Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi:
O`zbek tilshunosligida alohida tadqiqot obyekti sifatida ilk marotaba grammatik antonimlarning o`ziga xos xususiyatlarini aniqlashga harakat qilindi;
- ilmiy tadqiqot ishida tilshunoslikda, xususan, o`zbek tilshunosligida antonimiya hodisasining lisoniy tabiatini o`rganishga bag`ishlangan ishlar tahlil etilib, ularda antonimlar va ularning turlari haqidagi fikrlarga munosabat bildirildi.
- so`zlovchi kommunikativ maqsadi va nutqiy vaziyatga bog`liq holda grammatik antonimlarning lingvopoetik imkoniyatlari namoyon bo`lishi turli matnlardan olingan misollar asosida ko`rsatib berildi;
- grammatik antonimlarning badiiy matnlarda badiiy-estetik ta`sirchanlikni ta`minlashda muhim vosita ekanligi misollar asosida tahlil etildi;
-grammmatik antonimlarning paydo bo`lishi va shakllanishi sabablari aniqlandi va ularning antonimiya hodisasi doirasida qaraluvchi antiteza, antisemiya, oksyumoron kabi boshqa yondosh hodisalarga munosabati belgilandi;
-morfologik sathda yuzaga keluvchi antonimlarning ot, sifat, fe`l, ravish kabi mustaqil so`z turkumlari doirasida amal qilishi aniqlandi va ularning o`ziga xos morfologik belgilariga ko`ra tasnif qilindi hamda izohlandi;
-grammatik antonimlarning shakllanishida xizmat qiluvchi birliklar aniqlandi va izohlandi;
- olib borilgan tadqiqot natijalari umumlashtirildi va o`zbek tilida grammatik antonimlarning lingvopoetik imkoniyatlari to`g`risida muayyan ilmiy xulosalarga kelindi.
Himoyaga olib chiqiladigan holatlar.
Morfologik antonimlar deganda biz zid ma`noli morfemalarni, so`z turkumlariaro antonimlarni tushunamiz.
Sintaktik antonimlarga zid ma`noli sintaktik qoliplar (imkoniyat tarzidagi, hali nutqda qo`llanmagan sintaktik antonimlar) va shu qoliplar asosida yasalgan sintaktik qurilmalar (nutqda qo`llangan sintaktik antonimlar).
Sintaktik antonimlarni aniqlash mezonlari bo`lib, ular sintaktik ma`nosi, yasalishi (derevatsion) asosining umumiyligi, bir sathga mansubligi, bir xil (ma`nodosh) so`zlarning qo`llanilishi, o`zaro shartlangan ammo bir-birini inkor qiladigan vaziyatlarni ifodalash mumkinligi bilan belgilanadi. Ohang (intonatsiya) ham zid ma`noni ifodalash vositasi bo`lishi mumkin.
Sintaktik antonimlar oppzitsiyasi uchun pragmatik ma`nolar sinkritizmi xos, chunki mazkur ma`nolarning inkor shaklda qo`llanilishi ikkilamchi ma`nolarni – hayrat, kinoya, kesatiq, nafrat, tug`yon, ishonchsizlik kabi ma`nolarni ifodalaydi.
Zid manolilik matnda lisoniy birliklar aloqasini ta`minlovchi vosita sifatida namoyon bo`ladi.
Tildagi va nuqtdagi antonimiya o`ziga xos ko`rinishlarga ega. Bular: kontekstual antonimiya, implisit antonimiya, substitutsion antonimiya va parafrazalar antonimiyasi.
Leksimalarning o`zigina matnda faol antonimlikni ta`minlay olmaydi, yozuvchi ziddiyatni yuzaga keltirish uchun grammatik shakllarga murojat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |