Ma’lumotlar bazasi fanidan oraliq nazorat savollari
Sun`iy intellect tizimi va undan foydalanish imkoniyatlari.
Intellectual tizimlar.
Ekspert tizimlarning dasturiy ta’minoti.
Mantiqiy dasturlash.
Bilimlar bazasining faktlari va qoidalari.
1.Sun`iy intellect tizimi va undan foydalanish imkoniyatlari.
Sun'iy intellekt tushunchasining o‘zi haqida. "Sun'iy" so‘zining ma'nosi ayon: u kelib chiqishiga ko‘ra tabiiy bo‘lmagan narsani, ya'ni, inson qo‘li bilan yaratilgan narsalarni nazarda tutadi. "Intellekt" so‘zini esa bundayin oson ta'riflashning imkoni yo‘q. Lug‘atlarda uning ma'nosi juda xilma-xil beriladi. Masalan, intellektni "qaror qabul qila olish qobiliyati", "anglash qobiliyati" kabi qisqa va lo‘nda ta'riflaridan tashqari, "bilish, idrok qilish va tahlil asosida, hamda, yig‘ilgan tajriba hamda ko‘nikmalar vositasida yangi vaziyatlarga moslasha olish" kabi uzundan uzoq ta'riflari ham bor. Ilmiy atama holidagi "sun'iy intellekt" tushunchasi esa ilk bora 1956-yilda, Stenford universitetida o‘tkazilgan ilmiy anjumanda inglizcha "artificial intelligence" (AI) tarzida ilm-fanga taklif qilingan edi. Shundan buyon mazkur tushuncha ilmiy jamoatchilik orasida mustahkam o‘rnashib qoldi.
Aytib o‘tganimizdek, sun'iy intellekt borasidagi jiddiy munozaralar ilk EHMlarning paydo bo‘lishi bilan ibtido oladi. Lekin yanada teranroq nazar tashlasak, intellektual masalalarni hal qilish vazifasini insondan boshqa obyetklarga yuklashga qaratilgan urinishlar ancha avvalroq - Paskal va Leybnitslar davridan boshlangan.
Sun’iy intellekt tizimlarining paydo bo‘lishi. O‘tgan asrning 80-yillari boshlarida sun’iy intellekt ishlab chiqishda mustaqil yo‘nalish shakllangan bo‘lib, u “ekspert tizimlar” deb nomlandi. Ekspertning (yoki ekspertlar guruhining) o‘rnini egallashi hamda murakkab muammolarni qisqa vaqt ichida bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berish mumkin bo‘lgan intellektual tizimlar,birinchi navbatda, harbiylarga kerak bo‘ldi, keyin tibbiyot xodimlariga, undan keyin esa bunday tizimlarni joriy qilish bilan inson faoliyatining hamma soha mutaxassislari shug‘ullana boshladi. Ishlanmalarning maqsadi – murakkab funksiyalarni bajarishda natija beradigan, ekspert yoki mutaxassis-ekspertlar guruhi taklif qilgan yechimlardan sifat va samaradorligi bo‘yicha qolishmaydigan dastur yaratishdir.
Ekspert tizimlar hisoblash tuzilmasi bo‘lib, tuzilgan mantiqiy tanlov kichik tizimlari va hisoblash operatsiyalarining ehtimoliy to‘plamidan ekspertlar taklifiga ko‘ra, mustaqil ravishda, yechim algoritmini shakllantiradi. Operatorlarning u yoki boshqa kichik tizimlarini tanlashi avval ekspertlar tomonidan ifodalangan baho va taqqoslashlar asosida yuz beradi. Ekspert tizimi oldida turgan funksiyalarni bajarish usullari ekspertlarning taqdim etgan u yoki bu ssenariyniamalga oshirish mumkinligi darajasi bo‘yicha hamda ma’qul variantni tanlash imkon borligini ifodalovchi chizmalarga asoslangandir. Ammo har holda mazkur tizimlarni masalalar yechishda tajribaga suyangan holda, o‘zini-o‘zi o‘rgatadigan mexanizmlar ko‘zda tutilmagan, chunki tadqiqot obyektiga ta’sir va uning holatini o‘rganish, ya’ni to‘laqonli faol elementlar va samarali teskari aloqa mavjud emas. Ko‘pgina ekspert tizimlarda avtonom o‘zini-o‘zi tahlil qilish va o‘z ichki tuzilmasini takomillashtirish ko‘zda tutilmagan. Hozirgi zamonaviy dinamik ekspert tizimlar esa ma’lum darajada tashqi muhit o‘zgarishlarini hisobga oladi hamda o‘z ma’lumotlar bazasining tuzilmasini o‘zgartirishga qodir va hozircha bu kerakliyo‘nalishdagi ehtiyotkorona qadamlar hisoblanadi.
2. Intellektual tizim (IT) - bu dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan texnikaviy qurilma (kompyuter) bo‘lib, tashqi xolat va ta’sirlarga qarab o‘z parametrlarini sozlab, masalani yechish qobiliyatiga ega bo‘lgan qurilma hisoblanadi.
Informatsion intellectual tizimning (IITning) iqtisodiyotdagi vazifalari quyidagilardan iborat:
- Korxonaning xolatini diagnostika asosida aniqlash;
- Antikrizis boshqaruvda yordam berish;
- Optimal qaror yechimini tanlab berish;
- Korxonaning iqtisodiy faoliyatini tahlil qilib berish;
- Strategik rejalashtirish; - Investitsion tahlil etish;
- Qimmat qog‘ozlar portfelini ishlab chiqish va boshqalar. Yuqorida keltirilgan masalalarni yechish uchun intellektual informatsion tizim quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishligi kerak:
- Yengil va oson modellar asosida va asosiy ko‘rsatmalar aniq bo‘lmagan har qanday masalalarni yechish;
- Dinamik ravishda o‘zgarib turadigan ma’lumotlar bilan ishlay oladigan va qayta ishlash davrida kirib kelayotgan yangi ma’lumotlarni hisobga oladigan bo‘lish
; - Yig‘ilgan tajriba asosida kerak bo‘lgan bilimlarni ajratib olib, tizimni rivojlantirish qobiliyatiga ega bo‘lish;
- Umumiy saqlanayotgan ma’lumotlarning xajmini oshirib yubormaslik uchun, boshqa yerda saqlanatgan ma’lumotlar omboridan foydalanish va boshqalar. IIT larga quyidagi xususiyatlar kiradi:
- Kommunikativ imkoniyatini rivojlantirish, dialog rejimda inson tiliga maksimal yaqin xolatda har qanday so‘rovlarni qayta ishlay olish (tabiiy til interfeys tizimi - TTIT);
- Bo‘sh strukturlangan va yetarli formallashtirilmagan masalarni (engil modellar asosida) yechishga mo‘ljallangan bo‘lish
; - Noaniq va dinamik ma’lumotlar bilan ishlay oladigan qobiliyatga ega bo‘lish;
- Konkret situatsiyalar asosida yig‘ilgan bilimlarni ajratib olib, tizimni rivojlantirish;
- Ma’lumotlar omboridan kerakli ma’lumotlarni olish hususiyatiga ega bo‘lish va boshqalar. Intellektual informatsion tizimlarni oddiy informatsion tizimlardan farqi quyidagilardan iborat:
- Interfeys foydalanuvchi bilan tabiiy tilda bajarilishini ta’minlash;
- Har qanday ob'yektlarni va uning atrofidagilarni bilim bazasi modeli shaklida ko‘rish, ya’ni noaniq va to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar paytida to‘g‘ri hulosa chiqarish;
- IITning yechimi “ochiq - oydinligi” bo‘lishligi, ya’ni foydalanuvchiga yuqori darajada tushuntura olish;
- Ekspert tizimlari o‘z bilimlarini ekspertlar bilan muloqotda bo‘lib to‘ldirib borish;
- Avtomatik ravishda yig‘ilayotgan faktlar asosida bilim bazasini to‘lg‘azib borish;
- IIT foydalanuvchisiga “tayyor” javob beraolish, ekspert - inson bergan javobga to‘g‘ri kelishligini ta’minlash;
3. Ekspert tizimlar — bu sun'iy intellektning yorqin va tez rivojlanadigan
sohalaridan biridir.
ETlar maslahat beradi, tahlil qiladi, sinflarga ajratadi va diagnoz qo'yadi.
Ular odatda mutaxassis tomonidan ekspertiza o'tkazilib, yechiladigan masalalarga
yo'naltirilgandir. Protsedura tahlil ishlatadigan mashina dasturlaridan farq qilib,
ETlar deduktiv fikrlash asosida kichik predmet sohada masalani hal etadi, bu
tizimlar ko'pgina hollarda yaxshi tuzilmagan va aniqlanmagan masalalarning
yechimini topa olish bilan farqlanadi. Ular evristik qoidalar yordamida masalani
aniq bo'lmagan qismlarini mantiqan to'ldirishadi, bu esa kerakli bilimlar yoki vaqt
yetishmasligi bois butunlay tahlil qilib bo'lmaydigan tizimlarga juda ham to'g'ri
keladi.
ETlarning afzal shundaki, ular bilimlarni to'play olish, uzoq vaqt saqlash,
eskilarini yangilay olish kabi xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar ma'lum bir
korxonada ma'lum vaqtgacha mutaxas-sislarsiz, nisbatan mustaqil ishlash
imkoniyatini yaratadi. Bilimlarni to'plash, eng yaxshi va tekshirilgan yechimlarni
qoilab, korxonada ishlayotgan mutaxassislarning malakasini oshirish imkonini
beradi.
Sun'iy intellektning mashina sanoati va iqtisodda qo'llanishi ETlarga
asoslangan. Ular yordamida mahsulot sifatini oshirish va vaqtni tejash, shuningdek
ish unumi va mutaxassis malakasini oshirish yaxshi natijalar bermoqda.
Mahsulot tizimlari uchta asosiy komponentlardan iborat:
• Bilim bazalari yoki qoidalar to'plami;
• Ishchi xotira;
• Chiqarish mexanizmi.
4.Mantiqiy tur − mantiqiy ifodalarning qiymatlarini qabul qiluvchi o’zgaruvchilarni e’lon qilishda ishlatiladi. Bu turga tegishli o’zgaruvchilar 0 (yolg’on) yoki 1 (rost)qiymatlardan birini qabul qiladi.
Dasturlash tillarida tuzilgan mantiqiy ifodalar to’liq matematik mantiqqonuniyatlariga asoslanadi.