Malaziyada buddizim dinning tarqalishi



Download 20,94 Kb.
Sana12.04.2022
Hajmi20,94 Kb.
#546979
Bog'liq
Malaziyada buddizim dinning tarqalishi


Malaziyada buddizim dinning tarqalishi.
Utkurova Gulzoda
ToshDSHU Sharq tillarini o’qitish va tarjima nazariyasi fakulteti
malay-ingliz tili yo’nalishi 1-bosqich talabasi
Ilmiy rahbar: PHd. Dotsent Xajayeva Nilufar

Annotatsiya: Mazkur maqolada Malaziyada buddizm dinining tarqalish tarixi tahlil etilgan.
Tayanch so’z va iboralar: daosizm, konfutsiylik, Keda, Langkasuka Sanskrit tili, Mahayana buddizmi, Jelay tog’, Yava.

Mazkur maqola Malaziyada buddizm dinining tarqalish tarixini o’rganish maqsad qilib olingan. Ta’kidlash joizki, buddizm Malaziyada Islomdan keyin ikkinchi eng katta din bo’lib, aholining taxminan 21,5% aholisi buddaga sig’inadi. (2022-yil ma’lumotlariga ko’ra). Shuningdek, Malaziyada yashovchi xitoyliklar buddizm, daosizm, konfutsiylik va xitoylik ajdodlarga sig’inishlarining barchasi o’zlarini buddistlar deb bilishadi. Ammo Malaziya konstitutsiyasiga muofiq, barcha etnik guruh vakillari qonuniy ravishda musulmonlar deb qayd etilgan.


Malaziyada buddist merosini arxeologiya va klassik malay adabiyoti ma’lumotlaridan foydalangan holda o’rganish buddizm dining milodiy VI asrda paydo bo’lganligini ko’rsatadi. Arxeologlar tomonidan yerdan qazilgan ko'plab ashyolar Malayyaning shimoliy qismi, ya'ni Keda shtati bir paytlar buddizmning ilk madaniyati ta'sirida bo'lganligini isbotlaydi1. Ba’zi ma’lumotlarda esa Malay arxipelagidagi odamlarga miloddan avvalgi 200-yillarda kirib kelgan deb yoritiladi. Buddizmning merosini Keda, Perlis, Perak, Kelantan va Saravak orolidan topilgan buddist tasvirlari, kandi, yozuv-lavhalari yaqqol misol bo’la oladi. Shu o’rinda, yozuvlar orasida Sungai Mas yozuvi, Cherok To’kun yozuvi, Bukit Meram yozuvi va boshqa yozuvlar mavjud. Ushbu yozuvlar taxminan eramizdan oldingi VI-VII asrlariga mansub va Coedesning taxminiga ko’ra, ushbu yozuvlar sansikrit tilida yozilgan.Orolga buddizm hind savdogarlari va ruhoniylari dengiz yo’llari bo’ylab sayohat qilib, hindlarning din, hukumat va san’at tushunchalarini olib kelishdan boshlangan. Langkasuka birinchi buddist mamlakat bo'lib, u miloddan avvalgi II asrda tashkil etilgan va markazi Jelay tog' tizmasida joylashgan, keyin u o'z kuchini Tailandning janubiy qismiga kengaytirgan. Buddizmning eng taraqqiyot vaqti V asrga borib taqalishini Penang orolidan topilgan “Mahanavika Buddhagupta” tosh yozuvidan yaqqol ko’rishimiz mumkin.
Arxeologik dalillar, shuningdek, Xitoyning rasmiy imperatorlik yozuvlari va hind manbalari Malaziyada miloddan avvalgi III-XIII asrlarda bir nechta hindu-budda shohliklari mavjudligini tasdiqlaydi2 VII asrda Mahayana buddizmi Malayya yarim orolining xalqi tomonidan koʻproq qabul qilingan buddizm tizimiga aylandi. O'sha paytda Malaya Yavaga asoslangan buddistlar imperiyasi Srivijaya hukmronligi ostida edi. Hindlashgan qirollikning eng qadimgisi Malay yarim orolining shimolidagi Kedah-Langkasuka bo’lgan. Miloddan avvalg X asrda buddizm davlat dini darajasida bo’lgan. Biroq buddizm Hindistonda qayta tiklanishni boshdan kechirdi, shuning uchun buddizm saroylar va aristokratiya tomonidan berilgan yordamni yo'qotdi. Hindistondagi ta'sirining pasayishi uning Janubi-Sharqiy Osiyodagi kuchiga ta'sir qildi. XII asr oxirida Shrivijaya imperiyasi ham buddizm taʼsirida tanazzulga yuz tutdi.3 Shu jumladan, X-XII asrlarda qurilgan deb hisoblangan buddistlar ibodatxonasi Malayziya universiteti Kebangsaan arxeologik guruhi tomonidan Markaziy Kedadagi Merbok yaqinidagi Bukong vodiysida topilgan.
Biroq XI asr boshlarida Tamil Naduning qiroli Chola hujum qilishi oqibatida va Kedah qiroli Phra Ong Mahavangsa a’nanaviy hind dinini qoralagan birinchi malay hukmdori bo’ldi va Islom dinini qabul qiladi. XV asrda Malakka sultonligining oltin davrida malay xalqining aksariyati Islomni qabul qiladi.
Islom dini saroy va oddiy xalq tomonidan qabul qilingan asosiy din sifatida buddizm mavqeini muvaffaqiyatli egallab oldi, shuning uchun oʻsha davrda Malayada buddizm tanazzulga yuz tutdi. Shunga qaramay, Tailand davlatining ta'siri tufayli Keda, Perlis va Kelantanda buddizmning ko'plab madaniy yodgorliklari hali ham mavjud. Menora dramalari va qo’g’rchoqlarida buddizmning elementlari hali aniq ko’zga namoyon bo’ladi.

Yuqorida keltirilgan tahlilimiz Malakka orolida buddizmning qay yo’sinda tarqalishi va qaysi davrga oidligi haqida edi. Shuningdek, ba’zi solnomalar yoki arxeologik topilmalarga asoslangan xolda tahlil qilishga harakat qildik. Yuqorida keltirilgan tahlil natijalariga ko’ra quyidagi umumiy xulosalarni keltirib o’tishimiz mumkin:



  1. Malayyaning shimoliy qismi, ya'ni Keda shtati bir paytlar buddizmning ilk madaniyati ta’sirida bo'lganligini isbotladi.

  2. V asrda Malay yarim orolida buddizm rivoj topdi.

  3. Arxeologik qazishmalar nafaqat Kedada, balki Kuala Selinsing, Tanjung Rambutan, Kinta vodiysi, Bidor va Sungai Siputda Perakda, Perlisda va Pahangda topilgan.

  4. XV asrdan boshlab Islom dinni kirib kelishi oqibatida, buddizm dini o’z mavqeini yo’qotishini ko’rib chiqdik.


Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Prof.D.G.E. Xoll. Janubiy-Sharqiy Osiyo tarixi. 2012

  2. Coedes. Janubiy-Sharqiy Osiyoning hindlashtirilgan davlatlari. 2002

  3. Benny Liow. An outline of Buddhism in Malaysia.2017



1 Prof.D.G.E. Xoll. Janubiy-Sharqiy Osiyo tarixi. 2012

2Coedes. Janubiy-Sharqiy Osiyoning hindlashtirilgan davlatlari. 2002



3 Benny Liow. An outline of Buddhism in Malaysia 2017


Download 20,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish