 1 ta, Paxtakorda 1 ta, Forishda 2 ta, Yangiobodda 7 ta loyihalar amalga oshirilmadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 19 apreldagi “2013-2017 yillar davrida sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-1958- sonli qaroriga asosan 2014 yilda Moliya vazirligi qoshidagi sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi tomonidan jami 12943,0 mln. so’m mablag’lar ajratildi, shundan qurilish va rekonstruksiya ishlariga 7643,0 mln. so’m, ta’mirlash va tiklash ishlariga 5300,0 mln. so’m mablag’lar yo’naltirildi. Shuning hisobiga viloyatda 155,6 km. hajmda meliorativ ob’yektlar qurildi va rekonstruksiya qilindi hamda 387,5 km. hajmdagi meliorativ ob’yektlar ta’mirlanib, qayta tiklandi.

 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 13 martdagi “Respublikada 2013-2015 yillarda uzumchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1937-sonli qaroriga asosan 2014 yilda 2319,0 ga maydonda yangi tokzorlar tashkil etish belgilangan bo’lib, amalda 324 ta sub’yektlar tomonidan 1455 ga (rejaga nisbatan 62,7%) maydonda yangi tokzorlar tashkil etildi. Baxmal tumanida ekish rejasi 80,5 % ga, G’allaorol tumanida 67,9 % ga, Yangiobod tumanida 67,5 % ga  bajarildi.

 Bundan tashqari, mavjud 241 ga maydondagi tokzorlarni rekonstruksiya qilish belgilangan bo’lib, amalda 186,0 ga maydondagi tokzorlar qayta ta’mirlanib, topshiriq 77,2% ga bajarildi. Bu borada Baxmal (69,3%) va G’allaorol (84,5%) tumanlarida  belgilangan topshiriq  bajarilmadi.

Shuningdek, uzumchilikni moddiy texnika bazasini va texnik ta’minotini rivojlantirish uchun viloyatning Baxmal (5 ta),  G’allaorol (4 ta) va Yangiobod (7 ta) tumanlarida  jami 16 ta  servis va xizmat ko’rsatish  infratuzilma ob’yektlari, jumladan,   3 ta ko’chat yetishtiruvchi  pitomnik, 3 ta mineral o’g’it  bilan savdo qiluvchi do’kon,  3 ta yashik ishlab chiqaruvchi sexlar, 1 ta biolaboratoriya, 2 ta o’simliklarni himoya qilish xizmati  ko’rsatish markazi, 2  ta uzumni qabul qilish punkti va 2 ta shpaller ishlab chiqarish sexi) tashkil etildi  va 92  ta ish o’rni yaratildi.

Viloyatda  677,0  ga maydonda intensiv bog’ tashkil etish rejasi  belgilangan bo’lib, amalda 327,0 ga (reja 48,3%) maydonda bog’ tashkil etildi. Ekish rejasi Baxmal (34,5 %), G’allaorol (24,1%) Zomin (8,3 %), Forish (11,8 %) va Yangiobod (87,0%) tumanlarida  bajarilmadi.

Shuningdek, 874,0 ga maydonda mahalliy bog’ tashkil etish rejasi  belgilangan bo’lib, amalda  jami 617,0 ga (reja 70,5 %) maydonda mahalliy bog’lar  tashkil etildi, ekish  topshirig’i G’allaorol (63,8 % ) , Jizzax (45,5 %), Zomin (67,9%) Zafarobod (81,8%) va Forish (44,4 %) tumanlarida bajarilmadi.

Viloyat bo’yicha 2014 yilda lizing asosida 24028,0 mln. so’mlik jami 356 dona turli rusumdagi qishloq xo’jaligi texnikalari yetkazib berilishi rejalashtirilgan bo’lib, haqiqatda  «O’zqishloqxo’jalikmashlizing» ALK Jizzax viloyat filiali tomonidan Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq qiymati 19534,0 mln. so’mlik bo’lgan 264 dona 16 xil rusumdagi qishloq xo’jaligi texnikalari fermer xo’jaliklariga lizing asosida yetkazib berildi.

Meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashga mo’ljallangan sovutkichli sig’imlar (xolodilniklar) qurish.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 27 yanvardagi 01-03/1-55-sonli Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 apreldagi “2011-2015 yillar davomida meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 105-sonli qarorida belgilangan topshiriqlarning ijrosini tashkil qilish bo’yicha 2014 yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to’g’risida”gi yig’ilish bayoniga asosan tasdiqlangan “Manzilli Dastur”ga muvofiq viloyatda 2014 yilda sig’imi 1500 tonna bo’lgan yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan 3 ta (Baxmal tumanidagi “Arpali” fermer xo’jaliklarida sig’imi 100,0 tonna, Zomin tumanidagi “Yoqut olma ta’mi” ShK sig’imi 1000,0 tonna va Jizzax shahridagi “Jizzax ShETK” OAJ sig’imi 400,0 tonna) sovutkichli  sig’im qurilishi belgilangan bo’lib, dastur ijrosi  amalda to’liq bajarildi.

Viloyatda hozirda jami sig’imi 12270 tonna bo’lgan 23 ta sovutkichli sig’im  faoliyat ko’rsatmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 19 avgustdagi 01-03/1-754 sonli “2014-2015 yil qish va bahor mavso’mi uchun asosiy turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini zahiraga jamg’arish (zakladka) bo’yicha amalga oshiriladigan kompleks chora-tadbirlar Dasturi”   ijrosini ta’minlash maqsadida Viloyat hokimining 2014 yil 12 dekabrdagi “2014-2015 yil qish va bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini zahiraga jamg’arish (zakladka) bo’yicha amalga oshiriladigan kompleks chora-tadbirlar  to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.

2014-2015 yil qish-bahor mavsumi uchun ichki iste’mol bozoriga   jami 22278,7 tonna (topshiriqga nisbatan 100,4%) asosiy turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari zahiraga jamg’arilib, barcha sohalar bo’yicha topshiriqlarning bajarilishi ta’minlandi.

IV. Uy-joy va kommunal sohasida olib borilayotgan islohotlar.

2014 yil yakuni bilan viloyatda jami 256,0 km (16173,4 mln.so’m) ichimlik suvi tarmoqlari qurilib foydalanishga topshirildi. Shundan: yagona buyurtmachi xizmati “Injiniring kompaniyasi” tomonidan 92 km (7399,4 mln.so’m), “Jizzax” MIZ hududida suv inshooti rekonstruksiyasida 3,2 km (1586,2 mln.so’m), Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 28 maydagi 06-02-11-50 (64) sonli yig’ilish bayoniga asosan “O’zkommunxizmat” Agentligi buyurtmachiligida Jizzax shahrida ichimlik va oqovasuv tizimlari qurilishi uchun 4734,4 mln.so’m byudjet mablag’lari hisobidan hamda 160,8 km (2453,4 mln.so’m) aholi mablag’lari hisobidan amalga oshirildi.

Shu bilan birga 65,9 km ichimlik suv tarmoqlari va 13 ta suv qudug’i qurilib foydalanishga topshirilishi natijasida 22 ta qishloq aholi punktlari ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Bundan tashqari aholi mablag’lari hisobidan 480,1 ming kv.m. uy-joylar (217816,1 mln.so’m) va 46,0 km (677,9 mln.so’m) tabiiy gaz tarmoqlari foydalanishga topshirildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 15 noyabrdagi “Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylar qurilishining 2014 yil Dasturi to’g’risida”gi PQ-2068 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil viloyatda rejalashtirilgan 627 ta (84,0 ming m2) uy-joylar qurilib to’liq foydalanishga topshirildi va 98638,1 mln.so’m mablag’ o’zlashtirildi. Bu o’zlashtirilgan mablag’larning 61778,3 mln.so’mi bank kreditlari va 36859,8 mln.so’mi aholi mablag’lariga to’g’ri keladi. Shu bilan birga ushbu namunaviy uy-joylarning tashqi muhandislik va transport kommunikatsiyalari qurilishi bo’yicha byudjet mablag’lari hisobidan 26,1 km ichimlik suvi tarmoqlari va 6 dona suv qudug’i, Respublika yo’l jamg’armasi mablag’lari hisobidan 16,4 km ichki yo’llarga ostki shag’al qoplama materiallari yotqizilib ishlar to’liq yakunlandi va korxona mablag’lari hisobidan 18,1 km elektr va 22,5 km tabiiy gaz tarmoqlari foydalanishga topshirildi.

2015 yil 1 yanvar holatiga ko’rsatilgan kommunal xizmatlardan bo’lgan jami debitor qarzdorlik 374977,3 mln.so’mni tashkil etib, bu ko’rsatkich yil boshiga nisbatan 41891,1 mln.so’m (12,5%)ga ko’paygan. Aholi bo’yicha qarzdorlik 357763,2 mln.so’mni tashkil etib, bu ko’rsatkich yil boshiga nisbtan 47134,2 mln.so’m (15,1%)ga oshgan. Shu jumladan: aholining gaz ta’minoti bo’yicha 64378,0 mln.so’m (31,7%)ga, ichimlik suvi va kanalizatsiya ta’minoti bo’yicha 1236,0 mln.so’m (37,5%)ga oshgan bo’lsa, elektr ta’minoti bo’yicha 18458,6 (17,8%)ga, issiqlik ta’minoti bo’yicha 21,0 mln.so’m (2,5%)ga va  sanitar tozalik bo’yicha 0,2 mln.so’m (50,0%)ga kamaygan.

   Hisobot davrida aholi xonadonlariga 3520 dona gaz hisoblagich uskunalari o’rnatilib, jami gazlashtirilgan xonadonlar soni 150613 tani, gaz hisoblash uskunasi o’rnatilgan honadonlar soni 147597 tani tashkil etib, gaz hisoblash uskunasi bilan ta’minlanish darajasi 98,0 %ni tashkil etdi, “Jizzax hududiy elektr tarmoqlari” OAJ tomonidan jami 14123 dona, shundan aholiga 12771 dona yangi elektron elektr hisoblagichlar o’rnatildi.

Uy-joy fondi bo’yicha viloyatda mavjud 1230 ta ko’p qavatli uylarga 118 ta uy-joy mulkdorlari shirkatlari xizmat ko’rsatib kelmoqda. Hozirgi kunda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan boshqarilayotgan xonadonlar soni 20441 tani tashkil etib, uy-joylarning umumiy maydoni 1253027 ming m2 ni tashkil etadi. Jumladan, Jizzax shahridagi mavjud 527 ta ko’p qavatli uylarga 72 ta uy-joy mulkdorlari shirkatlari xizmat ko’rsatib, mazkur uylarning 8 tasi 9 qavatli, 16 tasi 5 qavatli, 149 tasi 4 qavatli, 1 tasi 3 qavatli va 353 tasi 2 qavatli bo’lib, xonadonlar soni 12511 tani tashkil qiladi.

Uy-joy mulkdorlari shirkatlari qoshida tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi va issiqlik energiyasi yetkazib berilishida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan nosozliklarni o’z vaqtida bartaraf etish bo’yicha kommunal xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlarda viloyat bo’yicha jami doimiy ishlaydigan  avariya dispetcherlik xizmatlari faoliyat ko’rsatmoqda. Ular elektr va gaz payvandlash uskunalari, materiallar, asbob-uskuna va inventarlar bilan ta’minlangan. Uy-joy mulkdorlari shirkatlari ishlarini takomillashtiruvchi 4 ta boshqaruv servis kompaniyalari (“Jizzax-obod-servis”, “Yupiter–Ta’mir-Servis”, “Jizzax-Janub-Servis” va “Sayiljoyi-servis”) xizmat ko’rsatib kelmoqda.  

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 15 fevraldagi PQ-1707 sonli qaroriga asosan “Qo’ytosh” suv inshootini, Arnasoy va Zafarobod tumanlari markazi hamda aholi punktlaridagi suv tarqatish inshootlari va ichimlik suvi tarmoqlarini rekonstruksiya qilish loyihasi bo’yicha hisobot davrida jami 52667,2 mln.so’m shundan 1359,7 mln.so’m davlat byudjeti hisobidan mablag’lar o’zlashtirilib 51307,5 mln.so’m (22,2 mln.dollar) chet el investitsiyalari jalb qilindi.

Ushbu loyihani amalga oshirish natijasida quvvati 20,0 ming m3/sutka, “Qo’ytosh” suv inshootini, Arnasoy va Zafarobod tumanlarida 17 dona suv taqsimlash inshootlari va quvurlari, 94,7 km ichki suv tarmoqlari rekonstruksiya qilish, 5 dona tik quduqlar qayta ta’mirlash hamda 5 dona tik quduqlarni yangidan qurishda 92 foiz yoki 100 mingdan ziyod aholi ichimlik suvi bilan ta’minlash ko’zda tutilgan.

V. Tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojlanishi

2014 yil yakuniga umumiy tashqi savdo aylanmasi 116723,3 ming dollarga amalga oshirilib, bu ko’rsatkich 2013 yilning shu davriga nisbatan 46,8 foizni tashkil etdi. Amalga oshirilgan tashqi savdo aylanmasining 68309,4 ming dollari yoki 58,5 foizi eksport, 48413,9 ming dollari yoki 41,5 foizi  import.

Eksport tarkibi 4 pozitsiyadan iborat bo’lib, 2013 yilning shu davriga nisbatan 51,3 foizni tashkil etdi.

Shuningdek, import tarkibi 7 pozitsiyadan iborat bo’lib, 2013 yilning shu davriga nisbatan 41,6 foizni tashkil etdi.

Hisobot davrida eksport qilingan mahsulotlar asosan paxta tolasi, ohak, paxta tolasidan tayyorlangan kalava ip, trikotaj mahsulotlari, gilam va gilam mahsulotlari, oltingurgut, jun, qayta ishlangan kovul, turli xildagi qishloq xo’jalik mahsulotlaridan tayyorlangan konservalar, quritilgan meva-sabzavotlar, notuqima mato va boshqa turdagi mahsulotlardan iborat. 

Amalga oshirilgan mahsulot eksportining asosiy qismi  «Paxtasanoatsotish» hududiy hissadorlik jamiyati, «Jizzax plasteks», «Jizzax toshtepa tekstil», «Favorit komfort trading» «Real fleyt eyr», «Jizzax tog kon kimyo», «Grand vizir»,  «Jizzax qorakul juni» MChJ lari, O’zbekiston-Rossiya «Forishtekstilь grupp», «Rustex invest», O’zbekiston-Birlashgan Arab Amirligi «Baxmal Golden Apleye», O’zbekiston-Turkiya  «Yevroaziya karpet», «Agro Gumush» qo’shma korxonalari, «Sobir Raximov invest», «To’xtamish polvon»,  «Mirzachul Agro Fresh», «UYaS», «Zilol chashmasi», «Saturn gold star» fermer xo’jaliklari, «ABDUJABBOR SERVIS TURLARI»  shu’ba korxonalari  hissasiga to’g’ri keladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2014 yil uchun tovar va xizmatlar eksporti prognozi to’g’risida»gi qaroriga asosan Jizzax viloyatiga 2014 yil uchun 45403 ming dollar miqdorida hududiy eksport prognozi belgilangan bo’lib, shundan 36322,4 ming dollari 9 oylik rejaga to’g’ri keladi. Hisobot davri yakuniga hududiy tassarufdagi korxonalar tomonidan 36914 ming dollar miqdorida mahsulot va xizmatlar eksporti amalga oshirilib, belgilangan reja 101,6 foizga bajarildi. Bu ko’rsatkich o’tgan yilning shu davriga nisbatan 114,5 foizni tashkil etadi. (2013 yil 32251,8  ming doll).

Viloyatdagi eksportyorlar soni hisobot davrida 22 tani tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 1 taga ko’paygan.

Hisobot davrida hududiy tassarufdagi korxonalar tomonidan asosan Afg’oniston, Qozog’iston va Rossiya davlatlariga eksport amalga oshirildi.

Hududiy tasarrufdagi korxonalar tomonidan amalga oshirilgan mahsulot eksporti umumiy viloyat eksportining 54,0 foizini tashkil etmoqda.

Qo’shma korxonalar

2014 yil yakuniga viloyatda ro’yxatga olingan horijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar soni 69 tani tashkil etib, shundan 61 tasi faoliyat ko’rsatmoqda. Qolgan 8 tasi (G’allaorol tumanidagi MChJ shaklidagi «KRISTALL FUYIN INDUSTRIES» O’zbekiston-Xitoy qo’shma korxonasi, Jizzax tumanidagi MChJ shaklidagi «GUNEY TEXTIL» xorijiy korxonasi, Zarbdor tumanidagi MChJ shaklidagi «ZAR-ANTEP» xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonasi, Jizzax shahridagi MChJ shaklidagi «ROXAT-DJEY» O’zbekiston-Lixtenshteyn qo’shma korxonasi, MChJ shaklidagi «FORA FISH TRADE» korxonasi, MChJ shaklidagi «DIZAYN-LES» O’zbekiston-Rossiya qo’shma korxonasi, MChJ shaklidagi «ANTASHKARPET»  Turkiya xorijiy korxonasi va MChJ shaklidagi «EVROFARISH» Panama xorijiy korxonasi) turli sabablarga ko’ra faoliyat yuritmayapti.

Hisobot davrida viloyatda 16 ta (Jizzax shahrida MChJ shaklidagi «ZENOTKOR BOGA MAKINA» O’zbekiston-Turkiya, «DJIZAK CELL ENERGY» O’zbekiston-Janubiy Koreya, MChJ shaklidagi «PARAPET» O’zbekiston-Qozog’iston, MChJ shaklidagi «MASTER SCREW SYSTEMS», «AUTO PAD SYSTEMS», «MASTER BILDING PRODUCTS», «ZTT TELEKOM», "JUITA GULSHANA INVEST", "BROADBAND SOLUTIONS" O’zbekiston-Xitoy qo’shma korxonalari, MChJ shaklidagi «CHINAR CARPET» Turkiya xorijiy korxonasi, MChJ shaklidagi «JIZZAKH STONE QUALITY» xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonasi, MChJ shaklidagi «JKU PLAST», MChJ shaklidagi «YORQIN CHIROQLAR» O’zbekiston-Koreya qo’shma korxonalari, MChJ shaklidagi "RUSTEX INVEST GROUP" O’zbekiston-Shotlandiya qo’shma korxonasi va Zomin tumanida MChJ shaklidagi «ZOMIN SEMENT» O’zbekiston-Xitoy, MChJ shaklidagi "JIZZAX POULTRY" O’zbekiston-Koreya qo’shma korxonalari) xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar tashkil etildi.

Hisobot davrida viloyatda 2 ta (Zomin tumanida MChJ shaklidagi «ZOMIN NASTARIN» Baxmal tumanida MChJ shaklidagi «GREEN MAX PLUS» O’zbekiston-Britaniya qo’shma korxonasi) xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar faoliyati tugatildi.

Tezkor ma’lumotlarga ko’ra, 2014 yil yakuni bilan 7 ta xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar (MChJ shaklidagi «Baxmal Golden Apleye» O’zbekiston-Birlashgan Arab Amirligi qo’shma korxonasi, MChJ shaklidagi «Agro Gumush»O’zbekiston-Turkiya qo’shma korxonasi, MChJ shaklidagi «Prestij deri» Turkiya xorijiy korxonasi,  MChJ shaklidagi «Yevroaziya Karpet» O’zbekiston-Turkiya qo’shma korxonasi, MChJ shaklidagi «Forish tekstil grupp», MChJ shaklidagi «Rustex invect» qo’shma korxonasi, MChJ shaklidagi «JIZZAX PLASTEKS»xorijiy korxonasi) tomonidan amalga oshirilgan mahsulot eksporti 30347,8 ming dollarni tashkil etdi.  Qo’shma korxonalar tomonidan amalga oshirilgan mahsulot eksporti viloyat umumiy eksportining 44,4 foizini tashkil etadi.

VI. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar hamda ularga yaratilayotgan imtiyozlar natijasida ro’yxatga olingan kichik biznes sub’yektlarining soni yildan-yilga ortmoqda.

Viloyatda kichik biznesning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 79,9 foizni tashkil etishiga erishildi.

Bu ko’rsatkich sanoat sohasida 42,9 foizni, qishloq xo’jaligida 99,9 foizni, qurilish ishlarida 91,8 foizni, chakana savdoda   aylanmasida 33,7 foizni, aholiga pullik xizmat ko’rsatishda 45,8 foizni, jami xizmatlarda 60,6 foizni, yuk tashishda 87,0 foizni, yo’lovchi tashishda 94,9 foizni tashkil etdi.

 O’tgan davr mobaynida kichik biznesning bandlikdagi ulushi 81,7 foizni tashkil etib, 2013 yilning shu davriga nisbatan 0,7 bandga oshgan.

 Natijada  barcha manbalar hisobidan  hisobot davrida 35232  yangi ish o’rinlari yaratildi, bu ko’rsatkich jami yaratilgan ish o’rinlarining 80,1 foizini tashkil etadi.

Kichik biznes sub’yektlarini moliyaviy qo’llab-qo’vvatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan hisobot davri yakuniga 265914 mln. so’mlik kredit mablag’lari ajratildi. (o’tgan yilning shu davriga nisbatan 132,4%) Ajratilgan  kreditlarning 46568 mln. so’mi yoki 17,5 foizi sanoat sohasiga, 45134 mln. so’mi yoki 17,0 foizi qishloq xo’jaligiga, 64111 mln. so’mi yoki 24,1 foizi savdo va vositachilikga, 57955 mln. so’mi yoki 21,8 foizi qurilish va inshoatlar sotib olishga, 34105 mln. so’mi yoki 12,8 foizi xizmat ko’rsatish va servis sohasiga, 8024 mln. so’mi yoki 3,0 foizi transport va aloqa sohasiga va 10017 mln. so’mi yoki 3,8 foizi boshqa sohalarni rivojlantirishga yunaltirildi. Buning hisobiga 8240 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Tezkor ma’lumotlarga ko’ra, 2014 yil yakuni bilan kichik biznes sub’yektlari tomonidan 4573454 mln. so’mlik mahsulotlar (xizmatlar) ishlab chiqarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 123,8 foizni tashkil etdi.

Kichik biznes sub’yektlari  tomonidan amalga oshirilgan mahsulot eksporti 25573 ming dollarini tashkil etib, viloyat umumiy eksportining 37,4 foizini tashkil etadi.

VII-bo’lim. Ijtimoiy sohani rivojlantirish

Viloyat bo’yicha 2015 yil 1 yanvar holatiga doimiy  aholi soni 1250,2 ming kishini, shundan mehnat yoshidagi mehnatga layoqatli aholi 721,4 ming kishini, iqtisodiy faol aholi 453.0 ming kishini, ish bilan band bo’lganlar 428.4 ming kishi, mehnat organlariga ishga joylashish uchun ish so’rab murojaat qilganlar soni 15309 nafar tashkil etdi. Ishga joylashganlar 14182 nafar fuqaro xalq xo’jaligining turli tarmoqlariga ishga joylashtirildi, ishsizlik maqomini olganlar 889 nafarni tashkil qildi.

«Yangi ish joylari yaratish va aholi bandligini ta’minlash» dasturining bajarilishi yuzasidan viloyat bo’yicha 43977 ta yangi ish  o’rinlarini yaratish belgilanib, amalda 44255 ta yangi ish o’rinlari yaratildi  yoki dastur ijrosi 100,6 foizga ta’minlandi.

Yaratilgan ish o’rinlari tarkibida ayollar uchun 21461 ta  ayollar uchun 27211 ta yoshlar uchun yangi ish o’rinlari tashkil qilindi.

Jumladan, yangi ob’yektlarini ishga tushirish, ishlab turgan  korxonalarni modernizatsiya qilish va kengaytirish hisobiga 2442 ta, kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil qilish hisobiga
12555 ta, yakka tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 2886 ta, fermer va dehqon  xo’jaliklarini rivojlantirish (parrandachilik, baliqchilik va boshqalar) hisobiga 7405 ta, uy mehnatining barcha shakllarini tashkil qilish hisobiga 11745 ta, jumladan korxonalar bilan kooperatsiyada mehnat shartnomasi asosida kasanachilik ish o’rinlarini tashkil etish orqali 2056 ta, ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmalarini rivojlantirish hisobiga 4972 ta, ishlamasdan turgan korxonalar faoliyatini tiklash hisobiga 2250 ta yangi ish o’rinlari tashkil qilindi.

Qishloq joylarda 30423 ta yangi ishchi o’rinlari yaratilib, topshiriq 103.3 % ga bajarildi.

Yaratilgan har bir yangi ishchi o’rni uchun o’rtacha 13.7 mln so’m mablag’ sarflandi.

Kasanachilik ish o’rinlari yaratish bo’yicha:



Viloyat bo’yicha 2014 yil 4-chorakda  yirik sanoat, boshka yirik hamda kichik sanoat korxonalarida kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o’rtasidagi kooperatsiyani kengaytirish asosida 2035 ta kasanachilik ish o’rinlari yaratish bo’yicha topshiriq belgilangan bo’lib, haqiqatda 2056 taga yoki 111,1% bajarildi. Shundan yirik sanoat korxonalarida 509 ta (reja 508 ta), boshqa yirik korxonalarda 608 ta (reja 604 ta) va kichik sanoat korxonalarida 939 ta  (reja 923 ta) kasanachilik ish o’rinlari yaratildi.
Download 31,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish