Qarorga kelish.
Maqsadga etishish yo‘llarini va vositalarini tanlash
jarayonida rejalashtirish, motivlar kurashi bilan bog‘langan bo‘lib, qarorga kelish
bilan tugaydi. Qarorga kelish-muayyan bir maqsadni va shu maqsadga erishish
yo‘lida harakat usullaridan birini tanlab olish demakdir. Motivlar kurashida buning
ma’nosi shuki, motivlardan biri hal qiluvchi rol o‘ynagan bo‘ladi. Masalan,
kechqurun qayoqqa borish kerak – teatrgami yoki o‘rtog‘ining yonigami-degan
motivlar kurashi natijasida kishi bormoqchi bo‘lgan joyi haqida qarorga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |