Ma’lumotlar bazasi – bu uzaro boglangan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bulib, u kurilayotgan ob’ektlarning xususiyatini, xolatini va ob’ektlar urtasidagi munosabatni ma’lum soxada tavsiflaydi.
Ma’lumotlar bazasi (date base) – bu kompyuterning tashki xotirasida saklanadigan, xar kanday jismoniy, ijtimoiy, statistik, tashkiliy va boshka ob’ektlar, jaraenlar, xolatlarning uzaro boglik va tartiblashtirilgan majmuidir.
MB-diskda saklanadigan maxsus ravishda tashkil kilingan ma’lumotlar turkumlarining jamlanmasidir.
MB- kompyuter yordamida kidirib topilishi va kayta ishlatish mumkin bulgan tarzda tartibga solingan ma’lumotlar tuplamidir. Masalan, makolalar, xisob kitob, telefon rakamlari, gurux jurnali ma’lumotlari va x-zolar.
Ma’lumotlarni saklash, uzatish va kayta ishlash uchun MBni yaratish, sungra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bulib kolmokda. Darxakikat, xozirgi kunda inson xayotida MBda kerakli axborotlarni saklash va undan okilona foydalanish juda muxim rol uynaydi. Sababi, jamiyat tarakkiyotining kaysi jabxasiga nazar solmaylik uzimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat kilishga majbur bulamiz.
Ma’lumotlar bazasi ob’ekt yoki ob’ektlar tuplami xolatini ularning xossalari va uzaro munosabatlarini aks ettiruvchi nomlangan ma’lumotlar tuplamini ifodalaydi.
Ma’lumotlar bazasiga ob’ektning axborot modeli deb karash mumkin.
Ma’lumotlar bazasi, ma’lumotlar tuplamini cheksiz kup marta ishlata olish uchun kerak.
MB ni boshqarishda keng miqyosda ishlatilishi quyidagi faktorlar bilan aniqlangan:
operativligi (ma’lumotlarga tez va operativ kirish imkoniyati bilan);
o’ng’ayligi (istalgan talabga javob ola olishligi, ma’lumotlarni takomillashtirish va o’zgartiruvchi effektiv usullarning mavjudligi);
himoyalanganligi va yaxlitligi (ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish mumkin emasligi hamda kompyuter texnik vositalarining nosozligidan himoyalanganligi).
Ma’lumotlarni ishlash masalalarini echish usullarni takomillashishi, ma’lumotlar banki tushunchasini xam keltirib chiqardi.
Ma’lumotlar banki (MBN) – MB, MBBT va ularni amalga oshiruvchi texnik vositalar majmuidir.
Ma’lumotlar banki - ma’lumotlarni markazlashtirilgan xolda saklash va jamoa bulib foydalanishning avtomatlashtirilgan tizimidir. Uning tarkibiga MB yoki ularning majmui, MB spravochnigi, MBBT xamda surovlar va amaliy dasturlar kutubxonasi kiradi.
Malumotlarni o’zida saqlab va MBBT ostida boshqariladigan fayl oldin «malumotlar banki» deb atalib, keyinchalik esa “malumotlar bazasi” dab yuritila boshlandi.
MBN istalgan ma’lumotlar to’plamiga tegishli bo’lishi mumkin, jumladan mustaqil fayllar, MB va axborot izlovchi tizimlar. Ma’lumotlar bazasidan va bankidan foydalanish o’zaro bog’langan ma’lumotlar to’plamlariga kirishni ulardan foydalanishni avtomatlashtirish, ma’lumotlarni yangilash, keraksizlarini yo’kotishni avtomatlashtirishni taminlaydi, jumladan effektiv paketli holatni va teleprostessorli ma’lumotlarni ishlashni taminlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |