2-TOPSHIRIQ
Mustaqil o`rganish uchun topshiriqlar:
1. Sanskrit tili tarixi va uning hozirgi kunda Hindistonda tutgan mavqei to`g`risida ma`lumot to`plang.
2. Zamaxshariyning arab tilshunosligiga qo`shgan hissasi haqida gapirib bering.
3. O`rta Osiyo tilshunoslarining tilshunoslik nazariyalarini tushuntirib bering.
4. Yevropada Uyg`onish davrida faoliyat ko`rsatgan tilshunos olimlarni sanab bering.
1-topshiriq: Lingvistik yo`nalishlar nomlari va ularga oid ilmiy ishlar nomlarini tarixiy ketma-ketlikda qo`yib, sxema tuzing.
2-topshiriq: “Yosh grammatikachilar” yo`nalishi vakillari nomlari va asarlarini tarixiy ketma-ketlikda qo`yib, sxema tuzing.
3-topshiriq: Rus tilshunosligi vakillari va ularning asarlari nomlarini tarixiy ketma-ketlikda qo`yib, sxema tuzing.
1-top.Dinаmik vа stаtik lingvistikа. Аtоmistik vа strukturаl lingvistikа. Ichki vа tаshqi
lingvistikа, mаkrо- vа mikrоlingvistikа, pаrаlingvistikа, sоtsiоlingvistikа, kоgnitiv
lingvistikа, psiхоlingvistikа tushunchаlаri, ulаrning mоhiyati.
Tilning tа‟riflаri
Tilshunоslik tаriхidа til tа‘rifi mаsаlаsi. Tilgа turli nuqtаi nаzаrdаn bеrilgаn
tа‘riflаr, ulаrning аhаmiyati.
Til vа nutq
Til vа nutqning diаlеktik munоsаbаti. Til tаrkibi. Tilning ijtimоiy mоhiyati, til
mаtеriаli. Tilning о`z vаzifаsini nutq оrqаli аmаlgа оshirishi. Tilning imkоniyat,
nutqning esа vоqеlik ekаnligi.Til vа nutqning hаm ijtimоiy, hаm individuаl хаrаktеri.
Nutq fаоliyati.
Substаnsiya vа fоrmа
Substаnsiya (mоhiyat) – ichki, fоrmа (shаkl) – tаshqi tоmоnlаr sifаtidа
fаlsаfаdаgi mоhiyat vа hоdisаning tildа mаzmun vа shаkl sifаtidа tаlqin qilinishi. Shаkl
(fоrmа, hоdisа)ning mаzmun (mоhiyat, substаnsiya) bilаn diаlеktik bоg`liqligi. Til vа
nutqqа, uning birliklаrigа shаkl vа mаzmunning, tоvush vа mа‘nоning хоsligi.
2-top.
Tilshonoslik yoki lingvistika tillarni oʻrganuvchi fandir. Tilshunoslikning amaliy va nazariy turlari mavjud boʻlib, nazariy tilshunoslik tilning strukturasi (grammatikasi) va uning maʼnosi (semantikasini) oʻrganadi. Grammatika — morfologiya (soʻzlarning tuzilishi va oʻzgarishi), sintaksis (soʻzlarning iboralarga va gaplarga biriktrilish qoidalari) va fonologiya (tilni abstrakt tovushlar yordamida oʻrganish) fanlarini qamrab oladi. Amaliy tilshunoslik, asosan, tilshunoslikda oʻrganilgan nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllash bilan shugʻullanadi. Amaliy tilshunoslik tarkibiga xorijiy tillarni oʻrganish va oʻrgatish, tarjima, nutq terapiyasi va nutq patalogiyasi kabi fanlar kiradi.
1--Sanskrit (qad. hindcha sam skrta — mukammal, sayqallangan) — hindevropa tillari oilasiga kiruvchi qad. hind tillaridan biri. Qad. hind lahjalari asosida shakllangan va mil. av. 1-asrda Shim. Hindistonda tarqalgan. S.ning bir necha turi bor: epik S. ("Mahabharata" va "Ramayana" tili), klassik S. (qatʼiy meʼyorga tushirilgan til, mil. av. 4-asrda yaratilgan Panini grammatikasida oʻz ifodasini topgan), budda (yoki gibrid) S. (budda dini bilan bogʻliq adabiyot tili), jayn S. (jayn diniga oid adabiyot tili), veda tili yoki veda S. (k, Vedalar).
S.da 7 ta kelishik, 3 ta jins va 3 ta grammatik son kategoriyalari mavjud. Feʼlda zamon va mayl tizimi nihoyatda rivojlangan. Nutkda soʻz va morfemalarning qoʻshilishi qoidalari (sandhi) turlituman. Qoʻshma soʻzlar keng qoʻllanadi. Baʼzi hollarda bita qoʻshma soʻz butun bir gapga teng keladi. S.da juda koʻp diniy, falsafiy, ilmiy asarlar yaratilgan, ayniqsa, badiiy adabiyot keng rivojlangan. S. Hindistonda gumanitar fanlar va ibodat tilidir. Tor doirada olim brahmanlar S. dan soʻzlashuv tili sifatida foydalanadilar. S. va S. tilida yaratilgan madaniy meros qoʻshni mintaqalar (Jan.Sharqiy va Markaziy Osiyo)ga, 18-asr oxirlaridan boshlab esa Yevropa va Amerikaga ham taʼsir oʻtkazgan. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning boshlanishi S.ning
kashf etilishi va oʻrganilishi bilan bogʻliq.
S.dagi matnlarni yozuvda ifodalash uchun asli brahmi yozuvidan kelib chiqqan bir qator alifbolardan (kharoʻshthi, gupta, nagari, kushon yozuvi va boshqalar) foydalanilgan. S.ni oʻrganish 2500 y. burun boshlangan (Panini va uning salaflari).
2--Arab tilshunosligi rivojida arablardan tashqari boshqa xalqlar olimlarning hissasi katta, ana shunday olimlardan biri Mahmud Zamaxshariydir. U hijriy 467-yil rajab oyining 27-kun (milodiy 1045-yilning 19-martida , Xorazmning Zamaxshar qishlog’ida tavvalud topgan. Shunga ko’ra Zamaxshariy tahallusini olgan. Uning otasi o’z davrining ilmli kishilaridan bo’lib, Qur’oni Karimni yoddan bilgan. Masjidda Imomlik qilgan. Onasi ham savodli, oqila, fozila ayollardan bo’lgan.
Arab tilshunosligi rivojida arablardan tashqari boshqa xalqlar olimlarning hissasi katta, ana shunday olimlardan biri Mahmud Zamaxshariydir. U hijriy 467-yil rajab oyining 27-kun (milodiy 1045-yilning 19-martida , Xorazmning Zamaxshar qishlog’ida tavvalud topgan. Shunga ko’ra Zamaxshariy tahallusini olgan. Uning otasi o’z davrining ilmli kishilaridan bo’lib, Qur’oni Karimni yoddan bilgan. Masjidda Imomlik qilgan. Onasi ham savodli, oqila, fozila ayollardan bo’lgan.
3--O`rta Osiyolik mashur allomalarning jahon madaniyati, ma`rifati, ilm-faniga qo`shgan hissasi ulkandir. Jahon tan olgan buyuk allomalar: Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Koshg`ariy, Mahmud az- Zamahshariy, Alisher Navoiy va boshqalarning tilshunoslik fani taraqqiyotidagi xizmatlari kattadir.
Abu Nasr Forobiy. Qomusiy olim Abu Nasr Forobiy (873-930) yaratgan asarlar ichida «Fanlar tasnifi» (yoki «Fanlar tasnifi haqidagi so`z») kitobi tilshunoslik masalalariga bag`ishlanganligi bilan ajralib turadi.
Buyuk alloma tilshunoslikning fonetika, morfologiya, sintaksis, orfografiya, orfoepiya va stilistika kabi bo`limlari haqida dastlabki tushunchalarni bergan.
Forobiy fonetika haqida fikr yuritar ekan, nutq tovushlari, tovushlarning undosh va unli turlari, undosh tovushlarning paydo bo`lishi, o`rni, unli tovushlar va ularning xususiyatlari, so`zga qo`shimchalar qo`shganda yuz beradigan tovush o`zgarishlari, so`zning fonetik me`yori haqida fikr yuritadi.
U leksika yuzasidan ma`lumot berar ekan, leksik birlik bo`lgan so`z masalasiga, so`z ma`nolarining tasnifi masalasiga to`xtaladi. Ya`ni so`z ma`nosining ikki turini: sodda va murakkab bo`lishini ko`rsatadi. Sodda ma`noli so`zlarga: odam, hayvon, gul, ovqat, osmon kabi atash vazifasini bajaruvchi alohida so`zlarni kiritsa, murakkab ma`noli so`zlarga: narsa va uning belgisini bildiruvchi - Bu odam – bilimli, bu gul - o`simlik kabi ifodalarni kiritadi.
4--Uyg`onish davri tilshunosligi XV-XVIII asrlarni o`z ichiga oladi. Uyg`onish davrining boshlanishi bilan cherkovning obro`-e`tibori susayib, antik davrga bo`lgan e`tibor, qiziqish, uni qadrlash kuchaya bordi. Anig`i, Uyg`onish davrining vakillari, ziyolilari yunon va rimliklarning boy milliy madaniyatiga murojaat qila boshlashdi.
Uyg`onish davri kapitalizmning feodalizm ustidan bo`lgan g`alabasi bilan yakunlandi. Shunga ko`ra ushbu davrda insoniylik g`oyalari, milliy o`zini anglash, san`at va adabiyotga bo`lgan qiziqish, fanga bo`lgan jiddiy qarash, e`tibor kuchaydi, o`sdi.
Yangi asr Yevropada Kolumb, Magellan, Galiley, Kopernik, Dekart, N`yuton, Leybnic, Lomonosov kabi dastlabki kashfiyotchilarni va ulkan olimlarni yuzaga chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |